Ig‘vo, fitna, g‘araz to‘la yolg‘on dunyoda Sabrim tugab, goho-goho o‘ylab qolaman:
Zarurmikan barchaga teng yaxshilik qilmoq?!
Mehr bilan birortasin boshin silasang,
G‘ayur itdek qo‘ling tishlar, talab tashlaydi.
Xudparastdir quldan tortib shohlarga qadar.
Bunday holning boisi ne? Sababi nima?
Men bildimki, bu qurama inson zuryodi Taxt talashib, shon talashib, boylik talashib,
Alloh bergan dil gavharin unutib qo‘ygan.
Tinglamasa, qamchin bilan urib va haydab,
Insof tomon qaytarmoqlik kerak ularni.
Jondan to‘yib nokaslarning kirdikoridan Darvish bo‘lib ketar ekan goho donolar.
Xo‘sh, men-chi, men?!
Axir men ham asli yolg‘izman,
Bugundan-u kelajakdan malomat bilan Minglab ko'zlar tikiladi bitta o'zimga.
Chunki mening qismatimga janglar yozilgan...
Bibixonim kiradi. bibixonim: Chorlamishsiz, olampanoh...
Temur: Bibixon, bibi...
Kengash bilan band bo‘libman... bibixonim: Olampanoh, yana yurish, yana safarmi?
Temur: Hisoblashmas qismat bizning istaklar bilan,
Bamisoli quyosh botgach, oy chiqqanidek,
Do'stlaringiz bilan baham: |