Qosimova R. A. Boltayev Z. B



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti 
 
 
 
 
 
Qosimova R.A. Boltayev Z.B. 
 
 
 
 
 
 
 
“Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi”  
 
(Pedagogika fakultetlari, Boshlang’ich ta’lim va sport – tarbiyaviy ish 
bo’limlarining IV bosqich talabalari uchun o’quv qo’llanma) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand 2017 


Qosimova R.A., SamDU dosent  p.f.n. Boltayev Z.B. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar: Abdumalikov R.A. p.f.n., prof.UzDJTI 
 
 
   Xaydarov B., p.f.n., dos. SamDU. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qisqacha mazmuni 
Uzluksiz  ta’lim  jarayonida  jismoniy  tarbiya  mustaqil  sohalardan 
hisoblnadi.  Bu  borada  umumta’lim  maktablarining  boshlang’ich  (I-IV) 
sinflaridagi  jismoniy  tarbiyani  o’qitish  muhim  ahamiyatga  ega. 
Boshlang’ich  ta’lim  o’qituvchilari  va  shu  yo’nalishdagi  o’quvchi-
talabalarning  pedagogik  mahoratlarini  shakllantirish  va  nazariy  bilim 
hamda amaliy ko’nikmalarini  mustahkamlash kadrlar tayyorlash hamda 
barkamol  avlodni  tarbiyalab  yetishtirishning  muhim  vazifalaridan 
biridir. 
Mazkur  o’quv  qo’llanma  boshlang’ich  ta’lim  tizimidagi  jismoniy 
tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish samaradorligini oshirishda xizmat 
qiladi.  Shu  sababdan  bu  o’qituvchilar  va  boshlang’ich  ta’lim  o’quvchi-
talabalariga mo`ljallangan.  


 

Kirish 
 
 
Jismoniy  tarbiya  va  uning  vositalari  insonlarning  faol  amaliy 
harakatlari  hamda  ijodiy  mehnatlari  bilan  chambarchas  bog’liq.  Bu 
jarayonlar insoniyat paydo bo’lgan davrlardan boshlab ijtimoiy turmush 
madaniyatida tarkib topgan, jamiyat taraqqiyoti asosida shakl, mazmun, 
maqsad  yo’lida  xizmat  qilib  kelgan  va  tobora  takomillashib,  iqtidorli 
kishilarning kundalik turmush madaniyati ehtiyojiga aylangan. 
 
U  ijtimoiy  pedagogik  jarayon  sifatida  eng  qadimgi  turli  yozma 
manbalar, chizma, tosh va metallarga o’yib yozilgan yodgorliklarda aks 
ettirilgan.  
Osiyo  va  boshqa  mintaqalarda  mashhur  bo’lgan  “Avesto”, 
Homerning  “Tarix”  nomli  asari  va  ayniqsa,  “Go’ro’g’li”,  “Alpomish”, 
“Qirq qiz” kabi o`zbek xalq og’zaki ijodi durdonalarida ijtimoiy mehnat, 
munozara, ziddiyat sevgi va juda ko’p insoniy fazilatlar turli xil o’yinlar 
(poyga,  otda  jang  qilish),  jangovarlik  mashqlari  (kurash,  kamondan 
nayza  otish,  nayza  sanchish,  qilichbozlik  va  h.k.)  bilan  chambarchas 
bog’lanib ketgan. 
Jismoniy  mashqlar  inson  salomatligini  saqlash,  jismoniy 
barkamollikni tarbiyalash va turli xil dardlarni davolashda qo’llanilgan. 
Bunga  Abu  Ali  ibn  Sinoning  4  tomlik  (1956  y.  va  keyingi  nashrlari) 
ilmiy merosi guvohlik beradi.  
Musulmon  olamida  mashhur    bo’lgan  “Navro’z”,  “Hosil” 
bayramlari va turli sayllarda, shuningdek katta to’ylarda kurash, dorboz, 
ko’pkari-uloq,  poyga  va  ko’pgina  harakatli  o’yinlar  qadimdan  buyon 


 

ardoqlanib  qo’llab  kelinadi.  Bunday  tadbirlarning  negizida  ko’p  qirrali 
tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan.  
Ma’lumki, inson tanasi o’ta murakkab bo’lgan tuzilmalardan iborat 
va  har  bir  a’zo  alohida  mashq-tarbiyani  talab  etadi.  Bunda  yosh,  jins, 
jismoniy tayyorgarlik, ruhiy holat  va eng muhimi, esa o’yin-mashqlarga 
qiziqish  muhim  o’rin  tutadi.  Anatomiya,  fiziologiya,  pedagogika, 
psixologiya va boshqa sohalar bo`yicha buyuk olimlarning ilmiy-amaliy 
tadqiqotlarida  va  tajriba-sinovlarda  bu  jihatlar  tasdiqlanib,  ular 
darsliklarga  aylangan.  Ular  orasida  buyuk  rus  olimi  P.F.Lesgoftning 
xizmatlari  g’oyat  katta,  ya’ni  uning  “Jismoniy  ta’lim”ga  doir 
asarlaridagi  mazmun  va  usullar  jahon  jismoniy  tarbiya  ta’limi  tizimiga 
aylanib, ular hozirgi davrda ham qo’llanilmoqda.  
Sobiq  ittifoq  yillari  (1917-1991)  davrida  jismoniy  tarbiya  va 
sportning  mohiyati  borasida    jahonga  mashhur  bo’lgan  mutaxassis 
olimlar katta faoliyat ko’rsatgan. 
Birgina  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  uslubiyati  bilan  bevosita 
shug’ullangan  olimlardan  V.R.Novikov,  L.P.Matveyev,  V.M.Vidrin 
kabilarni  tilga  olish  buning  yaqqol  misolidir.  Ularning    O’zbekistonda 
ham  shogird-izdoshlari  bor.  Ular  qatoriga  M.U.Tojiyev  (akrobatika), 
Sh.N.Zokirov  (boks),  Yu.S.Sholomiskiy  (yengil  atletika  va  JT  tarixi), 
T.Normatov, 
T.A.Usmonxo’jayev, 
O.O.Po’latov 
kabi 
o’nlab 
mutaxasislarni kiritish mumkin. 
Muhimi  shundaki,  keyingi  yillarda  (1960-1991)  ustozlar  izidan 
borgan  ko’pgina  mahalliy  kadrlar  Respublikada  jismoniy  tarbiya  va 
sportni  rivojlantirish,  uning  ilmiy-amaliy  va  uslubiy  asoslarini 


 

takomillashtirishga o’z hissalarini qo’shgan olimlar guruhi yuzaga keldi. 
Bu  yo’lda  A.Q.Atayev,  H.A.Batirov  (Buxoro),  Sh.H.Xonkeldiyev, 
A.Abdullayev 
(Farg’ona), 
U.R.Niyozbekov, 
T.T.Yunusov, 
Yu.M.Yunusova,  A.N.Leviykiy,  M.Miradilov,  K.M.Mahkamjanov, 
R.K.Qudratov 
(Toshkent), 

R.Abdumalikov, 
J.E.Eshnazarov, 
R.A.Qosimova 
(Samarqand), 
J.M.Toshpo’latov, 
U.Ibrohimov, 
Q.Alimov 
(Termiz), 
T.X.Xoldarov, 
H.A.Melikov 
(Jizzax) 
va 
boshqalarning ish tajribalari e’tiborga molikdir. 
O’zbekiston  mustaqilligi  yillarida  jismoniy  tarbiya  va  sport 
sohasida ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yangi avlod yetishib chiqdi. Ular 
orasida 
R.D.Xolmuhammedov, 
K.D.Yarashev, 
O.Qurbonov, 
M.Qurbanova  (O’zDJTI),  B.Haydarov  Z.B.Boltayev  SamDU)  , 
B.N.Saidov  (Samarqand  Tayloq  OZK),  F.Axmedov,  A.Sodiqov 
(JizDPU),  X.B.Tulenova  (ToshDPU)  kabi  iste’dodli  yoshlarning 
mavjudligi alohida o`rin egallaydi.  
Yuqorida nomlari zikr etilgan taniqli va yosh iste’dodli olimlarning 
nomlarini  eslatishdan  maqsad  shundaki,  ular  jismoniy  tarbiya,  jismoniy 
madaniyat,  sport  turlari,  xalq  milliy  o’yinlari  va  piyoda  yurish  sayr-
sayohatlarning  inson  tanasini  jismoniy  tarbiyalashdagi  alohida  o`rnini 
ilmiy  tajriba-sinovlar  orqali  isbotlab  berishgan  va  ularning  mohiyatini 
ommaga  singdirishda  targ’ibot,  amaliy  yordam  ishlarini  amalga 
oshirmoqda. 
Hayotning o’zi yosh avlodning jismoniy barkamolligini tarbiyalash 
va  uni  rivojlantirishda  har  tomonlama  ilmiy-amaliy  va  uslubiy 
jarayonlardan foydalanishni taqozo etadi.  


 

Anatomiya, 
fiziologiya, 
pedagogika, 
psixologiya, 
tibbiyot, 
biokimyo,  jismoniy  tarbiya  nazariyasi  va  metodikasi  ular  bilan  bog’liq 
bo’lgan  fanlarda  ta’kidlanishicha  inson  tanasini  tarbiyalash  va 
rivojlantirish  madaniyati  hamda  uslubiyati  kishilarning  sog’ligi, 
jismoniy  tayyorgarligi,  yoshi,  jinsi  va  ruhiy  holatlariga  qarab  olib 
borilishi  shart.  Shu  jihatdan  olganda,  boshlang’ich  sinf  (I-IV) 
o’quvchilarini  jismoniy  tarbiyalashda  darslardagi  o’yin-mashqlarning 
samaradorligi yaxshilanishiga alohida e`tibor zarur. 
Umumta’lim  maktablarning  boshlang’ich  sinflarida  o’tkazilgan 
sinov-tajribalar, pedagogik kuzatishlar, o’qituvchilar va ota-onalar bilan 
bo’lgan  suhbatlar  natijalari    ilmiy-nazariy  jihatdan  tahlil  qilinganda, 
haftasiga  ikki  marta  o’tkaziladigan  jismoniy  tarbiya  darslari  o’sib 
kelayotgan  yosh  avlodni  harakat  faoliyatiga  bo’lgan  ehtiyojlarini 
qanoatlantira  olmaydi.  Shu  sababdan,  ertalab  uy  sharoitida  gimnastika 
mashqlarini 
tashkil 
qilish, 
darslar 
oralig’idagi  tanaffuslarda 
sog’lomlashtirish o’yin-mashqlarini har kuni o’tkazish lozim bo’ladi.  
Eng  muhimi,  har  kuni  darsdan  keyin  uy  yoki  maktab  sharoitida 
yakka,  juft  yoki  guruh  bo’lib  turli  o’yin-mashqlarni  rejali  ravishda 
uyushtirish kerak. Iqtidorli bolalar esa sportning u yoki boshqa turi bilan 
shug’ullanish  uchun  maktab  to’garaklarini  tashkil  qilish,  bolalar  va 
o’smirlar sport maktablariga safarbar etish zarurdir.  
I-IV  sinf  o’quvchilarining  Jismoniy  barkamolligini  tarbiyalash 
maqsadida  mavsumlarga  qarab  piyoda  yurish  sayohatlarini  (sayr-
ekskursiya)  o’tkazish,  poyga  (kross)  musobaqalarini  ko’proq  tashkil 
qilish,  suvda  suzishni  o’rgatish,  bo’sh  vaqtlarda  bolalarning  erkin  va 


 

mustaqil ravishda o’zlari yoqtirgan o’yin-mashqlar bilan mazmunli, faol 
shug’ullanishlariga  sharoit  yaratish  hamda  ularni  nazorat  qilish,  zarur 
bo’lganda amaliy ko’maklashish maqsadga muvofiqdir. 
Mazkur 
ijtimoiy-pedagogik 
jarayonlarni 
takomillashtirishda 
iste’dodli 
olimlar 
T.S.Usmonxo’jayev 
(harakatli 
o’yinlar), 
K.M.Mahkamjonov  (I-IV  sinflarda  jismoniy  tarbiya),  H.B.Tulenova 
(Jismoniy tarbiya vositalari), R.A.Qosimova (boshlang’ich ta’limda dars 
samaradorligini  oshirish)  va  boshqalarning  ilmiy-pedagogik    ishlari, 
darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Boshlang’ich  ta’lim  metodikasi  fakultetining  o’quv  rejasida  IV-
bosqich  talabalari  uchun  “Jismoniy  tarbiya  asoslari  va  metodikasi” 
maxsus  fan  sifatida  o’qitilish  ko’zda  tutilgan  va  uni  VII  –  semestrda 
o’tkazish rejalashtirilgan.  
 Bu  semestrda  (28-30  hafta)  fanning  nazariy  asoslari  (20  soat 
ma’ruza),  amaliy  mashg’ulotlari  (2  soat  metodik  darslar)  va  mustaqil 
ishlarini (46 soat) o’tkazish belgilangan. 
Oliy  ta’lim  muassasalarining  xususiyatlari  (kasbga  tayyorlash)  va 
shart-sharoitlari asosida mazkur fanni o’qitishda fakultet rahbarlari dars 
jadvallariga  alohida  e’tibor  berishlari,  bunda  “jismoniy  tarbiya  asoslari 
va  metodikasi”ni  o’tkazishdagi  jarayonlarni  e’tiborga  olishlari  lozim, 
ya’ni:  
1.  Ma’ruzalar    bir  haftada  bir  marotaba  (10  hafta  davomida) 
o’tkazilishi; 
2. Ma’ruzalar o’tilmaydigan kunlarda (haftada  1 marta) amaliy va 
mustaqil mashg’ulotlar o’qitilishi;  


 

3.  O’qituvchilarning  xohish,  rejalari,  pedagogik  mahoratlari  va 
ijodkorligi asosida amaliy mashg’ulot mustaqil ishlar (o’quv amaliyotiga 
–  pedagogik  amaliyotga  tayyorgarlik  darslari)  bilan  olib  borilishi 
maqsadga muvofiq bo’ladi.  
Amaliy  va  mustaqil  mashg’ulot  ishlarida  talabalarning  o’zlari 
navbat bilan dars faoliyatini boshqarishi (o’tkazishi) va boshqa talabalar 
“boshlang’ich  sinf  o’quvchilari”  vazifasini  ijro  etishlari  lozim. 
Shundagina,  ular  eng  avvalo,  darslarni  tashkil  qilish  usullari  va 
vositalariga  qiziqqan  holda  malaka  hosil  qilishlari  mumkin.  Bu  jarayon 
esa  o’quv  amaliyotlariga  puxta  tayyorgarlikni  amalga  oshirish  bilan  bir 
qatorda  kelajakda  o’z  kasbining  haqiqiy  egalari  bo’lishga  asos  bo’la 
oladi.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish