Qosimova R. A. Boltayev Z. B


-11 yoshdagi bolalar tanasidagi fiziologik o’zgarishlar



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

 
2.2. 6-11 yoshdagi bolalar tanasidagi fiziologik o’zgarishlar. 
 
Insonlarning ongi, tushunchasi, barcha amaliy faol harakatlari bosh 
miya  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  esa  fiziologik  vazifalarning  asosini 
tashkil etadi.  
 
Bu  jarayonlar  asosan  insonlarning  yoshi,  jinsi  va  salomatlik 
holatlari  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  shu  asosda  turli  o’zgarishlar,  tana 
a’zolarining rivojlanishini ta’minlaydi.  
 
I-IV  sinf  o’quvchilarining  fiziologik  omillari  va  amaliy 
yo’nalishlari  g’oyat  murakkab,  nozik  jarayonlardan  iboratdir.  Shu 
sababdan,  bu  yoshdagi  bolalarning  jismoniy  tarbiyasida  o’ta 
ehtiyotkorlik, katta tajribalarga asoslanishni taqozo qilinadi.  
 
1.  Ichki  va  tashqi  a’zolar  tarkibidagi  xujayralar,  to’qimalarning 
rivojlanishi  qon  va  limfa  suyuqliklarining  harakati  hamda  vazifalarini 
ta’minlaydi. Bu kimyoviy jarayon fiziologik vazifalarni amalga oshirish 
manbaidir.  Ya’ni  bolalarning  o’z  vaqtida  eng  zarur  ozuqalarini 


 
28 
me’yorida  iste’mol  qilishi,  uxlashi,  dam  olishi  va  amaliy  faol  harakat 
qilishlari natijasida doimiy ravishda kechadigan tabiiy holatdir.  
 
Demak, 
6-11 
yoshdagi 
bolalarning 
sihat-salomatligi, 
harakatchanligi  va  jismoniy  sifatlarni  egallashlari  fiziologik  vazifalarga 
bog’liq  bo’ladi.  Shu  sababdan,  jismoniy  tarbiya  darslarida  o’yin-
mashqlar  turlari,  bajarish  mezoni  (miqdori)  va  shug’ullanuvchilarning 
jismoniy  tayyorgarligiga  qaratilishi  lozim.  Bunda  nafas  olish,  qon 
aylanish,  yurak  urishi  va  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  barcha  faoliyatlar 
e’tiborga  olinishi,  nazorat  qilib  borilishi  lozim.  Ayniqsa,  yugurishlar, 
osilib  aylanib  tushishlar,  estafetali  o’yinlar,  tortishish,  sakrab  tushish 
kabi  murakkab  o’yin-mashqlarni  bajarishda  qaltis  harakatlar,  qoidadan 
tashqari  o’zboshimchaliklarga  yo’l  qo’yilmasligi  lozim  (Masalan 
qo’llarda  tortilib  oshib  –  (aylanib)  tushish,  to’siqlardan  sakrab  o’tish. 
To’siqli  yugurish,  poyga  (kross),  turnik  (brus)  va  boshqa  asboblarda 
(noan’anaviy  asbob-uskunalar)  o’yin-mashqlarni  bajarishda  ortiqcha 
zo’riqishlarga (ixtiyoriy yoki majburiy ravishda) yo’l qo’ymaslik lozim. 
Chunki,  mushaklar,  ichki  a’zolardagi  to’qima  va  xujayralarning 
shikastlanishi,  jarohatlar  yuz  berishi  mumkin.  Bu  jihatlarni  har  bir 
o’quvchi ongli ravishda tushunishlari zarur bo’ladi.  
 
XXI  asr  boshlarida  insoniyat  yangi  (innovasion)  texnologik 
vositalarni maqsadli ishlatishni o`rganib oldi. Ayniqsa, teleko’rsatuvlar, 
qo’l  telefonlari,  kompyuter  va  boshqa  texnik  uskunalardan 
foydalanishning tahliliy tuzilmalari va jarayonlarini o’zlashtirmoqda. Bu 
jarayonlar bolalarning bilim darajalari va hayotiy tushunchalariga ijobiy 
ta’sir qilmoqda. 


 
29 
 
Masalaga  shu  tariqa  yondashilsa,  eng  avvalo  ota-onalar  va 
boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari, shuningdek, jismoniy tarbiyadan dars 
beruvchilar  bolalarga  tana  a’zolarining  vazifalari  (funksiyalar)  haqida 
tushunchalar  va  bilimlar  berishi  kerak  bo’ladi.  Ayniqsa,  mushaklarni 
rivojlantirish,  bo’g’inlarni  mustahkamlash,  nafas  olishni  chiniqtirish, 
qon tomirlarining me’yorida urishi va boshqa jarayonlarni bolalar uchun 
zarur  omillardir.  Ularni  faqat  dars  jarayonlaridagina  emas,  balki 
ertalabki  gimnastika,  bo’sh  vaqtlarda  mustaqil  o’yin-mashq  bajarish, 
to’garak  mashg’ulotlarida  sinab  ko’rish  kabi  usullarni  bolalar 
o’zlashtirish zarur.  
 
Yuqorida  ta’kidlanganidek,  bolalar  gigiyenik  qoidalarga  amal 
qilishga  odatlanishi  shart.  Gigiyenik  qoidalarga  asoslangan  holda 
kundalik  tartibga  (rejim)  moslashish  lozim.  Bu  ymaqsadda  o’z  vaqtida 
ovqatlanish,  dam  olish,  uxlash,  madaniy  xordiq  chiqarish,  mustaqil 
o’yin-mashqlarni birgalikda bajarish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
 
Bolalarning  kundalik  tartibidagi  (rejim)  o’qish,  uy  vazifalarini 
bajarish,  badiiy  kitoblarni  o’qish  davomida  jismoniy  tarbiya,  gigiyena, 
sayr-sayohatlar haqida ham e’tiborli bo’lishga odatlantirish kerak. Agar 
bu faoliyatlarga bola odatlansa yuqori sinflarda ham ularga rioya qiladi 
va  keyingi  davrlarda  esa  uning  kundalik  odat-faoliyatiga  aylanishi 
mumkin.  
Umuman  olganda,  yosh  bolalarga  tana  a’zolarining  tuzilishi, 
ularning  tabiiy  va  maxsus  amaliy  harakat  faoliyatlarni  bajarishdagi 
fiziologik jarayonlarni asta-sekin singdirib borish maqsadga muvofiqdir.  


 
30 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish