Turizmning turlari: piyoda yurish, sayr (ekskursiya) qilish, turli
ulovlardan (avto, samolyot, poyezd, kema, qayiq, ot, eshak, tuya va h.k.)
foydalanish asosida baland tog’larga chiqish (tog’ turizmi, qoyalarni
zabt etish), tez oqar daryolarda qayiq bilan suzish, mo`ljallab chamalab
topish (sport, oriyentirovaniye) kabilardan iborat bo’lib, ularning
ko’pchiligi maxsus sport turi maqomiga egadir.
Turizmning shakllari: Bir kunlik (dam olish kuni), tunab kelish
(2-3 kun) va bir necha (4-8 va undan ortiq) kunlar piyoda yurish
sayohatlaridan iborat bo’ladi.
Sayyohatlar va sayrlar turli tomoshalar qatnashchilarning yoshi,
jinsiga ko`ra farqlanadi. Faqat ular jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lishi
lozim. Demak, bunday sayohatlar va sayrlarda boshlang’ich sinf
o’quvchilari bilan ota-onalar, sinf rahbari va fan o’qituvchilari
birgalikda faol ishtirok etishlari mumkin bo’ladi.
160
Piyoda sayrlarda zaruriy kiyimlar, oziq-ovqatlar, tunab kelishda
sayohat jihozlariga ega bo’lish talab etiladi. Bu sayohatlar jarayonida:
-Maxsus chizma (xarita) asosida eng zarur manzillarni bilish,
rejalashtiriladi;
-Har bir ishtirokchi o’zlariga tegishli yuklarni (kiyim, ozuqa,
sayohat jihozlari va h.k.) (yuk xaltaga) joylashtirgan holda orqalab-
ko’tarib yuradi;
-Rahbarning (tashkilotchi-yo’riqchi) ko’rsatmasi asosida yurish,
to’xtash, dam olish, ovqatlanish, sayr-tomosha qilish amalga oshiriladi;
-Tunab kelish va kunlik sayohatlarida oziq-ovqat zahiralari
(zapas), idish-tovoqlar va maxsus sayohat jihozlari (chodir, kompas,
binokl, foto-video apparatlar va h.k.) bo’lishi shart;
-Bir kunlik va tunab kelish sayohatlarida qatnashchilarning (guruh-
8-10 va undan ortiq) yoshi, jismoniy tayyorgarligi asosida 12-15 km (bir
kunlik) va 25-50 km. (ko’p kunlik) masofalarni piyoda etish, bunda
yurish, dam olish, ovqatlanish, tunash va boshqa faoliyatlarda sayohat
texnikalariga (bajarish usuli) to’la rioya qilish talab etiladi.
-To’siqlardan (ariq, suv, chuqurlik, qir-tepalik, toshlar, tikanli
o’simliklar, qirralar va h.k.) o’tish jarayonlarida o’ta ehtiyotkorlik, bir-
biriga yordam, shikastlanish sodir bo’lganda birinchi tibbiy yordam
(yaralarni bog’lash, qonni to’xtatish, zarur joyga ko’tarib borish va h.k.)
ko’rsatish amallarini bajarish lozim;
-O’tloqlar va dehqon, chorvadorlarning ekin maydonlari, mol-
mulkiga zarar keltirmaslik (payhon qilish, shoxlarni sindirish, olov
161
yoqish va h.k.), noyob o’simlik va gullarni yulmaslik, ularning ildiz va
piyozlarini kovlab olmaslik lozim;
-O’rmon xo’jaligi, qo’riqxona xodimlari, mahalliy xalqlar bilan
uchrashish, suhbat jarayonlarida odob-axloq qoidalaridan chetga
chiqmaslik (nojo’ya so’zlar, turli xil harakatlar, masxarabozlik,
bepisandlik va h.k.) shart bo’ladi;
-O’zboshimchalik bilan yolg’iz va bir necha tengdoshlar bilan
uzoq joylarga, ayniqsa nurab tushish mumkin bo’lgan jarlik yoqalari,
qirrali baland tosh qirralari, chakalakzor, zaharli hasharotlar (ilon,
chayon, biy, o’rgimchak qurt va h.k.) yashaydigan kavaklar, o’t-o’simlik
oralari kabi joylarga bormaslik.
Umuman olganda, tabiat qanchalik manzarali bo’lmasin, ularda
insonlarga zarar keltiruvchi holatlar ham ko’p bo’ladi. Shu sababdan
ham ularning turlari va keltirib chiqaradigan oqibatlari haqida har bir
sayyoh, ayniqsa bolalar yaxshi tushunchalarga ega bo’lishlari lozim.
-Tog’ va tog’ oldi yoki daryo, ariq sohillariga sayohatlar
uyushtirish jarayonida o’qituvchilarning topshirig’i yoki o’z xohishlari
bo’yicha o’quvchi bolalar turli gerbariylar, tabiatda uchraydigan noyob
ashyolarni (rangli va turli shakldagi toshlar, ildizlar, shox siniqlari,
tuproqlar va h.k.) ko’rishi, yig’ib-terib olishi, ob-havoning o’zgarish
sabablari, bulutlarning ko’chishi, uzoqdagi tog’ cho’qqilarining odamlar,
hayvonlar, mashinalar va boshqalarga o’xshab ko’rinish shakllari
sabablari bilan qiziqishi tabiiydir. Bunday holatlarda sayohat rahbarlari
va ota-onalar savollarga oddiy, aniq, to’g’ri javob berishlari kerak
162
bo’ladi, ya’ni ular tabiat va jamiyat haqidagi bilimlar, nazariy hamda
amaliy tushunchalarga ega bo’lish talab etiladi.
Demak, turizmda tabiat mazmuni, jamiyat taraqqiyoti, eng muhimi
esa har sohada chuqur bilimlarga ega bo’lish, jismoniy barkamollikni
tarbiyalash jarayonida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |