1 Daqoyiq - nozik ma’nolar.
mavlono Binoiy naq labida tutib turgan yangi bir askiyani aytishga botinmay qoldi. Forsiyparastlar fors tilining shirinligini xuddi shu tilda bolalikdayoq ajoyib she’rlar aytgan Navoiyga madh etadilarmi?!
Darveshona xayolchan, sokin, yumshoq Hasan Ardasher Navoiyning fikrlarini quvvatladi. Keyin Sultonmurod o‘zbek tilidagi she’rlarning rang, ma’no va xayol ingichkaligi jihatdan fors shoirlari- ning asarlaridan tuban emasligi haqida gapirib, bir necha namunalar- da isbot etmoqqa tirishdi.
Bukungi fors she’rlarining, — dedi Sultonmurod, — ulug‘ us- todi mavlono Jomiy hazratlarining muborak ko‘ngillarini o‘zbek she’ri asir etmoqdadir. U janobning fikrlari, iltifotlari tilimizning g‘alabasidir!
Majlisni munoqashadan1 qutqarib, do‘stona ruhlantirish uchun Navoiy ustalik bilan suhbat mavzuini o‘zgartib yubordi. U soxta bir qalandar haqida juda mazmunli, maroq bir hikoyacha aytib berdi. Navoiy behisob ko‘p hikoyalar bilar edi. Kundalik hayot voqealaridan ajoyib latifalar, ibratli hikoyalar to‘qiy berardi ham ularni shunday jonli, shunday iliq aytib berar edikim, har kim zo‘r maroq bilan tinglar edi.
Naq yarim kechada odamlar uy-uylariga tarqalarkan, Navoiy Sultonmurodni to‘xtatdi.
Men sizga biron madrasada dars aytmoqlikni taklif qilurmen, ne deysiz?
Sultonmurod javob berishga qiynalib qoldi.
Hali vaqti kelmagandir... — dedi ikkilanib.
Hirotning eng peshqadam va iste’dodli tolibi ilmlari sizdan dars olmoqni orzu qiladilar.
Siz lozim bilsangiz, u taqdirda e’tirozim yo‘q, — dedi yerga qarab Sultonmurod.
Xub, bu yaxshi ish bo‘ldi, — dedi quvonib Navoiy. — Ikki-uch kun mobaynida tayin qilurmiz. Yolg‘iz aytar so‘zim shuki, vazifangiz- ga tamom ixlos bilan kirishgaysiz, shogirdlaringizning ko‘ngliga ma’ri- fat ishqini solg‘aysiz, mol-davlat uchun ilmingizni sotmangiz. Inson uchun ko‘ngilning sofligi, boyligi kerak.
Gulning to‘ni qirq parcha bo‘lsa ham, u guldir! Ilmni xalqqa beringiz va tafakkur bilan ilmni kengaytirmoqqa harakat qilingiz! Ilm
1 Munoqasha - janjal, tortishuv.
ko‘mig‘liq xazina emas, jonli daraxtdir, o‘smog‘i, gullamog‘i, meva bermog‘i kerak!
Sultonmurod qorong‘i tunda, qanotlanganday, madrasaga uchdi.
Devonning qatorasiga solingan ziynatli xonalarining biri yonida qurama xalqdan anchagina to‘plangan edi. Katta, tekis, chorburchak sahnni chol qorovul qunt bilan, chang ko‘tarmasdan supurardi. Uning soqoli taralib tekislangan, lekin rangi kunduzning mashaqqatlarini xayol bilan beparvo kechirish uchun har kuni ertalab “chize”1 taryok iste’mol qilib, ustidan ko‘proq shirinlik yeguvchi chollarning rangi kabi, sarg‘ish, qonsiz edi. U supurgining dastasiga suyalib, odamlarga yer ostidan ko‘z tashladi. Qandaydir bir tanishini ko‘rib, yaqin keldi. U taajjublanib, dedi:
Ha, bizning dargohga bosh suqubsan, tinchlikmi? — so‘radi
chol.
Dardsiz, g‘alvasiz odam bu yerda nima qiladi? Mirga ikki og‘iz arzi hol qilg‘ali keldim.
Hay, ishing o‘ngidan kelsin! — Chol birin-sirin yangidan ke- layotganlarni ko‘zdan kechirib, dedi:
Tavba, Alisher janoblari bir haftadan buyon Childuxtaronda edilar, u yerda yangi rabot bino qilmoqdalar. Hirotga bukun tunda qaytdilar. Xo‘sh, xaloyiqni kim ogohlantirdi?
Ehtimol, o‘zlari tushimizda bashorat bergandirlar, — kulib dedi bir dehqon.
Ajab emas... Chunki Navoiyning dili bilan xalqning dili hami- sha payvanddir, — dedi ishonch bilan ko‘m-ko‘k qo‘lli bo‘yoqchi.
Shu vaqtda kimdir, burunaki otgandek, qayta-qayta apshurdi.
Haqqast rost! — bo‘yoqchiga qaradi chol qorovul va jiddiy dedi: — Bu zamonda Navoiy janoblaridek pok odam hargiz topilmas,
u ishiga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |