Qozoqboy yoldoshev, valijon qodirov, jalolbek yoldoshbekov



Download 0,77 Mb.
bet58/186
Sana22.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#575104
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186
Bog'liq
9 adabiyot word

Savol va topshiriqlar:

1.
Muhr bosish voqeasi tasviri hazrat Navoiy xarakteridagi qaysi jihatni ko‘rsatadi?

2.
Shoirning o‘z ilmida kamchiliklar borligi to‘g‘risida gapirishini qanday izohlaysiz?
Roman matniga tayanib, Navoiyning ona tilida ijod qilishga bunchalar mehr qo‘yganligi sababini izohlang.

4.
5.
6.
Yozuvchining mavlono Shahobiddin va Binoiy timsollariga munosabatini izohlashga urining.
Shoirning “Gulning to‘ni qirq parcha bo‘lsa ham, u guldir!”
gapiga o‘z fikringizni bildiring.
Navoiyning: “llm ko‘mig‘liq xazina emas, jonli daraxtdir, o‘smog‘i, gullamog‘i, meva bermog‘i kerak!” — degan fikrini bugungi hayotga bog‘lang.

7.
Kotibning arz bilan kelganlarning bir qismini qaytarib yuborish to‘g‘risidagi fikriga shoir munosabatiga tayanib, uning shaxsiga baho bering.
NAVOIY” ROMANI TO‘G‘RISIDA
Ushbu roman buyuk mutafakkir shoir haqida dunyo adabiyotida yaratilgan ilk yirik nasriy asar edi. Bu romanga qadar Oybek Navoiy haqida bir qator she’rlar, doston va ilmiy maqolalar yaratgan edi. Yirik badiiy asarda daho ijodkorning shaxsiyati, ruhiyat dunyosi, ichki ola- mi, ijod va ijodkorlarga munosabati butun serqirraligi bilan ko‘rsatib berildi.
Yozuvchi faqat buyuk Alisher Navoiyning ijodi va shaxsiyatinigi- na emas, balki u yashagan tarixiy davr, ijtimoiy-siyosiy sharoit ham- da u bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni ham puxta o‘rganib chiqdi. Shuning uchun romanda daho ijodkor el-ulus hayotidan uzilmagan holda jamiyatdagi katta-kichik voqealar fonida ishonarli va hayotiy aks ettirilgan.
Siz tanishgan kichik parchaning o‘zidayoq Navoiy shaxsiyati- ga xos porloq jihatlar bor bo‘yicha aks ettirilgani ko‘zga tashlanadi. Shoirning ona tili mavqei uchun kurash yo‘lida tinim bilmasligi, odam- larga beg‘araz yaxshilik qilishga hamisha tayyor ekani, doim el-yurt manfaatini o‘ylashi singari jihatlar g‘oyat ta’sirli aks ettirilgan.
Shuningdek, asarda buyuk shoirning tadbirkor siyosiy arbob, uzoqni ko‘ra oluvchi donishmand, har qanday holatda ham e’tiqodi- ga xiyonat qilmaydigan iymoni mustahkam shaxs ekani yorqin tasvir- langan. Shoirning harbiy ishlar sohasida ko‘p sarkardalar, hatto, umri jang-u jadallar ichida o‘tgan Husayn Boyqaroga nisbatan ham bilgirlik qilishi asarda mahorat bilan jonli misollar asosida hayotiy ifoda qi- lingan. Alisher Navoiy hazratlarining dovyurak, tadbirkor, o‘rni kelsa, xavf-u xatarga tik qaray biladigan shaxs ekani uning Yodgor Mirzo qarorgohiga yolg‘iz borishga jazm qilganida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Asarda shoirning o‘z qadrini biladigan, ayni vaqtda o‘ta kamtar odam ekanligi lavozimdor odam sifatida ilk muhr bosish holati tasvir- langan lavhada yorqin namoyon bo‘ladi. Navoiyning cheksiz adolati, el-yurtga g‘amxo‘rligi, ulusning hayotini yengillatish, turmushini faro- von qilish uchun tinim bilmasligi kabi jihatlar romanda o‘ta ta’sirli aks ettirilgan.
Oybek romandagi har bir obrazning o‘ziga xos jihatini ko‘r- satishga erishgan. Shuning uchun ham asardagi deyarli barcha tim- sollarning nutqi individuallashtirilgan. Unda tasvirlangan ijodkorlar, navkarlar, sarkardalar, saroy amaldorlari, dehqonlar, kosib-u hu- narmandlarning har biri o‘zigagina xos til bilan ta’riflangani asarning o‘qishli bo‘lishini ta’minlagan. Romanni o‘qish mobaynida o‘quvchi ko‘z oldida buyuk Navoiy yashagan davrdagi sharoit, odamlar, ular­ning o‘ziga xos turmush tarzi, ruhiy olami, quvonch-u tashvishlari gav- dalanadi. Bu hol yozuvchining yuksak tasvir mahoratidan dalolatdir.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish