O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Qosimova R.A. Boltayev Z.B.
“Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi”
(Pedagogika fakultetlari, Boshlang’ich ta’lim va sport – tarbiyaviy ish
bo’limlarining IV bosqich talabalari uchun o’quv qo’llanma)
Samarqand 2017
Qosimova R.A., SamDU dosent p.f.n. Boltayev Z.B.
Taqrizchilar: Abdumalikov R.A. p.f.n., prof.UzDJTI
Xaydarov B., p.f.n., dos. SamDU.
Qisqacha mazmuni
Uzluksiz ta’lim jarayonida jismoniy tarbiya mustaqil sohalardan
hisoblnadi. Bu borada umumta’lim maktablarining boshlang’ich (I-IV)
sinflaridagi jismoniy tarbiyani o’qitish muhim ahamiyatga ega.
Boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari va shu yo’nalishdagi o’quvchi-
talabalarning pedagogik mahoratlarini shakllantirish va nazariy bilim
hamda amaliy ko’nikmalarini mustahkamlash kadrlar tayyorlash hamda
barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishning muhim vazifalaridan
biridir.
Mazkur o’quv qo’llanma boshlang’ich ta’lim tizimidagi jismoniy
tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish samaradorligini oshirishda xizmat
qiladi. Shu sababdan bu o’qituvchilar va boshlang’ich ta’lim o’quvchi-
talabalariga mo`ljallangan.
3
Kirish
Jismoniy tarbiya va uning vositalari insonlarning faol amaliy
harakatlari hamda ijodiy mehnatlari bilan chambarchas bog’liq. Bu
jarayonlar insoniyat paydo bo’lgan davrlardan boshlab ijtimoiy turmush
madaniyatida tarkib topgan, jamiyat taraqqiyoti asosida shakl, mazmun,
maqsad yo’lida xizmat qilib kelgan va tobora takomillashib, iqtidorli
kishilarning kundalik turmush madaniyati ehtiyojiga aylangan.
U ijtimoiy pedagogik jarayon sifatida eng qadimgi turli yozma
manbalar, chizma, tosh va metallarga o’yib yozilgan yodgorliklarda aks
ettirilgan.
Osiyo va boshqa mintaqalarda mashhur bo’lgan “Avesto”,
Homerning “Tarix” nomli asari va ayniqsa, “Go’ro’g’li”, “Alpomish”,
“Qirq qiz” kabi o`zbek xalq og’zaki ijodi durdonalarida ijtimoiy mehnat,
munozara, ziddiyat sevgi va juda ko’p insoniy fazilatlar turli xil o’yinlar
(poyga, otda jang qilish), jangovarlik mashqlari (kurash, kamondan
nayza otish, nayza sanchish, qilichbozlik va h.k.) bilan chambarchas
bog’lanib ketgan.
Jismoniy mashqlar inson salomatligini saqlash, jismoniy
barkamollikni tarbiyalash va turli xil dardlarni davolashda qo’llanilgan.
Bunga Abu Ali ibn Sinoning 4 tomlik (1956 y. va keyingi nashrlari)
ilmiy merosi guvohlik beradi.
Musulmon olamida mashhur bo’lgan “Navro’z”, “Hosil”
bayramlari va turli sayllarda, shuningdek katta to’ylarda kurash, dorboz,
ko’pkari-uloq, poyga va ko’pgina harakatli o’yinlar qadimdan buyon
4
ardoqlanib qo’llab kelinadi. Bunday tadbirlarning negizida ko’p qirrali
tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan.
Ma’lumki, inson tanasi o’ta murakkab bo’lgan tuzilmalardan iborat
va har bir a’zo alohida mashq-tarbiyani talab etadi. Bunda yosh, jins,
jismoniy tayyorgarlik, ruhiy holat va eng muhimi, esa o’yin-mashqlarga
qiziqish muhim o’rin tutadi. Anatomiya, fiziologiya, pedagogika,
psixologiya va boshqa sohalar bo`yicha buyuk olimlarning ilmiy-amaliy
tadqiqotlarida va tajriba-sinovlarda bu jihatlar tasdiqlanib, ular
darsliklarga aylangan. Ular orasida buyuk rus olimi P.F.Lesgoftning
xizmatlari g’oyat katta, ya’ni uning “Jismoniy ta’lim”ga doir
asarlaridagi mazmun va usullar jahon jismoniy tarbiya ta’limi tizimiga
aylanib, ular hozirgi davrda ham qo’llanilmoqda.
Sobiq ittifoq yillari (1917-1991) davrida jismoniy tarbiya va
sportning mohiyati borasida jahonga mashhur bo’lgan mutaxassis
olimlar katta faoliyat ko’rsatgan.
Birgina jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bilan bevosita
shug’ullangan olimlardan V.R.Novikov, L.P.Matveyev, V.M.Vidrin
kabilarni tilga olish buning yaqqol misolidir. Ularning O’zbekistonda
ham shogird-izdoshlari bor. Ular qatoriga M.U.Tojiyev (akrobatika),
Sh.N.Zokirov (boks), Yu.S.Sholomiskiy (yengil atletika va JT tarixi),
T.Normatov,
T.A.Usmonxo’jayev,
O.O.Po’latov
kabi
o’nlab
mutaxasislarni kiritish mumkin.
Muhimi shundaki, keyingi yillarda (1960-1991) ustozlar izidan
borgan ko’pgina mahalliy kadrlar Respublikada jismoniy tarbiya va
sportni rivojlantirish, uning ilmiy-amaliy va uslubiy asoslarini
5
takomillashtirishga o’z hissalarini qo’shgan olimlar guruhi yuzaga keldi.
Bu yo’lda A.Q.Atayev, H.A.Batirov (Buxoro), Sh.H.Xonkeldiyev,
A.Abdullayev
(Farg’ona),
U.R.Niyozbekov,
T.T.Yunusov,
Yu.M.Yunusova, A.N.Leviykiy, M.Miradilov, K.M.Mahkamjanov,
R.K.Qudratov
(Toshkent),
,
R.Abdumalikov,
J.E.Eshnazarov,
R.A.Qosimova
(Samarqand),
J.M.Toshpo’latov,
U.Ibrohimov,
Q.Alimov
(Termiz),
T.X.Xoldarov,
H.A.Melikov
(Jizzax)
va
boshqalarning ish tajribalari e’tiborga molikdir.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport
sohasida ilmiy salohiyatga ega bo’lgan yangi avlod yetishib chiqdi. Ular
orasida
R.D.Xolmuhammedov,
K.D.Yarashev,
O.Qurbonov,
M.Qurbanova (O’zDJTI), B.Haydarov Z.B.Boltayev SamDU) ,
B.N.Saidov (Samarqand Tayloq OZK), F.Axmedov, A.Sodiqov
(JizDPU), X.B.Tulenova (ToshDPU) kabi iste’dodli yoshlarning
mavjudligi alohida o`rin egallaydi.
Yuqorida nomlari zikr etilgan taniqli va yosh iste’dodli olimlarning
nomlarini eslatishdan maqsad shundaki, ular jismoniy tarbiya, jismoniy
madaniyat, sport turlari, xalq milliy o’yinlari va piyoda yurish sayr-
sayohatlarning inson tanasini jismoniy tarbiyalashdagi alohida o`rnini
ilmiy tajriba-sinovlar orqali isbotlab berishgan va ularning mohiyatini
ommaga singdirishda targ’ibot, amaliy yordam ishlarini amalga
oshirmoqda.
Hayotning o’zi yosh avlodning jismoniy barkamolligini tarbiyalash
va uni rivojlantirishda har tomonlama ilmiy-amaliy va uslubiy
jarayonlardan foydalanishni taqozo etadi.
6
Anatomiya,
fiziologiya,
pedagogika,
psixologiya,
tibbiyot,
biokimyo, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ular bilan bog’liq
bo’lgan fanlarda ta’kidlanishicha inson tanasini tarbiyalash va
rivojlantirish madaniyati hamda uslubiyati kishilarning sog’ligi,
jismoniy tayyorgarligi, yoshi, jinsi va ruhiy holatlariga qarab olib
borilishi shart. Shu jihatdan olganda, boshlang’ich sinf (I-IV)
o’quvchilarini jismoniy tarbiyalashda darslardagi o’yin-mashqlarning
samaradorligi yaxshilanishiga alohida e`tibor zarur.
Umumta’lim maktablarning boshlang’ich sinflarida o’tkazilgan
sinov-tajribalar, pedagogik kuzatishlar, o’qituvchilar va ota-onalar bilan
bo’lgan suhbatlar natijalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinganda,
haftasiga ikki marta o’tkaziladigan jismoniy tarbiya darslari o’sib
kelayotgan yosh avlodni harakat faoliyatiga bo’lgan ehtiyojlarini
qanoatlantira olmaydi. Shu sababdan, ertalab uy sharoitida gimnastika
mashqlarini
tashkil
qilish,
darslar
oralig’idagi tanaffuslarda
sog’lomlashtirish o’yin-mashqlarini har kuni o’tkazish lozim bo’ladi.
Eng muhimi, har kuni darsdan keyin uy yoki maktab sharoitida
yakka, juft yoki guruh bo’lib turli o’yin-mashqlarni rejali ravishda
uyushtirish kerak. Iqtidorli bolalar esa sportning u yoki boshqa turi bilan
shug’ullanish uchun maktab to’garaklarini tashkil qilish, bolalar va
o’smirlar sport maktablariga safarbar etish zarurdir.
I-IV sinf o’quvchilarining Jismoniy barkamolligini tarbiyalash
maqsadida mavsumlarga qarab piyoda yurish sayohatlarini (sayr-
ekskursiya) o’tkazish, poyga (kross) musobaqalarini ko’proq tashkil
qilish, suvda suzishni o’rgatish, bo’sh vaqtlarda bolalarning erkin va
7
mustaqil ravishda o’zlari yoqtirgan o’yin-mashqlar bilan mazmunli, faol
shug’ullanishlariga sharoit yaratish hamda ularni nazorat qilish, zarur
bo’lganda amaliy ko’maklashish maqsadga muvofiqdir.
Mazkur
ijtimoiy-pedagogik
jarayonlarni
takomillashtirishda
iste’dodli
olimlar
T.S.Usmonxo’jayev
(harakatli
o’yinlar),
K.M.Mahkamjonov (I-IV sinflarda jismoniy tarbiya), H.B.Tulenova
(Jismoniy tarbiya vositalari), R.A.Qosimova (boshlang’ich ta’limda dars
samaradorligini oshirish) va boshqalarning ilmiy-pedagogik ishlari,
darslik va o’quv-uslubiy qo’llanmalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Boshlang’ich ta’lim metodikasi fakultetining o’quv rejasida IV-
bosqich talabalari uchun “Jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi”
maxsus fan sifatida o’qitilish ko’zda tutilgan va uni VII – semestrda
o’tkazish rejalashtirilgan.
Bu semestrda (28-30 hafta) fanning nazariy asoslari (20 soat
ma’ruza), amaliy mashg’ulotlari (2 soat metodik darslar) va mustaqil
ishlarini (46 soat) o’tkazish belgilangan.
Oliy ta’lim muassasalarining xususiyatlari (kasbga tayyorlash) va
shart-sharoitlari asosida mazkur fanni o’qitishda fakultet rahbarlari dars
jadvallariga alohida e’tibor berishlari, bunda “jismoniy tarbiya asoslari
va metodikasi”ni o’tkazishdagi jarayonlarni e’tiborga olishlari lozim,
ya’ni:
1. Ma’ruzalar bir haftada bir marotaba (10 hafta davomida)
o’tkazilishi;
2. Ma’ruzalar o’tilmaydigan kunlarda (haftada 1 marta) amaliy va
mustaqil mashg’ulotlar o’qitilishi;
8
3. O’qituvchilarning xohish, rejalari, pedagogik mahoratlari va
ijodkorligi asosida amaliy mashg’ulot mustaqil ishlar (o’quv amaliyotiga
– pedagogik amaliyotga tayyorgarlik darslari) bilan olib borilishi
maqsadga muvofiq bo’ladi.
Amaliy va mustaqil mashg’ulot ishlarida talabalarning o’zlari
navbat bilan dars faoliyatini boshqarishi (o’tkazishi) va boshqa talabalar
“boshlang’ich sinf o’quvchilari” vazifasini ijro etishlari lozim.
Shundagina, ular eng avvalo, darslarni tashkil qilish usullari va
vositalariga qiziqqan holda malaka hosil qilishlari mumkin. Bu jarayon
esa o’quv amaliyotlariga puxta tayyorgarlikni amalga oshirish bilan bir
qatorda kelajakda o’z kasbining haqiqiy egalari bo’lishga asos bo’la
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |