V
Bitim
Cunctando restituit rem.
Ennius
4
– Javob ber, la’nati kitob jinnisi, garchi yolg‘on gapirmasdan turol-
masang ham menga rostini ayt, de Renal xonimni qayoqdan taniysan?
U bilan gaplashishga qachon ulgura qolding?
– Men u bilan sirayam gaplashgan emasman, – deb javob qildi
Jyulen. – Bu xonimni faqat cherkovda ko‘rganman xolos.
– Demak, unga ko‘zingni lo‘q qilib tikilibsan-da, betamiz maxluq?..
– Hecham tikilganim yo‘q. Cherkovda mening ko‘zim Parvar-
digordan bo‘lak hech kimni ko‘rmasligini o‘zingiz bilasiz-ku, – deb
qo‘shimcha qildi Jyulen kaltakdan qutulish umidida o‘zini xudojo‘y
ko‘rsatishga urinib.
4
Sustkashligi joniga ora kirdi.
Enniy.
27
– Yo‘q, bunda bir gap borga o‘xshaydi, – to‘ng‘illadi quv chol va
bir zum jimib qoldi. – Lekin sen la’nati munofiqdan bir narsani bilib
bo‘larmidi. Nima bo‘lgandayam sendan qutuladigan bo‘ldim. Sen
ketsang, arraxonaga foydasi tegsa-tegadiki, ziyoni tegmaydi. Janob
kyureningmi yoki boshqa birovningmi etagidan kirib yengidan
chiqqanga o‘xshaysan, ular senga durustgina joy topishibdi. Bor,
lash-lushlaringni yig‘ishtir, seni janob de Renalnikiga olib boraman,
u yerda merning bolalariga tarbiyachilik qilasan.
– Buning uchun menga qanday haq to‘lashadi?
– Ovqat, kiyim-bosh va yana uch yuz frank maosh.
– Men malay bo‘lishni istamayman.
– Itvachcha. Malay bo‘lasan, deb senga kim aytdi? Men o‘z o‘g‘limni
malaylikka ravo ko‘rarmidim?
– U holda men kim bilan ovqatlanaman?
Bu savol keksa Sorelni taraddudga solib qo‘ydi: u gapni ko‘paytir-
sa, biror falokat sodir bo‘lishini anglab qoldi; chol Jyulenni ochofatdan
olib ochofatga solganicha rosa so‘kdi-da, nihoyat, uni o‘z holiga qo‘yib,
maslahatlashish uchun katta o‘g‘illari oldiga ravona bo‘ldi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, Jyulen ularning bari uzun dastali
boltalariga tayanishganicha oilaviy kengash qurishayotganini ko‘rib
qoldi. U otasi bilan akalariga uzoq tikilib turdi-yu, lekin baribir
ularning nima to‘g‘risida gaplashishayotganini tushunolmasligini
anglab, arraxonani aylanib o‘tdi-da, g‘aflatda qolmaslik uchun arra-
ning narigi yog‘iga o‘tirib oldi. Jyulen o‘z taqdirida keskin o‘zgarish
yasashi lozim bo‘lgan bu yangilik haqida bafurja o‘ylab ko‘rishni
istardi-yu, biroq shu tobda o‘zining mulohaza yurita olmasligini his
etardi: xayoli uni o‘qtin-o‘qtin janob de Renalning ajoyib uyi tomon
olib qochardi.
«Yo‘q, xizmatkorlar bilan bir dasturxondan ovqat yegandan ko‘ra,
– derdi u o‘ziga o‘zi, – yaxshisi, bu ishdan voz kechmoq kerak. Otam
meni majbur etishga harakat qiladi, albatta. Yo‘q, o‘lsam-o‘lamanki,
rozi bo‘lmayman. O‘n besh frank-u sakkiz su pul to‘plab qo‘yganman,
shu bugun tundayoq qochaman, bironta ham jandarm uchramaydigan
tog‘ so‘qmog‘idan to‘g‘ri ketsam, ikki kundan so‘ng Bezansonga yetib
olaman, u yerda askarlikka yozilaman, juda bo‘lmaganda Shveytsari-
yaga qochib o‘taman. Lekin u holda men uchun istiqbol darvozasi
yopiladi, mo‘ljallab qo‘ygan barcha ishlarimga yo‘l ochib beradigan
ruhoniylik unvonidan mutlaqo umid uzishga to‘g‘ri keladi».
28
Xizmatkorlar bilan bir dasturxondan ovqat yeyishga nisbatan
bo‘lgan nafrat Jyulenning tabiatiga mutlaqo xos emasdi. O‘ziga yo‘l
ochish uchun u bundan mushkulroq sinovlarga ham bardosh berishga
hozir edi: Yigitda bu nafrat Russoning «Iqror» kitobini o‘qigach paydo
bo‘lgandi. Kiborlar jamiyatini esa Jyulen shu yagona kitob orqaligina
tasavvur etardi. Buyuk armiya ma’lumotnomasi hamda «Ilohiy Yelena
memoriali» – uning Qur’oni ana shu uch kitobdan iborat edi. Jyulen
shu kitoblar uchun o‘limdan ham qaytmasdi. U shulardan bo‘lak bi-
ronta ham kitobga ishonmasdi. Keksa polk tabibining gapiga binoan
u dunyodagi barcha boshqa kitoblarni g‘irt yolg‘on deb hisoblar va
ularni shuhratparastlik vasvasasiga mubtalo bo‘lgan muttahamlar
yozgan, deb o‘ylar edi.
Otashin qalb sohibi Jyulen ajoyib xotiraga ham ega edi. Butun
kelajagi bog‘liq bo‘lgan keksa abbat Shelanning mehrini qozonmoq
uchun u Tavrotni lotin tilida to‘liq yod oldi: shu yo‘sinda u de Mestr-
ning «Papa haqida» kitobini ham so‘zma-so‘z xotirasiga jo qildi. Biroq
u bu kitoblarga mutlaqo ishonmasdi.
Xuddi kelishib olgandek, ota-bola Sorellar o‘sha kuni bir-bir-
lariga churq etib og‘iz ochishmadi. Kechqurun Jyulen ilohiyotdan
saboq olmoq uchun kyure huzuriga jo‘nadi; biroq u shoshqaloqlik
qilmaslikka ahd qildi va otasiga qilingan g‘aroyib taklif haqida hech
nima demadi. Bu gaplarning bari shunchaki tuzoq bo‘lib chiqsa-chi,
– deb o‘zicha gumon qilardi u. – Yaxshisi, o‘zimni bu taklifni unutib
qo‘ygandek ko‘rsatganim ma’qul».
Ertasiga azonda janob de Renal keksa Sorelga odam yubordi.
Chol merni bir-ikki soat kuttirib turdi-da, nihoyat, unikiga yetib kelib,
ostona hatlab o‘tmasdanoq ta’zim qila-qila kechirim so‘ray boshladi.
Keyin o‘smoqchilay-o‘smoqchilay o‘g‘lining xo‘jayin va uy bekasi bilan
ovqatlanajagini, mehmon kelgan kunlar esa alohida xonada bolalar
bilan tamaddi qilajagini bilib oldi. Janob mer uning o‘g‘lini tezroq o‘z
uyiga chaqirib olishga shoshilayotganini ko‘rib hayratlangan va gu-
monsirab qolgan Sorel borgan sayin injiqlik qila boshladi va, nihoyat,
o‘g‘lining yotoqxonasini ko‘rsatishni talab qildi. Xona ancha katta
bo‘lib, durustgina jihozlangan edi. Ular xonani ko‘rishayotganida u
yerga janob merning uch o‘g‘ilchasi yotadigan uchta karavotni tashib
kirishmoqda edi.
Bu vaziyat keksa dehqon uchun ba’zi narsalarni oydinlashtirgan-
day bo‘ldi, u darhol o‘g‘liga beriladigan kiyimlarni ko‘rsatishni talab
29
qildi. Janob de Renal stol tortmasini ochdi-da, u yerdan yuz frank
pul oldi.
– Marhamat, mana pul, o‘g‘lingiz gazlamafurush janob Dyuranning
oldiga borsin-da, o‘ziga qora kostyum buyurtirsin.
– Agar keyinchalik o‘g‘limni olib ketsam-chi, – dedi keksa dehqon
laganbardorlikni bir chetga yig‘ishtirib, – kiyim-boshi o‘ziga qoladimi?
– Albatta.
– Xo‘p, yaxshi, – dedi cho‘zib Sorel. – Demak, endi unga qanday
maosh belgilashingiz haqida kelishib olsak bo‘ldi.
– Bu nima deganingiz? – dedi janob de Renal. – Bu haqda kecha
kelishib qo‘ygan edik-ku: men unga uch yuz frank maosh belgila -
gandim, menimcha, shu pul yetarli bo‘lsa kerak, ehtimol, hatto ko‘plik
ham qilar.
– To‘g‘ri, siz shunday taklif qilgan edingiz, buni inkor etmayman,
– dedi yanada cho‘zibroq keksa Sorel va bexosdan faqat bizning
Fransh-Konte dehqonlarini yaxshi bilmaydigan kishinigina hayratga
solishi mumkin bo‘lgan o‘ta ziyraklik bilan janob de Renalning ko‘ziga
tikilganicha qo‘shimcha qildi: – Ammo boshqa joyda bundan durustroq
Do'stlaringiz bilan baham: |