Qosimova R. A. Boltayev Z. B


I-IV sinf o’quvchilarida ruhiy (psixologik) jarayonlar va ularni



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

2.3. I-IV sinf o’quvchilarida ruhiy (psixologik) jarayonlar va ularni 
takomillashtirish yo’llari. 
Inson  tanasining  anatomik  tuzilishi  va  fiziologik  vazifalari 
(funksiyalar)  ruhiy  (psixologik)  holatlar  bilan  bir  butunlikni  tashkil 
etadi.  Ammo  ularning  o’ziga  xos  tabiiy  jarayonlari  va  ta’lim-tarbiya 
asosida rivojlanish xususiyatlari mavjud.  
Tashqi  muhitning  ta’siri  (ko’rish,  harakatlar  va  h.k.)  asosida 
voqye’liklarning  bosh  miyada  tahlil  qilinishi  (analiz)  va  uni  yuzaga 
chiqarilishi  (sintez)  ruhiy  jarayonlarni  yuzaga  keltiradi.  Ular  ijobiy  va 
salbiy  holatdagi  shakllardan  iborat  bo’ladi,  ya’ni  inson  kayfiyati  doimo 
bir  xil  (ijobiy  yoki  salbiy)  bo’lmaydi.  Chunki  ularga  u  yoki  bu  sabab 
bo`ladi.  
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarining  jismoniy  tarbiya  darslaridagi 
ruhiy holatlari asosan quvnoqlik, o’ta xursand bo’lish (g’oliblikda) yoki 
aksi 
ba’zilarda 
g’amginlik, 
xafagarchilik 
shaklida 
yuzaga 
(mag’lubiyatda)  keladi.  O’g’il  va  qiz  bolalarda  juft  yoki  guruh  bo’lib 
bajariladigan turli o’yin-mashqlarda (arqon tortishish, estafetali o’yinlar, 
kim  o’zariga  yugurish  va  h.k.)  quvnoqlik  (g’olib  bo’lsa)  va  tushkunlik 
(mag’lub  bo’lganda)  ko’proq  kechadi.  Shu  sababdan  g’oliblarni 
rag’batlantirish  va  mag’lublarga  tanbeh  berishda  o’qituvchi  ularning 
shaxsiga  salbiy  ta’sir  etuvchi  iboralar,  tarbiya  vositalarini  ehtiyotlik 
bilan ishlatishlari zarur bo’ladi.  
Bu  jarayonlarda  barcha  bolalarda  eng  avvalo  ko’rish  (kuzatish), 
eshitish  sezgilari  kuchli  bo’lib,  natijalarni  aqliy-ongli  jihatdan  tahlil 
qilish, aniq xulosalarga kelish ancha ustunlik qiladi. Shu sababdan ham 


 
31 
o’qituvchi o’yin mashqlarni bajarishda bevosita o`zi faol ishtirok etishi 
va  xulosalar  chiqarishda  (tahlil)  pedagogik  mahoratlarni  ishga  solishi 
lozim.  O’quvchilar  o’yin-mashqlardagi  faol  harakatlarini  o’zlari  yaxshi 
sezishi  va  o’rinsiz  tanbehlarga  yo’l  qo’ymaslik  yo’llarini  mustaqil 
ravishda  o’ylashlari,  fikr  yuritishlari  va  to’g’ri  xulosaga  kelishlari 
lozimdir.  
O’qituvchining  pedagogik  mahorati,  ayniqsa  amaliy  harakat 
faoliyatlari, xulosalari o’quvchilarning kayfiyatini oshirishi zarur. 
Jismoniy  tarbiya  darslari  to’garak  mashg’ulotlari,  tanaffuslardagi 
sog’lomlashtirish  o’yin-mashqlari  jarayonida  o’qituvchi  bolalarning 
ruhiy  holatlari  kayfiyatlarini  tarbiyalashda  faqat  qiziq  so’zlar,  o’yin-
mashqlarning bajarilishi bilangina emas, ularni hayotda mavjud bo’lgan 
eng yaxshi, qiziqarli hamda zarur bo’lgan jarayonlar haqida ham salbiy 
yo’li  bilan  qiziqtirish  kerak.  Jumladan,  kim  sog’lom  va  epchil  bo’lsa 
yaxshi  futbolchi,  kurashchi,  yugurishda  chempion  bo’ladi.  Darsdagi 
barcha  mashqlarni  yaxshi  bajaradiganlar  katta  bo’lganda  uchuvchi, 
kosmonavt bo’ladi. To’garaklarga borib, sport bilan shug’ullangan qizlar 
(gimnastika,  badiiy  gimnastika  va  h.k.)  jahon  chempioni  bo’ladi, 
Olimpiya  o’yinlarida  ishtirok  etadi.  Bunga  o’xshash  insonlarni 
turmushda  uchraydigan  sevimli  kasblar,  milliy  o’yinlar  (kurash,  ot 
o’yinlari  va  h.k.)  haqida  ham  jonli  misollar  bilan  bolalar  ongiga 
singdirish lozim.  
Ota-onalar ham o’z navbatida ertalabki gimnastika, dam olish kuni 
sayr-sayohatlar,  bo’sh  vaqtlarda  birgalashib  oila  bo’lib  turli  o’yin-


 
32 
mashqlarni  bajarganda  ham  bolalar  harakatini  yaxshi  tomonlarga 
qiyoslash (polvon, chavandoz, jasur, chaqqon va h.k.) foydali bo’ladi.  
Yuqoridagi  omillar  va  usullar  bolalar  tarbiyasida  muhim  o’ringa 
ega.  O`z  ongiga  chuqur  singdirib  olgan  o’quvchilar  doim  shu  sohani 
(maqsad  qilib  qo’ygan  istagi)  eslab,  amaliy  jihatdan  bajarib,  takrorlab 
ko’nikishi mumkin.  
Bolalarga 
xos 
bo’lgan  quvnoqlik  va  tez  intiluvchanlik 
xususiyatlarni ota-onalar va sinf o’qituvchilari yaxshi bilib, bolalar bilan 
munosabatlarni  ularning  mijozi,  fe’l-atvori  bilan  bog’lab,  to’g’ri  yo’lga 
solish  bolalarda  ruhiy  (ma’naviy-psixologik)  holatlarni  chuqurlashtirib, 
tobora  takomillashishi  aniq.  I-IV  sinf  o’quvchilarining  ruhiy  holatlarini 
tarbiyalashda jismoniy o’yin-mashqlarni o’tkazish va yakunlashda sodir 
bo’ladigan  (g’oliblik  va  mag’lubiyat)  voqyeliklarning  ijobiy  hamda 
salbiy tomonlari doimiy ravishda kechadi.  
Bunga quyidagi misollarni dalil qilib ko’rsatish mumkin: 
1.  Akrobatika  mashqlarini  (do’mbaloq  oshishlar)  boshqarishda 
chaqqonroq, tanasi yengilroq (oriq) o’g’il va qiz bolalar ancha epchil va 
to’g’ri  bajarishadi.  Ularni  maqtab  ruhini  ko’tarsak,  ular  yanada 
yaxshiroq va o’ziga xos 2-3 marta do’mbaloq oshishiga shoshiladi.  
Harakatlari sust, tanasi og’irroq (semiz, to’la) o’g’il va qiz bolalar 
esa  o’sha  mashqlarni  zo’rma-zo’raki  yoki  chala,  sifatsiz  bajaradi. 
Bularni  ko’rib  turgan  epchil  bolalar  ular  ustidan  kulishadi,  ruhan 
zavqlanishadi.  Mashq  bajarganlar  ham  istab-istamay  kulishi  mumkin. 
Lekin  ularning  qalbida  uyalish,  ishonchsizlik  kabi  iztiroblar  kechib 
turadi.  Shu  sababdan  o’qituvchi:  1.  Yaxshi  va  a’lo  bajarganlarga  –ball. 


 
33 
Lekin boshqalar ustidan masxaralab kulish yaramaydi. 2. Ularga yordam 
bersanglar  sizlarga  yetib  oladi  va  o’zib  ham  keta  oladi,  deb  baholash, 
nasihat qilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Darslar, musobaqalar (“quvnoq startlar” shaklida) jarayonida arqon 
tortishish,  to’pli  estafetalar,  qisqa  masofalarga  (30,40,50  m.)  yugurish, 
kichik  to’plarni  uzoqqa  yoki  maqsadli  (belgi,  joy)  otish,  joydan 
uzunlikka  sakrash,  balandlikdan  (devor,  xari  va  h.k.)  pastga  sakrab 
tushish  kabi  ko’p  o’yin-mashqlarni  bajariladi.  Tabiiyki,  ular  jismoniy 
sifatlarni  tarbiyalash  bilan  birga  qatorda  ruhiy  tarbiyani  ham  amalga 
oshiradi.  Juft  va  guruh  (komanda)  bo’lib  bahslashish  (musobaqa)  kim 
kuchli,  kim  tez  kabi  talablarni  amalga  oshiradi.  Bunda  albatta  g’oliblik 
uchun kurash kuchli bo’ladi. Bunday paytlarda g’oliblar behad xursand 
bo’lib  kulishadi,  xuddi  katta  sportdagi  (futbol,  voleybol,  basketbol, 
yugurishlar  va  h.k.)  g’oliblar  kabi  bir-birini  quchib,  qo’llarini  baland 
ko’tarishadi. Mag’lublar esa xomushlik bilan jim bo`lib qolishadi, ba’zi 
birlari esa yig’lashadi ham. Bu jarayonlar sportga xos bo’lgan odatlardir. 
Demak, yosh bollarda ham g’oliblik zavqi va  mag’lublik iztirobi ancha 
shakllangan  bo’ladi.  Shu  sababdan  ham  sinf  o’quvchilarining  kayfiyati 
va ruhiy holatlarini to’g’ri tarbiyalash, baholash lozim bo’ladi. 
Umumiy  xulosa  tariqasida  aytilsa,  boshlang’ich  ta’lim  jarayonida 
bolalarning  jismoniy  va  ma’naviy  barkamolligini  to’g’ri  tarbiyalash 
asosiy  maqsadlardan  biridir.  Bunda  bolalarning  anatomik  va  fiziologik 
jihatdan  rivojlanishi,  harakat  malakalarining  sifat  darajasi  o’sishi  va 
ruhiy  (ma’naviy)  jihatdan  mustahkam  barqarorlashi  muhim  ahamiyatga 
egadir.  


 
34 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish