Tabiatda turli tuman moddalarning ko‘pligiga qaramay, faqat ikki turdagi elektr
zaryadlari ipakka ishqalangan shishada hosil bo‘lgan zaryadlarga shishada hosil
bo‘lgan zaryadlarga o‘xshash va movutga ishqalangan ebonitda hosil bo‘lgan
zaryadlarga o‘xshash zaryadlar bo‘ladi. Birinchi tur zaryadlarni musbat zaryadlar,
ikkinchi tur zaryadlarni manfiy zaryadlar deb atalgan.
Bir qator tajribalar qilinib, har qanday jismning elektr zaryadi 1,6 ∙ 10−19𝐶 ga
teng bo‘lgan butun sonli elementar zaryadlardan tashkil topganligi aniqlangan, bu
zaryad „elektronning* atomlaridan iboratdir. Manfiy zaryadga ega bo‘lgan eng
kichik zarra elektron deb ataladi. Uning massasi 𝑚 = 9,1 ∙ 10−31𝑘𝑔. Musbat
elementar zaryadga (elektron zaryadiga teng) ega bo‘lgan eng kichik barqaror zarra
proton deb ataladi. Protonning massasi elektron massasidan 1836 marta kattadir:
𝑚𝑝 = 1,67 ∙ 10−27𝑘𝑔. Hozirgi vaqtda massasi elektron massasiga teng va zaryadi
proton zaryadiga teng bo‘lgan zarra ham topilgan, bu zarra pozitron deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |