to‘lashlari ham mumkin.
Bu gapni eshitib merning basharasi bujmayib ketdi. Lekin u dar-
hol o‘zini bosib oldi. Nihoyat, bironta ham so‘z bekor aytilmagan ikki
soatlik puxta suhbatdan so‘ng dehqonning quvligi badavlat merning
ayyorligidan ustun chiqdi. Davlatmand odamning rizqi uning ayyor-
ligiga bog‘liq emas-da axir. Jyulenning yangi hayotini belgilovchi bir
talay punktlar bo‘yicha qat’iyan bitimga kelindi, uning maoshi to‘rt yuz
frankka qadar ko‘tarilibgina qolmay, janob mer bu pulni har oyning
birinchi kunida to‘laydigan bo‘ldi.
– Yaxshi. Men unga o‘ttiz besh frank beraman, – dedi janob de
Renal.
– Muhtaram merimizday badavlat va saxovatli bir odam, – deb
yaltoqlik bilan gapini ilib ketdi chol, – juft bo‘lsin, deb o‘ttiz olti frank
to‘lasalar ham hech nima qilmas.
– Yaxshi, – dedi janob de Renal, – lekin shu bilan gapni tugatamiz.
G‘azabining zo‘ridan bu gal uning tovushi juda qat’iy eshitildi.
Sorel darhol ortiq xarxasha qilib bo‘lmasligini tushunib qoldi. Endi
hujum qilish navbati janob de Renalga keldi. Keksa Sorel birinchi oy
uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan o‘ttiz olti frankni o‘g‘lining o‘rniga o‘zi
undirib olmoqchi bo‘lgan edi, mer bu pulni unga to‘lashdan qat’iyan
30
bosh tortdi. Janob de Renal bu orada mazkur bitimni tuzishda o‘zini
qanday tutgani haqida xotiniga hikoya qilib berishini o‘ylab qolgan edi.
– Menga boyagi yuz frankni qaytaring, – dedi u jahl bilan. – Janob
Dyuranning mendan biroz qarzi bor. O‘g‘lingiz bilan birga borib,
kostyum uchun movutni o‘zim olib beraman.
Bu keskin hujumdan so‘ng Sorel merga o‘z hurmatini izhor qilishni
lozim topdi; u janob de Renalni osmonga ko‘tarib maqtab o‘n besh
daqiqacha vaysadi. Nihoyat, chol ortiq hech nima undira olmasligiga
ko‘zi yetgach, ta’zim qila-qila eshik tomon yo‘l oldi. U so‘nggi marta
ta’zim qilar ekan:
– O‘g‘limni qasrga yuboraman, – dedi.
Janob de Renalning qo‘l ostidagi shaharliklar merning ko‘ng‘lini
olgilari kelganida uning uyini shunday atashguvchi edi.
Ustaxonasiga qaytgach, Sorel qancha qidirmasin, o‘g‘lini topol-
madi. Bu ishning oxiri nima bilan tugashidan cho‘chib, shubhalangan
Jyulen tunda uydan qochib ketgan edi. U ishonchli joy topib, kitoblari
va Faxriy Legion xochini yashirishga qaror qildi. Yigit bularning barini
Verrer uzra qad ko‘tarib turgan baland tog‘da istiqomat qiluvchi yosh
taxtafurush do‘sti Fukening uyiga olib bordi.
Jyulen u yerdan qaytgan zahoti otasi unga baqira ketdi:
– Ho‘ la’nati yalqov! Shuncha yil seni boqdim, qanchadan-qancha
sarf-xarajat qildim. Yegan non-tuzingni oqlashni o‘ylaysanmi hech?
Latta-puttangni yig‘ishtirgin-da, janob mernikiga jo‘na!
Kaltaklashmaganidan ajablangan Jyulen darhol jo‘nab qo‘ya
qoldi. Lekin otasining ko‘zidan nari ketgach, qadamini sekinlatdi. U
munofiqlik pardasini yuziga qalinroq tortishga qaror qildi. Buning
uchun cherkovga kirib chiqsa yomon bo‘lmasdi, albatta.
Sizni «munofiq» so‘zi hayratga solayotgan bo‘lsa kerak? Lekin ana
shu razil qarorga kelguniga qadar yosh dehqon ozmuncha iztirob
chekdimi?!
Jyulen yosh bolaligida bir kuni egniga uzun oq plash va boshi-
ga qop-qora jig‘ali kaska kiyib olgan oltinchi polk dragunlarini
ko‘rib qolgandi. Dragunlar Italiyadan qaytishayotgan bo‘lib, otlarini
keksa Sorelning panjarador derazasi oldidagi qoziqlarga bog‘lab
qo‘yishgandi. O‘sha-o‘sha Jyulen harbiy bo‘lishni orzu qila bosh-
lagandi. Keyinchalik, o‘smirlik chog‘ida u keksa polk tabibining
Lodi ko‘prigi va Rivoli yaqinidagi Arkol degan joyda sodir bo‘lgan
qonli janglar haqidagi hikoyasini zavq bilan tingladi. Bu janglar
31
haqida hikoya qilar ekan, chol o‘z xochiga faxr bilan qarab-qarab
qo‘yardi.
Biroq Jyulen o‘n to‘rt yoshga to‘lgan yili Verrerda bunday kichik
shaharcha uchun g‘oyat hashamdor bo‘lgan katta cherkov qurila
boshladi. Cherkovning peshtoqiga to‘rtta marmar ustun o‘rnatilgan
bo‘lib, bu ustunlar Jyulenning qalbini larzaga solgandi; keyinroq
ularning dovrug‘i butun viloyatga taraldi, chunki xuddi shu ustunlar
shahar sudyasi bilan Bezansondan yuborilgan va iezuitlar jamiyati-
ning josusi hisoblangan yosh ruhoniy o‘rtasida adovat tug‘dirgan edi.
Sudya shuni deb mansabidan judo bo‘lishiga sal qolgandi, har qalay,
odamlar orasida shunday mishmish tarqalgan edi. Ikki haftada bir
marta Bezansonga borib, aytishlariga ko‘ra, naq yepiskop hazrati
oliylarining o‘ziga uchrashib keladigan bu ruhoniy bilan o‘chakishi-
shning nima hojati bor edi unga.
Bu orada jo‘jabirdek jon shahar sudyasi odamlarga adolatsizdek
ko‘ringan bir necha hukm chiqarib qo‘ydi: bu hukmlarning bari «Kons-
titutsionalist»ni o‘qib yuradigan shaharliklarga qarshi qaratilgan edi.
Oxir-oqibatda sodiq fuqarolar g‘olib chiqishdi. Aslida gap uch-to‘rt
frank ustida ketgandi. Biroq bu arzimas jarimani to‘laganlar orasida
mixsoz usta – Jyulenning cho‘qintirgan otasi ham bor edi. G‘azabin-
ing zo‘ridan es-hushini yo‘qotayozgan bu odam uyiga kelgan zahoti
baqirib-chaqira boshladi: «Dunyoning teskari bo‘lib ketganini qara!
Yigirma yildan buyon barcha shu muttaham sudyani halol odam deb
yurganiga o‘lasanmi!» Jyulenning do‘sti, polk tabibi esa bu paytga
kelib bandalikni bajo keltirib bo‘lgan edi.
Kutilmaganda Jyulen Napoleon haqida gapirmay qo‘ydi, u endi
ruhoniy bo‘lishni jazm qilgan edi. Arraxonada uni doim qo‘lida keksa
kyure hadya qilgan lotin tilidagi Tavrotni ko‘tarib yurganini ko‘ri-
shardi. Jyulen uni yod olmoqchi edi. Yigitchaning muvaffaqiyatlaridan
ajablangan mehribon chol kechqurunlari vaqtini ayamay unga ilohi-
yotdan saboq bera boshladi. Jyulen cholning oldida xudojo‘ylikdan
bo‘lak bironta ham tuyg‘usini namoyish etmaslikka ahd qilgan edi.
Chehrasi xuddi qiz bolanikiga o‘xshash ma’sum bu yigitchaning qalbi-
da o‘ziga yo‘l ochish uchun har qanday azob-uqubatga ham chidashga
hozirlik, metindek qat’iyat yashiringanini kim o‘ylabdi deysiz.
O‘ziga yo‘l ochish deganda, Jyulen avvalo Verrerni tark etishni
o‘ylardi. U tug‘ilib-o‘sgan shahridan g‘oyat nafratlanardi. Bu yerda
ko‘rgan narsalarining bari uni dahshatga solardi.
32
Uning yosh bolaligidanoq bexosdan ruhlanib ketish odati bor edi.
Yigitcha o‘zini Parij go‘zallariga qanday tanishtirajaklarini, o‘zi biror
favqulodda qahramonlik ko‘rsatib, ularning e’tiborini qozonajagi
haqida shirin xayollarga berilardi. Nega ulardan birortasi Jyulenga
ko‘ngil qo‘ymasin ekan, axir Bonapartni hali u qashshoqlik paytidayoq
ofatijon de Bogarne xonim sevib qolgan-ku? Ko‘p yillar davomida
Jyulen har daqiqa noma’lum va qashshoq poruchik Bonapartning
o‘z qilichi kuchi bilan dunyoga hokim bo‘lganligini o‘ziga o‘zi uqtirib
keldi. Bu fikr boshiga og‘ir kunlar tushganida unga taskin berar, biror
narsadan quvonganida esa quvonchiga quvonch qo‘shardi.
Cherkov qurilishi va shahar sudyasi chiqargan hukmlar birdan
Jyulenning ko‘zini ochdi: uning miyasiga bir fikr keldi, bir necha hafta
davomida u faqat shu haqda o‘yladi va, nihoyat, bu fikr uning butun bor-
lig‘ini qamrab oldi. Odatda otashin qalb sohiblari o‘zlariga ixtiro bo‘lib
tuyulgan birinchi fikrga shunday butun yuraklarini baxsh etishadi.
«Bonapart shuhrat qozonganida Fransiya xorijiylar istilosidan
qo‘rqardi, harbiy shon-shavkat zarur edi u paytda. Shuning uchun
ham u rasm tusiga kirgandi. Endi bo‘lsa qirq yoshga kirgan ruhoniy
yuz ming frank maosh oladi. Napoleonning eng mashhur generalla-
riga ham bundan uch marta kam pul to‘lashardi. Ularga ishlarida nafi
tegadigan odamlar kerak. Masalan, shahrimiz sudyasini olaylik. Shu
paytga qadar dono va halol kishi sifatida nom chiqargan bir mo‘ysafid
odam o‘ttiz yoshlik vikariyning g‘azabidan cho‘chib, o‘zini isnodga
qoldirib o‘tiribdi. Ruhoniy bo‘lish kerak».
Ikki yil davomida ilohiyatdan saboq olib, xudojo‘yligi juda avjiga
chiqqan kunlarning birida Jyulen bexosdan qalbini o‘rtab kelayot-
gan olovni sezdirib qo‘ydi. Bu voqea janob Shelanning uyida sodir
bo‘ldi, – bir kuni ruhoniylar yig‘ilgan nonushta mahali mehribon
kyure Jyulenni mehmonlarga donolik mo‘jizasi sifatida tanishtirgan
edi, – yigit birdan Napoleonni ko‘klarga ko‘tarib maqtay boshladi.
Shundan so‘ng o‘zini jazolamoq uchun o‘ng qo‘lini ko‘kragiga tang‘ib
bog‘ladi-da, roppa-rosa ikki oy o‘ziga azob berib yurdi. Boshqalarga
u, xoda ko‘tarayotganimda qo‘lim lat yedi, deb bahona qildi. O‘zi-
ni-o‘zi shu yo‘sinda jazolagandan so‘ng Jyulenning ko‘ngli taskin
topdi. Kichkinagina tugunchasini qo‘ltig‘iga qistirganicha Verrerning
hashamdor cherkoviga kirib kelayotgan, ko‘rinishidan o‘n yettilardan
oshmagandek tuyuladigan, aslida esa o‘n sakkiz yoshlik bu nozikkina
yigitcha ana shunaqa odam edi.
33
Cherkov g‘ira-shira, bo‘m-bo‘sh bo‘lib, bayram munosabati bilan
barcha derazalarga to‘q qizil parda tortilgandi. Shu boisdan quyosh
nurlari qandaydir jivirlab, cherkov ichini ulug‘vor, ko‘rkam qilib
ko‘rsatardi. Jyulenning a’zoyi badani titrab ketdi. U cherkovda yolg‘iz
edi. Yigit ko‘ziga eng chiroyli ko‘ringan kursiga borib o‘tirdi, kursiga
janob de Renalning gerbi naqsh qilib o‘yilgan edi.
Ibodat mahali tiz cho‘kish uchun qo‘yilgan kichkina kursichada
Jyulen kitob varag‘idan yirtib olingan bir parcha qog‘ozni ko‘rib qoldi.
Qog‘oz xuddi bu yerga o‘tirgan odam o‘qisin uchun ataylab qo‘yilgan-
dek edi. Jyulen uni qo‘liga olib, shunday so‘zlarni o‘qidi: «...yili Bezan-
sonda qatl etilgan Lyudovik Jenrel hayotining so‘nggi daqiqalari...»
Qog‘ozning orqa tomonida bir satrning «birinchi qadam» degan ikki
so‘zi saqlanib qolgan ekan.
– Bu qog‘ozni kursichaga kim qo‘yibdiykin? – dedi Jyulen. – Eh,
bechora, – deb qo‘shimcha qildi u xo‘rsinib. – Familiyasi ham meni-
kiga ohangdosh ekan... – yigit qog‘ozni g‘ijimlab, bir chetga tashladi.
Jyulen cherkovdan chiqayotganida mehrob oldidagi jom tagiga
qon sachragandek bo‘lib tuyuldi, aslida bu muqaddas suv tomchilari
bo‘lib, qizil darpardadan tushgan yorug‘likda qonga o‘xshab ko‘ri-
nayotgandi.
Nihoyat, Jyulen ko‘ngliga tushgan g‘ulg‘uladan o‘zi ham uyalib
ketdi.
«Nahotki shunchalik qo‘rqoq bo‘lsam? – dedi u o‘ziga-o‘zi. – Qani,
olg‘a!»
Keksa tabib hikoyalarida juda ko‘p takrorlanadigan bu xitob
Jyulenga qahramonlikka undagandek tuyulardi». U shartta orqasiga
o‘girildi-da, tez-tez odim otib, janob de Renalning uyi tomon yurib
ketdi.
Biroq yigit o‘ziga o‘zi qancha dalda bermasin, merning uyiga yigir-
ma qadamcha qolganida uning dadilligidan nom-nishon ham qolmadi.
Panjarali cho‘yan eshik ochiq bo‘lib, Jyulenga u g‘oyat hashamdor
ko‘rindi. Ana shu eshikdan ichkari kirmoq lozim edi.
Lekin yigitning bu uyga qadam ranjida qilishidan yana bir odam-
ning yuragi uvishmoqda edi. Qandaydir begona odamning o‘z vazi-
fasiga ko‘ra doim u bilan bolalari o‘rtasida g‘ov bo‘lib turishi haqidagi
fikr tabiatan g‘oyat tortinchoq bo‘lmish de Renal xonimning ruhini
tushirib yuborgandi. Ayol o‘g‘illarining yonida, o‘z xonasida uxlashga
odatlanib qolgandi. Ertalab bolalarining karavotchasini tarbiyachi
34
uchun mo‘ljallangan xonaga tashib o‘tishar ekan, u ancha-muncha ko‘z
yoshi qilib oldi. U eridan hech bo‘lmasa kenja o‘g‘li Stanislav-Ksavyeni
o‘z oldida qoldirishni iltimos ham qilib ko‘rdi. Biroq janob de Renal
o‘z ahdida qat’iy edi.
Umuman ayollarga xos kuyunchaklik de Renal xonimning qal-
bida nihoyasiga yetgan edi. U hozirning o‘zidayoq faqat lotin tilini
bilgani va shu tilni deb uning o‘g‘illariga baqiradigan va ularni
savalaydigan paxmoqbosh to‘pori bir nusxani ko‘z oldiga keltirib
qo‘ygandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |