Qosimova R. A. Boltayev Z. B


II.bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining anatomik-fiziologik



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

II.bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining anatomik-fiziologik 
tuzilishi va psixologik xususiyatlari. 
Tabiat 
va 
inson 
birligi, 
insonlarning 
tabiiy 
rivojlanish 
xususiyatlari.  Inson  tanasining  tuzilishi  va  rivojlanish  xususiyatlari. 
Insonlarning 
amaliy 
faol 
harakatlarini 
tarbiyalash 
va 
ularni 
takomillashtirishda  fiziologik,  gigiyenik  va  psixologik  jarayonlardan 
maqsadli foydalanish yo’llari. 
 
2.1. Insonlarning tabiiy rivojlanish omillari va yo’llari. 
 
 
Insoniyat  tabiatning  bir  bo’lagi  sifatida  aqliy  jihatdan  his  etish, 
yaratuvchilik  xususiyatlariga  ega.  Bunda  tana  a’zolarining  tabiiy 
tuzilishi  va  amaliy  harakat  faoliyatlari  muhim  o’rin  tutadi.  Insonlarni 
tabiat  qanday  yaratmasin,  ularning  tuzilishi  jarayonlari  va  faol 
harakatlarini  o’rganish,  tarbiyalash  mumkin.  Bu  sohada  Sharqning 
buyuk  allomasi  Abu  Ali  ibn  Sinoning  to’rt  tomlik  “Tib  qonunlari” 
amaliy yordam beradi.  
 
Abu Ali ibn Sinoning Ilmiy  merosni o’rganish va ularning amaliy 
jihatdan qo’llanib kelinayotgan sir emas. Bu ilmiy-amaliy tajribalarning 
natijalari  faqat  tibbiyot  olamidagina  emas,  balki  pedagogika, 


 
25 
psixologiya,  anatomiya,  fiziologiya,  jismoniy  tarbiya  va  ular  bilan 
bog’liq bir qator fanlarning ham mazmuniga chuqur singib ketgan. 
E’tirof etish lozimki, Ibn Sinoning ta’limi faqat shifokorlargagina emas, 
balki har bir inson, ayniqsa ota-onalarning ham ikkinchi kasbiga aylanib, 
yosh  bolalarni  tarbiyalab  o’stirishda  eng  muhim  omillardan  biriga 
aylanmoqda.  
Inson  tanasining  tuzilishi  deganda  suyaklar,  mushaklar,  bo’g’inlar 
va  ularning  amaliy  faoliyati  tushuniladi.  Suyaklar  va  mushaklar 
tarkibidagi  asab  tolalari,  xujayra  va  to’qimalar  hamda  ularning  tabiiy 
ravishda harakatlanishi natijasida ichki a’zolarning (nafas olish yo’llari, 
ovqat  hazm  qilish  a’zolari,  ularning  qancha  aylanishi,  jigar,  taloq  va 
yurak faoliyati) tiriklikni ta’minlashi esa fiziologik jarayonlardir.  
Ko’rish, eshitish, teri sezgirliklari va ularning bosh miya qobiqlari  
(po’stloq)  orqali  ongli  ravishda  harakat  qilish,  o’z  faoliyati  va  tashqi 
muhitni tahlil qilish (tafakkur), eng muhimi esa so’zlash, muloqot qilish 
xususiyatlari psixologik (ruhiy-ma’naviy) jarayonlardir.  
Mazkur  tabiiy  omillar  haqida  insonlar  u  yoki  bu  darajada  bilim, 
tushunchalarga  egadir.  Shu  sababdan  ham  har  bir  ota-ona  o’z 
farzandlarini har tomonlama sog’lom, barkamol (anatomik-fiziologik va 
psixologik  jarayonlar)  bo’lib  o’sishi  uchun  ta’lim-tarbiyaga  (oilaviy 
pedagogika)  alohida  e’tibor  beradi.  Buning  uchun  esa  ular  tegishli 
nazariy  tushunchalar  va  amaliy  malakalarga  ega  bo’lishni    hayotning 
o’zi taqozo etadi. 
Masalaga  shu  asosda  yondashilsa,  faqat  jismoniy  tarbiya  va  sport 
mutaxassislarigina  emas,  balki  boshlang’ich  ta’lim  tizimidagi  o’quvchi 


 
26 
va  talaba  yoshlar  ham  inson  tanasining  tuzilishi  va  a’zolarning  amaliy 
harakat  faoliyatlarini  yaxshi  bilishlari  lozim  bo’ladi.  Buning  uchun  esa 
maktabgacha  ta’lim  va  boshlang’ich  ta’lim  muassasalarida  (pedagogik 
kollejlar, oliy o’quv yurti fakultetlari) jismoniy tarbiya nazariyasi hamda 
amaliyotini  o’qitishda  anatomiya,  fiziologiya,  psixologiya,  pedagogika, 
kimyo,  kimyobiologiya  kabi  fanlar  bilan  uzviy  bog’liq  jarayonlarga 
alohida  e’tibor  berishi,  bunda  jismoniy  tarbiya  vositalarining  qo’llanish 
usullari, yo’llari bilan mustahkam ravishda qurollantirish shart bo’ladi.  
Ta’kidlash  joizki,  ayniqsa  bolalar  va  o’smirlar  oziqlanish,  nafas 
olish,  faol  harakat  qilish  kabi  tabiiy  omillar  asosida  o’z-o’zidan 
rivojlanadi, ko’pchilik esa (bolalar ham) tabiiy ravishda sog’lom bo’ladi. 
Ammo,  tana  a’zolarining  barcha  faoliyatlarini  (ichki  va  tashqi) 
tarbiyalash, ularning rivojlanishini ta’minlash kerak bo’ladi.  
Ma’lumki,  bolalarda  tana  (gavda)  a’zolari  o’ta  nozik  va  mo’rt 
bo`lib,  cho’ziluvchan,  egiluvchanlik  ancha  ustun    turadi.  Shuningdek, 
harakatchanlik  tez  va  kuchli  bo’ladi.  Bu  kabi  tabiiy  omillarni  to’g’ri 
yo’naltirish,  maxsus  jismoniy  harakatlar  (o’yin-mashqlar)  vositasida 
tarbiyalash  lozim  bo’ladi.  Aks  holda,  bir  tomonlama  (bo’yning 
cho’zilishi,  gavdaning  bukilishi,  umurtqa  pog’onalarining  qiyshiq  yoki 
bir  tekis  bo’lib  qolishi  va  h.k.)  rivojlanishi  mumkin.  Qisqacha  qilib 
aytganda,  avvalo  gavda  tuzilishiga  qarab  zarur  mashqlarni  qo’llash  va 
harakatchanlikning  holatiga  qarab  (tez,  sust  va  h.k.)  o’yin-mashqlardan 
foydalanishni  taqozo  etadi.  E’tirof  etish  lozimki,  “Jismoniy  tarbiya” 
Dasturidagi  o’yin-mashqlarning  turlari  faqat  jismoniy  sifatlarnigina 
shakllantirish  va  rivojlantirishga  qaratilib  qolmasdan,  balki  aynan  tana 


 
27 
a’zolarining  tuzilishi  va  harakat  malakalarini  (gimnastika)  tarbiyalab 
rivojlantirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.  
Bolalarning  anatomik  rivojlanishida  (tana  a’zolarining  o’sishi) 
gigiyenik  qoidalarni  o’rgatish  ehtiyojiy  tarbiya  hisoblanadi,  ya’ni 
jismoniy  tarbiya  darslarida  o’ziga  loyiq  va  mos  bo’lgan  sport 
kiyimlariga  ega  bo’lish,  tananing  tozaligiga  e’tibor  berish  (yuvinish), 
qo’l,  yuz,  tish  va  boshqa  a’zolarni  o’z  vaqtida  yuvishga  odatlantirish 
zarur hisoblanadi. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish