IV
Ota va o‘g‘il
E sarâ mia so1pa, se cosi è?
Machiavelli.
3
«Yo‘q, rafiqam chindan ham aqlli, – derdi o‘ziga-o‘zi Verrer meri
ertasiga ertalab soat oltida keksa Sorelning ustaxonasi tomon tushib
borar ekan. – Garchi o‘z ustunligimni ko‘rsatib qo‘yish uchun bu haqda
o‘zim gap ochgan bo‘lsam-da, aytishlariga ko‘ra, lotin tilini suv qilib
ichib yuborgan bu mullavachcha Sorelni yetimxona direktori, anovi
tinib-tinchimas Valeno ilib ketishi mumkinligini hatto xayolimga ham
3
Aslida o‘zi shunday bo‘lgach, menda nima ayb?..
Makiavelli.
23
keltirmagan edim. O‘z bolalarining guverneri haqida-ku, u rosa og‘iz
ko‘pirtirardi-ya, albatta. Xo‘sh, o‘sha guvernerni yolladim ham deylik,
nima, uyimda rido kiyib yuradimi?»
Janob de Renal bu xususda bir qarorga kelolmay ikkilanib bo-
rar ekan, shu payt uzoqda Du daryosining sohilida, bozor tomon
boradigan yo‘lning shundoq ustida terib qo‘yilgan yo‘g‘on xodalarni
o‘lchayotgan norg‘ul dehqonga ko‘zi tushdi. Yaqinlashib kelayotgan
merni ko‘rib dehqon, chamasi, uncha xursand bo‘lmadi, chunki
yo‘g‘on xodalar yo‘lni to‘sib qo‘ygan bo‘lib, ularning bu yerda yotishi
qonunga xilof edi.
Keksa Sorel, – haligi dehqon o‘shaning xuddi o‘zginasi edi, – o‘g‘li
Jyulen haqidagi janob de Renalning taklifini eshitib ham g‘oyatda ajab-
landi, ham quvonib ketdi. Biroq u janob merning gaplarini qovog‘ini
solib, g‘oyat norozi va loqayd bir qiyofada tingladiki, bu yerning
tog‘larida tug‘ilib-o‘sgan odamlar o‘z quvliklarini shu yo‘sinda yashi-
rar edilar. Ispanlar asorati davrida qul bo‘lgan bu odamlar hanuzgacha
Misr fallohining ushbu xususiyatini o‘zlarida saqlab kelardilar.
Keksa Sorel avvaliga janob merning hurmatini joyiga qo‘yib,
o‘zi yoddan biladigan uzundan-uzoq olqish so‘zlari bilan javob
berdi. U basharasidagi makrli va, hatto, quv ifodani yanada ko‘proq
tasdiqlovchi bir iljayish bilan hech qanday ma’no anglatmaydigan
ushbu so‘zlarni ming‘illab aytar ekan, puxta, aqlli keksa dehqon nima
sababdan shunday muhtaram zot uning tekinxo‘r o‘g‘lini o‘z uyiga
olmoqchi bo‘layotganini tushunishga harakat qilardi. U Jyulendan
g‘oyatda norozi edi, janob de Renal esa xuddi ana shu Jyulen uchun
sira kutilmaganda yiliga uch yuz frank taklif qilmoqda, yemishi va,
hatto, kiyim-kechagini ham o‘z zimmasiga olmoqda edi. Keksa Sorel
qandaydir bexosdan qo‘ygan ana shu shartni ham janob de Renal
darrov qabul qila qoldi.
Mer cholning bu talabidan esankirab qoldi. «Sorel mening mu-
ruvvat ko‘rsatganimni sezmayapti va, chamasi, taklifimdan uncha
xursand ham emas, holbuki boshi osmonga yetishi kerak edi, –
derdi u o‘ziga o‘zi, – demak, bir narsa aniq: kimdir unga mendan
avval shunday taklifni aytgan, xo‘sh, Valenodan bo‘lak kimning ham
qo‘lidan kelardi bu ish?» Janob de Renal, uzil-kesil bir bitimga kelish
uchun Sorelning qat’iy va’dasini olaman, deb behuda ovora bo‘ldi;
keksa mujikning mug‘ambirligi uni g‘oyatda o‘jar qilib qo‘ygandi,
– u nuqul, o‘g‘lim bilan gaplashib olishim kerak, derdi; badavlat
24
otaning yonida sariq chaqasi bo‘lmagan o‘g‘li bilan maslahatlash-
ganini viloyatda kim ko‘rib, kim eshitibdi deysiz? Bu xo‘jako‘rsinga
qilinadigan ish, xolos.
Suvning kuchi bilan ishlovchi taxta tilish ustaxonasi odatda an-
horning bo‘yida quriladigan omborxonadan iborat bo‘ladi. Uning tomi
to‘rtta yo‘g‘on ustunga o‘rnatilgan stropil ustiga quriladi. Ombor-
xonaning o‘rtasida taxminan ikki-uch quloch balandlikda kattagina
arra pastdan balandga chiqib-tushib turar, oddiygina mexanizm esa
xodani asta u tomon siljitardi. Anhorning suvi charxpalakni aylanti-
rar, u esa, o‘z navbatida, arrani ham, xodani siljitadigan mexanizmni
ham harakatga keltirar va shu yo‘sinda xodalar taxta qilib tilinar edi.
Keksa Sorel ustaxonasiga yaqinlashar ekan, yo‘g‘on tovush bilan
Jyulenni chaqirdi: hech kim javob bermadi. U faqat zilday boltalar bi-
lan qarag‘ay xodalarni yo‘nib, ularni tilishga tayyorlayotgan pahlavon
katta o‘g‘illarini ko‘rdi. Xodaga chizilgan qora chiziq bo‘ylab yo‘nishga
harakat qilishar ekan, ular har bolta urishda palaxsa-palaxsa payra-
halarni ajratishardi. Ular otalari Jyulenni chaqirganini eshitishmadi.
Chol omborxona tomon yurdi, biroq u yerga kirgach, Jyulenni u
kuzatib turishi lozim bo‘lgan arra yonidan topa olmadi. U u yoq-
bu yoqqa alanglab, o‘g‘lini ikki-uch quloch yuqoriroqda o‘tirganini
ko‘rib qoldi. Jyulen stropil ustiga o‘tirib olib, arraning ishlashini
diqqat bilan kuzatish o‘rniga kitob o‘qimoqda edi. Keksa Sorelning
eng yomon ko‘rgan narsasi kenja o‘g‘lining ana shu kitob o‘qishi edi:
u Jyulenning katta o‘g‘illariga o‘xshamay nimjon ekanligi va jismoniy
mehnatga yaramasligini ehtimol kechirgan ham bo‘lardi-yu, biroq
uning kitob o‘qishga o‘chligini sira ham hazm qila olmasdi: cholning
o‘zi savodsiz edi.
U Jyulenni yana ikki-uch marta chaqirib ko‘rdi, biroq o‘g‘li hech
nimani eshitmadi. Yigitchaning butun diqqat-e’tibori kitobda edi va bu
hol, chamasi, otasining hayqirig‘ini eshitishga arraning shovqinidan
ham ko‘proq xalal berayotgandi. Shundan so‘ng qariya, yoshi o‘tib
qolganiga qaramay, chaqqonlik bilan arra tagida yotgan xoda ustiga,
undan esa tomni tutib turuvchi ko‘ndalang to‘singa sakrab chiqdi.
Kuchli zarb Jyulenning qo‘lidan kitobni anhor tomon uchirib yubordi,
ikkinchi zarb esa Jyulenning boshiga tushdi, yigitcha muvozanatni
yo‘qotib, pastga quladi. Agar otasi uni chap qo‘li bilan ilib olmaganida
u besh-olti quloch balandlikdan to‘g‘ri mashinaning richaglari ostiga
qular va richaglar uni parcha-parcha qilib tashlagan bo‘lar edi.
25
– Voy tekinxo‘r-ey, hali sen arraga qarash o‘rniga la’nati kitobla-
ringni o‘qiydigan bo‘ldingmi! Xo‘p, o‘qiydigan bo‘lsang, ularni kech-
qurun, bekorchilik qilgani anovi kyurening oldiga borganingda o‘qi.
Zarbadan esankirab, qop-qora qonga belangan Jyulen har qalay
arra yonidagi ko‘rsatilgan joyga yo‘l oldi. Uning ko‘zlari jiqqa yosh edi,
shu tobda unga kaltak og‘rig‘idan ham o‘zi jonidan aziz ko‘radigan
kitobidan ayrilib qolgani alam qilmoqda edi.
– Bu yoqqa tush, itvachcha, sen bilan gaplashib olishim kerak.
Mashinaning gumburlashidan Jyulen yana otasining buyrug‘ini
eshitolmay qoldi. Pastga tushib ulgurgan chol esa yana tepaga chiqib
o‘tirishni o‘ziga ep ko‘rmay, yong‘oq qoqiladigan uzun tayoqni olib,
o‘g‘lining yelkasiga tushirdi. Jyulen pastga sakrab tushgan zahoti
keksa Sorel uni qo‘pollik bilan turta-turta uy tomon haydab ketdi.
«Xudo bilsin, u meni endi qanday kaltaklarkin», deb o‘ylardi yigitcha.
Shuni xayolidan o‘tkazar ekan, u hozirgina kitobi uchib tushgan anhor
tomon o‘kinch bilan qarab qo‘ydi, bu uning eng sevimli kitobi – «Ilohiy
Yelena memoriali» edi.
U ikki yuzi lovillab, yerdan ko‘zini uzmay borardi. Jyulen o‘rta bo‘yli,
ko‘rinishidan ancha nimjon, yuz tuzilishi noto‘g‘ri bo‘lsa-da, g‘oyatda
nozik, qirg‘iyburun, o‘n sakkiz yoki o‘n to‘qqiz yoshlardagi bir yigitcha
edi. Uning xotirjamlik paytida aql chaqnab turadigan katta-katta qora
ko‘zlarida hozir kuchli nafrat aks etardi. Yigitchaning qo‘ng‘ir sochlari
qoshining tepasigacha o‘sib tushganidan peshonasini deyarli yopib
qo‘ygan bo‘lib, jahli chiqqan kezlari uning yuzi g‘oyatda qahrli ko‘rinardi.
Bir-biriga o‘xshamaydigan behisob basharalar orasidan kishini hayratga
soluvchi, o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan bunday basharani topish
amrimahol edi. Uning sambitday nozik qomati kuchli bo‘lmasa-da,
ammo chaqqon ekanligidan dalolat berib turadi. Jyulen bolaligidanoq
g‘oyat xayolparast va rangpar bo‘lganidan otasi, bu o‘g‘lim uzoq
yashamasa kerak, yashagan taqdirda ham oila uchun faqat ortiqcha tash-
vish bo‘ladi, deb o‘ylab yurardi. Uydagilar ning bari uni yomon ko‘rishar,
u ham, o‘z navbatida, akalari bilan otasidan nafratlanar edi; yakshanba
kuni shahar maydonida bo‘ladigan o‘yinlarda doim kaltak yerdi u.
Biroq so‘nggi paytlarda uning chiroyli yuzi ba’zi yosh qizlar -
ning e’tiborini o‘ziga torta boshladi. Ammo ko‘pchilik nimjonligi
uchun undan nafratlanar edi, shu boisdan ham Jyulen polk tabibi,
keksa qarindoshlari – bir kuni janob merga chinorlar haqida o‘z fikrini
aytishga jur’at etgan o‘sha cholga chin ko‘ngildan mehr qo‘yib qoldi.
26
Iste’foga chiqqan bu tabib ba’zan keksa Sorelga haq to‘lab, Jyulenni
kun bo‘yi undan qutqarib olardi-da, yigitchaga lotin tili va tarixdan
saboq berardi. Tarixdan esa u faqat 1796-yilgi italyan yurishlarinigi-
na bilardi. Bandalikni bajo keltirar ekan, chol bolaga o‘zining Faxriy
Legion xochi, pensiyasidan qolgan ozgina pul va o‘ttiz-qirq jilddan
iborat kitoblarini vasiyat qilib qoldirdi. Ana shu kitoblardan eng qim-
matbahosi esa hozirgina janob merning aloqalari tufayli o‘z o‘zanini
o‘zgartirgan shahar anhorida g‘arq bo‘ldi.
Uy ostonasini hatlab o‘tgan zahoti Jyulen yelkasida otasining
gurzidek qo‘llarini his etdi: u, otam endi rosa kaltaklasa kerak, deb
o‘ylab qaltiray boshladi.
– Qani, javob ber, ammo yolg‘on gapira ko‘rma! – deb o‘shqirdi chol
va zabardast qo‘llari bilan uni, xuddi yosh bola qalayi askarchasini
burganidek, o‘zi tomon o‘girib oldi. Jyulenning jiqqa yoshga to‘lgan
katta-katta qora ko‘zlari keksa duradgorning go‘yo uning dilidagi
barcha sir-asrorini bilib olishga urinayotgandek qattiq tikilib turgan
kulrang ko‘zlariga duch keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |