10.1.2. O’zbekistonning tabiat manzaralari va ularni asrash
haqida qisqa tushunchalar
O’zbekiston tabiatan o’ziga xos keng, boy va turli-tuman
sharoitlar, imkoniyatlarga ega. Yil fasllari tez o’zgaruvchan, ya’ni qish
ba’zan bahorga o’xshasa , bahor va kuz yozga o’xshab ketadi. Bu esa
insonlarning maqsadli, samarali mehnat qilishi, katta boyliklar (g`alla,
meva, sabzavot, chorva mollari va h.k.) to’plash, jismoniy jihatdan
chiniqishga muhim sabab bo’ladi.
Tabiat manzaralari g’oyat go’zal, jozibali, diqqat-e’tiborni jalb
etuvchi bo’lib, ular tog’li, tog’ oldi salqin manzillar, dam olish, xordiq
chiqarish, chigallarni yozish, jismoniy chiniqish jarayonlari uchun
qulaydir. Ularni “Tabiat va inson”, “O’zbekiston tabiati va manzaralari”,
164
“Ikki daryo oralig’i” kabi mustaqillik yillari davrida ishlab chiqilgan
ko’p qismli kino va telefilmlarda ko’rish mumkin. Bu mavzuda
ko’rsatuvlar tez-tez namoyish etilib turilishi sayohatlar bobida muhim
ahamiyatga egadir.
Terskoy Olotovning (Qirg’iziston Respulikasi) g’arbiy tarmoqlari
Chotqol va Pomir tog’ etaklari (shimoliy qismi) davomi Hisor,
Zarafshon tog’larining oralig’i va ularning shimoliy g’arb tomonga
cho’zilib ketgan tarmoqlarida beqiyos ko’p go’zal manzarali joylar
mavjud. Ularni asosan Farg’ona vodiysi, Zarafshon, Surxon, Amudaryo
vohalari deb yuritiladi.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, mazkur joylarda va
O’zbekiston – Qozog’iston chegaralari tutashgan (shimoliy-sharq)
hududlarda (cho’llar, sahrolar) odamlar ov bilan shug’ullanishgan.
Bunda yovvoyi otlar, qulonlar, ho’kizlar, kiyiklar, bo’ri, tulki, jayra kabi
hayvonlarni tutish va ularni uy sharoitida o’rgatish odat bo’lgan. Tog’li,
cho’l va keng dalalarda istiqomat qiluvchi dehqonlar, cho’ponlar,
boylarning xizmatchilari burgut, lochin (qirg’iy) kabi qushlar bilan ov
qilib, tulki, quyon, kaklik, yovvoyi kurka, bulduruq kabi parrandalarni
tutishgan.
Ma’lumki, bu jarayonlar osonlikcha kechmagan, ya’ni ovchilar
uzoq masofalarga ulovda va piyoda borishgan, kunlab, tunlab o’ljalarini
kuzatishgan. Shu orqali manzarali joylarni topib dam olgan va maxsus
belgilar o’rnatib, o’zlari yoki boshqalarning ham yana kelib tunashi,
dam olishlarini ko’zda tutgan. Bu holatlar keyinchalik, keksa va
yoshlarning sayr-tomosha qilish manzili va maskaniga aylangan.
165
Ta’kidlash lozimki, bunday joylarda Abu Ali ibn Sino, Xo’ja
Ismoil Al Buxoriy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo,
Boborahim Mashrab kabi ulug’ allomalarning izlari bor. Bu kabi
voqe’liklar Buyuk Ipak yo’lining turli tarmoqlarida ham katta iz
qoldirgan. Shu sababdan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Xiva,
Shahrisabz, Qo’qon, Termiz kabi tarixiy shaharlarda ulkan madaniy
yodgorliklar qadimdan buyon qad ko’tarib turibdi.
Xalqaro madaniyat, qurilish, arxitektura kabi sayr-sayohatlar
maskanlarining rivojlanishi tufayli O’zbekistonda ham baland qavatli,
muhtasham binolar qad ko’tarmoqda. Tarixiy, madaniy yodgorliklar va
zamonaviy arxitektura qurilishlari xalqimiz, mamlakatimizning ko’rki
sifatida olamga mashhurdir.
Yuqorida bayon etilgan muhit, shart-sharoitlarda o’quvchi
yoshlarning bilim saviyalarini oshirish va jismoniy barkamolliklarini
tarbiyalash sohasida katta imkoniyatlar mavjud. Ularni quyidagi
yo’nalishlarda aynan ko’rish mumkin, ya’ni:
-Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang’ich sinf o’quvchilari
uchun shahar sharoitlarida katta xiyobonlar, maydonlar, favvora
(fontan), istirohat bog’larining mavjudligi;
-Tog’li hududlarda o’quvchi yoshlarning yozgi dam olish va
sog’lomlashtirish oromgohlari;
-O’rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi o’quvchi va talaba-yoshlar
uchun sog’lomlashtirish – sport maskanlari;
166
-Mehnatkash, ziyoli, ishchi-xizmatchilar va mehnat faxriylari
uchun dam olish uylari, sog’lomlashtirish markazlari, sanatoriyalarning
joylashishi.
Bunday oromgohlar, sport maskanlari, dam olish uylari Namangan
viloyatiningi Chotqol tog’lari, Andijonning o’rmonlari etaklari
(Qirg’iziston chegaralari, Farg’onaning Shohimardon hududlari,
Toshkent viloyatining Oqtosh, Qoratov, Chimyon, Kumushkon,
Ohangaron (Yangikent); Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, Forish;
Samarqand viloyatining Urgut, Omonqo’ton, Ohalik; Qashqadaryo va
Surxondaryo vohasining tog’li manzillarida joylashgan.
Bu kabi xush manzarali maskanlarda katta yoshdagi bolalar kabi
boshlang’ich sinf o’quvchilarining ham dam olishi, ham jismonan
chiniqishi amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |