1.3. I-IV sinf o’quvchilarini darsdan tashqari sog’lomlashtirish
tadbirlari.
Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha darsdan tashqari tadbirlar
quyidagi shakllardan iborat:
1. Ertalabki (uy, oilada) va darsgacha (sharoiti bor maktablarda)
gimnastika.
2. Tanaffuslarda tashkil etiladigan sog’lomlashtirish o’yin-
mashqlari (sog’lomlashtiruvchi soat, daqiqalar).
3. Fanlarni o’qitish jarayonidagi jismoniy tarbiya lahzalari.
4. Sport turlari bo’yicha to’garak mashg’ulotlari.
5. “Umid
nihollari”,
“Quvnoq startlar”, “Alpomish va
Barchinoy” maxsus testlariga tayyorgarlik musobaqalari.
6. Dam olish kuni va ulug’ ayyomlarga bag’ishlangan sayr-
sayohatlar.
7. Aholi istiqomat qiladigan joylardagi sport inshootlarida va uy
(hovli) sharoitlarida mustaqil ravishda o’yin-ashqlar.
Darsdan tashqari o’tkaziladigan jismoniy tarbiya va sport
tadbirlarining asosiy maqsad va vazifalari o’quvchilarning jismoniy
barkamolligini o’stirish, shu asosda ularni sportga qiziqtirish va jalb
etish, eng muhimi esa o’ziga ishonch hosil qilish yo’li bilan mustaqil
20
ravishda u yoki bu sport tadbirida ishtirok etib, yutuqlarga erishishga
da’vat etishdir.
Ertalabki sog’lomlashtirish (darsgacha) gimnastika mashqlarini
muntazam ravishda bajarishning xosiyati ko’p, ya’ni uyquda yotgan
mushaklar, asablar, tomirlardagi hujayra va to’qimalarni ishga solish,
ularning vazifalarini yuritish harakatchanlikni tiklash va rivojlantirish
omili hisoblanadi.
Ma’lumki bolalarning 8-9 soatlik tungi uyqulari va 5-6 soatlik
dars mashg`ulotlari (eshitish, o’qish, yozish, chizish, o’ylash va h.k.)
tana a’zolari harakatlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazadi.
Bu esa ovqatni hazm qilish, turli tabiiy (yurish, yugurish, sakrash,
otish, tortilish va h.k.) va maxsus (futbol o’ynash, kurash tushish, kuch
sinashish, tortilish, osilib oshib tushish va h.k.) o’yin-mashqlarni
bajarishda qiyinchiliklar tug’diradi.
Hafta davomidagi 2 soatlik (45 daqiqali) jismoniy tarbiya darslari
tana a’zolariga ehtiyoj bo’lgan amaliy faol harakatlarni to’la darajada
ta`minlanmasligi ilmiy-amaliy va pedagogik jihatdan asoslangan.
Shu sababdan, barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida qo’shimcha
ravishda turli xil sog’lomlashtirish tadbirlarni jamoatchilik va yo’li bilan
amalga oshirilmoqda. Ammo ular barcha o’quv muassasalarida maqsadli
ravishda doimiy tashkil etilmayapti. Ularning u yoki bu sabablari
bo’lishi mumkin. I-IV sinf o’quvchilarida jismoniy harakatchanlikni
tarbiyalab rivojlantirishda oila sharoitida ertalabki gimnastika o’yin-
mashqlarining tarbiyaviy ahamiyati e’tiborga molikdir. Chunki,
yuqorida ta’kidlanidek, endi uyg’ongan tana a’zolarini harakatlantirish,
21
turli xil o’yin-mashqlarni bajarish tanaga kuch, orom va ruh baxsh etadi.
Bu esa darsgacha va dars jarayonidagi lahzalarda ozuqa bo’lib xizmat
qiladi. Demak, oilada har kuni ertalab gimnastika o’yin-mashqlarini
imkoniyat darajasida ko’pchilik bo’lib bajarish foydalidir.
O’yin-mashqlarning turlari, shakllari, ularni bajarish yo’llari,
mezon va talablarini har bir ota-ona yaxshi bilishi lozim bo’ladi.
Shuningdek, jismoniy tarbiya darslarida o’rgatilgan mashqlarni
takrorlab borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Sport turlari bo’yicha tashkil etilgan mashg’ulotlarda qatnashish,
musobaqalar, sayr-sayohatlarda ishtirok etish bilan bolalar o’zlarining
harakat malakalarini oshirishi va ularning ijobiy natijalarini tahlil qilish
o’rganishni ham bilishlari lozim. Ma’lumki, aksariyat bolalar darsdan
keyingi bo’sh vaqtlarida hovli, dala, turar joylardagi o’yin maydonlarida
futbol, turli noan’anaviy o’yinlar bilan mashg’ul bo’ladi.
Bunda erkin va mustaqil ravishda o’ynash ustunroq. Ularga
o’zidan katta bo’lgan bolalar yoki tengdosh iqtidorli bolalarning hatti-
harakatlari, o’yin-mashqlarni bajarishdagi ustunligi ko’proq ta’sir etadi
va ularni o’zlashtirishga intiladi. Bu jarayonlar ota-onalar, aholi
istiqomat joylaridagi mahalla, idora, maktab xodimlari tomonidan
maqsadli, mazmunli tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan darsdan tashqari sayr-
sayohatlarni tashkil qilishning muammoviy tomonlari mavjud. Odatda,
sinf rahbari bolalarni guruh shaklida diqqatga sazovor madaniy, qurilish,
istirohat bog’lariga sayr qildirish bilan chegaralanadi. Ota-onalarning
ba’zilari oilaviy bo’lib sport inshootlari, nufuzli sport musobaqalariga
22
sayr-tomosha uyushtiradi. Tabiatni sevuvchi va sayohatlarni odat
qilganlar farzandlarini tabiatning eng go’zal go’shalariga olib borishadi.
Ammo bunday oilalar kamchilikni tashkil etadi.
Fan yutuqlari, sog’lom turmush tarzining aholi o’rtasida tobora
chuqurlashib borishi insonlarning, ayniqsa o’quvchi bolalarning
salomatligini yaxshilash, barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishda
tabiat qo’ynida, eng avvalo tog’li manzaralarda yurish, xordiq chiqarish,
quyosh, suv va havoda chiniqishni taqozo etmoqda.
Hozirgi
iqtisodiy,
madaniy,
ta’lim-tarbiya jarayonlarining
rivojlanishi avtoulovlar (avtobus, poyezd va h.k.) muammolarini ancha
yengillashtirmoqda.
Shahar
va
qo’rg’onlardan chiqib, tabiat
manzaralarida bir kunlik va bir necha kunlik kelish sayr-sayohatlarini
tashkil qilishga qulayliklar yaratilmoqda. Shu sababdan, ta’lim-tarbiya
muassasalari ota-onalar, turli jamg’armalarning ko’magida bolalarning
xushmanzarali joylarda sayr-tomosha qilishlarini uyushgan (guruh, sinf
va h.k.) holda tashkil etishlari maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |