1 Xirgoh - chodir.
dan askarday keskin, chaqqon harakat bilan tushdi-da, jilovni navkari Boboaliga tutqizdi. Podshohga yaqin kelib, dadil so‘zladi: “Bizga ijozat beringiz!” Hech bir bek, hech bir navkar Navoiydan buni kutmagan edi. Ko‘plar uyatdan boshlarini egib, bo‘shashib, titray boshladilar. Lekin endi vaqt o‘tgan, har kim qancha orzumand bo‘lmasin, shu top- da o‘z mardonaligini ko‘rsatishdan ojiz edi...
Husayn Boyqaro bir daqiqa taradduddan so‘ng atrofdagi yigit- larga o‘qraygan ko‘zlarini yuritdi-da, shoirga ijozat berdi. Navoiy qi- lichini qinidan sug‘urdi (qilichning birinchi va so‘nggi marta sug‘urilishi edi!), dadillik bilan odim otib ketdi. Lekin u tepaga ko‘plar mo‘ljalla- gan yo‘ldan emas, boshqa yo‘ldan chiqa boshladi. Shu vaqtda kim- dir bir dasta shamni yoqib, baland ko‘tardi. Hammaning ko‘zi qilichi- ni hassa kabi yerga qadab, tepaga ko‘tarilayotgan shoirda edi. Uning ko‘lankasi ko‘zdan g‘oyib bo‘lar-bo‘lmas, navkari Boboali orqadan qi- lich yalang‘ochlab yugurdi. Dam o‘tmay, o‘nlab yigitlar qo‘rg‘onga hujum qilganday, shijoat va ildamlik bilan shoir chiqqan yo‘ldan tepaga otilishdi.
Navoiy qilichni hassa kabi tutib, yotiq tepadan ildam pastga tushdi. To‘ppa-to‘g‘ri ko‘shkka qarab yugurdi. Shu onda ko‘shk orqasidan bir necha qurolli navkar shoshqin va sarosima holda yugurib chiqdi, oldindagisi qahr bilan qichqirdi: “Kim? Hozir bo‘l!” va bir necha odam narida hamla uchun qilich ko‘tardi. Navoiy qilichni ko‘tarmas- dan, lekin zarbaga tayyor holda sovuqqonlik bilan to‘xtadi-da, buyu- ruvchi keskin tusda so‘zladi: “Qilichlarni qinga joylangiz, shu lahza- da taslim bo‘lingiz!” Ikkinchi navkar yaqin kelib, bo‘ynini cho‘zib tikildi: “Siz kimsiz? Nega taslim bo‘lamiz?” — so‘radi u. Shoir zarda bilan: “Men — Alisher Navoiy!” deyishi bilan navkarlarning nafaslari ichlari- ga tushib qoldi. Navoiy keskin ravishda ularga orqa o‘girib, ko‘shk- ka otildi. Dahlizda, qorong‘ida yo‘l axtarib, katta xonaning eshigiga yetganda, orqadan Boboali hayajon bilan yetib keldi. Eshikni asta ochib, oldin-ketin ichkari kirishdi. Darichalar ochiq, katta xona o‘rta- sida yumshoq gilamlar, baxmal-kimxob ko‘rpachalarda to‘rt kishi tur- li tomonga qarab, turli vaziyatda dong qotib yotardi. Bularning ichi- da, naq daricha ostida, oppoq yostiqqa parishon sochlarini to‘zg‘itib, yosh ayol jimgina uxlardi. Navoiy engashib, yotganlarga qaradi-da,
past tovush bilan buyurdi: “Tuting buni!” Boboalining oyoqlari ostida qadahlar, ko‘zachalar sindi, u shahzodaning qo‘llaridan siltab tortib turg‘izarkan, boshlarini bir-birlariga tegizib, qarshi yoqqa oyoq uzatib yotgan ikki sipoh birdan cho‘chib o‘rinlaridan turishdi va uy ichi haya- jonli, sarosimali shovqinga to‘ldi. Yosh ayol “voy!” deb sakrab, o‘zini darichadan pastga otdi. Boboalining temir panjasida Mirzo Yodgor garang edi, hansirab, tuturuqsiz nimalardir so‘zladi. Uyni, dahlizni yigitlar to‘ldirdi.
Navoiy boshliq Boboali va bir dasta yigitlar Mirzo Yodgorni sud rashib, tepadan tushishdi-da, Husayn Boyqaroning oti oyog‘i os- tiga tashladilar. Shohona kiyimlari bilan tungi bazmda uchib qolgan shahzoda bazo‘r ko‘zini suzib, atrofga hushsiz jovdirab qaradi. Keyin boshiga yetgan baloni anglab, kalavlanib o‘rnidan turdi, qo‘lla- rini ko‘ksiga qo‘yib, qaltirab, o‘z dushmaniga tikildi. Uning ko‘zlarida ma’nosiz bir qo‘rquv, ojiz bir yolvorish ifodalanar edi. Husayn Boyqaro otda turib, asiriga bir necha achchiq, tikanli so‘zlar otdi-da, qo‘li bilan navkarlarga “olib jo‘nanglar”, degan ishorat qildi.
Hirot qal’alardan, arklardan yangragan karnay, nog‘ora sadolari bilan uyg‘ondi. Mirzo Yodgorning boshi kesildi. Uning tarafdorlari jon- larini hovuchlab, in-iniga kirdi...
Shoir el-ulus ishidan qutulgan damlarda bekor o‘tirmas edi. Yo o‘qir, yo yozar, yo xattotlikda mashq qilar, yo musiqiyda yangi kuylar yaratishga urinar, hatto ba’zi vaqtlarda rasm solish, fikrini bo‘yoqlar ila ifodalash bilan mashg‘ul bo‘lar edi. Tafakkur, amal, harakat uning mangu hamrohlari edi. U “bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal” degan dasturni ko‘p vaqt takrorlashni sevardi.
Darichalari yopiq va jihozlari zavq bilan saranjom top- gan xonaning o‘rtasida manqal to‘la qip-qizil cho‘g‘ yolqinlanadi. Darichalarning tepasidagi rangli oynalarda qish quyoshi o‘ynaydi. Navoiy manqalga yaqin o‘tirib, kitob ustiga qo‘yilgan yengil, shaldiroq qog‘ozni tizzasida tutib, ijodga berildi.
Ijod dardini tug‘uriq dardi bilan qiyos etadilar. Ijod dardi — qalb- ning qa’rida uyg‘onib, butun vujudni larzaga solgan og‘riq Navoiy uchun eng shirin lazzat, ona allasi kabi yupantiruvchi, quyosh kabi
hayot va quvonch bag‘ishlovchi bir kuch edi. Shuning uchun u samimiy, tabiiy bir shavq bilan yengil yoza olar edi. U chinakam so‘z sehrbozi! U har qanday o‘jar fikrni, ruhning eng ingichka, eng tutqich bermas jilvalarini, yurakdagi hislarning mavjlarini so‘z orqali yorqin tajassumlantirar, qatrada daryolarni mavjlantirar, uchqunda qu- yoshlarni aylantirar, ishqdan hayot yasar, oddiy hayotdan esa ulug‘, tiyran afsonalar to‘qur... U minglarcha yilgi madaniyatni, asrlarning fikr boyligini qamragan shoir edi. Uning she’riy dahosi arab, eron va tur- kiy xalqlarning san’at xazinasiga, fikr zaminiga chuqur ildiz otib, uning abadiy kuchidan gullagan edi.
U turli shoirlarning turli-tuman asarlaridan o‘n minglarcha bayt- ni yod bilar edi. U uch-to‘rt yoshdan boshlab jiddiy go‘zal she’rlarni yodlagan. Sakkiz-to‘qqizda butun-butun ilmiy, falsafiy, she’riy asarlar- ni o‘zini unutajak ravishda zavqqa berilib mutolaa etgan. Bir qarich bolalikda keksa shoirlar bilan she’r haqida munozara qilgan!
Qalam ravon yugurardi. So‘zlar she’rning oltin ipiga erkin terila- di. Misralarda so‘zlar gavhar kabi yonadi, yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. Shoir o‘z ota-bobosi tilining sodda va toza go‘zalligini chuqur sezib quvonadi. Mana, misralar qog‘oz betini to‘ldirdi. Ona tili- da she’rning yangi bir guldastasini bog‘ladi. Shoir g‘azalni kitob orasi- ga soldi. Yengillanib, o‘rnidan turdi-da, qalam va dovotni tokchaga olib qo‘ydi. Tokchalardagi chiroyli xitoy idishlarga, fil tishidan ishlan- gan ajoyib, mo‘jaz qutichalarga razm soldi. U chiroyli narsalarni, ingichka san’at namunalari bo‘lgan buyumlarni sevar edi.
Sovuqdan badani jimirlashdi. Manqal oldiga o‘tirdi. Ustini yupqa kul bosa boshlagan cho‘g‘ni mis kurakcha bilan yengilgina titib, qo‘lla- rini tutdi. Yana shoirona xayolga, tafakkurga berildi. U o‘z ona tilining qudratini, go‘zalligini namoyishlantira bilajak katta dostonlar yaratmoqni orzu qilardi. Uning xayoli afsonalarning go‘zal bog‘lariga sayr etdi. Nega bu bog‘chalarning oltin darvozalari uning xalqi uchun yopiq?! Arablardan, eronliklardan uning xalqining qay yeri kam?! Yo‘q, u o‘z xalqi uchun she’rning o‘lmas gulzorlarini yaratishi kerak!
Eshik asta ochildi, yaqinda shoirga xizmatga kirgan Shayx Bahlul paydo bo‘ldi. Bu — ancha tahsil ko‘rgan, har vaqt mutavoze, yuvosh tabiatli, kamtarin yigit edi. Shayx Bahlul o‘z xo‘jasining fazlu
kamolotini taqdirlab, unga xizmat qilishni o‘zi uchun bir sharaf, deb hisoblar edi.
Buyuring, ne demoqchisiz? — parishonlik bilan so‘radi Navoiy.
Tarabxonada1 sulton hazratlari sizni yo‘qlamishlar, — javob berdi Shayx Bahlul.
Navoiy bir muddat boshini quyi solib, sukut etdi. Keyin ran- jiganlikni ifodalovchi tovush bilan: “Ayting, tez yetib borurmen”, dedi. Shayx Bahlul boshini qimirlatib, “xub” deb chiqdi. Shoir uzilgan xayol- lariga yana bir muddat berildi. Keyin shohi to‘n ustidan og‘ir bo‘lma- gan qunduz pochali po‘stinni kiydi. Ko‘cha eshigi oldida otga minib, saroyga jo‘nadi.
Tarabxonada saroy mulozimlari uni, har vaqtdagi kabi, hurmat bilan qarshiladilar. Tarabxona — katta bog‘chalarnig o‘rtasiga solin- gan kichikroq, lekin juda kelishgan ikki oshyonli, bu yerni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan Zahiriddin Muhammad Boburning ta’biricha, shiringina imorat edi.
Husayn Boyqaro Navoiyni uning qarshiligiga qaramay, muhrdorlik lavozimiga tayinlaydi. Ko‘ngli ijodga moyil shoir shohning taklifiga ko‘nishga majbur bo‘ladi. El-ulus ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, ijod ahliga homiylik qilish, ularga imkoniyatyaratishga e’tibor qaratadi.
Muhammad Sayid saroy pahlavonlarining eng zo‘ri va mohi- ri edi. U keng yag‘rinli, quloch ko‘krakli, butun dov jussasidan quv- vat barq urardi. Husayn Boyqaro unga “Pahlavoni olam” degan laqab bergan. Hech bir Xuroson pahlavoni, chet ellardan pahlavonlik dag‘dag‘asi bilan kelib turadigan zo‘rlardan birontasi hali uning yon- boshini yerga tegizgan emas. Lekin Navoiyning qalin do‘stlaridan bo‘lgan bu shaxsning fazilati bundagina emasdi. Muhammad Sayid ayni zamonda turli ilmlar sohasida uncha-muncha olimlarga so‘z bermasdi. Musiqiyni chiroyli chalar, yangi kuylar to‘qirdi. Goho-goho uning qudratli qo‘llari qalam ushlab, chiroyli g‘azallar, ruboiylar yara- tardi. Pahlavonning bu xislatlarini uzoqda eshitganlar ishonmas, lekin yaqindan tanuvchilar uning qobiliyatlarini ehtirom qilardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |