Ekologik muvozanatlar tushunchasi. Tabiat va uning tabiiy holati
ma’nosini bildiruvchi iboradir, ya’ni tabiat in’om etgan toza havoni
o’ziga saqlash demakdir. Toza havoning yuzaga kelishi fasllarning
yaxshi kelishi (chang-to’zon, qum, tutun, badbo`y hidlar va h.k.
bo’lmasligi) va insonlarning uni saqlashlari bilan bevosita bog’liqdir.
Tabiiy ravishda havoning ifloslanishi (chang, tutun va h.k.) va ijtimoiy
turlari hamda mehnat jarayonida sodir bo’ladigan salbiy voqye’liklar
(chiqindi suvlar, axlatlar, qoldiq oziqa va buyumlar, turli xil tutunlar va
h.k.) toza havoning buzilishiga katta ta’sir qilib, bu muvozanatlar salbiy
169
tomonga o’zgaradi. Ularning ba’zilari haqida quyidagi dalillarni misol
qlib keltirish mumkin:
1. Tabiatda qurg’oqchilikning kuchayishi va uzoq yillar (1928-1970)
Sirdaryo va Amudaryo yangidan o’zlashtirilgan cho’l hududlariga
oqizilishi (paxta, don va yemish) natijasida, shuningdek ba’zi
hududlarda suv omborlari tashkil etilib, bu daryolarning suvidan
quyilishi natijasida Orol dengizining sathi pasayib, Qoraqalpog’iston,
Xorazm viloyatlari hamda ularga yaqin xududlarda muvozanat keskin
o’zgardi. Qurg’oqchilik, qumlarning ko’chishi, shamolning
kuchayishi yozda issik, qishda sovuq bo’lishga sabab bo’lmoqda. Bu
esa aholining salomatligi, mehnat qilishi, sog’lom turmush tarziga
salbiy ta’sir etmoqda. Bu borada turli xalqaro tashkilotlar amaliy
yordam berib tadbirlar o’tkazilsada, avvalgi muvozanat qayta
tiklangani yo’q.
2. Avtomashinalarning ko’payishi natijasida neft mahsulotlari, ayniqsa
benzinlar
nihoyat
ortiqcha
darajada
sarflanmoqda,
ya’ni
avtoulovlardan chiqqan tutunlar shahar aholisi, shuningdek,
yo’lovchilar va hayvonlarning ham sog’ligiga salbiy ta’sir
o’tkazmoqda.
3. Uy-joy, jamoat oshxonalari, ishlab chiqarish korxonalarida gazdan
foydalanish,
ko’mir
ishlatish
holatlari
tobora
ko’payib,
ko’pchilikning sog’ligiga zarar keltirmoqda.
4. Oshxonalar, to’y-marakalar va oila sharoitlarida ko’mirni yoqish
(kabob, somsa va ovqat pishirish, isitish) kamaymagan. Ko’mirning
tutuni va hidi havoning tez buzilishiga sabab bo’ladi.
170
5. Ko’p qavatli uy-joylar, havoli va qishloq sharoitlarda turli chiqindi,
axlatlarni maxsus joylarga to’kmasdan yo’laklar, burchaklarga
to’kish holatlari va to’kilgan chiqindilarni tez-tez olib ketmasligi
oqibatida pashshalar, turli hasharoitlarning ko’payishi, ularning
yuqumli kasalliklarni tarqatishi, havoning aynishiga jiddiy ta’sir
ko’rsatmoqda. Bunga qo’shimcha xazon barglarni yondirish, ularning
tutunlari zaharga aylanadi.
6. Ba’zi korxonalar, savdo, bozor, mashina ta’mirlash – yuvish va
shunga o’xshash joylarda chiqindi suvlarning oqizilishi, ularning hidi
havoga tarqalishi, hamda yomg’ir suvlari yoki to’g’ridan-to’g’ri ariq-
kanallar, daryolar, suv havzalarga oqizilishi natijasida oqova
suvlarning tarkibining buzilishi, ularning badbo`y hidi havo orqali
tarqalishi ham tabiatdagi muvozanatlarning buzilishiga sabab
bo’lmoqda.
Bu kabi salbiy jarayonlar ijtimoiy turmush va mehnat sharoitlarda
ko’p uchraydi. Shu sababki, aholining ko’pchilik qismida, shuningdek
onalar va bolalarda turli xil og’ir dardlar, yuqumli kasalliklar doimo
yuzaga chiqib turadi.
Ekologik muvozanatlarni yaxshilash borasida qonunlar, qarorlar
ko’p ishlab chiqilmoqda. Ularning natijalari turli sabablar bilan amalga
oshirilmayapti. Bunda mutasaddi tashkilotlar, rahbar va mutasaddi
xodimlar, ayniqsa aholining barcha qatlamlarida tub o’zgarishlar
yasalishi lozim bo’lgan muammolarni hal etishga to’g’ri keladi.
171
Do'stlaringiz bilan baham: |