II.bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining anatomik-fiziologik
tuzilishi va psixologik xususiyatlari.
Tabiat
va
inson
birligi,
insonlarning
tabiiy
rivojlanish
xususiyatlari. Inson tanasining tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari.
Insonlarning
amaliy
faol
harakatlarini
tarbiyalash
va
ularni
takomillashtirishda fiziologik, gigiyenik va psixologik jarayonlardan
maqsadli foydalanish yo’llari.
2.1. Insonlarning tabiiy rivojlanish omillari va yo’llari.
Insoniyat tabiatning bir bo’lagi sifatida aqliy jihatdan his etish,
yaratuvchilik xususiyatlariga ega. Bunda tana a’zolarining tabiiy
tuzilishi va amaliy harakat faoliyatlari muhim o’rin tutadi. Insonlarni
tabiat qanday yaratmasin, ularning tuzilishi jarayonlari va faol
harakatlarini o’rganish, tarbiyalash mumkin. Bu sohada Sharqning
buyuk allomasi Abu Ali ibn Sinoning to’rt tomlik “Tib qonunlari”
amaliy yordam beradi.
Abu Ali ibn Sinoning Ilmiy merosni o’rganish va ularning amaliy
jihatdan qo’llanib kelinayotgan sir emas. Bu ilmiy-amaliy tajribalarning
natijalari faqat tibbiyot olamidagina emas, balki pedagogika,
25
psixologiya, anatomiya, fiziologiya, jismoniy tarbiya va ular bilan
bog’liq bir qator fanlarning ham mazmuniga chuqur singib ketgan.
E’tirof etish lozimki, Ibn Sinoning ta’limi faqat shifokorlargagina emas,
balki har bir inson, ayniqsa ota-onalarning ham ikkinchi kasbiga aylanib,
yosh bolalarni tarbiyalab o’stirishda eng muhim omillardan biriga
aylanmoqda.
Inson tanasining tuzilishi deganda suyaklar, mushaklar, bo’g’inlar
va ularning amaliy faoliyati tushuniladi. Suyaklar va mushaklar
tarkibidagi asab tolalari, xujayra va to’qimalar hamda ularning tabiiy
ravishda harakatlanishi natijasida ichki a’zolarning (nafas olish yo’llari,
ovqat hazm qilish a’zolari, ularning qancha aylanishi, jigar, taloq va
yurak faoliyati) tiriklikni ta’minlashi esa fiziologik jarayonlardir.
Ko’rish, eshitish, teri sezgirliklari va ularning bosh miya qobiqlari
(po’stloq) orqali ongli ravishda harakat qilish, o’z faoliyati va tashqi
muhitni tahlil qilish (tafakkur), eng muhimi esa so’zlash, muloqot qilish
xususiyatlari psixologik (ruhiy-ma’naviy) jarayonlardir.
Mazkur tabiiy omillar haqida insonlar u yoki bu darajada bilim,
tushunchalarga egadir. Shu sababdan ham har bir ota-ona o’z
farzandlarini har tomonlama sog’lom, barkamol (anatomik-fiziologik va
psixologik jarayonlar) bo’lib o’sishi uchun ta’lim-tarbiyaga (oilaviy
pedagogika) alohida e’tibor beradi. Buning uchun esa ular tegishli
nazariy tushunchalar va amaliy malakalarga ega bo’lishni hayotning
o’zi taqozo etadi.
Masalaga shu asosda yondashilsa, faqat jismoniy tarbiya va sport
mutaxassislarigina emas, balki boshlang’ich ta’lim tizimidagi o’quvchi
26
va talaba yoshlar ham inson tanasining tuzilishi va a’zolarning amaliy
harakat faoliyatlarini yaxshi bilishlari lozim bo’ladi. Buning uchun esa
maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim muassasalarida (pedagogik
kollejlar, oliy o’quv yurti fakultetlari) jismoniy tarbiya nazariyasi hamda
amaliyotini o’qitishda anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika,
kimyo, kimyobiologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liq jarayonlarga
alohida e’tibor berishi, bunda jismoniy tarbiya vositalarining qo’llanish
usullari, yo’llari bilan mustahkam ravishda qurollantirish shart bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ayniqsa bolalar va o’smirlar oziqlanish, nafas
olish, faol harakat qilish kabi tabiiy omillar asosida o’z-o’zidan
rivojlanadi, ko’pchilik esa (bolalar ham) tabiiy ravishda sog’lom bo’ladi.
Ammo, tana a’zolarining barcha faoliyatlarini (ichki va tashqi)
tarbiyalash, ularning rivojlanishini ta’minlash kerak bo’ladi.
Ma’lumki, bolalarda tana (gavda) a’zolari o’ta nozik va mo’rt
bo`lib, cho’ziluvchan, egiluvchanlik ancha ustun turadi. Shuningdek,
harakatchanlik tez va kuchli bo’ladi. Bu kabi tabiiy omillarni to’g’ri
yo’naltirish, maxsus jismoniy harakatlar (o’yin-mashqlar) vositasida
tarbiyalash lozim bo’ladi. Aks holda, bir tomonlama (bo’yning
cho’zilishi, gavdaning bukilishi, umurtqa pog’onalarining qiyshiq yoki
bir tekis bo’lib qolishi va h.k.) rivojlanishi mumkin. Qisqacha qilib
aytganda, avvalo gavda tuzilishiga qarab zarur mashqlarni qo’llash va
harakatchanlikning holatiga qarab (tez, sust va h.k.) o’yin-mashqlardan
foydalanishni taqozo etadi. E’tirof etish lozimki, “Jismoniy tarbiya”
Dasturidagi o’yin-mashqlarning turlari faqat jismoniy sifatlarnigina
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilib qolmasdan, balki aynan tana
27
a’zolarining tuzilishi va harakat malakalarini (gimnastika) tarbiyalab
rivojlantirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyatga egadir.
Bolalarning anatomik rivojlanishida (tana a’zolarining o’sishi)
gigiyenik qoidalarni o’rgatish ehtiyojiy tarbiya hisoblanadi, ya’ni
jismoniy tarbiya darslarida o’ziga loyiq va mos bo’lgan sport
kiyimlariga ega bo’lish, tananing tozaligiga e’tibor berish (yuvinish),
qo’l, yuz, tish va boshqa a’zolarni o’z vaqtida yuvishga odatlantirish
zarur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |