Kitobxonga
Buyuk iyul voqealari sodir bo‘lib, inson fantaziyasini
bo‘g‘ib qo‘yuvchi yo‘nalish paydo bo‘lganida mazkur asar
chop etilishga tayyor edi. Quyidagi sahifalar 1827-yili yozil-
gan, deya taxmin qilishga bizda to‘la asos bor.
10
BIRINCHI QISM
Haqiqat, achchiq haqiqat.
Danton
I
Shaharcha
Put thousands together – less bad.
But the cage less gay.
Hobbes.
1
Verrer, chamasi, butun Fransh-Konte viloyatida eng xushman-
zara shaharchalardan biri bo‘lsa kerak. Tomlari qizil cherepitsadan
cho‘qqili qilib qurilgan oppoq uylar tepalik yonbag‘rida qator bo‘lib
turishardi. Biron past joy yo‘qki, olampanoh kashtan daraxti qad
ko‘tarmagan bo‘lsin. Du daryosi shahar istehkomlaridan bir necha
yuz qadam pastroqda sharqirab oqardi, bu istehkomlarni bir vaqtlar
ispanlar qurishgan ekan, lekin hozir bular xarobaga aylangandi.
Shimol tomondan Verrerni Yura tizma tog‘ining baland tarmog‘i
muhofaza qilib turardi. Verra tog‘ining kungurador cho‘qqilari ok tyabr
oyining ilk izg‘irinidanoq qor bilan qoplanardi. Tog‘dan kattagina
soy oqib tushadi; soy Du daryosiga borib qo‘shilguniga qadar Ver-
rerni kesib o‘tadi-da, yo‘l-yo‘lakay behisob taxta tilish mashinalarini
harakatga keltiradi. Bu jo‘ngina sanoat shaharliklardan ko‘ra ko‘proq
dehqonlarga o‘xshab ketadigan aholining kattagina qismini ma’lum
darajada to‘ydirardi. Biroq shaharchani boyitgan narsa taxta tilish
1
Minglab kishilarni bir joyga yig‘ing, – go‘yo yaxshiga o‘xshaydi bu hol.
Lekin katalakda ular aslo bo‘lishmas xushnud.
Gobbs.
11
korxonalari emasdi; Myuluz gazlamasi deb atalgan guldor mato ish-
lab chiqarish umumiy farovonlikning manbai edi. Napoleon taxtdan
qulaganidan so‘ng Verrerdagi deyarli barcha uylarning peshtoqlari
gazlamadan kelgan daromaddan yangilangandi.
Shaharga kirishingiz bilanoq allaqanday bahaybat mashinaning
gumburlagan tovushi qulog‘ingizni qomatga keltiradi. Hayqirib oqa-
yotgan soy ustidagi charxpalakning aylanishidan harakatga keluvchi
yigirmata haybatli gurzi yo‘lni titratganicha sharaqlab sandon ustiga
uriladi. Bu gurzilarning har biri kuniga ming-minglab mix ishlab chiqa-
radi. O‘n gulidan bir guli ochilmagan ko‘hlikkina qizlar gurzilar tagiga
temir parchalarini uzluksiz qo‘yib turishadi. Gurzilarning zarbidan
so‘ng o‘sha temir parchasi darhol mixga aylanadi-qo‘yadi. Fransiyani
Gelvetsiyadan ajratib turuvchi tog‘ yonbag‘ridagi shaharchaga ilk bor
kelgan sayyoh ayniqsa ana shu dag‘al kosibchilikni ko‘rganida lol qoladi.
Agar Verrerga qadam qo‘ygan sayyoh katta ko‘chadan o‘tib borayotgan
yo‘lovchilarning quloqlarini qomatga keltirayotgan bu ajoyib mix fab-
rikasining kimga qarashli ekanligini surishtirib qolgudek bo‘lsa, unga
cho‘zibgina: «Ha-a, fabrikani so‘rayapsizmi – janob merga
2
qarashli u»,
deb javob qilishadi.
Mabodo sayyoh Du sohilidan tepalikning qoq cho‘qqisiga qadar
cho‘zilib ketgan Katta ko‘chada bir necha daqiqa turib qolsa, viqor
bilan qadam tashlab borayotgan novcha, basavlat kishiga ko‘zi tushi-
shi turgan gap.
O‘sha odam paydo bo‘lgan zahoti barcha o‘tkinchilar shoshilib
shlyapalarini boshlaridan olishadi. Uning sochlariga oq oralagan.
Egnidagi kiyimlari kulrang. U bir necha ordenlar kavaleri. Peshonasi
keng, qirg‘iyburun bu odamning istarasi issiq ko‘rinadi. Umuman,
uning chehrasida chekka shaharning meriga xos sipolik bilan ba’zan
qirq sakkiz, elliklarni urib qo‘ygan kishilarda ham uchraydigan yoqim-
toylik uyg‘unlashgandek tuyuladi. Biroq tez orada parijlik sayyoh bu
odamning basharasida qandaydir kaltabinlik va tasavvuri qashshoq-
ligidan dalolat beruvchi gerdayish va o‘ziga bino qo‘yish ifodasini
sezib, hafsalasi pir bo‘ladi. Har qalay uning butun iste’dodi o‘zidan
qarzdor bo‘lgan odamlardan qarzini ayni vaqtida undirib olish-u, o‘z
qarzlarini to‘lashni esa iloji boricha cho‘zish qobiliyatidangina iborat
ekanligi sezilib qoladi.
2
Mer – Fransiyada munitsipalitet boshqarmasi boshlig‘i, shahar boshlig‘i (tarj.).
12
Verrer shahrining meri janob de Renal ana shunaqa odam. U viqor
bilan qadam tashlaganicha ko‘chani kesib o‘tadi-da, meriyaga kirib,
sayyohning ko‘zidan g‘oyib bo‘ladi. Agar sayyoh sayr qilishda davom
etsa, yuz qadamcha yurgach, bejirimgina uyga ko‘zi tushadi. Uyni o‘rab
turgan temir panjara ortida esa ajoyib bog‘ ko‘zga tashlanadi. Bog‘ning
narigi yog‘ida esa naq ufqqa qadar Burgundiya tepaliklari cho‘zilib
ketgan – bularning bari go‘yo ko‘zga orom baxsh etish uchungina
yaratilgandek tuyuladi. Bu manzara sayyohni boyadan beri nafasni
siqa boshlagan mayda tamagirlik ruhi bilan zaharlangan muhitni
unutishga majbur etadi.
Unga bu uy janob de Renalga qarashli ekanligini aytishadi.
Yo‘nilgan toshdan terilgan bu ajoyib uyni Verrer meri katta mix-
sozlik fabrikasidan olgan daromadi hisobiga qurgan ekan. Hozir
esa u uyga pardoz berayotganmish. Aytishlaricha, janob de Renal
qadimgi ispan avlodiga mansub bo‘lib, uning ajdodlari Verrerga
Lyudovik XIV bu yerlarni zabt etishidan ancha ilgari kelib, o‘rnashib
qolishgan ekan.
1815-yildan boshlab janob de Renal o‘zining fabrikant ekanligidan
or qila boshladi. Axir 1815-yili janob de Renal taqdir taqozosi bilan
Verrer shahriga mer bo‘lib qolgan edi-da. Naq Du daryosining sohili-
ga qadar pog‘ona-pog‘ona bo‘lib tushgan ajoyib park ham janob de
Renalning temir-tersak buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi chuqur
bilimlari uchun munosib mukofot bo‘lgan. Parkning har bir pog‘onasi
zil tosh devor bilan mustahkamlangan.
Fransiyada Germaniyaning Leypsig, Frankfurt, Nyurnberg va sa-
noat taraqqiy topgan boshqa shaharlar atrofidagi kabi xushmanzara
bog‘larni ko‘rishga umid qilmasangiz ham bo‘ladi. Fransh-Konteda
yer-mulkingiz pog‘ona-pog‘ona qilib qurilgan tosh devorlarga qan-
cha serob bo‘lsa, qo‘shnilaringiz sizni shuncha ko‘p hurmat qilishadi.
Janob de Renalning devorlari ketma-ket qalashib qurilgan bog‘i ham-
shaharlarini qoyil qoldirganiga yana bir sabab shuki, uning ayrim
qismlarini janob mer naq oltin bahosida sotib olganidir. Masalan,
Verrerga kiraverishda sizni hayratga solgan taxtatilgichni oling.
O‘shanda siz yana tomning u boshidan-bu boshigacha yetadigan
keng taxtaga ulkan harflar bilan yozilgan Sorel ismiga ham e’tibor
bergan edingiz. Ana shu taxtatilgich bundan olti yil muqaddam hozir
janob de Renal bog‘ining to‘rtinchi pog‘onasi devorini qurayotgan
yerga joylashgan edi.
13
Janob mer qanchalik dimog‘dor bo‘lmasin, o‘lguday o‘jar va
badjahl keksa Sorelni ko‘ndirguncha ancha xushomad qilib, ko‘nglini
ovlashga majbur bo‘ldi. Nihoyat, chol o‘z taxtatilgich mashinasini
boshqa joyga ko‘chirishga rozi bo‘lishi uchun bir talay oltin luidorni
sanab berishga to‘g‘ri keldi. Taxta tiluvchi arrani ishga soladigan
jamoat anhori masalasiga kelsak, janob de Renal o‘zining Parijdagi
aloqalarini ishga solib, suvni boshqa o‘zandan oqizishga muvaffaq
bo‘ldi. Bunday muruvvatga esa u 1821-yil saylovlaridan so‘ng erish-
gan edi.
U Sorelga besh yuz qadamcha quyiroqdan, Du daryosining so-
hilidan bir arpan o‘rniga besh arpan yer berdi. Garchi yangi joy qa-
rag‘aydan taxta tilish uchun avvalgisiga qaraganda ancha qulayroq
bo‘lsa-da, Sorel ota, – uni boyib ketganidan so‘ng shunday atay bosh-
lashgan, – qo‘shnisining sabrsizligi va molparastligidan foydalanib,
undan mo‘maygina olti ming frankni undirib oldi.
To‘g‘ri, mahalliy bilarmonlar bu bitimni ma’qullashmagan edi.
Bundan to‘rt yil muqaddam yakshanba kunlarining birida merlik
kiyimini kiyib olgan janob de Renal cherkovdan qayta turib, uzoqdan
qariya Sorelni ko‘rib qoldi. Chol yonida uch o‘g‘li bilan unga iljayib
qarab turardi. Bu iljayish janob merning diliga g‘ulg‘ula solib qo‘ydi,
o‘shandan buyon, yerni qimmatga olmadimmikan, degan fikr uning
qalbini o‘rtab keladi.
Verrer jamoatida obro‘ qozonmoq uchun iloji boricha ko‘proq
devor qurish, lekin bahor kezlari Yura darasidan Parij tomon o‘tib
boradigan anovi italyan g‘isht teruvchilarining biror jimjimasiga
aslo uchmaslik lozim. Bunday yangilik kiritmoqchi bo‘lgan ehtiyotsiz
quruvchi o‘la-o‘lguncha tentak degan nom oladi-yu, Fransh-Konteda
jamoat fikrini belgilab beruvchi ehtiyotkor va mo‘tadil kishilarning
hurmatidan mosuvo bo‘ladi.
Vijdonan aytganda, bu bilag‘onlar zo‘ravonlikni shunchalik had-
didan oshirib yuborardilarki, oqibatda Parij deb atalmish buyuk
respublikada yashagan har qanday odam ham kichkina shaharchada
mutlaqo yashay olmaydi. Fransiyaning kichkina shaharchalarida ja-
moat fikrining, – yana qanaqa fikr deng! – hukmronligi xuddi Amerika
Qo‘shma Shtatlaridagi kabi juda bema’ni narsa bo‘ladi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |