Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 Kuni uzaytirilgan sinf (guruh) o’quvchilari bilan o’yin-



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

9.3. Kuni uzaytirilgan sinf (guruh) o’quvchilari bilan o’yin- 
mashqlarni tashkil qilish shakllari va usullari 
 
Mustaqil  davlatlar  hamdo`stligi  (MDH-SNG)  Respublikalarida 
umumta’lim maktab o’quvchilari uchun kuni uzaytirilgan sinflar (guruh) 
tashkil  qilish  tajribalari  davom  etmoqda.  Deyarli    barcha  mustaqil 


 
148 
Respublikalarda ularni tashkil qilish shakllari, usullari va o’tkaziladigan 
mashg’ulotlarning mazmunlari bir-biridan farq qilmaydi. Shular qatorida 
O’zbekistonning  turli  xududlaridagi  katta  va  kichik  shaharlar, 
qo’rg’onlar  va  ba’zi  qishloqlarda  ham  kuni  uzaytirilgan  sinflar  (guruh) 
tashkil qilingan. Buning asosiy sabablari: 
 
-O’zlashtirishni yaxshilash, qo’shimcha bilim va tarbiyalar berish; 
 
-Ota-onalarning band bo’lishi; 
 
-Qaramog’ida  boquvchisi  bo’lmagan  yoki  oilada  keksalar  qo’lida 
qolishi va boshqalar. 
 
Ta’kidlash  lozimki,  ko’p  holatlarda  bir  sinf  yoki  guruhda  har  xil 
yosh  va  sinf  o’quvchilari  birgalikda  ta’lim-tarbiya  oilada  va 
mashg’ulotlar  ham  birga  o’tkaziladi.  Imkoniyat  darajasida  ular  I-II  va 
III-IV sinflardan bo’lishi masqadga muvofiq keladi.  
 
Kuni  uzaytirilgan  sinflarda  kundalik  tartib  (rejim)  asosida  ta’lim-
tarbiya, sog’lomlashtirish, dam olish, ovqatlanish va turli mashg’ulotlar 
tashkil  qilinadi.  Buning  uchun  esa  sinf,  fan  o’qituvchilari  va  maxsus 
tarbiyachilar,  jismoniy  tarbiya  mutaxassislari  jalb  etilib,  ularning 
faoliyatini samarali ravishda amalga oshirish uchun metodik uyushmalar 
tashkil  etiladi.  Ularning  tajriba  va  mahoratlarini  oshirish  maqsadida 
maxsus  seminar-kengashlar,  malaka  oshirish  o’quv  ishlari  o’tkazib 
boriladi  va  yetakchi  pedagog-mutaxassislar  bunda  yo’l-yo’riqlar 
ko’rsatib boradi.  
I-II  va  III-IV  sinf  o’quvchilaridan  tashkil  topgan  guruhlarda 
sog’lomlashtiruvchi  jismoniy  tarbiya  va  sport  mashg’ulotlari  olib 
boriladi.  Bunda  har  tomonlama  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  “Sport 


 
149 
soati”    yosh  bolalarning  jismoniy  tayyorgarligini  tarbiyalashda  xizmat 
qiladi.  Bu  yo’lda  jismoniy  tarbiya  o’qituvchisining  tarbiyachilar 
(o’qituvchi) bilan o’zaro hamkorligi zarur bo’ladi.  
Shu  asosda  yuqori  sinf  o’quvchilaridan  jamoatchi  tashkilotchilar 
tayyorlash va ularni boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan 
kichik  musobaqalar,  o’yin-mashqlar,  sayr-sayohatlarni  o’tkazish, 
“Alpomish”  va  “Barchinoy”  maxsus  testlari  talablari  bo’yicha 
tayyorgarliklarni  olib  borishga  jalb  etiladi.  Boshlang’ich  sinf 
o’quvchilari bilan quyidagi musobaqalarni tashkil qilish mumkin, ya’ni: 
-30, 60 m.ga kim tez yuguradi; 
-Kim uzoqqa sakray oladi (joydan va yugurib kelib); 
-joyda turib yoki yugurib kelib kim baland sakraydi; 
-To’pni (qor, biron buyum a h.k.) kim uzoqqa otadi, nishonga kim 
tegizadi; 
-Chambarak (obruch) bilan sakrab tez yugurish; 
-To’pli estafetalar; 
-Futbol o’yini; 
-Milliy  kurashlar  va  sharqona  kurashlarning  oddiy  qismlari 
(element); 
-Milliy harakatli o’yinlar (sharoit va qiziqish asosida tanlash); 
-“Quvnoq startlar” shaklidagi o’yin-mashqlar; 
Eslatish  zarurki,  yuqorida  ta’kidlangan  haftaning  kunlariga  qarab 
taqsimlash,  ayniqsa  shanba  kuni  uylariga  ketish  lozim  bo’lgan  bolalar 
hamda  doimiy  tunab  o’qiydiganlar  uchun  qiziqarli  o’yin-mashqlarni 
o’tkazish zarur. 


 
150 
Dushanba  kunlari  esa  tana  a’zolari  harakatini  kuchaytirish  a 
keyingi  kunlarda  o’tkaziladigan  mashg’ulotlarga  tayyorgarlik  holatlarni 
bog’lash bilan tashkil qilinishi lozim.  
Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan kuni uzaytirilgan guruhlardagi 
jismoniy  tarbiya  va  sport  tadbirlarini  musobaqa  shaklida  o’tkazishda 
dehqonlar,  chorvadorlar,  qurilish,  avtotexnika,  teleradio,  kompyuter  va 
boshqa  sohalardagi  kasb-hunarlarni  egallash  bilan  jismoniy  mashq-
o’yinlarining uzviy bog’liq tomonlari ham e’tiborga olinishi lozim.  
Bunday  ijtimoiy  ta’lim-tarbiyalar  va  sog’lomlashtirish  tadbirlari 
kichik  yoshdagi bolalarning  (I  va  IV  sinf) har  tomonlama  tasavvurlarni 
o’zida  his  qilish  va  amaliy  ishlarga  intilish  kabi  zarur  faoliyatlarni 
yuzaga keltiradi va shakllantiradi.  

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish