Boborahim Mashrab hayoti ijodi. (1653-1711) Reja



Download 49,71 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2022
Hajmi49,71 Kb.
#559872
  1   2   3
Bog'liq
Boborahim Mashrab hayoti ijodi.


Boborahim Mashrab hayoti ijodi.
(1653-1711)


Reja:

  1. B. Mashrab hayoti haqida

  2. Shoir she’rlarida qalandariya ta’limotiga moyillik

  3. “Mashrab” so’zi va shu nom bilan bog’liq ijodkorlar haqida



O'tmishdagi shoirlar orasida xalq ommasi ichiga Mashrabdek kirib borgan va shuhrat topgan ikkinchi bir shoirni topish qiyin. Mashrab xalq xotirasida qalamidan ilohiy she'rlar to'kilgan shoirgina emas, ikkiyuzlamachilikning, soxtakorlikning, nafsga qullikning shafqatsiz dushmani sifatida ham qolgan. Uning hayoti, sarguzashtlari haqida ko'pdan-ko'p rivoyatlar to'qilgan. Ularning qay biri haqiqatga yaqinligi haqida bir narsa deyish qiyin. Shuning uchun uning tug'ilgan yili va joyi masalasida ham har xilliklar bor. Masalan, Mashrabning tug'ilgan yili goh 1640, goh 1657, goh 1653- yil deb ko'rsatiladi. Adabiyotshunoslarning keyingi tadqiqotlari shoirning 1653- yilda tug'ilganligi haqiqatga yaqin ekanligini ko'rsatmoqda va ilmiy iste'molda ko'proq shu sanaga to'xtalinadi. Shuningdek, shoirning qayerda tug'ilganligi ham ko'p bahslarga sabab bo'lib kelmoqda. Ayrim mutaxassislar rivoyatlarga tayanib, uni Andijonda tug'ilib, Namanganda voyaga yetgan desalar, boshqalari she'rlaridagi ma'lumotlarga asoslanib, shoir Namanganda dunyoga kelib, shu yerda ulg'ayganligini aytadilar.
Mashrab haqida yurgan rivoyat-u afsonalarning aksariyati shoirga nisbat berilgan she'rlarning mazmuniga moslangan. Uni muxlislari avliyo darajasiga ko'targanlar. Rivoyatlar-u ularga ilova qilingan she'rlarini to'plab, „Devoni Mashrab", „Devonai Mashrab", „Eshoni Mashrab", „Eshoni Shoh Mashrab", „Eshoni Shoh Mashrabi devonai Namangoniy" nomlari bilan kitoblar tuzganlar. Bular Mashrabning hayot yo'lini yorituvchi o'ziga xos qissalardir. Ular tarkibidagi rivoyatlar ham, she'rlar ham bir- biridan jiddiy farq qiladi. Qolaversa, ko'pdan-ko'p tazkiralarda, tarixiy asarlarda u haqda ma'lumotlar bor. Ushbu xilma-xil manbalardan shoir tarjimayi holining asosiy nuqtalarini shunday belgilash mumkin. Ismi — Boborahim, otasining oti — Mullavali. Taxallusi — Mashrab. „Mashrab" arabchada „ichimlik ichiladigan joy" va „fe'l, odat, xulq, tabiat" ma'nolarini bildiradi.
Mashrab 1665- yilda Namanganda Mulla Bozor oxund degan ishining qo'lida shogird edi. U bu dargohda yetti yil shogirdlik ildi. 1671- yilda o'n sakkiz yoshida Samarqandga keladi, bir yilgina u shaharda tahsil oladi. Namanganga qaytib, undan Qashqar safariga jo'naydi. Ofoqxo'ja nomli mashhur eshonga murid tushadi. Uning To'tibekach ismlik kanizagini sevib qolganligi sababli pirining g'azabiga uchrab, erkakligidan mahrum etiladi va quvib yuboriladi. shu tariqa, u o'n sakkiz yillik safardan keyin yana Namanganga aytib keladi. Shu davrda onasidan ayriladi. Qalandar xirqasini kiyib, bir yil Movarounnahr shahar-qishloqlarini kezib chiqadi. 591- yilda esa, do'sti Pirmat Setoriy bilan yigirma yillik safarga ketadi. Va 1711- yilda Qunduzda Balx hokimi Mahmud Qatag'on buyrug'i bilan qatl etiladi. Mashrabning safar va sayr-u sayohatlari haqdagi qissalarda ilohiylik rangiga bo'yalgan. Chunonchi, uning har bir xatti-harakati bashorat, qismat shaklida bir-biri bilan bog'lab berilgan.
Mashrabning adabiy merosi yuqorida nomi tilga olingan ,,Devoni Mashrab" va turli-tuman bayozlar, majmualar orqali bizga yetib kelgan. „Devoni Mashrab" biz ko'zda tutadigan „devon" shunchasini bermaydi. U — asli „Devonayi Mashrab"ning qisqaroq shakli. She'riy to'plam emas, balki Mashrabning hayot yo'li va sarguzashtlarini uning o'z she'rlari vositasida hikoya qilib beruvchi qissa. Uni g'ayritabiiy xatti-harakatlari uchun „devona", ”Shoh Mashrab" deb ataganlar. Uning maxsus, an'anaviy tartiblarga rioya qilib tuzilgan she'riy devoni yo'q. Aytish kerakki, shoirning she'riy merosi hanuzgacha to'la to'plangan emas. Izlagan sari yangi-yangi she'rlari topilmoqda. Shoir she'rlari turli saviyadagi kotiblar tomonidan ko'chirilganligi uchun xatolari juda ko'p. Jaloliddin Rumiy „Masnaviy"sining sharhiga bag'ishlangan ,,Mabdayi nur" (Nurning chiqish joyi) kitobi ham Mashrab qalamiga mansub. Mashrabning ko'pgina she'rlari boshqalarniki bilan aralashib ketgan. Chiqishda „Mashrab" taxallusli o'nga yaqin shoir o'tgani ma'lum. Shulardan ikkitasi — movarounnahrlik. Biri — Boborahim Mashrab bo'lsa, ikkinchisi qarshilik hofiz Ro'ziboydir. Ro'ziboyni „Mashrabi soniy", ya'ni ikkinchi Mashrab deb ataganlar.
Mashrabning bizga ma'lum she'rlari mumtoz adabiyotimizning keng tarqalgan g'azal, mustazod, murabba', muxammas, musaddas, musabba' (yettilik) janrlarida. Eng ko'pi, shubhasiz, g'azal. Shoir she'rlarining bosh mavzusi — ilohiy ishq. Mutasavvif shoir bo'lgani hun ham g'azallarining birida Mashrab ochiq-oydin qilib:

Ma'rifat bozorining devonasi,
Bulhaqiqat ishqining mayxonasi
degandi. Mashrabning o'zga so'fiy shoirlardan farqi shundaki, ular o'zlarining mutasavvifliklarini u qadar ko'z-ko'z etmagan bo'lsalar, Mashrabda bu tuyg'u jununvash ko'rinish oladi. U Allohga bo'lgan muhabbatini yashirib o'tirmaydi, uni otashin satrlarda oshkora kuylaydi, tasvirda ham pardali ifodalardan ko'ra tuyg'ular junbushini berishni xush ko'radi:
Oh urib chiqsa, jahonni kuydirar, Oshiq ahlin ziynat-u sarmoyasi.
Ikki dunyoni ko'zimga ilmadim, Menki ul diydorning hayronasi.
Mashrab uchun namuna bo'lishga arziydigan ikki timsol bor. Ular: Ibrohim Adham va Mansur Xalloj. Ibrohim Adham podshoh edi, bir kechada shohona libosini darveshlik jandasiga almashtirib, Allohni izlab ketdi. Mashrabga uning mana shu fidoyiligi, Alloh ishqini ikki dunyoning ne'matiga almashtirmaganligi yoqar edi. Mansur esa, Allohni o'z qalbidan topib va „men"ligidan voz kechib, „Anal — haq!", ya'ni men — haqman, Allohman! dedi. Uni, xudolik da'vo qildi, deb dorga osdilar. Mansur Xalloj timsoli insonning ruhiy hurligini cheklashga qaratilgan aqidalarga qarshi isyon, erkin fikrlilik ramzi bo'lib qoldi.
Mashrab she'riyatining so'fiyona ruhi uning „Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!" satri bilan boshlanadigan g'azalida, ayniqsa, yorqin ko'rinadi:
Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! ,
Bo'lmasa qoshimda jonona, bu jonni na qilay?!
Xok — tuproq. Ruhi ravon — inson ruhi. Ruhning nimaligini tushuntirish o'ta mushkulligi Qur'oni Karimda ham qayd etilgan. Barcha odamlarning otasi Odam Ato tuproqdan yaratilgan. Demak, hammaning, jumladan, shoirning tani ham tuproqdan. Shoirga nafaqat tuproqdan bo'lgan tan, balki undan ko'p bor yuksak bo'lgan ruh ham kerak emas. U qoshida jonona (jonona deyilganda, xudo ko'zda tutilayapti)ni ko'rmas ekan, jonni ham, ruh deganlarini ham hech deb biladi. Ikkinchi baytda, shoir yanada shakkokroq ko'rinadi:
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?
Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?!
Makkaga, uni „baytulloh" — Allohning uyi sifatida tavof qilgani boriladi. Mashrab bunga ko'nmaydi. U Makkaga yori bilan, boda bilan bormoq istaydi. Shoirning o'z mantig'i bor, albatta. Yor Allohdir. Boda — uning ishq-u muhabbati. U bundan boshqa hech narsani tan olmaydi. Shoir uchun Allohsiz Ka'ba „Ibrohimdan qolgan eski do'kon" ekani shundan.
Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do'zaxin,
Bo'lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!
Chinakam so'fiyga xos jihatlar g'azalning ayni shu misralarida yaqqol namoyon bo'ladi. Oddiy kishining Allohga muhabbati, undan qo'rquvi tagida jannatga yetishish maqsadi turadi. Mutasavvif uchun bunday maqsad ta'magirlik hisoblanadi. So'fiy Yaratganning jamoliga yetishishnigina o'ylaydi. Unga Yaratganga muhabbat sababli jannatga erishish va do'zaxdan qutulib qolishni niyat qilish — uyat. Chunki go'yo muhabbati uchun haq talab qilganga o'xshab qoladi. Chin ishq beg'araz bo'lmog'i kerak. Asar maqta'sida bu fikr ochiq va aniq aytiladi:
Bir xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo'lsa qo'lumda, ul tikonni na qilay?!
She'rdagi savol va xitob ohangi, ,,Jonona" va ,,Jon" so'zlaridagi bo'g'in takrori, mumtoz adabiyotimizda ko'p qo'llanadigan ramal vaznining „musammani mahzuf (foilotun, foilotun, foilotun, foilun; foilotun, foilotun, foilotun, foilun) shaklidan samarali foydalanish unga alohida joziba bag'ishlagan. Ayni paytda, shoir ishqining butun mazmun-mohiyati oynadagidek namoyon bo'lgan.
„Chidayolmas" radifli g'azali „ishq mazhabi" tavsifiga bag'ishlangan. Bu yerda Navoiy aytib o'tib ketgan „xos ishq" ko'rsatib berilgan. Mashrab uni shunday bayon qiladi. G'azalning matla'sini keltiramiz:
Ishq mazhabiga taqvi-yu toat chidayolmas,
Tasbeh-u sano, zuhd-u ibodat chidayolmas.
Taqvo — dindorlik, parhezkorlik Sano — Allohni maqtash. Zuhd — dunyodan voz kechib, Alloh yo'lida ibodat bilan "shug'ullanish. Shoir fikricha, uning ishqi dindorlikning odatdagi qolipiga sig'maydi. Chunki Yaratganga bo'lgan muhabbat shu qadar ko'lamli, shu qadar otashinki, unga ro'para kelgan toat- ibodat ham, tasbeh-u sano ham chidayolmaydi. G'azalda tasvir kuchi, oshiq jazavasi miqyosi baytma-bayt ortib boradi:
Devona qilur ishqi sanam vasli chu Majnun,
Nomus-u hayo, ayb-u qabohat chidayolmas.
G'azal maqta'sida junun holiga tushgan shoir ruhiyati beriladi. U o'z tuyg'ularini „raqs-u samo'', — zikr orqali ifodalash zarurligini anglaydi. Negaki, „Ishq mazhabida obi tahorat chidayolmas". Ishq olovida qovurilgan oshiq qalbi holati tahorat suvini bug'lantirib yuborar darajada haroratli ekani shu tariqa jozibali aks ettirilgan.
Quyidagi g'azalda bu fikrlar yanada ta'sirli shakl va manzaralar oladi. Shoirning ishqi tavsifi barobarida dunyoning ishlari, jumladan, tirikchilik tashvishlari, tan va ruhning rohat-farog'atga moyilligi, bularning esa oxir-oqibatda „ishq"iga xalaqit berishi kabi masalalar ko'tariladi:
Dunyoga kelib loyiga bilmay bota qoldim, Darmon yo'qidin necha og'iz so'z qota qoldim.
Nega shoir gapni dunyoning loyidan boshladi? Chunki bu dunyo shunday qurilganki, unga kelgan odam gunoh qilmasligi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, inson degan mavjudotga shunday tabiat berilganki, uning gunoh qilmasdan yashashi mumkin emas. Dunyoning loyi borligi va shoirning unga kelib, bilmay „bota qolishi" shundan. Inson ko'pincha o'z ixtiyoriga zid yashaydi. Bu uni loyga botiradi. Loyga botib yurish har qanday kishining ham darmonini oladi. Shuning uchun darmonsiz solik dardlarini batafsil va yetkazib ayta olmaydi, bir necha og'iz „so'z qota qoladi". Keyingi baytda shoirning e'tirof-u e'tirozi muayyanlashadi:
Ko'rdumki ani dushmani ruh-u tan ekandur,
Lo o'qi bila ikki ko'ziga ota qoldim.
Tan bilan ruhning oshiq muhabbatiga xalaqit berishi, hatto dushrnan bo'lishi mumkinligi kishini o'yga toldiradi. Shoirning fikrlash mantig'i shunday: ruh orom istaydi, osoyishtalikni xohlaydi. Tan rohatga, farog'atga talpinadi. Bular — tan bilan ruhga xos bo'lgan xususiyatlar. Ularni o'zgartirish juda qiyin. Bu hol oshiq xayolini yordan chalg'itishi, hatto, unutish darajasiga olib borishi mumkin. Tan bilan ruhning „dushman"ligi shunda. Shuning uchun ham oshiq — shoir „lo" o'qi bilan ruh va tan­ning „ikki ko'ziga ota qoldi". „Lo" arabcha so'z bo'lib, „yo'q!" degani. Demak, oshiq tan bilan ruhning barcha xohishlarini rad etadi. Boshqacha aytganida, nafsdan o'zini butkul tiyadi. Aslida, u xohishlarinigina emas, o'zini ham rad etmoqni istaydi. Chunki, yor vasliga, uningcha, „bu tani xok-u ruhi ravon" bilan yetishib bo'lmaydi. Bu gaplar mazmunga tegishli. Ushbu fikrning ifoda yo'siniga ham e'tibor qiling. „Lo" so'zi arab imlosida o'qlangan yoyni esga soladi. (Qayrilgan „lom" harfi va unga tik qadalib turgan „alif'ni ko'z oldingizga keltiring). Demak, shoir fikrni shunchaki aytish bilan kifoyalanmaydi, balki holatning suvratini ham chizishga urinadi. Uchinchi baytda gap mayxona va masjidga ko'chadi:
Mayxonaga kirdim, bila qoldim kuyarimni,
Masjidga kirib, zohidi yaxdek qota qoldim.
Ma'lumki, may va mayxona tasavvufiy she'rlarda tez-tez jchraydigan timsollardan. May — Alloh vasliga erishish, u bilan birlashish vositasi. „Yorning jamoli shunchalar o'tliki, oshiqni yondiradi. Oshiqning mayxonaga kirganda „kuyishi" shundan. Masjid-chi? Mashrab — oshiq. U shariat qoidalariga amal qilish, zohid singari uzlatga chekinish bilan maqsadiga erishmoqchi emas. Bu tadbirlar uni, aksincha, maqsadidan uzoqlashtirishi mumkin. Shuning uchun „zohid"ga „sovuq" sifatini beradi va uni „zohidi rax", deb ataydi. Oshiqning „Masjidga kirib, zohidi yaxdek qota qolishi" aslida uning dunyoga kelib, „bilmay bota qolgan" ,loy"laridan edi. Shuning uchun ham to'rtinchi baytda shoir zohid bilan bahsga kirishadi:
Zohid, menga bir shishada may, senga namozing, Ming tavqini bir kosai mayga sota qoldim.
Uning e'tiqod bilan o'qigan „namozi"dan „bir shisha may"ni avlo o'radi va shariatning ming hukmi—tavqini „bir kosa mayga sota qoladi".
Oshiq boshqalar nazdida — telba. Chunki yorining bir jilvasiga ikki jahonni hadya etib turibdi:
To telbaligim shuhrati olamni tutubdur,
Bir jilvasiga ikki jahondin o'ta qoldim.
Vahdat mayini piri mug'on ilkidin ichtim,
Mansur kabi boshimi dorga tuta qoldim.
Aslida u sog'lardan sog'roqdir. Chunki u vahdat mayini faqat pirlar piridan ichgan. Bu hol unga boshini Mansur doriga dadil tutish imkonini bergan. Chunki uni bu dunyoga bog'laydigan arazli iplar uzilgan. U oliy haqiqatga— Allohning o'ziga yetmoqqa itiladi. So'nggi baytda gap aylanib, taqdirga keladi va mantiqiy yakunini topadi. Ya'ni hushi joyida bo'lmagan odamdan xafa bo'lish, uning qilmishlarini ayb sanash to'g'ri emas, ishq deb atalmishko'chadan o'tgan yo'lovchi borki, shunday qismatga mahkumdir:
Ayb aylamangiz, Mashrabi bexudni, yoronlar,
Naylayki, bu g'urbat ko'chasidin o'ta qoldim.
Mashrabning hamma she'rlarini ham boshdan oxirigacha sof tasavvufiy deb qarash unchalar to'g'ri emas. Shoir „Qaydasan?" radifli g'azalida berayotgan so'roqdan va matla'dagi gapni ko'ngilga ko'chirishidan tashqari she'rdagi tasvir va tamsillarning barchasini bevosita atrofdagi voqelik bilan bog'laydi:
Ey, mening nozik nihol, oromijonim qaydasan?
Bu ko'ngul bo'stonida g'uncha dahonim, qaydasan?
Necha yillar bu ko'ngul mushtoq erur diydoringa,
O'rgulay, ey dilbari shirin zabonim, qaydasan?
Ayrilib men yordin bir necha kun bo'ldum judo,
Axtarib keldim sani, sarvi ravonim qaydasan?
Holi zorim ko'p yamondur, kelmasang bir yo'l so'rab,
Ey, mening xush mehribonim — yori jonim qaydasan?
Ko'zlarim giryon bo'lub, qoldim bu g'am sahrosida,
Hasratingda chiqdi bu oh-u fig'onim, qaydasan?
Tashnalabdur Mashrabing, bo'ldi yurak-bag'ri kabob,
Furqatingda chashmai obi ravonim, qaydasan?
Shoir matla'ning birinchi satrida yorning qiyofasini chizadi. U — „nozik nihol", demak, qaddi-qomati kelishgan, „g'uncha dahon" — og'zi g'uncha kabi chiroyli. Ma'shuqa — shoirning ko'ngul bo'stonida paydo bo'lgan gul. She'rdagi sog'inch hissi sodda, samimiy va tushunarli ifoda bilan qo'shilib alohida joziba baxsh etgan. Ohang ham, aytish mumkinki, turkona. Chunki uning vazni aruzning turkiy she'riyatda eng ko'p qo'llanadigan bahrlaridan biri — ramalda. Chunonchi:
Ey, me ning no zik ni hol, o ro mi jo nim, qay da san?
fo i lo tun fo i lo tun fo i lo tun fo i lun
Bu ko' ngul bo's to ni da g'un cha da ho nim, qay da san?
fo i lo tun fo i lo tun fo i lo tun fo i lun
Mashrab she'rlari mazmuniga ko'ra ham, ifodasi jihatidan ham u qadar sodda emas. Chunki Mashrab falsafasining o'zi juda murakkab. Unda bu yorug' olam Alloh tushunchasi bilan birlashib ketadi. Shoir ijodida biz ko'rib turgan bu atrof-olam hammasi sir-sinoat va unda faqat Alloh namoyon ekani ifodasini topadi. Quyidagi g'azalda bu fikr-qarashlar ochiqroq ifoda qilingan:
To kiydi qizil o'zini zebo;qilayin deb,
O't yoqti jahon mulkida g'avg'o qilayin deb.
Matla'da ilohiy mazmun hali ayon ko'rinib turgani yo'q. Uni „yor o'ziga oro berish uchun alvon libos kiydi va oshiqlar orasida g'avg'o solmoq uchun ular ko'ngliga o't yoqdi",— degan hayotiy- maishiy yo'sinda tushunish to'g'riroq bo'lishi mumkin. Bu tashqi ma'nosi. Tasavvufiy ma'nosi esa: Parvardigor o'z qudrati mo'jizalarini bilmoq bo'ldi va alvon libosga burkanib, oshiqlariga ko'rindi. Bu bilan hammaning ko'ngliga o't yoqdi:
Mastona xirom etti-yu ko'rguzdi qaddini,
Mendek necha devonani shaydo qilayin deb.
Bu baytda tabiiy yor belgilari yanada ko'proq. Ammo Alloh yor qiyofasida. U mastona yurib keladi, chunki u o'z go'zalligidan, aniqrog'i, bu go'zallikning barcha oshiqlarini mahliyo qilganidan mast. Shuning uchun ham u o'z qaddi-bastini tantanavor namoyish etadi. Ma'shuqaning ko'rinishi tasvirida ham mantiqiy izchillik bor. Oldin libosi, so'ng qaddi-qomati ko'rinadi. Navbat yorning jamoliga keladi:
Zebo sanamim gul yuzidin parda ko'tardi,
Olam hama ko'z bo'ldi tamosho qilayin deb.
Go'zal mahbuba gul yuzidan pardani ko'targan edi, butun dunyo uni tamosho qiluvchi ko'zga aylandi. Bu baytning ma'nosi yaxshiroq tushunilishi uchun Mashrab izdoshlaridan bo'lgan Majzub Namangoniyning bir misrasini keltirish o'rinli bo'ladi:
Soqiy—manam, sog'ar—manam, ore, manam, manam, manam.
Soqiy ham o'zimman, qadah ham o'zimman, o'zim ham o'zimman, demoqda shoir. Mansur „anal-haq"ining ayni o'zi. Mashrabning yuqoridagi baytida ham xuddi shu singari borliqni ilohiylashtirish, yagona mavjudlik, ya'ni vahdati vujud ma'nosi ifoda etilgan.
Mashrab fikricha, oshiq va ma'shuqa aslida bitta. G'azal yuqoridagi tartibda davom etadi. Gap yorning „zulfi", „qoshi"ga ko'chadi. Qosh tasviri yana oshiqning qonini to'kish bilan bog'lanadi. Mumtoz adabiyotda qosh qilichga o'xshatiladi va shoirning bunday qismatga tayyorligi ifodalanadi:
Boshimni kesib olg'il-u xushhol bo'lub ket,
Qonimni to'kub, lolayi sahro qilayin deb.
Oshiqning sadoqati, muhabbati, ma'shuqaga ishonchi shunchalikki, u jonini omon saqlash haqida orzu ham qilmaydi. Uning uchun ishq yo'lida qurbon bo'lmoq — saodatga erishmoq bilan teng. Ma'shuqaning bu xil keng qamrovli mazmunga egaligi shoirning boshqa she'rlarida ham uchraydi. Masalan, bu holni uning mashhur she'rlaridan bo'lgan:
Malaksan yo bashar, yo hur-u g'ilmonsan, bilib bo'lmas, Bu lutf-u, bu nazokat birla sendin qayrilib bo'lmas matla'li g'azalida ham ko'rish mumkin. Oshiq yorning „malak" (farishta) yo „bashar" (odam) yoki hur-g'ilmon (jannat qizlari va xizmatkorlari) ekanini bilolmay ajablanadi. Negaki, ma'shuqa — yer yuzidagi odamlarga aslo o'xshamaydigan darajada go'zal. Bu ajablanishlarni vahdati vujudning g'aroyibotlaridan hayratga tushish deb izohlash ham mumkin. Muallif, iloji boricha, o'z holatiga ham sirli tus beradi. O'zining boshqalarga o'xshamasligini, ahvolini hech kim anglay olmasligini uqtirib turadi, „ishq"ining betakrorligiga qayta-qayta ishontirmoqchi bo'ladi. Bu ham tasavvuf she'riyati uchun xos bo'lgan xususiyatlardan. Masalan, uning she'rlaridan biri:
Hech kima ma'lum emas holi parishonim mening,
Osmonni tiyra qildi oh-u afg'onim mening
satrlari bilan boshlanadi. Oshiqning g'ambodaligi shunchalikki, ayriliq sabab u tortgan ohlarning dudidan osmon qorayib ketgan. Lekin keyingi bayt tamomila o'zgacha bir kayfiyatni ifoda qiladi:
Men nechun shod etmayin, bul xasta ko'nglumni bugun,
Keldi holimni so'rab, ul sho'xi jononim mening.
Shoir — o'zgaruvchan kayfiyat egasi. Bir kichkina e'tibor uni baxtsizlik chohidan saodat tog'iga chiqarib qo'yadi. Yorning hol so'rashi oshiqning „xasta ko'ngluni" shod etishiga sabab bo'ladi. Bu she'rda nozik ishoralar, qandaydir mavhum va mubham holatlar pardali yo'sinda tasvirlangan esa-da, unda majoziy muhabbatni kuylash yetakchilik qilgani ko'rinib turadi:
Noz-u istig'no bilan kelgil, meni holimni so'r,
Termulub doim yo'lungda chashmi giryonim mening.
She'rning maqta'sida dunyoviy ruh yanada yaqqolroq bilinadi. Chunki bu o'rinda oshiq uni qiynayotgan ma'shuqaga bevosita murojaat qiladi:
Tobakay jabr-u sitam birla yurursan, ey, rafiq,
Chiqti, Mashrab, ushbu g'amdin bu aziz jonim mening.
Yorning jabr-u sitamlari shoirning shirin joni chiqishiga olib keldi. Bu she'rda oldingi g'azallardagi nihoyasiz sabr tasviri unchalik ko'zga tashlanmaydi. To'g'ri, bu yerda ham oshiq ma'shuqaning sitamlaridan astoydil yozg'irmaydi. Lekin g'azalda yorni insofga chaqirish ruhi sezilib turadi.
Mashrabning ayrim she'rlarida XVII — XIX asrlarda Turkistonda keng yoyilgan qalandariya mazhabiga moyillik seziladi. Qalandarlik, shoir nazarida, barcha yomonliklarni rad etishning, qabohatlardan uzoqda bo'lishning eng yaxshi, boshdan-oxir hurlik-erkinlik yo'lidir. Bu erk Allohga ko'ngul qo'ymoq hurligidir. Razolat va zalolatni yengmoq, haqiqatni ochmoq hurligidir. She'rga e'tibor qilaylik:
Murodingga yetay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l,
Sitam ahlin yutay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Og'izdan dur sochay desang, sharobi ishq ichay desang,
Yomonlardin qochay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Fasod ahlin quvay desang, (ketiga) bir uray desang,
Bu dargohdin suray desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Riyozatsiz bo'lay desang, tanim ozod yuray desang,
Jahonni sayr etay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Razolat kuyduray desang, zalolat o'lduray desang, Hamasin supuray desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Bu taqvodin kechay desang, xonaqohdin qochay desang, Haqiqatni ochay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Guharrezlik qilay desang, hamani kulduray desang,
Chu Mashrabdek bo'lay desang, qalandar bo'l, qalandar bo'l.
Qalandariya aslida Ahmad Yassaviydan boshlangan ,,jahriya"ning bir ko'rinishi. „Jahr" baland ovoz bilan zikr tushmoqdir. Qalandarlar ustalarida janda — rido, bellarida sadaqa yig'adigan kashkul bilan yurtma-yurt kezib yurganlar. Mol-dunyo, ivlat-u saltanat, kibr-u havo, manmanlikni tark etib, faqirona umr o'tkazishga so'zda va amalda harakat qilganlar.
O'z zamonasida qalandarlik davrining eng ilg'or harakatiga aylangan, atrofiga sog'lom kuchlarni yig'gan. So'fiylikning jamoa- uyushmasi hisoblangan qalandarlikning o'z rasm-taomillari bo'lgan. Masalan, pirga qo'l berib, muridlikni zimmasiga olgan har bir kishi to'rt qoidaga amal qilishi shart bo'lgan.

  1. Sirpo'sh — o'zganing sirini ochmaslik.

  2. Xomush — kamgaplik.

  3. Zahrno'sh — har qanday achchiq gapni yutish.

  4. Faromush — har qanday vaziyatda ham og'ir bo'lish, o'ch olishga urinmaslik. Bu to'rt shart qabul qilingach, unga kisvat (kiyim) berilgan. Kisvat degani quyidagilardan tarkib topgan: a) shaydoyi degan uchi burma do'ppi. Uning atrofiga „Illo fato illo Ali, yo sayf-u illo zulfiqor, har baloye pesh oyad, daf kun parvardigor!" so'zlari yozilgan; b) chiltor o'ralgan. Chiltor — shaydoyi ustidan o'raladigan shokilali salla; d) kuloh. Qalandarlarga ikki-uch yildan keyin beriladigan, ichi namat, usti duxoba, tuya junidan shokilali qilib to'qilgan bosh kiyim; e) kamar. Ich tomoni namat, usti duxoba qayish. Tevaragiga: „Kamar bastam ba nomi Shohi mardon, Dili g'amnoki moro shohi gardon" (Mardlar shohi nomi bilan kamar bog'ladim, Biz, dili g'amnok gardlar shohimiz) deb yozib qo'yilgan; f) janda — besh-olti yil yurt kezgan qalandarlarga beriladigan kiyim.

Qalandarlar tirikchilikning g'amini yeyishmagan. Ular topilganiga qanoat qilishgan. Qalandarlarning tariqatga doir va ma'naviy yumushlari pir, eshon tomonidan belgilab berilgan. Eshoni murshidning xo'jalik sohasidagi ishlarini qalandarlar orasidan „g'olib" deb ataladigan sarkor bajargan. Qalandarlar quyidagi ashyolarni doimiy ravishda olib yurishgan:


    1. Download 49,71 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish