9.5. Sinflararo va maktab miqyosida o’tkaziladigan sport
musobaqalari
Sport musobaqalari shug’ullanuvchilarning sportdagi tayyorgarlik
daraja va mahoratlarini sinovchi, namoyish etuvchi va ularga kuch
bag’ishlovchi ta’lim-tarbiyaning muhim shakli va bosqichi hisoblanadi.
Shu sababdan umumta’lim maktablarda o’quvchilarning quyidagi sport
musobaqalarini o’tkazish odat tusiga kirgan, ya’ni:
1. Har bir sinfda sport turlari bo’yicha tayyorgarlik musobaqalari.
2. O’zaro kuch sinashish va maktab birinchiligida qatnashish uchun
sport turlari bo’yicha sinflararo musobaqalar.
3. Spor turlari bo’yicha maktab birinchiligi musobaqalari.
4. “Umid nihollari” sport-tajriba (terma jamoa uchun) musobaqalari.
5. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha musobaqalar.
6. “Sport bayrami kuni” (jismoniy tarbiyachilar kuni – yozgi sport
mavsumi boshlanishi) musobaqalari.
7. Maktablararo sport turlari bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvlari-
musobaqalar.
8. Ulug’ sanalar va an’anaviy bayramlarga bag’ishlangan sport
musobaqalari.
154
Mazkur musobaqalar va ularni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan
barcha tadbirlar maktab jismoniy tarbiya jamoasining (JTJ) yillik ish
rejasi va sport musobaqalari taqvim rejasida qayd etiladi. E’tirof etish
lozimki, bu musobaqalar mazmunida boshlang’ich sinf o’quvchilari
uchun ham alohida belgilangan sport musobaqalari turlari mavjud
bo’ladi, ya’ni:
-quvnoq bolalar (I-II sinf) sport musobaqalari, ya’ni “quvnoq startlar”
dasturidagi oddiy o’yin-mashqlar bo’yicha bahs-musobaqalar;
-“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlariga tayyorgarlik va nishon
belgisi uchun musobaqalar;
-Futbol
bo’yicha
(III-IV
sinf)
qoidasi
ixchamlashtirilgan
musobaqalar;
-qizlar o’rtasida badiiy gimnastika va o’g’il bolalar (III-IV sinf)
uchun milliy kurash, belbog’li kurash musobaqalari;
-200, 300, 400, 500 m. masofalarga kim o’zariga yugurishlar;
-sharoiti bor maktablarda suvda suzish musobaqalari;
-“jismoniy tarbiya” dasturidagi bo’limlar (sport turlari) bo’yicha
o’quv yakuni (I-III sinf) va bitiruv (boshlang’ich ta’lim – IV sinf)
yakuni bo’yicha musobaqalar.
Bu kabi musobaqalar, ayniqsa, mustaqillik kuni bayrami (o’quv yili
boshi), “Navro’z” bayrami (mart), yozgi sport mavsumi boshlanishi
(mart-aprel), xotira kuni (may) va boshqa bir qator nufuzli bayram-
tadbirlarga bag’ishlanadi.
155
Bunday bayram-tadbirlarga madaniy hamda sog’lomlashtirish sport
tadbirlari jarayonida yuqorida ta’kidlangan sport musobaqalarining
mazmunlari namoyish etish kabi maqsadida ham o’tkaziladi.
Umuman aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan tashkil
etiladigan turli shakl, mazmun hamda maqsad va vazifalardagi sport
musobaqalari yosh bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish,
jismoniy barkamollikni shakllantirishga qaratilishi bilan bir qatorda
ularning sport turlariga qiziqishini oshirish, jismoniy tarbiya va
sportning inson faoliyati uchun ahamiyati, ijtimoiy madaniy, ta’lim-
tarbiya va boshqa sohalardagi o’rnini ongli ravishda tushunishga
yetaklaydi.
Shu jihatdan ham, boshlang’ich ta’lim metodikasi tizimida ta’lim
oluvchi yoshlar I-IV sinflarda tashkil etilishi zarur bo’lgan jismoniy
tarbiya va tadbirlarini tashkil etishning barcha yo’l-yo’riqlarini yetarli
darajada o’zlashtirishlari, ularni o’quv amaliyoti (ped praktika) va o’qish
tugagach dastlabki mehnat jarayonlarida amaliy jihatdan maqsadli
qo’llashlari lozim.
156
Do'stlaringiz bilan baham: |