Birinchi qism. Nazariy mashg’ulotlar
I.bob. Uzluksiz ta’lim tizimida jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiya inson kamolotini ta’minlovchi ijtimoiy-pedagogik
jarayonlardan biri. Ta’limda jismoniy tarbiya vositalari va usullarining
o’rni. Boshlang’ich ta’lim jarayonida jismoniy tarbiyani qo’llash
texnologiyalari. I-IV sinf o’quvchilarini jismoniy tarbiya vositalari bilan
doimiy ravishda shug’ullanishga odatlantirish.
1.1.Jismoniy tarbiya ta’limi va uni o’qitishda davr talablari.
Jismoniy tarbiya tizimi, jismoniy tarbiya ta’limi va jismoniy
tarbiyani o’qitish usullari “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”
darsligi (2005), ta’lim-tarbiya muassasalari “Jismoniy tarbiya” dasturi
9
(1999) va bir qator o’quv-uslubiy qo’llanmalarda (K.M.Mahkamjonov,
R.S.Salomov, T.S.Usmonxo’jayev va boshqalar) batafsil bayon etilgan.
O’zbekiston mustaqilligi davrida (1991-2011) jismoniy tarbiya va
sportga katta e’tibor berildi. Ayniqsa, “Bolalar sportini rivojlantirish
jamg’armasini tashkil etish” (30 oktyabr 2002 yil), o’quvchi yoshlarning
ko’p bosqichli sport musobaqalari (“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”,
“Universiada” va boshqalar)ni o’tkazish kabi tadbirlarga bag’ishlangan
qonunlar, farmonlar, qarorlar va ularni amalga oshirishdagi ulkan va
salohiyatli tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuni
(1997), Davlat ta’lim standartlari, Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturi,
Barkamol avlod Davlat Dasturi (2010) uzluksiz ta’limda jismoniy
tarbiya ta’limi takomillashtirishga da’vat etmoqda.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportga alohida e’tiborning
kuchayishiga asosiy sabab, eng avvalo ta’lim-tarbiya muassasalari,
ishlab chiqarish korxonalari, aholi istiqomat qiladigan joylarida jismoniy
tarbiya va sportni kundalik turmush sharoitga aylantirish, sog’lom
turmush tarzini vujudga keltirish, iqtidorli bolalar va o’smir yoshlarni
sport turlariga jalb etishdan iboratdir. Tabiiyki, bu ijtimoiy-pedagogik
jarayonlar sportda katta yutuqlarni qo’lga kiritishga asos bo’ladi.
Eng kichik yoshdan boshlab to keksalik davrigacha jismoniy
tarbiya va sport bilan shug’ullanishni odat qilish o’z navbatida jismoniy
va ma’naviy barkamollikni tarbiyalaydi.
10
Shu sababdan, maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va barcha
turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya uzluksiz ta’limning tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Ma’lumki, o’qitish jarayonlari umuta’lim davlat ta’lim standartlari
asosida ishlab chiqilgan maxsus dasturlar asosida amalga oshiriladi.
Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablari
asosida 1999 yilda “Jismoniy tarbiya” dasturi ishlab chiqilib, undagi
talab va mezonlar o`rganilgan.
Mazkur dastur mazmunida jismoniy tarbiya ta’limi quyidagi turlar
(mashq-o’yinlar) va ularga ajratilgan soatlar miqdori bilan belgilangan
(Jadval -1).
Jadval -1
I-IV sinflarda jismoniy tarbiya
№
Dastur bo’limlari
1
2
3
4
Bilim asoslari
Dars jarayonida
1
Gimnastika.
14
16
16
18
2
Yengil atletika.
16
16
16
14
3 Harakatli o’yinlar va sport
38
36
36
12
11
o’yinlari qismlari
(elementlar).
4
Sport o’yinlar (b/b, v/b,
q/t).
-
-
-
12
5
Futbol o’yini
-
-
-
12
6
Kurash
7
Suzish
8
Sayr-sayohatlar
68
68
68
68
Do'stlaringiz bilan baham: |