Qosimova R. A. Boltayev Z. B


Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

1.2.Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil 
qilish vositalari. 
Pedagogika  va  jismoniy  tarbiya  nazariyasida  o’quv  va  ta’limning 
asosiy  shakli  dars  ekanligi  uqtiriladi.  Bu  jismoniy  tarbiya  faniga  ham 
taalluqlidir.  
Jismoniy  tarbiya  darslarida  alohida  turlar  mavjud  bo’lsada, 
ularning    mazmunlari,  shakllari  bir-biri  bilan  uzviy  bog’lanib, 
takrorlanadi.  Masalan  saflanish,  safda  yurish,  navbat  bilan  mashq 
o’yinlarni  bajarish  va  boshqalar  faqat  gimnastika  darslaridagina  emas, 
balki  yengil  atletika,  sport  o’yinlari,  harakatli  o’yinlar  darslarida  ham 
qo’llaniladi.  Ularning  bir-biridan  farqi  shundaki,  gimnastika  darslarida 
har  bir  amaliy  harakatni  to’g’ri  bajarishga  alohida  e’tibor  beriladi, 
boshqa darslarda esa faqat tashkiliy jihatlargina ko’zda tutiladi.  


 
14 
I-IV  sinflarda  o’tiladigan  darslarning  turlari  va  asosiy  mazmuni 
haqida ba’zi bir tushunchalarni keltirish mumkin.  
I  sinf.  Gimnastika  darsi.  So’nggi  yillarda  darslarni  tashkil  qilish 
usullari  va  pedagogik  mahoratni  ilmiy-nazariy  jihatdan  tahlil  qilish 
natijalariga ko’ra quyidagilarni e`tirof etish mumkin, ya’ni: 
1.  Bolalarning    bo’yiga  ko`ra  safda  turishini  da`vat  etish  shart 
emas.  Chunki  bu  yoshdagi  bolalar  eng  avvalo,  o’zaro  tanish,  yaqinlari 
bilan  yonma-yon  turishni  ma’qul  ko’radi.  Dastlabki  darslarda  bir-
birining  qo’lini  ushlab  safda  turish,  safda  yurish  usullari  qo’llash 
mumkin.  Lekin  bu  yo’l  doimiy  ravishda  takrorlansa,  bolalarda 
mustaqilyurish  -  turish  va  mashq  o’yinlarni  bajarishda  ishonchi  tezda 
rivojlanmaydi.  
2.Saf  (yonma-yon),  qator  (oldinma-keyin)  mashqlarini  bajarishga 
o’rgatishda  “saflan”,  “bir  qatorga  tur”  kabi  ibora-buyruqlarni    ishlatish 
zarur.  O’quv  yilining  II  choragida  o’quvchilarning    bo’yiga  qarab 
saflanishga  (qatorga)  o’rgatish  mumkin.  Bu  oraliqda  o’quvchilar  bir-
birini yaxshi tanib oladi va o’z joylarini – kimdan keyin va kimdan oldin 
turishini anglaydi.  
“Saflan”,  “qatordan  tarqal”  buyrug’ini  ham  “tarqal”  iborasi  bilan 
tushuntirish va amalda takrorlash lozim bo’ladi.  
3. Ikki qator safga turish va tarqalib yana saflanish vazifalarini eng 
avvalo,  alohida  bajartirish,  ma’lum  ko’nikmalar  hosil  qilingandan 
keyingina  boshqa  o’yin-mashqlar  va  sport  turlarida  (yengil  atletika, 
harakatli  o’yin  va  boshqalarda)  ham  qo’llash  lozim  bo’ladi.  Saf  yoki 
qatorga  turishda  hamma  o’quvchilar  asosiy  talablarni  (bo’yiga  qarab 


 
15 
turish)  teng  bajara  olmaydi.  Ayniqsa,  qiz  bolalar  yaqin  tengdoshlari, 
dugonalari  bilan  yonma-yon  yoki  oldinma-ketin  turishni  istaydi. 
Natijada  esa  joy  talashish,  saf,  qator  tartib-qoidalari  buziladi.  Shu 
sababdan,  o’qituvchi  asosiy  tartib-qoidalarni  to’g’ri  va  o’z  vaqtida 
bajarishni  muntazam  eslatishi,  qoidalar  bajarilishi,  nazorat  qilishi  va 
talab qilishi shart bo’ladi.  
4.  Safda, 
qatorda 
yurish, 
umumrivojlantiruvchi 
jismoniy 
mashqlarni  (gimnastika  mashqlari)  bajarishda  o’z  joyini  bilish, 
mashqlarni  bajarish  uslubiga  e’tiborni  jalb  etish  maqsadida  o’qituvchi 
sergak  va  xushyor  bo’lishi,  to’g’ri  yo’l-yo’riq  ko’rsatishi  lozim.  Bunda 
o’qituvchining  o’zi  va  iqtidorli  bolalarning  mashqlarni  bevosita 
bajarishini  namuna,  ko’rgazma  shaklida  namoyish  qilishi  zarur.  Lozim 
bo’lganda  noto’g’ri  yoki  chala  bajargan  o’quvchini  chetga  chiqarib, 
unga  to’g’ri  bajarish  usulini  o’rgatish  kerak.  Bu  o’z  navbatida 
ko’rgazmalilik (tanbeh emas) tamoyili vazifasini o’tashi lozim.  
5.  Akrobatik  mashqlarni  (oldinga,  yonga  do’mbaloq  oshish, 
qo’llarga  tayanib  charx-aylanish,  to’siqlardan  sakrab  o’tish  va  h.k.) 
bajarishni 
o’rgatishda 
bajarilish 
usullarini 
aniq 
ko’rsatish, 
ko’rgazmalilikni  ko’proq  qo’llash,  ayniqsa  xatolarni  to’g’rilashda 
o’qituvchi ko’proq amaliy yondashishi lozim. 
6.  Gimnastika  narvonchasi  (devor),  turnik,  brus  va  boshqa 
asboblarda osilish, tortilish, gavdani ko’tarib oshib tushish,  gimnastika 
skameykasida  yurish,  muvozanat  saqlash,  yugurib  o’tish  va  boshqa 
harakatlarni o’rgatishda ham namunalik, ko’rgazmalilik, rag’batlantirish, 


 
16 
xatolarni  to’g’rilash  va  hokazo  usullari  o’qituvchi  tomonidan  diqqat 
bilan qo’llanilishiga to’g’ri keladi.  
7.  Erkin  mashqlar,  raqslar,  badiiy  gimnastika  qismlarini  (element) 
o’rgatishda  o’quvchilarning  barcha  jismoniy  sifatlari  qatorida  rhiy 
(psixologik) holatlarni (qiziqish, quvnoqlik, mustaqil harakatlar va h.k.) 
e’tiborga olish, qo’shiq va musiqalardan foydalanish lozim.  
Bu  jarayonlar  o’quvchilarning  ma’naviy  va  jismoniy  jihatdan 
shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.  
 8.  Gimnastika  darslaridagi  yurish,  yugurish,  sakrash,  to’plarni 
uloqtirish,  bir-biriga  uzatish,  otish  va  boshqa  o’yin-mashqlar  yengil 
atletika,  sport  o’yinlari,  harakatli  o’yinlar,  kurash  kabi  turlarni  aynan 
takrorlash  (yaxshi  natija  ko’rsatish,  me’yoriy  talablarni  bajarish)  emas, 
balki  qomatni  to’g’ri  o’stirish,  jismoniy  sifatlarni  shakllantirish,  ruhiy 
ozuqa berish kabi tarbiyaviy jihatlarga qaratiladi.  
9.Dasturdagi  harakatli  o’yinlarni  o’tkazishda  bolalarning  faqat 
harakat  malakalarini  rivojlantirish  yoki  ruhiy  (psixologik)  holatlarini 
yaxshilash bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quvchilarning bir-
biriga  yaxshi  munosabati,  o’rtoqlik,  ahillik,  o’zaro  hamkorlik,  muhtoj 
bo’lganda (yiqilish, surilish va boshqa holatlarda) tez yordam ko’rsatish, 
o’z  shaxsi  va  jamoasining  sharafi,  manfaati  uchun  kurashish  kabi  eng 
muhim insoniy fazilatlarni shakllantirishga ham e’tibor qaratish zarur.  
Darslarda  ko’proq  milliy  harakatli  o’yinlarni  tashkil  qilish, 
bolalarda  g’urur,  iftixor  hamda  jismoniy  sifatlarni  tarbiyalovchi 
pedagogik jarayonlar ustuvor turmog’i lozim.  


 
17 
10.  Yengil  atletika,  sport  o’yinlari,  kurash,  suvda  suzish  kabi 
turlarni  darslarda  tashkil  qilishda  bolalarning  salomatlik,  jismoniy 
tayyorgarlik va qiziqish darajalari e’tiborga olinadi. Iqtidorli va jismoniy 
sifatlar yaxshi shakllanayotgan o’g’il va qiz bolalarga qo’shimcha o’yin-
mashqlarni bajartirish maqsadga muvofiq bo’ladi.  
Umuman  olganda,  I  sinf  o’quvchilarining  diqqat-e’tibori  va 
ijrochilik  faoliyatini  o’stirishda  buyruq    topshiriqlarni  aniq,  qisqa 
mazmunda  tushuntirish  hamda  amalda  bajarish  lozim.  Bu  yo’lda 
kuzatish,  nazorat  qilish,  ijro  natijalarni  baholash  va  shu  asosda  ilg’or 
o`quvchilarni rag’batlantirish (maqtash, namuna kilib ko’rsatish va h.k.), 
harakatchanligi  sust  bo’lgan  o`quvchilar  shaxsiga  tegadigan  tanbeh 
emas,  aksincha  qiziqishni  uyg’otish,  murakkab  harakatlarni  bajarishga 
intilish kabi faoliyatlar bilan qurollantirish zarurdir. 
Shu asosda jismoniy tarbiya darslarini  mazmunan qiziqarli tashkil 
etish  va  o’quvchilarning  jismoniy  qobiliyatlarini  shakllantirish  hamda 
ularni tarbiyalab o’stirish hozirgi davr talabidir. Bu esa o’sib kelayotgan 
avlodni  ma’naviy  va  jismoniy  barkamol  bo’lib  yetishishlariga  asosiy 
omil va uslub bo’lib xizmat qiladi.  
II  sinf  o’quvchilari  bilan  dastur  asosida  darslarni  tashkil  qilish 
maqsad,  mazmun  va  shakl  jihatdan  bir  muncha  takomillashishi  lozim. 
Ya’ni  I  sinfdagi  vazifalar  kengroq  shaklda  takrorlanib,  yangi  o’yin 
mashqlarga ham alohida e’tibor beriladi. Muhimi esa,  o’yin-mashqlarni 
bajarish,  gigiyenik  qoidalarga  to’la  rioya  qilish,  ertalab  gimnastika 
mashqlarini  bajarish,  darsdan  keyingi  mustaqil  o’yin-mashqlarni 
bajarish tartib-qoidalari va ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan tarbiyaviy 


 
18 
jarayonlar  haqida  nazariy  tushunchalar  berish  yo’lga  qo’yiladi.  Shu 
asosda uy vazifalari va mustaqil ishlar (o’yin-mashqlar) berilishi lozim.  
Ma’lumki,  III-IV  sinf  o’quvchilarining  tana  a’zolari  ancha 
rivojlanib,  murakkab    harakatlarni  bajarishga,  ko’nikkan  bo’ladi.  Shu 
sababdan  dasturdagi  barcha  turlar  asosida  darslarni  tashkil  qilish  va 
o’tkazishda  ko’proq  erkinlik  berish,  o’zlari  xohlagan  o’yin-mashqlarni 
mustaqil  ravishda  bajarishga  imkoniyat  berish  lozim.  Ayniqsa,  kurash, 
turnik  va  narvonlarda  osilib  chiqish,  oshib  tushish,  turli  xil  sakrashlar, 
uloqtirish  mashqlariga  yo’l  berish  zarur  bo’ladi.  Ammo  o’qituvchining 
nazorati, bevosita amaliy yordami doimiy bo’lishi shart. 
Maktabning  sport  to`garagi  yoki  bolalar    sport  maktabida 
shug’ullanuvchilarga  o’zlari  xohlagan  o’yin-mashqlarni  boshqalarga 
namuna  sifatida  bajarib  ko’rsatishiga  imkon  va  ruxsat  berish  zarur.  Bu 
usul  o’quvchilarda  qiziqish  uyg’otish  bilan  bir  qatorda  bahslashish, 
raqobat  kabi  his-tuyg’ularni  kuchaytirib,  sport  bilan  shug’ullanishga 
intilishni oshiradi.  
Dasturda  ta’kidlanganidek  sharoitli  havza,  moddiy  ta’minlangan, 
maktablarda  suvda  suzish  darslarini  o’tkazish  bolalarning  jismoniy 
jihatdan  rivojlanishi  va  shu  asosda  har  tomonlama  chiniqishiga  sabab 
bo’ladi. Suvga sakrash, sho`ng’ish , turli usullar bilan suzish, o’zaro kim 
o’zariga bahslashish bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Tabiiyki, bu faol 
harakatlar  nafas  olish  va  nafas  chiqarish,  tana  a’zolari  mushaklarini 
rivojlantirishda,  eng  muhimi  esa  jismonan  chiniqishga  yetaklaydi.  O’z 
navbatida  suzuvchilarda  zavq-shavq  kayfiyatni  oshirish  asosida  ularni 
ruhiy jihatdan tetik va barqarorlikni tarbiyalaydi.  


 
19 
Xulosa  qilib  aytganda,  I-IV  sinflarda  o’tkaziladigan  jismoniy 
tarbiya  darslarining  turlari,  shakllari  va  mazmunlari  o’quvchilarning 
jismoniy  barkamollik  sari  intilishlariga  dastlabki  omillardan  biri  bo’lib 
xizmat qiladi.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish