Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

VI

Ko‘ngilsizlik

Non so piú cosa son 

Cosa faccio.

Mozart (Figaro)

5

Odatda birov qarab tursa cho‘chiydigan de Renal xonim hozir 



o‘ziga xos nazokat bilan yengil odimlaganicha oynavand eshik orqali 

mehmonxonadan boqqa chiqa turib, darvozaxona oldida rangi oqar-

gan, yig‘layverib ko‘zlari qizargan yoshgina dehqon yigitchani ko‘rib 

qoldi. Yigitcha egniga top-toza oq ko‘ylak kiyib, binafsharang satindan 

tikilgan kamzulchasini qo‘ltig‘iga qisib olgandi.

Yigitchaning chehrasi shu qadar oppoq, ko‘zlari shu qadar mu-

loyim ediki, biroz xayolparastlikka moyil bo‘lgan De Renal xonim 

avvaliga bu erkakcha kiyinib olgan qiz emasmikin, degan xayolga 

ham bordi. Axir u biror iltimos bilan janob merning huzuriga kelgan 

bo‘lishi mumkin-ku. Chamasi, qo‘ng‘iroqni bosishga yuragi dov ber-

may eshik oldida turgan bu boyaqish qizga xonimning rahmi kelib 

ketdi. De Renal xonim tarbiyachi haqidagi tashvishli fikrlarni bir zum 

unutib, darvoza tomon yo‘l oldi. Kichik eshikka qarab turgan Jyulen 

xonimning yaqinlashib kelganini sezmadi. U naq yonginasida ayol 

kishining muloyim tovushini eshitib cho‘chib tushdi.

5

 Shе’rlarni shoir Muhammad Ali tarjima qilgan. 



Nе kеchmoqda, bilmayman, holim. 

Nе yumushga urmoqdaman qo‘l... 

                                                       Motsart. “Figaro”.



35

– Sizga nima kerak edi, bo‘tam?

Jyulen shartta u tomon o‘girildi-yu, xayrixohlik bilan qarab turgan 

ko‘zlarga ko‘zi tushib, xijolatini ham unutib qo‘ydi: ayolning husnini 

ko‘rib hayratga tushgan yigitcha dunyodagi barcha narsalarni, hatto 

bu yerga nima maqsadda kelganini ham unutdi-qo‘ydi. De Renal xonim 

savolini takrorladi.

– Bu uyga kelishimdan maqsad, bu yerda tarbiyachi bo‘lib ish-

lashim kerak ekan, xonim, – dedi u nihoyat ko‘zlarida yosh milti-

rayotgani uchun anordek qizarib, ularni sezdirmay artib olishga 

urinar ekan.

Hayratdan de Renal xonimning tili kalimaga kelmay qoldi: ular 

bir-birlariga tikilishganicha bir zum turib qolishdi. Jyulen umri bino 

bo‘lib bunday chiroyli kiyingan ayolni ko‘rmagan edi. Uni yanada 

ajablantirgan narsa yuzi sutdek oppoq bu xonimning u bilan mulo-

yim gaplashgani bo‘ldi. De Renal xonim dehqon yigitchaning avvaliga 

dokadek oqarib ko‘ringan, endi esa loladek qizarib ketgan yuzidan 

dumalayotgan yirik-yirik yosh tomchilariga tikilib turardi. Keyin xonim 

qo‘qqisdan xuddi qizaloqlarga o‘xshab qahqaha otib kula boshladi. U 

o‘z ustidan xaxolab kular va xursandligidan o‘zini sira to‘xtata olmas 

edi. Tarbiyachi deganlari shumi hali? U bo‘lsa o‘g‘illariga baqirib, 

ularni xivich bilan savalaydigan isqirt popni tasavvur qilib yuribdi.

– Siz, taqsir, lotin tilini bilasizmi hali? – deb so‘radi u nihoyat.

O‘ziga «taqsir» deb murojaat qilinganidan Jyulen shu qadar 

hayratga tushdiki, hatto bir zum kalovlanib ham qoldi.

– Shunday, xonim, – tortinibgina javob qildi u. De Renal xonim shu 

qadar xursand ediki, hatto:

– Ishqilib, boyaqish bolalarimni qattiq koyimaysizmi? – deb 

so‘rashga ham jur’at etdi.

– Men-a? – qayta so‘radi ajablangan Jyulen. – Nega koyirkanman 

endi?

– Yo‘q, rostini ayting, taqsir, – deb qo‘shimcha qildi borgan sayin 



qattiqroq hayajonlana boshlagan de Renal xonim, – ularga yaxshi 

muomala qilishni menga va’da qila olasizmi?

Jyulen shunday yasangan xonimning o‘ziga mutlaqo jiddiy 

ravishda «taqsir» deya murojaat qilishini sira ham kutmagan edi, 

bolaligida u qanchalik orzu-xayollarga berilmasin, doim, to egnim-

ga ofitserlar kiyadigan bashang mundir kiymagunimcha, bironta 

ham oliy zot xonim men bilan gaplashishni o‘ziga ravo ko‘rmasa 



36

kerak, deb o‘ylardi. De Renal xonim esa Jyulenning mayin chehrasi, 

katta-katta ohu ko‘zlari, chiroyli jingalak sochlarini ko‘rib mutlaqo 

esankirab qolgandi. Yigitcha boya yo‘lda kela turib, tetiklanish uchun 

boshini shahar favvorasi hovuzchasida yuvib olgani tufayli sochlari 

yanada chiroyliroq bo‘lib ketgandi. Mana endi de Renal xonim bo-

lalarining qanday ahvolga solishi mumkinligidan cho‘chib, qo‘pol 

maxluq sifatida tasavvur qilib yurgan dahshatli tarbiyachining qiz 

boladek ma’sum yigitcha ekanini ko‘rdi-yu, xursandligidan boshi 

osmonga yetdi. Tabiatan osoyishta, muloyim de Renal xonim uchun 

qo‘rqib yurgan narsasining birdan aksini ko‘rishi katta bir voqea edi. 

Nihoyat, u o‘ziga keldi-yu, boyadan beri o‘z uyining eshigi oldida 

oddiygina ko‘ylak kiygan bu yigitcha bilan yonma-yon turganini 

ko‘rib hayratga tushdi.

– Qani yuring, taqsir, – dedi u biroz xijolat tortib.

De Renal xonim umri bino bo‘lib shu qadar xursand bo‘lmagan 

va bunday qattiq hayajonlanmagan edi. Axir u ozmuncha tashvish 

chekdimi. Mana endi bo‘lsa evaziga ko‘z oldida ajoyib hodisa yuz berib 

turibdi. Demak, uning ardoqlab o‘stirgan shirintoylari vaysaqi va isqirt 

pop qo‘liga tushmas ekan-da. Ular dahlizga kirishgach, ayol ortidan 

tortinibgina kelayotgan Jyulenga o‘girildi. Bunday hashamdor uyni 

ko‘rib, hayratga tushgani yigitning yuzidan shundoq sezilib turardi. 

Shu boisdan ham u de Renal xonimga yanada yoqimliroq ko‘rinib 

ketdi. Ayol tarbiyachini doim qora kostyum kiygan holda tasavvur 

qilib yurgani uchun ham ko‘ziga sira ishongisi kelmasdi.

– Nahotki shu gap rost bo‘lsa, taqsir? – deb takror so‘radi de Renal 

xonim birdan, bu shunchaki anglashilmovchilig-u men bekorga qu-

vonayotgan bo‘lsam-a, degan fikrdan vahimaga tushib. – Siz chindan 

ham lotin tilini bilasizmi?

Bu savol yigitning izzat-nafsiga tegdi-yu, chorak soatdan buyon 

shirin xayollar og‘ushida turgan Jyulen birdan hushyor tortdi.

– Shunday, xonim, – deb javob qildi u iloji boricha sovuqroq 

ohangda gapirishga harakat qilib. – Lotin tilini janob kyuredan kam 

bilmayman, ba’zan mehribonligi tutib ketganda esa u, hatto, bu tilni 

mendan ham yaxshiroq bilasan, deydi.

Shu tobda ikki qadam narida turgan Jyulen de Renal xonimga 

juda badjahl ko‘rinib ketdi. U yigitning yoniga keldi-da, ohista dedi:

– Hatto darslarini yaxshi tayyorlashmagan taqdirda ham bola 

bechoralarni birinchi kunlari savalamang, xo‘pmi?



37

Bu go‘zal xonimning so‘zlaridagi o‘tinch ohangi Jyulenga shunday 

ta’sir qildiki, lotinshunos sifatida obro‘sini saqlash haqidagi fikri bir 

zumda g‘oyib bo‘ldi. De Renal xonim juda yaqin turganidan yigitning 

dimog‘iga ayol egnidagi yozlik ko‘ylakning xushbo‘y hidi urildi, bu hol 

boyaqish dehqon uchun shu qadar favqulodda bir narsa ediki, Jyulen 

sholg‘omdek qizarib ketdi va eshitilar-eshitilmas g‘o‘ldirab dedi:

– Qo‘rqmang, xonim, siz nima desangiz, hammasini bajo keltira-

man.

Xuddi shu payt, bolalar haqidagi tashvishdan butunlay forig‘ 



bo‘lgandan keyingina, de Renal xonim hayrat ila Jyulenning g‘oyat 

chiroyli yigit ekanligini sezib qoldi. Uning qiz bolanikidek latif chehra-

si, xijolat chekib turishi tabiatan tortinchoq bo‘lgan bu ayolga kulgili 

tuyulmadi, aksincha, erkaklar uchun husn mezoni hisoblangan salobat 

uni cho‘chitgan bo‘lardi xolos.

– Necha yoshga kirdingiz, taqsir? – deb so‘radi u Jyulendan.

– Yaqinda o‘n to‘qqizga to‘laman.

– Katta o‘g‘lim o‘n bir yoshda, – davom etdi de Renal xonim endi 

butunlay ko‘ngli joyiga tushib. – U sizga deyarli o‘rtoq bo‘ladi, yaxshi 

gapirsangiz bas, doim aytganingizni qiladi. Yaqinda otasi uni bir tar-

saki urgan edi, bola boyaqish bir hafta kasal bo‘lib yotdi, otasi qattiq 

urmagan edi ham o‘zi.

«Men-chi? – deb xayolidan o‘tkazdi Jyulen. – Qanday katta farqimiz 

bor-a. Kuni kecha otam meni do‘pposlagan edi. Boyvachchalar xo‘p 

baxtli odam-da».

Yosh tarbiyachining dilidan nelar kechayotganini payqashga urina 

boshlagan de Renal xonim uning yuzidagi ma’yuslik alomatini o‘zicha 

jur’atsizlikka yo‘ydi-yu, yigitga dalda bermoqchi bo‘ldi.

– Ismingiz nima, taqsir? – deb so‘radi u o‘ziga rom qiluvchi 

xushmuomalalik bilan. Jyulen o‘zi ham anglamagan holda ayolning 

jozibasiga maftun bo‘lib qoldi.

– Ismim Jyulen Sorel, xonim, umrimda birinchi bor begona uyga 

qadam bosayotganim uchun ham o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim; sizning 

homiyligingizga muhtojman. Yana bir iltimos, birinchi pallada ko‘pgi-

na ishlarda uquvsizlik qilishim mumkin, shuni kechirsangiz. Nochorlik 

boisidan maktabda o‘qigan emasman, Faxriy Legion ordenining ka-

valeri va polk tabibi bo‘lmish qarindoshimiz hamda muhtaram kyure, 

janob Shelandan bo‘lak bironta odam bilan durustroq gaplashgan 

emasman. Janob Shelan sizga men haqimda bor gapni aytib beri-



38

shi mumkin. Akalarim nuqul meni do‘pposlashardi, agar ular men 

to‘g‘rimda biror nojo‘ya gap aytishsa, sira ishonmang, ba’zi ishlarda 

yanglishsam, meni kechiring, dilimda g‘araz degan narsa bo‘lishi 

mumkin emas.

Jyulen bunchalik uzundan-uzoq gapirar ekan, asta-sekin xi-

jolatdan qutulib, o‘zini bosib oldi; u de Renal xonimning yuzidan 

ko‘z uzmay tikilib turardi. Tabiatning o‘zi in’om etgan chinakam 

jozibaning kuchi, ayniqsa bu fazilat sohibining o‘zi buni sezma-

sa, ana shunday ta’sirli bo‘ladi. Ayollar husni bobida o‘zini juda 

bilimdon hisoblab yuradigan Jyulen shu damda, bu ayolning yoshi 

yigirmadan oshmagan, deb ont ichishga tayyor edi. Birdan uning 

miyasiga, xonimning qo‘lini o‘pishim kerak, degan fikr keldi. Shu 

zahotiyoq bu fikrdan Jyulenning o‘zi ham qo‘rqib ketdi-yu, biroq 

keyingi lahzada: «Menga foydasi tegadigan bu ishni qilmasam, g‘irt 

qo‘rqoqlik qilgan bo‘laman. Boz ustiga, shundan so‘ng bu go‘zal 

xonim hozirgina arraxonani tark etgan bir bechora ishchi yigitga 

nisbatan takabburlik qilmaydigan bo‘lib, biroz popugi pasayadi», 

deb o‘ziga o‘zi dalda berdi. Ehtimol, Jyulen yarim yildan buyon yak-

shanba kunlari qizlardan: «Chiroyli yigitcha ekan», degan gapni ko‘p 

eshitganini eslagani uchun ham shunday botir bo‘lib ketgandir. Yigit 

shu yo‘sinda ikkilanib turar ekan, de Renal xonim birinchi pallada 

bolalarga qanday munosabatda bo‘lish lozimligini qisqacha tush-

untira boshladi. O‘zini tiyishga zo‘r berib uringanidan rangi battar 

oqarib ketgan Jyulen qandaydir g‘ayritabiiy ohangda dedi:

– Xonim, men bolalaringizni sirayam urmayman, Parvardigorni 

shafe keltirib qasamyod qilishim mumkin, – u shunday deb de Renal 

xonimning qo‘lidan tutishga jur’at etdi-da, uni labiga bosdi. Ayol 

yigitning bu qilmishidan avvaliga hayratga tushdi, keyin biroz o‘ylab 

ko‘rgach, jahli chiqdi. Kun juda issiq edi, shu boisdan uning harir shol 

ro‘mol bilangina yopilgan qo‘lini Jyulen labiga bosganida yelkasiga 

qadar ochilib ketdi. Oradan lahza o‘tmay de Renal xonim darhol 

g‘azablanmagandan ichida o‘zini o‘zi koyiy boshladi.

Janob de Renal dahlizdagi g‘ovur-g‘uvur gaplarni eshitib, kabi-

netidan chiqib keldi-da, odatda meriyada nikoh marosimini o‘tka-

zayotgan paytdagidek, ulug‘vor hamda otalarcha bir ohangda Jyulenga 

qarata dedi:

 – Bolalar bilan uchrashmasingizdan avval siz bilan gaplashib 

olishim zarur.



39

U Jyulenni xonaga boshlab kirdi-da, chiqib ketmoqchi bo‘lgan 

xotinini to‘xtatib, eshikni yopdi va savlat bilan kresloga o‘tirdi:

– Janobi kyure menga sizning boadab yigit ekaningizni aytgan 

edi. Bu yerda hurmatingiz joyida bo‘ladi, agar ishingizdan mamnun 

bo‘lsam, kelajakda durustroq mansabga erishishingizga yordam 

beraman. Bundan buyon qarindosh-urug‘laringiz bilan ham, yor-u 

birodarlaringiz bilan ham uchrashmaganingiz ma’qul, negaki ularning 

qiliqlari-yu, xatti-harakatlari mening bolalarimga to‘g‘ri kelmaydi. 

Mana sizga birinchi oy uchun o‘ttiz olti frank, lekin bu puldan ota-

ngizga sariq chaqa ham bermaslikka so‘z berasiz.

Janob de Renal bu ishda pand berib ketgani uchun cholni sira 

kechira olmasdi.

– Endi esa, taqsir, ha, aytganday, men hammaga sizni «taqsir» deb 

atashni buyurdim, baobro‘ kishilar uyida istiqomat qilishning afzal 

tomonlarini hali o‘zingiz ko‘rasiz, – endi esa, taqsir, bolalar sizni bu 

kalta kamzulda ko‘rmaganlari ma’qul. Xizmatkorlardan birontasi bu 

kishini ko‘rdimi? – so‘radi u xotiniga murojaat qilib.

– Yo‘q, ko‘rishmadi, azizim, – deb javob qildi chuqur xayolga 

cho‘mib o‘tirganday de Renal xonim.

– Unday bo‘lsa judayam yaxshi. Manavini kiyib oling, – dedi janob 

mer ajablanib qarab turgan yigitga o‘z syurtugini uzatar ekan. – Hozir 

siz bilan movutfurush janob Dyuranning oldiga boramiz.

Oradan bir yarim soatcha vaqt o‘tgach, boshdan-oyoq qora 

kiyim kiygan yangi tarbiyachi bilan uyga qaytar ekan, janob de 

Renal xotinining hamon o‘sha joyda o‘tirganini ko‘rdi. Xonim Jyu-

lenni ko‘rgach, ko‘ngli biroz joyiga tushdi, tarbiyachi ko‘z o‘ngida 

bo‘lganidan ayol undan ortiq cho‘chimadi. Jyulen esa endi uy 

bekasini o‘ylamay qo‘ygandi; hayotga va kishilarga nisbatan bo‘lgan 

ishonchsizligiga qaramay, shu tobda uning qalbi xuddi yosh bolani-

kidek edi: nazarida, uch soat burun cherkovda qo‘rquvdan qaltirab 

o‘tirganidan buyon oradan yillar o‘tib ketgandek tuyuldi. Birdan u 

de Renal xonimning qovoq uyib o‘tirganini ko‘rdi-yu, qo‘lini o‘pishga 

jur’at etgani uchun ayolning jahli chiqqanini payqadi. Biroq mutlaqo 

kiyib o‘rganmagan yangi kostyum tufayli endigina qalbida ko‘tarilib 

kelayotgan faxrlanish tuyg‘usidan o‘zini yo‘qotayozgan va, shu bilan 

birga, dilidagi quvonchni yashirishga urinayozgan Jyulenning barcha 

xatti-harakatlari qandaydir jo‘shqin tus olgan edi. De Renal xonim 

uni hayrat bilan kuzatib turardi.



40

– Siporoq bo‘ling, taqsir, – dedi yigitga qarab janob de Renal, – 

agar o‘g‘illarim va xizmatkorlar oldida obro‘ qozonmoqchi bo‘lsangiz, 

o‘zingizni vazminroq tuting.

– Afandim, – dedi javoban Jyulen, – bu yangi kiyimimda o‘zimni 

noqulay his etyapman. Kambag‘al dehqon bo‘lganim tufayli umrim 

bino bo‘lib kalta kamzulchadan bo‘lak kiyim kiymagan edim. Ijozat 

etsangiz, biroz yolg‘iz qolmoq uchun o‘z xonamga borsam.

– Xo‘sh, qalay, topgan tarbiyachimiz haqida nima deysan? – deb 

so‘radi xotinidan janob de Renal.

Dilida o‘zi ham anglab yetmagan qandaydir istak tug‘ilgan de 

Renal xonim eridan haqiqatni yashirdi.

– Bu qishloqi yigitcha menga uncha yoqmadi. Sizning iltifotlari-

ngizdan surbetlashib ketmasa, deb qo‘rqaman – u holda bir oy o‘tar-

o‘tmas uning javobini berib yuborishingizga to‘g‘ri keladi.

– Nimayam derdim, javobini bersak-beraveramiz-da. To‘g‘ri, yuz 

frankka yaqin chiqim bo‘ladi, lekin bu orada verrerliklarning ko‘zi 

janob de Renal bolalarining tarbiyachisi borligiga ko‘nikib qoladi. Agar 

u ishchilar kiyadigan kamzulchasida yursa, bunga erishib bo‘lmaydi. 

Uni haydagan taqdirimizda esa, turgan gap, movutfurushdan hozir 

olib kelgan anovi ikki kiyimlik mato o‘zimda qoladi. Unga faqat usta-

xonadan kiyib kelgan anovi kiyimlarni berib yuboraman.

Jyulen o‘z xonasida bir soatga yaqin yolg‘iz o‘tirdi, biroq de Renal 

xonim bu vaqtning qanday o‘tib ketganini ham sezmay qoldi, bolalarga 

endi ularning tarbiyachilari bor ekanligini aytishgan edi, ular onala-

rini savolga ko‘mib tashlashdi. Nihoyat, Jyulen xonasidan chiqib keldi. 

Endi u mutlaqo boshqa odam bo‘lib, o‘zini sipo tutyapti, deyish kifoya 

qilmasdi, yo‘q, bu sipolikning timsoli edi. Uni bolalarga tanishtirish-

gan edi, Jyulen ularga qarata vazminlik bilan shunday bir ohangda 

so‘zladiki, hatto janob de Renalning o‘zi ham yoqasini ushlab qoldi. 

– Mening bu yerga kelishimdan maqsad, janoblar, – dedi u bo-

lalarga o‘z nutqining oxirida, – sizlarga lotin tilini o‘rgatishdir. Darsda 

javob berish qanday bo‘lishi o‘zingizga ma’lum. Mana bu muqaddas 

kitobga bir nazar tashlang, – shunday deb u bolalarga qora muqovali 

kichkinagina kitobchani ko‘rsatdi. – Injil deb atalmish ushbu kitobda 

Iso alayhissalomning hayoti bayon etilgan. Men darsingizni muttasil 

ana shu kitob bo‘yicha so‘rayman. Endi esa mendan dars so‘rashingiz 

mumkin. Marhamat, kitobni oling.

Bolalarning kattasi Adolf kitobni qo‘liga oldi.



41

– Biror sahifani oching-da, – deb davom etdi Jyulen, – istagan 

oyatingizning birinchi so‘zini ayting.

Men esa hayotda barchamizga ibrat bo‘lishi lozim bo‘lgan bu 

muqaddas kitobni, to o‘zingiz to‘xtatmaguningizcha, yoddan o‘qiy-

veraman.


Adolf kitobni ochib, bir so‘zni o‘qigan edi, Jyulen xuddi ona tili-

da so‘zlayotgandek, sira tutilmay butun sahifani yoddan aytib bera 

boshladi. Janob de Renal xotiniga gerdayib qarab qo‘ydi. Otasi bilan 

onasining ajablanishayotganini ko‘rgan bolalar Jyulenga baqrayib 

qarab turishardi. Mehmonxona eshigida xizmatkor paydo bo‘ldi; 

Jyulen lotin tilida gapiraverdi. Xizmatkor avvaliga taqqa to‘xtab 

qoldi-da, so‘ng xiyol o‘tmay g‘oyib bo‘ldi. Keyin eshik yoniga oqsoch 

ayol bilan oshpaz qiz keldi, Adolf shungacha kitobning sakkiz joyini 

ochib ulgurgan, Jyulen esa, o‘sha-o‘sha sira tutilmay Injilni yoddan 

o‘qiyotgan edi.

– Yo Parvardigor! Shunaqayam barno yigit bo‘ladimi, o‘zi yosh-

gina-yu, darrov ruhoniy bo‘lib olibdi-ya, – dedi beixtiyor tabiatan 

yumshoqko‘ngil va o‘ta xudojo‘y oshpaz qiz.

Jyulenning lotin tilini bunday yaxshi bilishi janob de Renalning 

izzat-nafsiga tegdi: u yangi tarbiyachini imtihon qilishni xayoliga ham 

keltirmagan bo‘lsa-da, biror lotincha iborani eslashga urina boshladi; 

nihoyat, u Goratsiyning bitta she’rini esladi. Biroq Jyulen lotin tilida 

Injildan bo‘lak hech nimani bilmasdi. Shu boisdan u qovog‘ini uyib 

dedi:

– Men o‘zimni ruhoniylikka tayyorlayapman. Ruhoniylik unvoni 



esa bunday shakkok shoir asarlarini o‘qishni man etadi.

Janob de Renal go‘yo Goratsiyniki bo‘lmish yana bir qator she’rlar-

ni o‘qidi-da, o‘g‘illariga Goratsiyning kim ekanligini tushuntira boshla-

di. Biroq bolalar Jyulenga qoyil qolganlaridan angrayishib, otalarining 

gapiga mutlaqo e’tibor bermadilar. Ular Jyulendan ko‘z uzishmasdi. 

Xizmatkorlar hamon eshik oldida angrayib turishardi. Jyulen sinovni 

davom ettirishga qaror qildi.

– Xo‘sh, endi Stanislav-Ksavye ham menga Injilning biror oyatini 

taklif qilsin.

Bolalarning eng kichigi Stanislav g‘ururlanganidan chehrasi 

yorishib, oyatning birinchi so‘zini hijjalab o‘qigan edi, Jyulen butun 

sahifani yoddan aytib bera boshladi. Go‘yo janob de Renal o‘z tanta-

nasidan huzur qilsin uchun ataylab qilgandek, Jyulen surani yoddan 



42

o‘qib turgan paytda mehmonxonaga ajoyib normand yo‘rg‘alarining 

egasi janob Valeno bilan viloyat prefektining yordamchisi janob Shar-

ko de Mojiron kirib kelishdi. Shu voqeadan so‘ng Jyulenga hamma 

«taqsir» deb murojaat qiladigan bo‘ldi, hatto xizmatkorlar ham uning 

bu unvonini tan olishdi.

Kechqurun butun Verrer bu mo‘jizani ko‘rmoq uchun merning 

uyiga yopirilib keldi. Jyulen barcha savollarga qovog‘ini solib, sipolik 

bilan javob qilar, natijada, suhbatdoshlari unga bachkana savollar 

berishga botinishmas edi. Shaharda uning shuhrati shu qadar tez 

taraldiki, oradan bir necha kun o‘tar-o‘tmas, birontasi o‘ziga og‘dirib 

ketmasaydi, deb cho‘chib qolgan janob de Renal yigitga ikki yil ishlash 

xususidagi shartnomaga imzo chekishni taklif qildi.

– Yo‘q, afandim, – deb sovuqqina javob qildi Jyulen, – agar meni 

haydasangiz, men ketishga majbur bo‘laman, sizning zimmangizga 

hech qanday majburiyat yuklamay faqat mening qo‘l-oyog‘imni 

bog‘lab beradigan bunday shartnoma adolat yuzasidan bo‘lmaydi. 

Men unga imzo chekmayman.

Jyulen obro‘ saqlab, o‘zini shu qadar sipo tutdiki, uning bu uyga 

kelganidan buyon bir oy o‘tmasdanoq hatto janob de Renalning o‘zi 

ham uni hurmat qila boshladi. Keksa kyure endi janob de Renal 

hamda Valeno janoblari bilan aloqani butunlay uzib yuborgani tu-

fayli Jyulenning Napoleonga bo‘lgan ixlosi haqida hech kim ularga 

yetkaza olmasdi: uning o‘zi esa Bonapart to‘g‘risida faqat dahshat 

bilan gapirardi.


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish