VI
Talaffuz ohanglari
Ularning oliy vazifalari – xalqlarning kun-
dalik hayotidagi mayda voqealarni vazminlik
bilan muhokama qilmoqdan iboratdir. Ular o‘z
donoliklari bilan arzimas sabablarga ko‘ra yoki
haddan tashqari buzib talqin etilgan biror voqea
tufayli ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan buyuk g‘ala-
yonlarning ol dini olmoqlari lozim.
Gratsius.
Endigina sohilga tushgan, boz ustiga, mag‘rurligi tufayli hech qa-
chon birovga savol bilan murojaat qilmaydigan musofir uchun Jyulen
hech qanday tentaklik qilgani yo‘q. Bir kuni Jyulen kutilmaganda quyib
qolgan jaladan qochib, Sent-Onore ko‘chasidagi qahvaxonaga kirdi. U
yerda egniga qalin movut kamzul kiygan allaqanday norg‘ul bir odam
Jyulenning xo‘mrayib qarashidan ajablanib, o‘z navbatida, unga bir
vaqtlar Bezansonda nozanin Amandaning o‘ynashi kabi tikilib qaradi.
Jyulen o‘sha birinchi haqoratni jazosiz qoldirgani uchun o‘zidan
o‘pkalab yurardi. Shu boisdan ham u manovi odamning tikilishiga
chidab tura olmadi. U izoh talab qildi. Kamzul kiygan kishi bunga
javoban qo‘pol qilib so‘kina boshladi: qahvaxonadagi odamlar ularni
o‘rab olishdi, o‘tkinchilar eshik oldida to‘xtay boshlashdi. Provinsial
sifatida, ehtiyotkorlik yuzasidan o‘zi bilan doim kichkina to‘pponcha
olib yuradigan Jyulen hozir cho‘ntagida uni mahkam qisib turardi.
Biroq u mulohaza bilan o‘zini bosdi-da, daqiqa sayin raqibiga:
– Manzilingizni ayting, muhtaram janob. Men sizdan nafratlana-
man, – deya takrorlash bilan cheklandi.
Uning qattiq turib shu yetti so‘zni takrorlashi, nihoyat, atrofidagi
olomonga ta’sir qildi.
– To‘g‘ri-da. Baqirayotgan anovi odam unga manzilini bersin-da,
axir.
298
Kamzulli kishi bir necha marta takrorlangan bu xitobni eshitgach,
besh-oltita tashrifnomani Jyulenning basharasiga qarab itqitdi. Xay-
riyat, tashrifnomalarning birontasi ham yigitning yuziga tegmadi,
Jyulen o‘ziga tegmagunlariga qadar to‘pponchasini cho‘ntagidan
chiqarmaslikka ahd qilgan edi. Haligi odam qahvaxonadan chiqib
ketdi, lekin u yo‘l-yo‘lakay bir necha marta orqasiga o‘girilib, Jyulenga
musht o‘qtalganicha so‘kinib borardi.
Jyulen qora terga botdi. «Demak, sariq chaqaga arzimaydigan
har qanday odam, har qanday yaramas to‘ngiz meni shu qadar
larzaga solishi mumkin ekan-da! – deya g‘azab bilan xitob qilardi
u o‘zicha. – O‘zimdagi bu xo‘rlik keltiradigan ta’sirchanlikni qanday
yo‘qotsam ekan?»
Agar qo‘lidan kelganida Jyulen o‘sha odamni darhol duelga cha-
qirgan bo‘lardi. Uni faqat bir narsa to‘xtatib turardi: bu poyonsiz Pa-
rijda u sekundantni qayoqdan topadi axir? Uning hech qanday do‘sti
yo‘q edi. Yigit ba’zi odamlar bilan tanishib olgan edi-yu, biroq barcha
tanishlari oradan bir necha hafta o‘tgach, negadir birin-ketin undan
uzoqlashib ketishgandi. «Men odamshavanda emasman, – deya o‘ylar-
di u, – shuning uchun ham jazoimni tortyapman». Nihoyat, u ba’zan
birgalashib qilichbozlikni mashq qiladigan 96-polkning iste’fodagi
poruchigi, bechorahol Levenni esladi-yu, o‘shani izlab topdi. Jyulen
unga bor gapni aytib berdi.
– Mayli, sizga sekundantlik qilaman, – dedi Leven, – faqat bitta
shartim bor: agar o‘zingizni haqorat etgan o‘sha odamni yarador
qilmasangiz, o‘sha joyning o‘zidayoq men bilan ham duelga chiqasiz.
– Roziman! – deya xitob qildi zavq bilan Jyulen.
Shundan so‘ng ular tashrifnomada ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha
Sen-Jermen qasabasining allaqayerida yashaydigan janob Sh. de
Bovuazini izlab ketishdi.
Ertalab soat yetti edi. Ular manzilda ko‘rsatilgan uyga kirib,
xizmatkorga kelganlarini xabar qilishni buyurishganida, Jyulen
birdan, bu de Renal xonimning bir vaqtlar Rimdagimi yoki Neapoli-
taniyadagimi elchixonada attashe bo‘lgan va sinor Jeronimoga tavsi-
yanoma yozib bergan o‘sha qarindoshi emasmikin, deya o‘ylab qoldi.
Jyulen kechagi odam itqitgan tashrifnomaning yoniga o‘zinikini
qo‘shib basavlat malayga uzatdi.
Ularni – Jyulen bilan uning sekundantini chorak kam bir soat kutib
o‘tirishga majbur etishdi, shundan so‘ng ularni aloha g‘oyat did bilan
299
jihozlangan katta xonaga boshlab kirishdi. U yerda ularni qo‘g‘irchoq-
dek kiyingan baland bo‘yli bir yigit kutib oldi. Bu yigitning chehrasida
qadimgi greklarga xos barkamol va ehtirossiz bir husn barq urib tu-
rardi. Uning nihoyatda ingichka boshidagi ajoyib sochlari shu qadar
hafsala bilan jingala qilib taralgan ediki, bironta ham tola boshqasidan
ajralib ko‘rinmasdi, «Ana shu sochlarini tarash uchun, – deya xayoli-
dan o‘tkazdi 96-polkning poruchigi, – bu la’nati olifta bizni shuncha
kuttirib qo‘ydi». Chipor xalat, ertalab kiyiladigan pantalon, – xullas,
uning zardo‘zi tuflisiga qadar hamma kiyimlari bu odamning o‘ziga
juda bino qo‘yganidan dalolat berib turardi. Uning loqayd va ma’nosiz
yuzida ahyon-ahyondagina paydo bo‘ladigan jo‘yali fikrlar aks etardi:
shu turishda u Metternixdan andaza olgan diplomatning o‘zginasi edi.
96-polk poruchigi, tashrifnomasini odam yuziga itqitib yana shun-
cha kuttirib qo‘yishi yangi haqorat ekanligini Jyulenning qulog‘iga
quygan edi, shu sababdan qahramonimiz janob de Bovuazining ol-
diga shitob bilan kirib bordi. U raqibining jig‘iga tegishga ahd qilgan
edi, lekin, shu bilan birga, u odob qoidalaridan chetga chiqishni ham
istamasdi.
Biroq janob de Bovuazining o‘zini muloyim tutishi, uning vazmin
va, shu bilan birga, mag‘rur ko‘rinishi, atrofidagi jihozlarning nafisligi
uni shu qadar hayratga soldiki, u darhol niyatidan qaytdi. Bu kecha u
to‘qnashgan odam emasdi, Jyulen bu yerda uchratishni umid qilgan
kechagi qo‘pol barzangi o‘rniga shunday kelishgan odamni ko‘rib
turganidan shu qadar ajablandiki, tili kalimaga kelmay qoldi. U janob
de Bovuaziga kecha yuziga itqitilgan tashrifnomalardan birini uzatdi.
– Ha, chindan ham bu mening ismim, – dedi yosh diplomat Jyu-
lenning ertalab soat yettidan kiyib olgan qora kostyumiga birmuncha
shubhalanib qarar ekan. – Lekin tushunolmayapman, vijdonim haqqi...
Uning ana shu so‘nggi so‘zlarini qandaydir alohida ohangda ayt-
ganligi Jyulenning zardasini qaynatib yubordi.
– Men sizni duelga chaqirgani keldim, afandim! – shunday deya
u kechagi voqeani batafsil bayon qilib berdi.
Janob Sharl de Bovuazi obdan o‘ylaganidan so‘ng Jyulenning
egnidagi kostyum bichimidan umuman ko‘ngli to‘ldi. «Kostyumni
u Shtoubga tiktirgan, bunga shubhalanmasa ham bo‘ladi, – derdi u
o‘ziga-o‘zi Jyulenning hikoyasini tinglar ekan. – Jileti ham did bilan
tanlangan, botinkasi ham yomon emas, lekin boshqa tomondan ol-
ganda, azondan qora kostyum kiyib olgani g‘alatiroq tuyulyapti! E, ha,
300
o‘qqa nishon bo‘lmaslik uchun shunday qilgan u!» – nihoyat buning
sababini o‘ylab topdi kavaler de Bovuazi.
U ana shu fikrga kelgan zahoti juda xushmuomala bo‘lib qoldi va
Jyulenni deyarli o‘zi bilan teng ko‘rib gaplasha boshladi. Suhbat juda
cho‘zilib ketdi, masala ancha qaltis edi, lekin oxir-oqibatda Jyulen
aniq dalil-isbotlarga qarshi bahslasha olmasdi. Bu sertakalluf yigit-
ning kecha uni haqorat qilgan qo‘pol nusxaga hech qanday aloqasi
yuq edi-da axir.
Bu yerdan quruqdan-quruq chiqib ketgisi kelmayotgan Jyulen
gapni cho‘za boshladi. U kavaler de Bovuazining mag‘rur yuziga
tikilib o‘tirardi. Jyulenning nuqul oddiygina «afandim» deb atashi
izzat-nafsiga tekkan kavaler de Bovuazi suhbat chog‘i o‘zining ana
shu unvonini ta’kidlab qo‘yishni lozim topdi.
Jyulen uning qandaydir xiyol takabburona jiddiyligiga mahliyo
bo‘lib o‘tirardi. So‘zlarni talaffuz qila turib kavaler tilini g‘alati qimir-
latishi ham Jyulenni hayratga solmoqda edi... Biroq bular janjalga sira
asos bo‘lolmasdi.
Yosh diplomat benihoya hurmat bilan duelga chiqish uchun tayyor
ekanligini aytdi, biroq butun bir soat davomida tirsagini kerib, qo‘lla-
rini beliga tiraganicha indamay oyog‘ini cho‘zib o‘tirgan 96-polkning
iste’fodagi poruchigi do‘sti janob Sorel prussiyaliklar kabi bir odam
bilan faqat uning tashrifnomasini o‘g‘irlab ketganlari uchungina
nizolasha olmasligini bayon qildi.
Jyulen kavaler de Bovuazining uyidan nihoyatda ta’bi tirriq bo‘lib
chiqdi. Kavalerning karetasi eshik oldida uni kutib turardi. Tasodifan
qaragan Jyulen
ko‘chirning kecha uni haqorat qilgan o‘sha barzangi
ekanligini ko‘rib qoldi.
Yigit shu zahoti ko‘chirning uzun kaftani etagiga chang solib, uni
pastga qulatdi-da, qamchi bilan savalay ketdi. Ikki malay o‘rtog‘iga
yordamga tashlanib, Jyulenni mushtlay boshlagan edilar, yigit darhol
o‘sha kichkina to‘pponchasini chiqarib ularga qarata o‘q uza boshladi:
malaylar darrov qochib qolishdi. Bu ishlarning bari qandaydir bir
daqiqaning ichida sodir bo‘ldi.
Kavaler de Bovuazi zinapoyadan gerdayib pastga tushib kelar ekan,
benihoya sipogarchilik bilan har bir so‘zni chertib: «Nima gap o‘zi?
Nima gap o‘zi?» – deya takrorlardi. Shubhasiz, bu voqeaga u juda qiziqib
qolgan edi, biroq uning diplomatlarga xos sipogarchiligi o‘z qiziqishini
sezdirmaslikni taqozo etardi. U gap nimadaligini bilgach, yuzidagi
301
sipolik o‘rnini asta-sekin hazil aralash sovuqqonlik ifodasi egalladiki,
zero bu ifoda diplomatning yuzidan sira ham arimasligi lozim edi.
96-polkning poruchigi janob de Bovuazining o‘zi ham duelga chi-
qishga oshiqayotganini tushunib qoldi, u ham do‘stining tashabbusini
saqlab qolmoq uchun dialomatlarga xos ustomonlik ishlatishga ahd
qildi.
– Ana endi duel uchun to‘la asos bor! – deya qichqirdi u.
– Ha, menimcha ham to‘la asos bor bunga, – dedi diplomat. – Anovi
muttahamni haydab yuboringlar, – dedi u malaylarga qarab, – uning
o‘rniga boshqa odam o‘tirsin. Karetaning eshigini ochishdi, kavaler
iltifot ko‘rsatib, o‘z raqibi va uning sekundantini oldinga o‘tqazdi. Ular
janob de Bovuazining do‘sti oldiga borishdi, u odam esa duel uchun
qulay joyni ko‘rsatdi. Yo‘lda ular shiringina suhbat qurib borishdi.
Faqat egnidagi xalati bilan diplomat biroz g‘alatiroq ko‘rinardi.
«Garchi bular ham juda asilzoda janoblar bo‘lishsa-da, – deya
o‘ylardi Jyulen, – lekin ular janob de lya Molning ziyofatlariga kelib
turadigan anavi nusxalarga o‘xshab hech ham dilgir emas ekanlar.
Bular odob saqlab o‘tirishmas ekan». Suhbat kechagi baletda to-
moshabinlarga yoqib qolgan raqqosalar haqida ketmoqda edi. Bu
janoblar nuqul Jyulen ham, uning sekundanti, 96-polk poruchigi ham
bilmaydigan allaqanday qiziq voqealarga shama qilishardi. Jyulen
o‘zini bilag‘on qilib ko‘rgatadigan ahmoqlardan emasdi: u sira ham
tortinmay o‘zining hech narsadan xabari yo‘qligini aytdi. Bunday sof-
dillik kavalerning do‘stiga juda yoqib tushdi: u Jyulenga o‘sha voqeani
barcha tafsilotlari bilan kulgili qilib so‘zlab berdi.
Jyulenni yana bir narsa juda hayratga soldi. Allaqaysi ko‘chada
Loshi Masiho bayrami sharafiga o‘tkaziladigan diniy marosim uchun
muvaqqat mehrob qurilayotgani sababli kareta bir daqiqacha to‘xtab
qoldi. Diplomat va uning oshnasi shu munosabat bilan bir-ikki og‘iz
hazil qilishdi: bu yerning kyuresi, ularning aytishlaricha, arxiyepis-
kopining o‘z o‘g‘li emish. Gersoglik unvoniga da’vogar bo‘lgan markiz
de lya Molning uyida hech qachon va hech kim bu haqda gap ochishga
jur’at etmagan bo‘lardi.
Duel bir zumda tugadi: Jyulen qo‘lidan o‘q edi, uning qo‘lini aroq
bilan ho‘llangan dastro‘mollar bilan bog‘lab qo‘yishgach, kavaler de
Bovuazi mulozamat bilan ular shu yerga kelishgan karetada uni uyiga
olib borib qo‘yish uchun ijozat so‘radi. Jyulen de lya Mol xonadonini
aytgan edi, yosh diplomat va uning do‘sti bir-birlariga ma’nodor qarab
302
qo‘yishdi. Jyulenning fiakri
37
ham shu yerda turgan edi, biroq yigitga
96-polkning mehribon poruchigiga qaraganda manovi kavalerlarning
suhbati qiziqarliroq tuyuldi.
«Yo Rabbim! Duel deganlari shumi hali? Shu xolosmi? – deya
o‘ylardi Jyulen. – O‘sha ko‘chirni tutib olganim qanday yaxshi bo‘ldi-
ya! Bo‘lmasam, qahvaxonadagi ana shu haqoratni ham ichimga
yutib ketaverganimda, keyin rosa qiynalib yurardim!» Ular butun
yo‘l davomida shiringina suhbat qurib borishdi. Ana shunda Jyu-
len ba’zan diplomatlarga xos mug‘ambirlik ham foydali bo‘lishini
tushunib qoldi.
«Demak, dilgirlik asilzodalar suhbatining qandaydir ajralmas
qismi bo‘lishi shart emas ekan-da, – deya mulohaza yuritardi u o‘zi-
cha. – Axir ular sanam yurishini askiya qilishyapti, anchayin hayosiz
latifalar aytishyapti, bu latifalarning tafsilotlaridan ham uyalishayot-
gani yo‘q. Faqat oliy siyosat haqida mulohaza yuritishmayapti xolos,
biroq bu kamchilikni nutqning nafisligi, iboralarning g‘oyat aniqligi
yuvib ketyapti». Jyulen bu yigitlarni juda yoqtirib qolgan edi. «Ular
bilan tez-tez uchrashib tursam, qanday baxtli bo‘lardim-a!»
Ular xayrlashishgan zahoti kavaler de Bovuazi Jyulenning
nasl-nasabini surishtira boshladi; ammo natijasi yaxshi emasdi.
U kim bilan duelga chiqqanini aniqlashni va keyinchalik uni borib
ko‘rsa o‘rinli bo‘lish yoki bo‘lmasligini bilishni istardi. U to‘play olgan
ozgina ma’lumotni mutlaqo quvonchli deb bo‘lmasdi.
– Bu gaplarning hammasi dahshat-ku! – dedi u o‘z sekundantiga.
– Janob de lya Molning oddiy kotibi bilan, yana kelib-kelib ko‘chirim
tashrifnomamni o‘g‘irlab olgani uchun duelga chiqqanimni odamlarga
qaysi yuz bilan aytaman?
– Ha, odamlarga kulgili ko‘rinishi turgan gap. O‘sha kuni kech-
qurun kavaler de Bovuazi va uning do‘sti barchaga, anavi janob Sorel
– darvoqe, juda dilkash yigit, markiz de lya Molga do‘st bo‘lgan bir
odamning nikohsiz xotindan tug‘ilgan o‘g‘li ekani haqida gap tarqa-
tishdi. Bu gapga hamma osongina ishondi-qo‘ydi. Bu gap tasdiqlab
olinganidan so‘ng yosh diplomat va uning do‘sti Jyulen o‘z xonasida
o‘tkazgan ikki hafta davomida uni bir necha bor kelib ko‘rishni lozim
topishdi. Jyulen ularga umri bino bo‘lib Operaga atigi bir marta bor-
ganini aytdi.
37
Fiakr – kirakash ekipaj, foytun (G‘arbiy Yevropa shaharlarida).
303
– Lekin bu yaxshi emas, – deyishdi kavalerlar unga. – Borishga
arziydigan yagona joy o‘sha-da axir. Siz birinchi galda albatta «Graf
Ori»ni borib ko‘ring.
Operada kavaler de Bovuazi Jyulenni o‘sha kezlari katta shuhrat
qozongan mashhur xonanda Jeronimo bilan tanishtirib qo‘ydi.
Jyulen janob de Bovuaziga deyarli oshiq bo‘lib qolgan edi: ka-
valerning qiyofasidagi o‘zini o‘zi hurmat qilish ham, aralash-quralash
bo‘lib ketgan qandaydir sirli takabburlik, oliftagarchilik ham uni o‘ziga
mahliyo qilib qo‘ygandi. Masalan, kavaler shunday nuqsoni bo‘lgan
bir arkoni davlat bilan tez-tez uchrashib turgani uchungina xiyol
duduqlanib gapirishni o‘ziga odat qilib olgandi. Jyulen shu paytga
qadar hech qachon bir odam siymosida shunday g‘alati qiliqlar bilan
mahoratning uyg‘unlashib ketganini sira ko‘rmagan edi, provinsiyalik
bechora yigit bunga faqat taqlid qilishi mumkin edi.
Uni Operada kavaler de Bovuazi bilan birga yurganini ko‘rishgach,
bu oshnachilik anchagina shov-shuvga sabab bo‘ldi.
– Demak, – dedi unga bir kuni janob de lya Mol, – ma’lum bo‘lishi-
cha, siz fransh-kontelik badavlat dvoryanin, mening yaqin do‘stimning
nikohsiz xotindan tug‘ilgan o‘g‘li ekansiz-da?
Jyulen bunday mishmishning tarqalishida mutlaqo aybi yo‘q
ekanligiga ishontirmoqchi bo‘lgan edi, markiz uning gapini bo‘ldi.
– Janob de Bovuazi, duradgorning o‘g‘li bilan duelga chiqibdi, deya
g‘iybat qilishlarini istamadi.
– Bilaman, bilaman, – dedi janob de lya Mol. – Bu yog‘ini endi
menga qo‘yib bering. Men bu afsonani mustahkamlamog‘im lozim
– menga shunisi qulay. Sizdan bir narsani iltimos qilmoqchiman, bu
sizning qandaydir yarim soatgina vaqtingizni oladi. Spektakl qo‘yi-
ladigan kunlari, kechqurun soat o‘n bir yarimda, kiborlar jamiyati
uy-uyiga tarqalayotgan paytda teatr vestibyuliga borib turasiz. Ba’zan
sizda provinsiyaliklarga xos odatlar sezib qolyapmanki, siz bu odat-
laringizni tark etmog‘ingiz lozim. Boz ustiga, yirik arkoni davlatlarni
tanib olsangiz yomon bo‘lmaydi, ehtimol, biron topshiriq bilan sizni
ularning oldiga yuborib turarman. Teatr kassasiga borib uchrashing,
toki ular sizni tanib olsinlar. Sizga istagan paytingizda kirish huquqi
bilan doimiy ruxsatnoma buyurib qo‘yilgan.
304
Do'stlaringiz bilan baham: |