1.2.Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslarini tashkil
qilish vositalari.
Pedagogika va jismoniy tarbiya nazariyasida o’quv va ta’limning
asosiy shakli dars ekanligi uqtiriladi. Bu jismoniy tarbiya faniga ham
taalluqlidir.
Jismoniy tarbiya darslarida alohida turlar mavjud bo’lsada,
ularning mazmunlari, shakllari bir-biri bilan uzviy bog’lanib,
takrorlanadi. Masalan saflanish, safda yurish, navbat bilan mashq
o’yinlarni bajarish va boshqalar faqat gimnastika darslaridagina emas,
balki yengil atletika, sport o’yinlari, harakatli o’yinlar darslarida ham
qo’llaniladi. Ularning bir-biridan farqi shundaki, gimnastika darslarida
har bir amaliy harakatni to’g’ri bajarishga alohida e’tibor beriladi,
boshqa darslarda esa faqat tashkiliy jihatlargina ko’zda tutiladi.
14
I-IV sinflarda o’tiladigan darslarning turlari va asosiy mazmuni
haqida ba’zi bir tushunchalarni keltirish mumkin.
I sinf. Gimnastika darsi. So’nggi yillarda darslarni tashkil qilish
usullari va pedagogik mahoratni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish
natijalariga ko’ra quyidagilarni e`tirof etish mumkin, ya’ni:
1. Bolalarning bo’yiga ko`ra safda turishini da`vat etish shart
emas. Chunki bu yoshdagi bolalar eng avvalo, o’zaro tanish, yaqinlari
bilan yonma-yon turishni ma’qul ko’radi. Dastlabki darslarda bir-
birining qo’lini ushlab safda turish, safda yurish usullari qo’llash
mumkin. Lekin bu yo’l doimiy ravishda takrorlansa, bolalarda
mustaqilyurish - turish va mashq o’yinlarni bajarishda ishonchi tezda
rivojlanmaydi.
2.Saf (yonma-yon), qator (oldinma-keyin) mashqlarini bajarishga
o’rgatishda “saflan”, “bir qatorga tur” kabi ibora-buyruqlarni ishlatish
zarur. O’quv yilining II choragida o’quvchilarning bo’yiga qarab
saflanishga (qatorga) o’rgatish mumkin. Bu oraliqda o’quvchilar bir-
birini yaxshi tanib oladi va o’z joylarini – kimdan keyin va kimdan oldin
turishini anglaydi.
“Saflan”, “qatordan tarqal” buyrug’ini ham “tarqal” iborasi bilan
tushuntirish va amalda takrorlash lozim bo’ladi.
3. Ikki qator safga turish va tarqalib yana saflanish vazifalarini eng
avvalo, alohida bajartirish, ma’lum ko’nikmalar hosil qilingandan
keyingina boshqa o’yin-mashqlar va sport turlarida (yengil atletika,
harakatli o’yin va boshqalarda) ham qo’llash lozim bo’ladi. Saf yoki
qatorga turishda hamma o’quvchilar asosiy talablarni (bo’yiga qarab
15
turish) teng bajara olmaydi. Ayniqsa, qiz bolalar yaqin tengdoshlari,
dugonalari bilan yonma-yon yoki oldinma-ketin turishni istaydi.
Natijada esa joy talashish, saf, qator tartib-qoidalari buziladi. Shu
sababdan, o’qituvchi asosiy tartib-qoidalarni to’g’ri va o’z vaqtida
bajarishni muntazam eslatishi, qoidalar bajarilishi, nazorat qilishi va
talab qilishi shart bo’ladi.
4. Safda,
qatorda
yurish,
umumrivojlantiruvchi
jismoniy
mashqlarni (gimnastika mashqlari) bajarishda o’z joyini bilish,
mashqlarni bajarish uslubiga e’tiborni jalb etish maqsadida o’qituvchi
sergak va xushyor bo’lishi, to’g’ri yo’l-yo’riq ko’rsatishi lozim. Bunda
o’qituvchining o’zi va iqtidorli bolalarning mashqlarni bevosita
bajarishini namuna, ko’rgazma shaklida namoyish qilishi zarur. Lozim
bo’lganda noto’g’ri yoki chala bajargan o’quvchini chetga chiqarib,
unga to’g’ri bajarish usulini o’rgatish kerak. Bu o’z navbatida
ko’rgazmalilik (tanbeh emas) tamoyili vazifasini o’tashi lozim.
5. Akrobatik mashqlarni (oldinga, yonga do’mbaloq oshish,
qo’llarga tayanib charx-aylanish, to’siqlardan sakrab o’tish va h.k.)
bajarishni
o’rgatishda
bajarilish
usullarini
aniq
ko’rsatish,
ko’rgazmalilikni ko’proq qo’llash, ayniqsa xatolarni to’g’rilashda
o’qituvchi ko’proq amaliy yondashishi lozim.
6. Gimnastika narvonchasi (devor), turnik, brus va boshqa
asboblarda osilish, tortilish, gavdani ko’tarib oshib tushish, gimnastika
skameykasida yurish, muvozanat saqlash, yugurib o’tish va boshqa
harakatlarni o’rgatishda ham namunalik, ko’rgazmalilik, rag’batlantirish,
16
xatolarni to’g’rilash va hokazo usullari o’qituvchi tomonidan diqqat
bilan qo’llanilishiga to’g’ri keladi.
7. Erkin mashqlar, raqslar, badiiy gimnastika qismlarini (element)
o’rgatishda o’quvchilarning barcha jismoniy sifatlari qatorida rhiy
(psixologik) holatlarni (qiziqish, quvnoqlik, mustaqil harakatlar va h.k.)
e’tiborga olish, qo’shiq va musiqalardan foydalanish lozim.
Bu jarayonlar o’quvchilarning ma’naviy va jismoniy jihatdan
shakllanishiga asos bo’lib xizmat qiladi.
8. Gimnastika darslaridagi yurish, yugurish, sakrash, to’plarni
uloqtirish, bir-biriga uzatish, otish va boshqa o’yin-mashqlar yengil
atletika, sport o’yinlari, harakatli o’yinlar, kurash kabi turlarni aynan
takrorlash (yaxshi natija ko’rsatish, me’yoriy talablarni bajarish) emas,
balki qomatni to’g’ri o’stirish, jismoniy sifatlarni shakllantirish, ruhiy
ozuqa berish kabi tarbiyaviy jihatlarga qaratiladi.
9.Dasturdagi harakatli o’yinlarni o’tkazishda bolalarning faqat
harakat malakalarini rivojlantirish yoki ruhiy (psixologik) holatlarini
yaxshilash bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quvchilarning bir-
biriga yaxshi munosabati, o’rtoqlik, ahillik, o’zaro hamkorlik, muhtoj
bo’lganda (yiqilish, surilish va boshqa holatlarda) tez yordam ko’rsatish,
o’z shaxsi va jamoasining sharafi, manfaati uchun kurashish kabi eng
muhim insoniy fazilatlarni shakllantirishga ham e’tibor qaratish zarur.
Darslarda ko’proq milliy harakatli o’yinlarni tashkil qilish,
bolalarda g’urur, iftixor hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi
pedagogik jarayonlar ustuvor turmog’i lozim.
17
10. Yengil atletika, sport o’yinlari, kurash, suvda suzish kabi
turlarni darslarda tashkil qilishda bolalarning salomatlik, jismoniy
tayyorgarlik va qiziqish darajalari e’tiborga olinadi. Iqtidorli va jismoniy
sifatlar yaxshi shakllanayotgan o’g’il va qiz bolalarga qo’shimcha o’yin-
mashqlarni bajartirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Umuman olganda, I sinf o’quvchilarining diqqat-e’tibori va
ijrochilik faoliyatini o’stirishda buyruq topshiriqlarni aniq, qisqa
mazmunda tushuntirish hamda amalda bajarish lozim. Bu yo’lda
kuzatish, nazorat qilish, ijro natijalarni baholash va shu asosda ilg’or
o`quvchilarni rag’batlantirish (maqtash, namuna kilib ko’rsatish va h.k.),
harakatchanligi sust bo’lgan o`quvchilar shaxsiga tegadigan tanbeh
emas, aksincha qiziqishni uyg’otish, murakkab harakatlarni bajarishga
intilish kabi faoliyatlar bilan qurollantirish zarurdir.
Shu asosda jismoniy tarbiya darslarini mazmunan qiziqarli tashkil
etish va o’quvchilarning jismoniy qobiliyatlarini shakllantirish hamda
ularni tarbiyalab o’stirish hozirgi davr talabidir. Bu esa o’sib kelayotgan
avlodni ma’naviy va jismoniy barkamol bo’lib yetishishlariga asosiy
omil va uslub bo’lib xizmat qiladi.
II sinf o’quvchilari bilan dastur asosida darslarni tashkil qilish
maqsad, mazmun va shakl jihatdan bir muncha takomillashishi lozim.
Ya’ni I sinfdagi vazifalar kengroq shaklda takrorlanib, yangi o’yin
mashqlarga ham alohida e’tibor beriladi. Muhimi esa, o’yin-mashqlarni
bajarish, gigiyenik qoidalarga to’la rioya qilish, ertalab gimnastika
mashqlarini bajarish, darsdan keyingi mustaqil o’yin-mashqlarni
bajarish tartib-qoidalari va ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan tarbiyaviy
18
jarayonlar haqida nazariy tushunchalar berish yo’lga qo’yiladi. Shu
asosda uy vazifalari va mustaqil ishlar (o’yin-mashqlar) berilishi lozim.
Ma’lumki, III-IV sinf o’quvchilarining tana a’zolari ancha
rivojlanib, murakkab harakatlarni bajarishga, ko’nikkan bo’ladi. Shu
sababdan dasturdagi barcha turlar asosida darslarni tashkil qilish va
o’tkazishda ko’proq erkinlik berish, o’zlari xohlagan o’yin-mashqlarni
mustaqil ravishda bajarishga imkoniyat berish lozim. Ayniqsa, kurash,
turnik va narvonlarda osilib chiqish, oshib tushish, turli xil sakrashlar,
uloqtirish mashqlariga yo’l berish zarur bo’ladi. Ammo o’qituvchining
nazorati, bevosita amaliy yordami doimiy bo’lishi shart.
Maktabning sport to`garagi yoki bolalar sport maktabida
shug’ullanuvchilarga o’zlari xohlagan o’yin-mashqlarni boshqalarga
namuna sifatida bajarib ko’rsatishiga imkon va ruxsat berish zarur. Bu
usul o’quvchilarda qiziqish uyg’otish bilan bir qatorda bahslashish,
raqobat kabi his-tuyg’ularni kuchaytirib, sport bilan shug’ullanishga
intilishni oshiradi.
Dasturda ta’kidlanganidek sharoitli havza, moddiy ta’minlangan,
maktablarda suvda suzish darslarini o’tkazish bolalarning jismoniy
jihatdan rivojlanishi va shu asosda har tomonlama chiniqishiga sabab
bo’ladi. Suvga sakrash, sho`ng’ish , turli usullar bilan suzish, o’zaro kim
o’zariga bahslashish bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Tabiiyki, bu faol
harakatlar nafas olish va nafas chiqarish, tana a’zolari mushaklarini
rivojlantirishda, eng muhimi esa jismonan chiniqishga yetaklaydi. O’z
navbatida suzuvchilarda zavq-shavq kayfiyatni oshirish asosida ularni
ruhiy jihatdan tetik va barqarorlikni tarbiyalaydi.
19
Xulosa qilib aytganda, I-IV sinflarda o’tkaziladigan jismoniy
tarbiya darslarining turlari, shakllari va mazmunlari o’quvchilarning
jismoniy barkamollik sari intilishlariga dastlabki omillardan biri bo’lib
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |