Boborahim Mashrab hayoti ijodi. (1653-1711) Reja


Kashkul — xayr-sadaqa yig'iladigan qovoqsimon idish. Matbag'



Download 49,71 Kb.
bet2/3
Sana18.04.2022
Hajmi49,71 Kb.
#559872
1   2   3
Bog'liq
Boborahim Mashrab hayoti ijodi.

Kashkul — xayr-sadaqa yig'iladigan qovoqsimon idish.

  • Matbag' — nazr-niyoz, sha'mlar solib yurish uchun qovoqdan qilingan idish.

  • Rido — qo'ltiqdan o'tkazib bo'yinga bog'lanadigan xalta. Ko'pincha xudoyi qilingan nonlar solingan.

    Mashrab she'riyati mazmun-mohiyatigina emas, janrlariga ko'ra ham rang-barangdir. Shoir mumtoz she'riyatimizdagi murabba', muxammas, musaddas, musabba', mustazod kabi xilma-xil janrlardan foydalanadi. Ularda Mashrab g'azaliyoti uchun xos bo'lgan bir qator badiiy xususiyatlar, majoziy tafsil (detal) va tamsil (obraz)lar rivojlantiriladi. Shoirning bu janrlardagi she'rlarida ham u dunyoga, ham bu dunyoga xos tafsillar hamda kechinmalar tasviri aks etgan:
    Bulbuldayinkim faryod etarman,
    Ishq daftarini bunyod etarman,
    Ko'ngullarimni men shod etarman,
    Yorga yetar kun bormu, yoronlar? —
    deb yozadi shoir murabba'laridan birida. Tuyg'ular — tabiiy. Ifoda — sodda. Ohang — ravon. Ayni vaqtda, mazmun — teran va o'ta nurakkab. Muxammaslaridan biri esa shunday boshlanadi:
    Xonumonidin judo bo'lgan kishidan dard so'rang,
    O'rtanib qaddi duto bo'lgan kishidan dard so'rang,
    Dard-u g'amga mubtalo bo'lgan kishidan dard so'rang, Bekas-u bemuttako bo'lgan kishidan dard so'rang,
    Misli man bedastu po bo'lgan kishidan dard so'rang.
    Muxammasning keyingi bandlarida shoir bu „dard"larining ustini ocha boshlaydi. Ma'lum bo'lishicha, uning eng katta „dardi" bekas" (kimsasiz)ligining, „bemuttako"ligining bosh sababi eng yaqin kishisidan ayrilganidir:
    Termulub qoldim bu yo'lda hamsafardin ayrilib, Yo'l adoshub g'amdadurman rohbardin ayrilib, Baxt qaro keldim bu yo'lda yaxshilardin ayrilib, Andalib erdim, qolibman bol-u pardin ayrilib,
    Men kabi baxti qaro bo'lgan kishidin dard so'rang.
    Insoniy ayriliq tasviri shoirning boshqa muxammaslarida ham uchraydi. Mashrabning bir muxammasi shunday boshlanadi:
    Ey, musulmonlar, netay, men yordin ayrilmisham, Fitnachashm-u sho'xi xush raftordin ayrilmisham, Bulbuli sho'ridaman, gulzordin ayrilmisham,
    Qoshlari yo, ko'zlari xunxordin ayrilmisham,
    Bir pari tal'at, shakarguftordin ayrilmisham.
    Bu satrlarda ilohiy mazmundan ko'ra tabiiy, hayotiy tuyg'u- chinmalar ko'proq. Shoir tarjimayi holida ham bunga muvofiqlashadigan voqea-hodisalar oz emas. Qolaversa, mumtoz she'riyatimizda ijodkorning shaxsiy — intim tuyg'ulari hamisha ijtimoiy yoxud ilohiy mazmun bilan qo'shilib ketgan bo'ladi. Mashrabning ayrim muxammaslari ifodaning soddaligi, tasvirning moqiligi, tilning tushunarliligi bilan darrov o'quvchi e'tiborini tortadi. Shoirning „Yorning ko'yida men bormoq edim" deb boshlanadigan muxammasi shu jihatdan diqqatga molikdir:
    Yorning ko'yida men bormoq edim,
    Har necha javr-u jafo tortmoq edim,
    Qonga to'lgan yuragim yormoq edim,
    Oy sanamning ko'yida yurmoq edim,
    Kokulini ko'zima surtmoq edim.
    Shoir orzuni ifodalashi lozim bo'lgan -chi qo'shimchasidan atay foydalanmaydi. Shuning uchun ifoda o'ziga xoslik kasb etgan va xalq og'zaki ijodida bo'lgani kabi o'n bir bo'g'inli misralar yuzaga kelgan. Ifodaning shu taxlit sal kemtikroq bo'lishi she'r ruhiga qandaydir bir yengillik bag'ishlagan. Undagi timsollar tizimi ham Mashrabona murakkablikdan xoli bo'lib, odmi ko'rinish olgan. Muxammasning ohangi ham, mazmuni ham xalqona ruh kasb etgan:
    Olmani qo'shsa bo'lurmu norg'a,
    Haq rizo ko'ngulni qo'shg'ay yorg'a,
    Bir nazar qilsang bu Mashrab zorg'a,
    Yolborib arzim deyay dildorg'a,
    Yastanib ko'yingda men yotmoq edim.
    Shoirning „Va'da qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi"
    misrasi bilan boshlanadigan muxammasi dastlab majoziy ishq tasviriga bag'ishlangandek taassurot qoldiradi. Hajmi anchagina katta, o'n ikki band, oltmish misrali bu she'rda banddan bandga o'tgan sari ifoda quyuqlashib, mazmun teranlashib, insoniy sevgining ilohiy qirralari ko'rinib boraveradi. Shu she'rni kuzatish asnosida chin oshiqning majoziy muhabbati qay tariqa ilohiy ishqqa evrilishini bir qadar payqash mumkin bo'ladi:
    Va'da qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi, Termulub yo'lidaturdum, sho'xi badxo' kelmadi, Necha keldi shum raqiblar, ul pariro' kelmadi, Dardidin o'ldim, tabib, dardimga doru kelmadi, Men shahidi ishq bo'ldum, qatrai suv kelmadi.
    Birinchi bandda ilohiy jazba, samoviy muhabbat, Yaratganga qo'shilish singari istaklarning nishoni ham sezilmaganday tuyuladi. Shoir o'zining sho'x va sitamkor yoridangina yozg'irayotganday bo'ladi. Ikkinchi bandda ham qahramonning oshiqona holati ko'rsatiladi. Uchinchi bandga borib, tasvir yo'nalishida o'zgarish, tasvirlarida ilohiy mohiyatga ishora seziladi:
    Oh-u voh aylab, g'ariblik shahrida bemorman,
    Gar olur bo'lsang bu jonim ol, sanam, bezorman, Pardani yuzdin ko'targil, oshiq-u diydorman... Muxammasning keyingi baytlarida tasvir keskinlik kasb etadi, shoir holatida junun, telbalik ustuvorlik qiladi. Shuning uchun ham oldin bir g'azalida aytgani „shakkoklik"ni yana qaytaradi:
    Ko'rmasam bir dam seni, bayt ul-haramni naylayin?
    Qolg'on Ibrohimdin ul eski do'konni naylayin?
    Ham bihisht-u kavsar-u hur-u g'ilmonni naylayin?
    Yetti aflok-u sakkiz jannat — makonni naylayin?
    Bul sababdin, do'stlar, ko'ngulga yog'du kelmadi.
    She'rning bu o'rinlarida ilohiy ishq shavqi avj nuqtaga ko'tariladi. Shu bois shoir goho telbalik qilganday, o'z o'rnini bilmaganday, payg'ambarimiz Ibrohim alayhissalomga, Ka'baga behurmatlik qilganday tuyuladi. Lekin so'fly oshiqning, o'zini bus-butun Alloh yo'liga bag'ishlagan qalandarning holatidan kelib chiqilsa, o'zidan kechgan, „men"ligini unutgan, Yaratganga qo'shilib ketgan kimsaning pokiza tuyg'ularini anglash, tuyish mumkin bo'ladi. Shoir o'zini fidoyi, begunoh hisoblamaydi. Shoirning:
    Kuygusi tongla qiyomat' dod-u ohimni ko'rub,
    Qolgusi mahshar eli hayron gunohimni ko'rub,
    Tiyra bo'lg'ay yeru ko'k ro'yi siyohimni ko'rub, —
    tarzidagi iqrori qahramonning samimiyatini ko'rsatadi va uni o'quvchiga yaqinlashtiradi.
    Mashrab ijodida „Ne g'urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan" deb boshlanadigan musaddas ham muhim o'rin tutadi. Unda shoirning adolatsiz qurilgan dunyo tartibotidan noroziligi, vafo ko'rsatib, bevafoliq topgani, hajr otashida qovrilgan yurakning fig'onlari aks etgani uchun ham:
    Hama obod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan,
    Ki, men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan
    misralarini har band so'ngida takror keltiradi. Bu hoi she'rda lirik qahramon kayfiyatining to'liq ifoda topishiga imkon beradi. Garchi, musaddas — oltilikda olamiy ma'nolar, ilohiy muammolar aks etgan bo'lsa-da, tuyg'ular tug'yoni, dil iztiroblari, to'g'ri yo'lini topolmayotgan solikning fig'onlari tasvirlangan esa-da, so'zlar g'oyat soddavash, o'quvchi tomonidan oson hazm etiladigan tarzda qo'llanilgan. Eng qaltis onlarda ham Mashrab yaxshilikdan umid qiladi. Shu bois ham musaddas so'ngida: „Iloho, sen yetur himmat yo'lig'a xasta Mashrabni",— deya murojaat qiladi.
    Isyonkor shoir she'riyatida mustazodlar ham o'ziga xos o'rin tutadi. Tuzilishiga ko'ra eng qaltis ruhiy holatlarni berishga mo'ljallangan bu poetik shakl Mashrab kabi tuyg'ulari ko'kka sapchigan ijodkor uchun qo'l kelishi tabiiy edi. Uning
    Download 49,71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish