Qosimova R. A. Boltayev Z. B


I-IV sinf o’quvchilarini darsdan tashqari sog’lomlashtirish



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

1.3. I-IV sinf o’quvchilarini darsdan tashqari sog’lomlashtirish 
tadbirlari.  
Jismoniy  tarbiya  va  sport  bo’yicha  darsdan  tashqari  tadbirlar 
quyidagi shakllardan iborat: 
1.  Ertalabki  (uy, oilada) va darsgacha (sharoiti bor  maktablarda) 
gimnastika. 
2.  Tanaffuslarda  tashkil  etiladigan  sog’lomlashtirish  o’yin-
mashqlari (sog’lomlashtiruvchi soat, daqiqalar). 
3.  Fanlarni o’qitish jarayonidagi jismoniy tarbiya lahzalari. 
4.  Sport turlari bo’yicha to’garak mashg’ulotlari. 
5.  “Umid 
nihollari”, 
“Quvnoq  startlar”,  “Alpomish  va 
Barchinoy” maxsus testlariga tayyorgarlik musobaqalari. 
6.  Dam  olish  kuni  va  ulug’  ayyomlarga  bag’ishlangan  sayr-
sayohatlar. 
7.  Aholi istiqomat qiladigan  joylardagi sport inshootlarida va uy 
(hovli) sharoitlarida mustaqil ravishda o’yin-ashqlar. 
Darsdan  tashqari  o’tkaziladigan  jismoniy  tarbiya  va  sport 
tadbirlarining  asosiy  maqsad  va  vazifalari  o’quvchilarning  jismoniy 
barkamolligini  o’stirish,  shu  asosda  ularni  sportga  qiziqtirish  va  jalb 
etish,  eng  muhimi  esa  o’ziga  ishonch  hosil  qilish  yo’li  bilan  mustaqil 


 
20 
ravishda  u  yoki  bu  sport  tadbirida  ishtirok  etib,  yutuqlarga  erishishga 
da’vat etishdir. 
Ertalabki  sog’lomlashtirish  (darsgacha)  gimnastika  mashqlarini 
muntazam  ravishda  bajarishning  xosiyati  ko’p,  ya’ni  uyquda  yotgan 
mushaklar,  asablar,  tomirlardagi  hujayra  va  to’qimalarni  ishga  solish, 
ularning  vazifalarini  yuritish  harakatchanlikni  tiklash  va  rivojlantirish 
omili hisoblanadi.  
Ma’lumki  bolalarning  8-9  soatlik    tungi  uyqulari  va  5-6  soatlik 
dars  mashg`ulotlari  (eshitish,  o’qish,  yozish,  chizish,  o’ylash  va  h.k.) 
tana a’zolari harakatlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazadi.  
Bu esa ovqatni hazm qilish, turli tabiiy (yurish, yugurish, sakrash, 
otish, tortilish va h.k.) va  maxsus (futbol o’ynash, kurash  tushish, kuch 
sinashish,  tortilish,  osilib  oshib    tushish  va  h.k.)  o’yin-mashqlarni 
bajarishda qiyinchiliklar tug’diradi. 
Hafta  davomidagi  2  soatlik  (45  daqiqali)  jismoniy  tarbiya  darslari 
tana  a’zolariga  ehtiyoj  bo’lgan  amaliy  faol  harakatlarni  to’la  darajada 
ta`minlanmasligi ilmiy-amaliy va pedagogik jihatdan asoslangan.  
Shu  sababdan,  barcha  ta’lim-tarbiya  muassasalarida  qo’shimcha 
ravishda turli xil sog’lomlashtirish tadbirlarni jamoatchilik va yo’li bilan 
amalga oshirilmoqda. Ammo ular barcha o’quv muassasalarida maqsadli 
ravishda  doimiy  tashkil  etilmayapti.  Ularning  u  yoki  bu  sabablari 
bo’lishi  mumkin.  I-IV  sinf  o’quvchilarida  jismoniy  harakatchanlikni 
tarbiyalab  rivojlantirishda  oila  sharoitida  ertalabki  gimnastika  o’yin-
mashqlarining  tarbiyaviy  ahamiyati  e’tiborga  molikdir.  Chunki, 
yuqorida  ta’kidlanidek,  endi  uyg’ongan  tana  a’zolarini  harakatlantirish, 


 
21 
turli xil o’yin-mashqlarni bajarish tanaga kuch, orom va ruh baxsh etadi. 
Bu  esa  darsgacha  va  dars  jarayonidagi  lahzalarda  ozuqa  bo’lib  xizmat 
qiladi.  Demak,  oilada  har  kuni  ertalab  gimnastika  o’yin-mashqlarini 
imkoniyat darajasida ko’pchilik bo’lib bajarish foydalidir.  
O’yin-mashqlarning  turlari,  shakllari,  ularni  bajarish  yo’llari, 
mezon  va  talablarini  har  bir  ota-ona  yaxshi  bilishi  lozim  bo’ladi. 
Shuningdek,    jismoniy  tarbiya  darslarida  o’rgatilgan  mashqlarni 
takrorlab borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Sport  turlari  bo’yicha  tashkil  etilgan  mashg’ulotlarda  qatnashish, 
musobaqalar,  sayr-sayohatlarda  ishtirok  etish  bilan  bolalar  o’zlarining 
harakat malakalarini oshirishi va ularning ijobiy natijalarini tahlil qilish 
o’rganishni  ham  bilishlari  lozim.  Ma’lumki,  aksariyat    bolalar  darsdan 
keyingi bo’sh vaqtlarida hovli, dala, turar joylardagi o’yin maydonlarida 
futbol, turli noan’anaviy o’yinlar bilan mashg’ul bo’ladi. 
Bunda  erkin  va  mustaqil  ravishda  o’ynash  ustunroq.  Ularga 
o’zidan  katta  bo’lgan  bolalar  yoki  tengdosh  iqtidorli  bolalarning  hatti-
harakatlari,  o’yin-mashqlarni  bajarishdagi  ustunligi  ko’proq  ta’sir  etadi 
va  ularni  o’zlashtirishga  intiladi.  Bu  jarayonlar  ota-onalar,  aholi 
istiqomat  joylaridagi  mahalla,  idora,  maktab  xodimlari  tomonidan 
maqsadli, mazmunli tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  bilan  darsdan  tashqari  sayr-
sayohatlarni  tashkil  qilishning  muammoviy  tomonlari  mavjud.  Odatda, 
sinf rahbari bolalarni guruh shaklida diqqatga sazovor madaniy, qurilish, 
istirohat  bog’lariga  sayr  qildirish  bilan  chegaralanadi.  Ota-onalarning 
ba’zilari  oilaviy  bo’lib  sport  inshootlari,  nufuzli  sport  musobaqalariga 


 
22 
sayr-tomosha  uyushtiradi.  Tabiatni  sevuvchi  va  sayohatlarni  odat 
qilganlar farzandlarini tabiatning eng go’zal go’shalariga olib borishadi. 
Ammo bunday oilalar kamchilikni tashkil etadi.  
Fan  yutuqlari,  sog’lom  turmush  tarzining  aholi  o’rtasida  tobora 
chuqurlashib  borishi  insonlarning,  ayniqsa  o’quvchi  bolalarning 
salomatligini  yaxshilash,  barkamol  avlodni  tarbiyalab  yetishtirishda 
tabiat qo’ynida, eng avvalo tog’li manzaralarda yurish, xordiq chiqarish, 
quyosh, suv va havoda chiniqishni taqozo etmoqda.  
Hozirgi 
iqtisodiy, 
madaniy, 
ta’lim-tarbiya  jarayonlarining 
rivojlanishi  avtoulovlar  (avtobus,  poyezd  va  h.k.)  muammolarini  ancha 
yengillashtirmoqda. 
Shahar 
va 
qo’rg’onlardan  chiqib,  tabiat 
manzaralarida  bir  kunlik  va  bir  necha  kunlik  kelish  sayr-sayohatlarini 
tashkil  qilishga  qulayliklar  yaratilmoqda.  Shu  sababdan,  ta’lim-tarbiya 
muassasalari  ota-onalar,  turli  jamg’armalarning  ko’magida  bolalarning 
xushmanzarali  joylarda  sayr-tomosha  qilishlarini  uyushgan  (guruh,  sinf 
va h.k.) holda tashkil etishlari maqsadga muvofiqdir.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish