Qizil va qora indd


VII Saylanma o‘xshashlik



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

VII

Saylanma o‘xshashlik

Dilingga ozor bermay, ko‘nglingni ololmaydilar.



Hozirgi zamon muallifidan

Bolalar uni jonlaridan yaxshi ko‘rishar, Jyulen esa ularga mutlaqo 

befarq qarar edi; uning xayoli uzoq-uzoqlarda kezib yurardi. Bo-

lalar qanchalik to‘polon qilishmasin, u hammasiga bardosh berardi. 

Sovuqqon, odil va xolis bu yigit yaxshi tarbiyachi edi. Bolalar uni 

yaxshi ko‘rib qolishganining boisi u paydo bo‘lganidan buyon ular 

ortiq zerikmay qo‘yishgandi. Jyulenning o‘zi esa unga dasturxonning 



43

bir chetidan joy bergan mazkur kiborlar jamiyatidan qattiq nafratla-

nar edi. Ehtimol, uning nafratini xuddi ana shu dasturxonning cheti 

qo‘zg‘atgandir. Ba’zan biror ziyofat payti stol yonida o‘tirar ekan, u 

atrofidagi kishilarga nisbatan nafratini sezdirib qo‘yishiga sal qolardi. 

Avliyo Lyudovik bayrami kuni u stol yonida janob Valenoning safsata 

sotishini eshitib o‘tirib, oz bo‘lmasa dilidagini sezdirib qo‘yay dedi. 

Shundan so‘ng u bolalardan xabar olishi lozimligini bahona qilib 

boqqa qochib chiqdi.

«Halollik haqida gap sotishlariga o‘lasanmi, – derdi xayolan 

Jyulen. – Go‘yo dunyoda halollikdan bo‘lak birorta fazilat yo‘qday, 

shu bilan birga, yo‘qsillar mulkiga xo‘jayin bo‘lib olganidan buyon 

davlatini ikki-uch chandon ko‘paytirib olgan odamning tovonini 

o‘pay deyishadi. Imonim komilki, janob Valeno hatto davlat anovi 

sho‘rpeshona tashlandiq bolalarga ajratgan pulning ham kattagina 

qismini tuya qiladi. Sag‘irning haqiga xiyonat-ku axir bu. Voy max-

luqlar-ey! Voy to‘ng‘izlar! O‘zim-chi, o‘zimning tashlandiq boladan 

nima farqim bor; hamma – otam, akalarim, butun oilamiz meni 

ko‘rgani ko‘zi yo‘q».

Ana shu avliyo Lyudovik bayramidan bir necha kun avval Jyulen 

oyatlarni yodida takrorlab, Sadoqat xiyobonidan yuqoriroqda joy-

lashgan Belveder deb atalmish daraxtzorda sayr qilib yurgan paytda 

qo‘qqisdan pastqam so‘qmoqlarning birida akalariga duch kelib qoldi. 

Uning ajoyib qora kostyumi, o‘zini vazmin tutishi va akalariga nis-

batan ochiqdan-ochiq nafrati bu qo‘pol ishchi yigitlarning shu qadar 

g‘azabini qaynatib yubordiki, ular Jyulenga tashlanib, uni hushidan 

ketguncha do‘pposlashdi. Boyaqish qop-qora qonga belanganicha 

yerga cho‘zilib qoldi. Janob Valeno va prefekt yordamchisi hamrohligi-

da sayr qilib yurgan de Renal xonim tasodifan shu daraxtzorga kirib, 

behush yotgan Jyulenni ko‘rib qoldi-yu, uni o‘ldirishibdi, deb gumon 

qilib, kapalagi uchib ketdi. Ayol qattiq iztirobga tushganini ko‘rib, 

janob Valenoning rashki qo‘zidi.

Biroq u bekor tashvish qilgan edi. Jyulen de Renal xonimning 

go‘zalligini tan olardi-yu, lekin ana shu go‘zalligi uchun ham yomon 

ko‘rardi, axir uning hayotda muvaffaqiyat qozonishi yo‘lida birinchi 

to‘siq ayolning shu go‘zalligi bo‘lib, yigit unga qoqilishiga sal qolgandi. 

U birinchi kun de Renal xonimning husniga mahliyo bo‘lib, uning qo‘li-

ni o‘pgani ayolning esidan tezroq chiqsin uchun undan iloji boricha 

o‘zini olib qochib yurardi.



44

De Renal xonimning oqsochi Eliza bir ko‘rishdayoq navqiron 

tarbiyachini sevib qoldi: u o‘z bekasiga tinimsiz shu haqda gapirardi. 

Elizaning muhabbati xizmatkorlardan birining qalbida Jyulenga nis-

batan adovat tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Kunlardan birida Jyulen o‘sha 

odamning Elizaga qarab: «Uyimizda o‘sha isqirt tarbiyachi paydo 

bo‘lganidan beri men bilan gaplashgingiz ham kelmay qoldi», deganini 

o‘z qulog‘i bilan eshitdi. Jyulen bunday sifatlashga mutlaqo munosib 

emasdi, albatta. Lekin shunga qaramay, kelishgan yigit bo‘lgani uchun 

ham o‘ziga ko‘proq oro bera boshladi. Shundan so‘ng janob Valeno 

ham uni battar yomon ko‘rib qoldi. U barchaga eshittirib, yosh abbatga 

bunday oliftalik mutlaqo yarashmaydi, deb yurardi. Etaklari uzun qora 

kamzul kiygan Jyulen shu turishda ko‘proq jubbasini yechib qo‘ygan 

rohibga o‘xshab ketardi.

De Renal xonim Jyulenning o‘qtin-o‘qtin Eliza bilan gaplashib 

turganini ko‘rardi. Ayol surishtirib, buning boisi yosh tarbiyachining 

kiyim-boshi taxchilligida ekanini bilib oldi. Ich kiyimlari juda kam 

ekan, shu sababdan ham yigit tez-tez shularni yuvib berishni Eliza-

dan iltimos qilib turar ekan. O‘zi xayoliga ham keltirmagan bunday 

qashshoqlikni ko‘rib, de Renal xonimning ko‘ngli buzilib ketdi; ayol 

unga bir necha juft ko‘ylak sovg‘a qilmoqchi bo‘ldi-yu, lekin yuragi 

dov bermadi. Ana shu ichki ixtilof Jyulen tufayli uning diliga ozor yet-

kazgan birinchi og‘ir tuyg‘u bo‘ldi. Shu paytga qadar esa Jyulenning 

ismi ayol uchun sof ma’naviy quvonchning timsoli bo‘lib ketgan edi. 

Jyulenning qashshoqligi haqidagi fikrdan tinchligini yo‘qotgan de 

Renal xonim bir kuni eriga, sovg‘a tariqasida Jyulenga ichkiyim olib 

bersakmikin, deb og‘iz ochdi.

– Bema’ni gap, – dedi javoban janob de Renal. – Ishidan rozi 

bo‘lsak, o‘zi bizga yaxshi xizmat qilayotgan bo‘lsa, nega endi unga 

sovg‘a qilishimiz kerak ekan? Agar ko‘ngildagidek ishlamayotganini 

sezganimizda edi, unda boshqa gap. U holda tarbiyachimizni yaxshi-

roq ishlashi uchun rag‘batlantirishimiz lozim bo‘lardi.

De Renal xonimga erining bunday nuqtayi nazari kishini xo‘rlash 

bo‘lib ko‘rindi: biroq uylarida Jyulenning paydo bo‘lguniga qadar 

ayol bunday gaplarga e’tibor ham bermagan bo‘lardi. Endi esa, har 

gal navqiron abbatning garchi ancha ohori to‘kilgan bo‘lsa-da, orasta 

kostyumiga ko‘zi tushar ekan, ayolning dilidan beixtiyor:

«Bechora yigit, bunday sarishta yurishning qanday uddasidan 

chiqarkin-a...» degan xayol kechardi.



45

Asta-sekin Jyulenga yetishmaydigan barcha narsalar ayolning 

aslo jig‘iga tegmay, aksincha, uning qalbida rahm-shafqat hissini 

uyg‘otadigan bo‘lib qoldi.

De Renal xonim bir qarashda ovsardek tuyuladigan ayollar sirasiga 

kirardi. Uning hech qanday hayotiy tajribasi bo‘lmay, suhbat chog‘i u 

o‘zini ko‘rsatishga urinmasdi. Nozik va mag‘rur qalb sohibasi bo‘lgan 

bu ayol har qanday inson singari baxt sari intilar ekan, taqdir taqo-

zosi bilan tevarak-atrofini o‘rab turgan bu qo‘pol kishilarning nima 

qilishayotganiga ko‘pincha shunchaki e’tibor bermasdi.

Agar biror ma’lumoti bo‘lganida edi, de Renal xonim o‘zining 

soddadilligi va aqli tiyrakligi bilan kishilar e’tiborini o‘ziga tortgan 

bo‘lardi; biroq badavlat merosxo‘r sifatida u «Iso alayhissalomning 

muqaddas yuragi» ordenining ashaddiy muxlislari bo‘lgan hamda 

iezuitlarning dushmani hisoblangan barcha fransuzlardan qattiq 

nafratlanadigan rohibalar qo‘lida tarbiya topgan edi. Xonim mo-

nastirda o‘qitishgan barcha bo‘lmag‘ur narsalarni tez kunda unutib 

yuborishga aqli yetdi-yu, biroq buning o‘rnini biror boshqa ma’lumot 

bilan to‘ldira olmadi va butunlay jaholatda yashayverdi. Badavlat 

merosxo‘r bo‘lganidan odamlarning unga xushomad qilishlari va 

o‘zining g‘oyatda xudojo‘y bo‘lgani xonimning odamovi bo‘lishiga 

sabab bo‘ldi. Ko‘rinishidan u juda itoatgo‘y, o‘z irodasidan butunlay 

voz kechgandek tuyulardi. Shuning uchun ham verrerlik janoblar 

doim uni o‘z xotinlariga ibrat qilib ko‘rsatishar va bundan janob de 

Renal g‘oyat faxrlanib yurar edi; aslida esa xonimning odatdagi ruhiy 

holati o‘taketgan takabburlik oqibati edi. Mag‘rurlik timsoli sifatida 

eslab yuriladigan biror malika ham o‘z saroy ahlining qilayotgan 

ishiga mana shu g‘oyatda muloyim va kamsuqum ko‘ringan ayol 

o‘z erining barcha ishlari yoki aytgan gaplariga e’tibor berganidan 

ko‘ra ko‘proq e’tibor bergan bo‘lsa ajab emas. Jyulen kelguniga 

qadar xonim e’tibor beradigan yagona narsa uning o‘z bolalari edi. 

Ularning tobi qochishi, ularning tashvishi-yu, quvonchi qalbini 

butunlay band etib qo‘ygandi. De Renal xonim umri bino bo‘lib Be-

zansondagi «Iso alayhissalomning muqaddas yuragi» monastirida 

tarbiya ko‘rayotgan kezlari mehr qo‘ygan Parvardigordan bo‘lak 

hech kimni sevmagan edi.

Garchi xonim bu haqda birovga aytishni lozim topmagan bo‘lsa-

da, biroq o‘g‘ilchalaridan birontasining xiyol eti uvishsa yoxud issig‘i 

ko‘tarilsa, u darhol go‘yo farzandi nobud bo‘lgandek o‘rtana boshlardi. 



46

Oilaviy hayotining birinchi yillari u ochilib-sochilib ketgan kezlari 

eriga o‘z kechinmalarini hikoya qilmoqchi bo‘lganida janob de Renal 

yelkasini qisib iljayar va xotinlarning tentakligi haqida biror siyqasi 

chiqqan gapni aytib qo‘ya qolardi. Bunday hazillardan, ayniqsa, bo-

lalarning betobligi xususidagi hazillardan de Renal xonim zil ketardi. 

Yoshlik yillarini o‘tkazgan iezuitlar monastiridagi yaltoqi xushomad 

o‘rniga u ana shu narsaga ega bo‘lgan edi. Qayg‘u uni tarbiyaladi. Bu 

dilsiyohlik haqida u hatto eng yaqin dugonasi Dervil xonimga ham 

bir og‘iz gap aytmadi. Bunga uning g‘ururi yo‘l qo‘ymas edi. Shuning 

uchun u barcha erkaklar o‘z eri, janob Valeno va prefektning yordam-

chisi Sharko de Mojironga o‘xshagan bo‘lsa kerak, degan ishonch bilan 

yuraverdi. Qo‘pollik va daromad, mansab hamda mukofotga aloqasi 

bo‘lmagan barcha narsaga o‘ta beparvolik, o‘zlariga yoqmaydigan 

har qanday fikrga nisbatan ko‘r-ko‘rona nafrat – erkak zoti uchun 

bularning bari xonimning nazdida ularning etik hamda fetr shlyapa 

kiyib yurishi kabi tabiiy bir narsadek tuyulardi. Biroq oradan shuncha 

yil o‘tishiga qaramay de Renal xonim baribir o‘zi oralarida yashashga 

majbur bo‘lgan bu puldorlarga ko‘nika olmadi.

Navqiron dehqon yigitcha Jyulenning bunday muvaffaqiyat 

qozonishi ham ana shundan edi. Shu olijanob va mag‘rur qalb so-

hibiga bo‘lgan xayrixohlik xonim yuragiga o‘zining yangilik jozibasi 

bilan qandaydir shirin halovat baxsh etdi. De Renal xonim tez orada 

Jyulenning eng oddiy narsalarni bilmasligini (bu hol hatto uning 

ko‘nglini iyitardi) va biroz qo‘polligini kechirib yubordi. U asta-sekin 

bu qo‘pollikni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Xonim yigitcha eng 

oddiy narsalar haqida ham juda ta’sirli qilib gapirishini his etdi. Ma-

salan, uning ko‘chani kesib o‘tayotganida yelib borayotgan dehqon 

aravasi bosib ketgan it haqidagi hikoyasini olaylik. Bunday baxtsiz 

hodisa janob de Renalning qo‘pol kulgisiga sabab bo‘lardi, bu o‘rinda 

esa xonim Jyulenning qop-qora va chiroyli qoshlari iztirob bilan 

chimirilganini ko‘rdi. Bora-bora unga mardlik, ruhan olijanoblik, 

insoniylik kabi fazilatlar faqat ana shu navqiron abbatgagina xos-

dek tuyula boshladi. Bu fazilatlar ta’sirida o‘z qalbida uyg‘ongan 

xayrixohlik va, hatto, qoyil qolish tuyg‘ularini xonim endi yolg‘iz 

Jyulengagina bag‘ishlagan edi.

Parijda  Jyulen  bilan  de  Renal  xonim  o‘rtasidagi  munosabat 

osongina hal bo‘la qolardi, ammo Parijda muhabbat romanlar mah-

suli hisoblanadi. Navqiron tarbiyachi va uning tortinchoq bekasi 



47

uch-to‘rtta roman o‘qigach yoki Jimnaz teatrida ijro etiladigan 

qo‘shiqlarni tinglagach, darhol o‘z munosabatlarini aniqlab olgan 

bo‘lar edilar. Romanlar ularga o‘zlarini qanday tutishni o‘rgatgan, 

taqlid qilish uchun namunalar ko‘rsatgan bo‘lardi: qarabsizki, hatto, 

ehtimol, o‘zi istamagan holda ham Jyulen shuhratparastlik yuzasidan 

beixtiyor o‘sha romanlarda tasvirlangan muhabbatga taqlid qilib 

qo‘ya qolardi.

Aveyrondagi biron kichik shaharcha yoki Pireney tog‘i etaklarida 

har qanday tasodif masalani bir zumda hal qilgan bo‘lardi – odatda 

issiq iqlimning ta’siri shunaqa bo‘ladi. Bizning serbulut osmonimiz 

tagida esa kambag‘al yigitcha shoirtabiat bo‘lgani uchun pul sarf qilish 

lozim bo‘lgan quvonchlarga intilganidan ham shuhratparast bo‘lib 

qoladi. U har kuni faqat bolalarining tashvishi bilan yashaydigan va 

o‘zining yurish-turishi uchun romanlardan namuna izlamaydigan 

o‘ttiz yoshlik g‘oyat pokiza ayolni ko‘radi. Hamma narsa asta-sekin 

davom etadi, chunki viloyatda voqealar juda ohista rivojlanadi va bu 

tabiiy hol, albatta.

O‘qtin-o‘qtin navqiron tarbiyachining muhtojligini o‘ylar ekan, de 

Renal xonim ta’sirlanib ketib, ko‘ziga yosh ham olardi. Bir kuni Jyulen 

uning ana shunday yig‘lab o‘tirgani ustidan chiqib qoldi.

– Ha, xonim, biror falokat ro‘y berdimi?

– Yo‘q, do‘stginam, – deb javob qildi xonim unga. – Bolalarni cha-

qiring, sayr qilgani chiqamiz.

Ayol tarbiyachining qo‘ltig‘idan tutib, unga tayangan edi, bu hol 

Jyulenga juda g‘alati tuyuldi. Buning ustiga xonim uni birinchi bor 

«do‘stginam», deb atagandi.

Sayr qilib, uyga qaytishar ekan, Jyulen uning o‘qtin-o‘qtin qizarib 

ketayotganini payqadi. Bir payt xonim qadamini sekinlatdi.

– Men xolamning yolg‘iz merosxo‘ri ekanimni sizga aytishgan 

bo‘lsa kerak, – deb gap boshladi u Jyulenga qaramasdan, – xolam juda 

badavlat, o‘zi Bezansonda yashaydi. U doim menga turli sovg‘alar 

yuborib turadi. O‘g‘illarim esa shunday yaxshi o‘qishyaptiki... ajab-

lanasan kishi. Shu boisdan minnatdorligim ramzi sifatida mendan 

kichkinagina bir sovg‘a qabul etishingizni iltimos qilmoqchiman. Bu 

shunchaki arzimas pul, ichki kiyim olishingiz uchun bir necha luidor 

xolos. Faqat, bilasizmi... – deb qo‘shimcha qildi u battar qizarib va 

jimib qoldi.

– Nimani bilishim kerak ekan, xonim? – deb so‘radi Jyulen.



48

– Bu haqda, – dedi shivirlab ayol boshini quyi solib, – bu haqda 

erimga aytmaganingiz ma’qul.

– Men kichik bir odamman, xonim, lekin yuvindixo‘r emasman, 

– deb javob qildi Jyulen ko‘zlari g‘azabdan chaqnab va to‘xtab qad-

dini rostladi. – Siz bu haqda o‘ylab ko‘rishni lozim topmagansiz, 

albatta. Agar oladigan pulim haqida janob de Renaldan biror narsani 

yashirgudek bo‘lsam, o‘zimni eng tuban malaydan ham pastroq hi-

soblardim. 

De Renal xonim o‘zini yer yorilsa yerga kirib ketgudek his etdi.

– Janob mer, – deb davom etdi Jyulen, – bu yerda istiqomat qila 

boshlaganimdan buyon menga besh marta o‘ttiz olti frankdan pul 

berdi. Men xarajat daftarchasini janob de Renalga, umuman istagan 

odamga, hatto meni ko‘rarga ko‘zi yo‘q, janob Valenoga ham hozirning 

o‘zidayoq ko‘rsatishim mumkin.

Shu gapdan so‘ng hayajonga tushib, rangi oqargan de Renal 

xonim uning yonida indamay boraverdi. Ular uyga yetgunlariga 

qadar na unisi, na bunisi suhbatni qayta boshlash uchun biror ba-

hona topa oldi.

Endi de Renal xonimni sevib qolish mag‘rur qalb sohibi Jyulen 

uchun mutlaqo imkondan xorij narsaga aylandi. Xonimning esa Jyu-

lenga nisbatan hurmati oshdi, u Jyulenga qoyil qoldi: yigit boplab 

ta’zirini berdi! Uning diliga beixtiyor ozor bergan xonim aybini yuv-

moq niyatida endi Jyulen atrofida parvona bo‘la boshladi. Bu yangi 

tashvishlardan xonim bir haftagacha quvonib yurib, oxiri Jyulenni 

birmuncha jahlidan tushirishga erishdi, biroq yigit o‘ziga nisbatan 

xonimning mayli borligini xayoliga ham keltirmadi.

– Boyonlarning bari shunaqa, – derdi u o‘ziga o‘zi, – avvaliga 

seni tuproqqa qorishadi, keyin esa g‘amza-yu usul qilib, ayblarini 

yuvmoqchi bo‘lishadi.

De Renal xonimning qalbi shu qadar hayajon bilan to‘lib-toshgan, 

o‘zi esa shu qadar iffatli ediki, ko‘nglidagi bor gapni gapiravermas-

likka jazm etganiga qaramay, Jyulenga qilgan taklifi va tarbiyachi-

ning bu taklifni qanday rad etganini eriga gapirib berishdan o‘zini 

tiyolmadi.

– Qanaqasiga endi? – deb xitob qildi g‘azabi qaynab ketgan janob 

de Renal. – O‘z xizmatkoringiz taklifingizni rad etishiga qanday yo‘l 

qo‘ydingiz axir?




49

Erining bu gapidan jahli chiqqan de Renal xonim unga e’tiroz 

bildirishga urindi.

– Men, xonim, – deb javob qildi shunda janob de Renal, – marhum 

shahzoda Konde o‘z kamergerlarini yosh xotiniga tanishtira turib 

aytgan iborasini takrorlayapman xolos. «Bu odamlarning bari bizning 

xizmatkorlarimiz», degan edi u. Men de Bezanvalning memuarlari-

dan obro‘ saqlash xususida g‘oyat ibratli bu joyini sizga o‘qib bergan 

edim. Dvoryanin bo‘lmagan har qanday kimsa uyingizda maosh olib 

istiqomat qilar ekan, u sizning xizmatkoringiz bo‘ladi. Men o‘sha janob 

Jyulen bilan gaplashib qo‘yaman va unga yuz frank hadya etaman.

– Eh, do‘stginam, – dedi qalt-qalt titrar ekan, nafasi ichiga tushib 

de Renal xonim. – Faqat, iltimos, pul berayotganingizni xizmatkorlar 

ko‘rmasin.

– Ha, albatta. Ular hasad qiladilar, bunga asoslari ham bor, – dedi 

janob de Renal xonadan chiqar ekan, yuz frank beraman, deb juda 

katta ketmadimmikin, deb o‘yladi.

De Renal xonimning dardi-dunyosi shu qadar qorong‘i bo‘lib 

ketgan ediki, u deyarli hushidan ketib kresloga yiqildi. «Ana endi u 

Jyulenni xo‘rlaydigan bo‘ldi. Bunga esa men aybdorman». U dilida 

eriga nisbatan nafrat his etib, yuzini kaftlari bilan yopib oldi. Endi 

xonim, hech qachon erimga dilimdagi gapni ochiq aytmayman, deb 

so‘z berdi.

Shundan so‘ng u Jyulenni ko‘rgach, a’zoyi badani titrab, yuragi 

shunday siqildiki, tili kalimaga kelmay qoldi. U sarosimaga tushib, 

yigitning ikkala qo‘lidan ushladi-da, mahkam qisdi.

– Xo‘sh, qalay, do‘stginam, – dedi u nihoyat entikib, – erimdan 

xursandmisiz?

– Nega xursand bo‘lmay endi, – deb javob qildi Jyulen alam bilan 

iljayib. – Xursandchilik ham gapmi. U kishi menga yuz frank in’om 

etdilar axir.

De Renal xonim unga ikkilanganday tikilib qoldi.

– Qani, qo‘lingizni bering-chi menga, yuring endi, – dedi u to‘sat-

dan Jyulen ilgarilari unda sira sezmagan bir qat’iylik bilan.

Verrerlik kitobfurush o‘taketgan liberal sifatida nom chiqarga-

niga qaramay, xonim Jyulen bilan birga kitob do‘koniga borishga ahd 

qilgan edi. Do‘konda u bolalariga sovg‘a qilish uchun o‘n luidorga 

bir nechta kitob tanlab oldi. Biroq bu kitoblarning bari, xonim-

ning bilishicha, Jyulen o‘qishni istagan kitoblar edi. U peshtaxta 



50

yonidayoq o‘g‘illariga har biri o‘ziga tekkan kitobni olib, ismini 

yozib qo‘yishni buyurdi. De Renal xonim Jyulenni taqdirlash yo‘lini 

topganidan quvonib turar ekan, yosh tarbiyachi javonlarga terib 

qo‘yilgan turli-tuman kitoblarni hayrat bilan ko‘zdan kechirmoqda 

edi. Shu paytga qadar u bunday yoziqli joyga kirmoqqa jur’at etma-

gandi, uning yuragi gupillab urayotgandi. Jyulen de Renal xonimning 

dilida nimalar kechayotganini payqash u yoqda tursin, hatto bu 

gaplarni xayoliga ham keltirmasdi, shu tobda u qanday qilsa o‘zining 

ruhoniylik sha’niga dog‘ tushirmay turib, bu yerdan bir nechta kitob 

olish haqida bosh qotirmoqda edi. Nihoyat, u, agar hiyla ishlatsam, 

ehtimol, janob de Renalga o‘g‘illarining yozuv mashq lari uchun shu 

yerning mashhur dvoryanlari to‘g‘risida yozilgan kitoblar g‘oyat mos 

mavzu bo‘ladi, degan fikrni uqtirishim mumkin bo‘lar, deb o‘ylab 

qoldi. Jyulen bir oycha uringanidan so‘ng oxiri o‘z rejasini ro‘yobga 

chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Yigit bu ishni shu qadar ustalik bilan 

amalga oshirdiki, natijada oradan biroz vaqt o‘tgach, u yana bosh-

qa bir narsani taklif etishga jur’at etdi va bir kuni janob de Renal 

bilan suhbatlasha turib, olinasab mer uchun birmuncha mushkul 

tomoni bo‘lgan imkoniyat haqida shama qildi: gap liberal deb nom 

chiqargan kitobfurushning boyishiga yordam berib, uning kitob 

do‘koniga obuna bo‘lish xususida borardi. Janob de Renal katta 

o‘g‘lim kelajakda harbiy maktabda o‘qisa, gap ochilishi mumkin 

bo‘lgan ba’zi asarlar haqida yuzaki bo‘lsa-da tasavvur hosil qilib 

qo‘ysa yomon bo‘lmasdi, deb e’tirof etdi, albatta. Biroq Jyulen uning 

e’tirof etishdan nariga o‘tmasligini fahmlab qoldi. Shundan so‘ng 

u, chamasi bu yerda qandaydir gap bor-u, lekin men uni tushuna 

olmayapman, degan fikrga keldi.

– Menimcha, taqsir, – dedi u bir kuni janob de Renalga, – Renal 

degan ulug‘ zotning familiyasi kitobfurushning iflos ro‘yxatiga tirka-

lib qolsa, bu hol sizning sha’ningizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasa kerak, 

albatta.


Janob de Renalning yuzi yorishib ketdi.

– Ammo kelajakda birorta odam, – deb davom etdi Jyulen osh-

kora xushomadgo‘ylik bilan, – uyga kitob beruvchi kitobfurushning 

obunachilari ro‘yxatida ilohiyotni o‘rganuvchi bechora talabaning 

ismi sharifini ko‘rib qolsa, uning nomiga ham dog‘ tushgan bo‘lur edi. 

Liberallar meni o‘taketgan kufr kitoblarni o‘qiganlikda ayblashlari 

mumkin. Yana, kim bilsin, ular mening ismim yoniga o‘sha iflos kitob-



51

larning nomini yozib qo‘yishdan ham qaytmaslar. – Shu payt Jyulen 

gapidan adashganligini payqab qoldi. U merning yana sarosimaga 

tushib qovog‘i solinayotganini ko‘rdi. Shundan so‘ng u jimib qoldi. 

«Ha-ha, qo‘lga tushdingmi, endi ich-tashingni juda bilib oldim», deb 

xayolidan o‘tkazdi u.

Oradan bir necha kun o‘tdi. Bir kuni bolalarning kattasi janob de 

Renalning oldida Jyulendan «Haftalik»da e’loni chiqqan bir kitobning 

qandayligini so‘rab qoldi.

– Anovi yakobinchilarga kalaka bo‘lmaslik va, shu bilan birga, 

janob Adolfning savollariga javob bermog‘im uchun menga imkoniyat 

yaratish maqsadida kitob do‘koniga xizmatkorlaringizdan birontasini, 

aytaylik, malayingizni obuna qilsangiz bo‘larmidi?

– Mana bu gapni yaxshi o‘ylab topibsiz, – dedi quvonib ketgan 

janob de Renal.

– Lekin, har qalay, ehtiyot bo‘lish kerak, – deb davom etdi Jyu-

len jiddiy, hatto birmuncha g‘amgin qiyofada. Odatda ba’zi kishilar 

anchadan buyon intilib kelayotgan maqsadlariga erishayotganlarini 

ko‘rsalar, o‘zlarini shunday tutadilar. – Ha, ehtiyot bo‘lish kerak, 

toki xizmatkoringiz birorta roman olishga zinhor jur’at etmasin. 

Agar bu xavfli kitoblar uyda paydo bo‘lsa, oqsochlaringizni, jum-

ladan, o‘sha xizmatkoringizning o‘zini ham zino yo‘liga boshlashi  

mumkin.

– Siyosiy pamfletlar-chi, ularni unutdingizmi? – deb viqor bilan 

qo‘shimcha qildi janob de Renal. U bolalarining tarbiyachisi o‘ylab 

topgan bu hiylaga qoyil qolganini bildirgisi kelmasdi.

Jyulenning hayoti ana shunday kichik hiyla-nayranglar bilan 

o‘tayotgan bo‘lib, bu nayranglar muvaffaqiyati uni de Renal xonim 

qalbidan osongina uqishi mumkin bo‘lgan moyillikdan ko‘ra ko‘proq 

qiziqtirar edi.

U shu paytgacha qanday ruhiy holatda bo‘lsa, endi janob merning 

uyida yana o‘sha holatga tushdi. Otasining arraxonasidagi kabi, bu 

yerda ham Jyulen atrofidagi odamlardan qattiq nafratlanar va ular 

ham, o‘z navbatida, uni yomon ko‘rishlarini his etar edi. Kun sayin 

prefekt yordamchisi, javob Valeno va xonadonning o‘zga do‘stlari 

o‘zlari shohid bo‘lgan u yoki bu voqea haqida mulohaza yuritishlarini 

tinglar ekan, Jyulen ularning tasavvuri voqelikdan qanchalik yiroq 

ekanligini yaqqol ko‘rardi. Ba’zan u dilida biror ishga qoyil qolsa, 

atrofidagilar bu ishdan benihoya g‘azablanishardi. Shu boisdan u 



52

nuqul ichida: «Qanday maxluqlar-a. Voy ahmoqlar-ey!» – deb xitob 

qilardi. Eng qizig‘i shunda ediki, Jyulen o‘zini shunday takabbur 

ko‘rsatgani bilan ko‘p o‘rinlarda ular gaplashayotgan ishlar haqida 

hech balo tushunmasdi.

Keksa tabibni hisobga olmaganda, u umri bino bo‘lib hech kim 

bilan ochiqchasiga gaplashmagan edi. Chol esa Bonapartning ital-

yan yurishlari-yu jarrohlikni bilardi, xolos. Eng azobli operatsiyalar 

haqidagi batafsil hikoyalar uning yoshlik g‘ururiga ta’sir qilar va o‘ziga 

maftun etar edi.

– Men miq etmay chidagan bo‘lardim, – dedi u o‘ziga o‘zi.

De Renal xonim birinchi marta u bilan bolalarning tarbiyasiga 

aloqasi bo‘lmagan mavzuda suhbatlashmoqchi bo‘lganida Jyulen 

unga jarrohlik operatsiyalari to‘g‘risida hikoya qila boshladi. Xonim 

shunda rangi oqarib, undan jim bo‘lishni iltimos qildi.

Jyulen esa shundan bo‘lak hech nimani bilmasdi. Garchi bu xo-

nadonga kelganidan buyon uning hayoti de Renal xonim bilan doimiy 

muloqotda o‘tayotgan bo‘lsa-da, ular yolg‘iz qolishdi deguncha ikkovi 

ham darhol jimib qolishardi. Odamlar orasida, mehmonxonada u o‘zi-

ni qanchalik kamtarin tutmasin, xonim uning ko‘zlarida xonadonlariga 

qadam ranjida qiladigan barcha kishilarga nisbatan aqliy ustunlik 

ifodasini sezardi. Biroq, ikkovlari yolg‘iz qoldi deguncha Jyulen 

esankirab qolardi. Bu holdan de Renal xonimning yuragi siqilardi, 

chunki u ayollik zehni bilan yigitning bunday esankirashiga sabab 

aslo nozik tuyg‘ular emasligini yaxshi fahmlardi.

Bilmadim, keksa tabib hikoya qilib bergan kiborlar jamiyati 

to‘g‘risidagi qaysi tasavvurdan ekan, Jyulen ayollar bor joyda umumiy 

suhbat payti oraga jimlik cho‘ksa, go‘yo bu noqulay jimlikka o‘zi 

aybdorday, g‘oyat noqulay ahvolga tushardi. Ammo ayol kishi bilan 

yolg‘iz o‘zi qolganida oraga shunday jimlik tushsa, u ming karra 

ko‘proq azob chekardi. Uning ispanlarnikidek jo‘shqin tasavvuri 

erkak kishi ayol bilan yolg‘iz qolganida nimalarni gapirishi kerak-

ligiga shama qilar, bundan esankirab qolgan paytlarida ko‘z o‘ngida 

mutlaqo aql bovar qilmaydigan narsalarni namoyon etar edi. Jyulen 

o‘zicha qanday gaplarni aytishga jur’at etmasdi deysiz! Ammo, shu 

bilan birga, oradagi noqulay jimlikni buzishga uning sira ham yuragi 

dov bermasdi. Shu boisdan ham de Renal xonim va bolalar bilan sayr 

qilib yurgan kezlari badfe’l ko‘rinadigan Jyulen bunday ruhiy iztirob-

dan battar qovog‘ini solib olardi. Bunday paytlarda u o‘zidan juda 



53

ham nafratlanib ketardi. Agar u ozib-yozib o‘zini gapirishga majbur 

qila olganida ham biror bema’ni gap aytardi. Eng yomoni shu ediki, 

Jyulen o‘z xatti-harakatining bema’niligini sezibgina qolmay, hatto 

uni biroz oshirib ham yuborardi, biroq, shu bilan birga, yigitning o‘zi 

ko‘ra olmaydigan bir narsasi bor edi, bu uning ko‘zlari edi. Bu ko‘zlar 

shu qadar chiroyli ediki, ba’zan ular yaxshi aktyorlar kabi eng oddiy 

narsaga ham ajoyib bir ma’no baxsh etib, otashin qalbini aks ettirib 

turardi. De Renal xonim Jyulen ikkovi yolg‘iz qolganida faqat biror 

kutilmagan hodisa ta’sirida xushomad gaplar o‘ylab topish zaruratini 

unutgan paytidagina samimiy gapira olishini sezib qoldi. Xonadon-

ning do‘stlaridan hech qachon o‘z yangiligi bilan kishini rom etuvchi 

biror ajoyib fikr eshitib o‘rganmagan de Renal xonim ahyon-ahyonda 

bo‘lib turadigan va Jyulenning aqli yarq etib ko‘rinadigan bunday 

suhbatlardan huzur qilardi.

Napoleon qulaganidan so‘ng viloyatda nazokatga o‘rin qol-

magan edi. Har bir odam o‘zidan qo‘rqadigan bo‘lib qolgandi. 

Firibgarlar kongregatsiyadan tayanch izlardi, munofiqlik esa 

hatto liberallar orasida ham avjiga chiqqandi. Qayoqqa qarasang 

xunobgarchilik. Odamlar faqat mutolaa qilish-u qishloq xo‘jaligi 

bilan ovunardilar.

Xudojo‘y xolasining badavlat merosxo‘ri, endigina o‘n olti bahor-

ni ko‘rgan paytida yoshi o‘tib qolgan dvoryanga uzatilgan de Renal 

xonim umri bino bo‘lib sevgi degan narsaning ko‘chasiga kirmagan 

va uning qandayligini his etmagan edi. Faqat xonimning ruhoniy piri, 

mehribon kyure Shelangina, janob Valeno uning ko‘nglini ovlashga 

uringanida unga sevgi haqida gapirgan va shunday bir jirkanch man-

zarani chizib bergan ediki, bu so‘z de Renal xonimning tasavvurida 

o‘taketgan qabihlik bilan barobar bo‘lib qolgandi. Qo‘liga tasodifan 

tushib qolgan bir necha romanlardan o‘qib bilganlari esa unga mut-

laqo uydirma va g‘ayritabiiy bir gapdek tuyulardi. Ana shu bexabarlik 

boisidan Jyulenning mehri yuragidan urib qolgan de Renal xonim 

lazzatli tuyg‘ular og‘ushida yashar va biror ishda o‘ziga ta’na qilishni 

hatto xayoliga ham keltirmasdi.




54


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish