Savol va topshiriqlar:
1.
2.
3.
She’rni sokin va ta’sirli ohangda o‘qing.
Qiz qalbining nozik tebranishlari she’rning qaysi satrlarida, ayniqsa, go‘zal tasvir etilgan?
She’rning dastlabki baytiga e’tibor berib, ma’nosini chaqing. „Nogahon berib qo‘yib bu husnni, kamolni, O‘zi ham rashk, hasadga to‘lib-to‘lib yaratgan“ misralaridagi ko‘tarinki badiiy tasvirga e’tibor qiling.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
„Qiya tushgan nigohni armonga yo‘ymagaysiz“ satrining ma’nosini tushuntirishga urining. Suygan qiz ruhiy holati ifodasining ta’sirchanlik darajasiga e’tibor qiling. „Qiya tushgan nigoh“ kimniki?
Oldingi davrlarda qiz suyukli yigitini, ayol turmush o‘rtog‘ini ehtirom bilan „begim“ deb atagan. Bu so‘z she’rdagi milliylik, samimiylikni chuqurlashtirishga qay darajada xizmat qilyapti? She’rdagi: „Siz xuddiki Farhodsiz, Shirin qaydadir, begim? Orzularim dilda-yu, nolam naydadir, begim“ satrlaridagi go‘zal, alamli tashbihlarni izohlab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |