Qizil va qora indd


VIII Ajratib ko‘rsatuvchi tafovut



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

VIII

Ajratib ko‘rsatuvchi tafovut

– Bergan suving chanqog‘imni bosma yapti, – 

dedi tashnalikdan sillasi qurigan jin.

– Axir bu butun Diyorbakirdagi eng sovuq 

quduq-ku.

Pelliko.

Bir kuni Jyulen Sena sohilida joylashgan ajoyib Villeke amlokiga 

qilgan safaridan qaytib keldi. Janob de lya Mol bu amlokka alohida 

e’tibor berardi, zero bu uning yer-mulklar orasida bir vaqtlar mash-

hur Bonifatsiy de lya Molga qarashli bo‘lgan yagona joy edi. Yigit 

uyda hozirgina Giyer orollaridan qaytib kelgan markiza bilan uning 

qizini ko‘rdi.

Jyulen endi haqiqiy dendiga aylangandi va Parijda yashash san’ati-

ni yaxshigina egallab olgandi. U m-l de lya Molga nisbatan sovuq bir 

nazokat bilan muomala qilardi. Qiz uning otdan qanday yiqilganini 

so‘rab mazax qilgan uzoq o‘tmishni u butunlay xotirasidan o‘chirib 

tashlagandek tuyulardi.

M-l de lya Molga Jyulen ancha ulg‘ayib, rangi oqargandek ko‘rindi. 

Uning qomatida, o‘zini tutishida provinsiallikdan asar ham qolma-

gan edi; lekin gapirish odatida hali ham nimadir yetishmasdi: uning 

nutqida hamon me’yoridan ortiq jiddiylik va ijobiylik ko‘zga tashla-

nardi. Shunisi ham borki, ana shu oqilona xislatlari va mag‘rurligiga 

qaramay, yigitning nutqidan tobelik taassuroti tug‘ilmasdi, faqat 

uning hali ham ko‘p narsalarga e’tibor berishi sezilib turardi. Biroq 

uning so‘zidan qaytmaydigan odamlar toifasidan ekanligi yaqqol 

ko‘zga tashlanardi.

– Unga aql emas, erkinlik yetishmaydi, – dedi bir kuni m-l de lya 

Mol otasiga, u Jyulenga olib bergan orden xususida hazil qilar ekan. – 

Lekin akam sizdan bu ordenni bir yarim yildan buyon so‘rab kelardi. 

Axir u de lya Mol-ku!..

– Ha, lekin Jyulen kutilmaganda o‘zini ko‘rsatib qolishi mumkin. 

Siz aytgan de lya Mol esa hech qachon bunday qila olmagan.

Gersog de Retsning kelgani haqida xabar qilishdi.




314

Matildani birdan qattiq esnoq tutdi, qiz uni ko‘rgan zahoti ko‘z 

oldida zarhal yugurtirilgan o‘sha ko‘hna mebellar, otasining meh-

monxonasiga kanda qilmay kelib turuvchi o‘sha mehmonlar gavdala-

nardi. Shundan so‘ng u o‘zi uchun Parijda yana boshlanajak o‘lguday 

zerikarli hayotni tasavvur qildi. Bo‘lmasam Giyer orollarida u Parijni 

sog‘ingan edi-ya!

«Axir endigina o‘n to‘qqiz yoshga kirdim! – deya o‘ylardi u. – Zarhal 

jildli manovi eski-tuski fikrlar majmuasida aytilganidek, eng baxtli 

palla bu». Qiz Provansga sayohatga ketgan payti mehmonxonaning 

marmar tokchasida yig‘ilib qolgan yap-yangi sakson tom she’rlar 

to‘plamiga nigoh tashladi. Baxtga qarshi, qiz barcha bu de Kruaz-

nua, de Kaylyus, de Lyuz kabi janoblar va boshqa do‘stlaridan ancha 

aqlliroq edi. U do‘stlari unga Provansning lojuvard osmoni, poeziya, 

jannatmakon janub va hokazo, va hokazolar haqda aytadigan barcha 

gaplarni juda yaxshi tasavvur qilardi.

Uning behad zerikish va bundan ham battarrog‘i, quvonchliroq 

biror narsa topishdan butunlay umidsizlik aks etgan shahlo ko‘zlari 

Jyulenga qadaldi. Bu yigit har qalay boshqalardan xiyol farq qilib 

turardi.


– Janob Sorel, – dedi u bo‘g‘iqroq tovush bilan betoqat ohangda 

(odatda kiborlar jamiyatiga mansub yosh ayollar shunday ohangda 

gapirishadi va bunda ayollik latofatidan asar ham bo‘lmaydi). – Janob 

Sorel, siz bugun kechqurun janob de Retsnikida bo‘ladigan balga 

borasizmi?

– Mademuazel, men janob gersog bilan tanishish sharafiga muyas-

sar bo‘lmaganman (bu so‘zlar va bu unvon provinsiyalik bu takabbur 

yigitning og‘zini yirtayotgandek tuyulardi).

– U akamga sizni balga olib borishni topshirgan. Gap shundaki, 

agar siz balga borsangiz, Villekedagi o‘sha amlokimiz haqida menga 

batafsil gapirib bergan bo‘lardingiz: biz, bahorda u yerga borsak-

mikin, deb o‘ylab yuribmiz. Men o‘sha qasr yashash uchun yaroqli 

yoki yaroqli emasligini bilmoqchiman. Keyin uning atroflarini juda 

xushmanzara deyishadi, shu gap rostmi? Axir ko‘pincha o‘rinsiz ham 

maqtashadi-ku.

Jyulen javob bermadi.

– Akam bilan balga boring, – deya qo‘shimcha qildi qiz sovuqqina 

ohangda.



315

Jyulen ehtirom bilan ta’zim qildi. «Demak, hatto balda ham 

men bu oilaning barcha a’zolariga hisobot berib turmog‘im lozim 

ekan. Biroq menga ularning ishlarini boshqarishim uchun ham haq 

to‘lashadi». Jahl ustida u yana shularni o‘yladi: «Xudo bilsin, ehtimol 

qiziga otasi, akasi va onasining rejalariga to‘g‘ri kelmaydigan biror 

gap aytib, qovun tushirib qo‘yarman. Axir mustabid hokimning 

saroyi-ku bu yer. Bu yerda mutlaqo hech narsaga arzimaydigan 

odam bo‘lishlik, shu bilan birga, birovning shikoyat qilishiga o‘rin 

qoldirmaslik kerak».

«Baland bo‘yli bu oyimcha menga sira yoqmadi-yoqmadi-da, – 

deya xayolidan o‘tkazdi u onasi qandaydir dugonalariga tanishtirmoq-

chi bo‘lib chaqirib qolgan m-l de lya Molning ortidan qarab qolar ekan. 

– Har qanday modani orqada qoldirib ketishga urinishini aytmay-

sizmi: ko‘ylagi yelkasidan sirg‘alib tushay deydi... Rangi bo‘lsa sayo-

hatdan so‘ng yanada oqarib ketibdi... Sochini aytmaysizmi, oqligidan 

shu qadar rangsizki... shaffof deyish mumkin... Salomlashayotganida 

nigohlaridagi dimog‘-firog‘iga o‘laymi, shohona xatti-harakatlaridan 

o‘rgildim bu oyimtillaning!» M-l de lya Mol mehmonxonadan chiqib 

ketayotgan akasini yoniga chaqirdi.

Shundan so‘ng graf Norber Jyulenning yoniga keldi.

– Azizim Sorel, – dedi u yigitga, – janob de Retsnikidagi balga birga 

bormoq uchun sizni yarim kechada qayerdan topsam bo‘ladi? U sizni 

albatta olib kelishni menga topshirdi.

– Bunday buyuk iltifot uchun kimdan minnatdor bo‘lmoq lozimli-

gini juda yaxshi bilaman, – deya javob qildi Jyulen boshi yerga tek-

kudek bukilib ta’zim qilar ekan.

Norberning muloyim va, hatto, mehribonlik bilan aytgan bu gapi 

kayfiyati buzilib turgan Jyulenga aybsitish uchun o‘rin qoldirmadi, 

shu boisdan u samimiyat bilan aytilgan bu taklifga o‘zining bergan 

javobidan zardasi qaynadi. Unga o‘z javobida qandaydir pastkashlik 

bordek tuyuldi.

Kechqurun balga borgach, yigit de Rets saroyining favqulodda 

serhashamligiga qoyil qoldi. Ekipajlar kirib kelayotgan hovli o‘tovga 

o‘xshardi; uning tepasiga zarhal gulli ulkan qirmizi chodir tortilgandi; 

bu juda ajoyib edi. Chodir ostidagi butun hovli esa apelsin daraxtlari va 

gullab turgan tolguldan iborat haqiqiy o‘rmonga aylantirilgan edi. Bu 

daraxtlar o‘sgan katta tuvaklar juda chuqur ko‘milganidan daraxtlar 




316

xuddi yerdan o‘sib chiqqandek ko‘rinardi. Ekipajlar kirib kelayotgan 

yo‘lga esa qum sepib qo‘yilgan edi.

Bularning bari bizning qahramonimizga chindan ham juda ajoyib 

ko‘rindi. Yigit bunday hashamatni yetti uxlab tushida ham ko‘rmagan 

edi. Hang-mang bo‘lganidan butunlay ochilib ketdi. Ular balga kelishar 

ekan, karetada Norber ochilib-sochilib o‘tirardi, Jyulenning esa ichiga 

chiroq yoqsa yorishmasdi, biroq hovliga kirib kelishlari bilanoq, ular 

o‘rin almashgandek bo‘lishdi.

Norberning e’tiborini asosan bu hashamat ichra yo‘l qo‘yilgan 

qandaydir nuqsonlar o‘ziga tortmoqda edi. U har bir itining bahosini 

o‘zicha chamalab ko‘rar va umumiy yakun oshib borgan sayin dilini 

hasadga o‘xshash bir tuyg‘u kemirib, zardasini qaynatayotganini 

Jyulen ko‘rib turar edi.

Maftun bo‘lgan, qoyil qolgan va bu kuchli taassurotlardan xiyol 

dovdiragan Jyulen bu orada mehmonlar raqs boshlab yuborgan 

birinchi zalga kirdi. Barcha ikkinchi zal eshigi tomon intilayotgan 

bo‘lib, u yerda shu qadar ko‘p odam to‘planib qolganidan ichkari 

kirib bo‘lmasdi. Bu ikkinchi zal Algambra Grenadskaya uslubida 

yasatilgan edi.

– Balning malikasi! Bunga sira ham shubha qilmasa bo‘ladi, – dedi 

yelkasi Jyulenning ko‘kragiga ancha qattiq tiralib turgan qandaydir 

mo‘ylovdor yigit.

– Butun qish davomida eng sohibjamol qiz hisoblanib kelgan 

mademuazel Furmon, – deya javob qildi unga qo‘shnisi, – ikkinchi 

o‘ringa o‘tib qolayotganini sezyapti shekilli. Qaragin-a, ko‘rinishi 

juda g‘alati.

– Hammaga yoqish uchun harakat qilyapti. Kadrilga tushayot-

ganidagi manovi tabassumning go‘zalligini qara. Azbaroyi Xudo, 

bunaqasi bo‘lmagan.

– Mademuazel de lya Mol esa o‘zi juda yaxshi payqab turgan bu 

g‘alabadan xursandligini sezdirmaydi ham. Xuddi suhbatdoshiga 

yoqib qolishidan cho‘chiyapti, deysiz.

– Ajoyib! Chinakam maftun qilish bu.

Jyulen o‘sha sohibjamolni ko‘raman, deb behuda ovora bo‘ldi. 

Undan bo‘yi ancha balandroq bo‘lgan yetti-sakkizta erkak yigitdan 

qizni to‘sib turishardi.

– Bu olijanob sipolikda ham o‘ziga xos noz-u karashma bor, – deya 

gap qotdi mo‘ylovdor yigit.



317

– Manovi shahlo ko‘zlarni aytmaysizmi, mana hozir dilidagini 

bildirib qo‘yadi, deb turgan paytda sekingina pastga qarab olyapti, – 

deb gapni ilib ketdi uning yonidagi yigit. – Yo‘q, azbaroyi Xudo, bunaqa 

ishvani tasavvur ham qilolmaysiz.

– Ofatijon Matildaga kim munosib bo‘larkin? – dedi birinchi yigit. – 

Agar kelishgan, xushro‘y, aqlli, urushda qahramonlik ko‘rsatgan va, shu 

bilan birga, yoshi yigirmadan oshmagan bironta shahzoda munosib 

bo‘lmasa, boshqa odamning teng kelishi qiyin.

– Rus imperatorining nikohsiz xotindan tug‘ilgan o‘g‘li chiqib 

qolar. Uni bunday nikohga munosib qilmoq uchun esa shavkatli 

knyaz darajasiga ko‘tarishsa ham ajab emas. Yoki, ehtimol... anavi 

graf Taler munosib bo‘lar, to‘g‘ri, u yaxshi kiyinib olgan mujikka 

o‘xshab ketadi...

Eshik oldi biroz bo‘shab, Jyulen ichkari kirishga muvaffaq bo‘ldi.

«Agar u manovi oliftalarga shu qadar go‘zal ko‘ringan ekan, u 

holda erinmay, unga yaxshilab razm solmoq kerak, – deya xayolidan 

o‘tkazdi u. – Hech bo‘lmaganda, bu odamlar uchun bekam-u ko‘st 

go‘zallik nimadan iboratligini bilib olaman-ku».

U qizni izlab atrofga ko‘z yugurta boshlagan edi, shu tobda 

Matildaning o‘ziga qarab turganini sezib qoldi. «Vazifalarim meni 

chorlayapti», – dedi o‘ziga Jyulen; u garchi shunday degan bo‘lsa-da, 

lekin dilida sira ham o‘kinch his etmadi. Sinchkovlik uni mamnuniyat 

bilan oldinga intilishga undardi, Matildaning ochiq yelkalari esa bir 

zumda uni battar quvontirib yubordiki, ochig‘ini aytganda, bu hol 

uning nafsoniyatiga birmuncha qattiq tegardi.

«Uning husni, – deya xayolidan o‘tkazdi yigit, – bu – yoshlikning 

go‘zalligi». Besh-olti yigit u bilan qizning o‘rtasida g‘ov bo‘lib turi-

shardi. Jyulen bu yigitlar orasida hozirgina eshik oldida suhbatlashib 

turgan anavi oliftalarni ham ko‘rdi.

– Siz, taqsir, butun qishni shu yerda o‘tkazgansiz, – dedi qiz unga, 

– butun mavsum davomidagi eng ajoyib bal bugun bo‘lyapti, shunday 

emasmi?

Jyulen javob qilmay turaverdi.

– Kulonning manovi kadrili, menimcha, g‘oyat ajoyib chiqibdi, 

xonimlarimiz ham bu musiqaga juda chiroyli raqs tushishyapti.

Anavi yigitlar Matilda zo‘r berib gapga solayotgan baxtiyor 

odamning kimligini bilmoqchi bo‘lib u tomon o‘girilib qarashdi. Biroq 

Jyulenning bergan javobi birmuncha betakalluf edi.



318

– Bu sohada hakamlik qilishim qiyin bo‘lsa kerak, mademuazel. 

Men umrimni yozuv stoli yonida o‘tkazaman. Bunday ajoyib balda 

birinchi marta bo‘lishim.

Mo‘ylovli yigitlar ochiqdan-ochiq ajablanib qolishgandi.

– Siz donishmandsiz, janob Sorel, – deya javob qildi qiz birmuncha 

jonlangan tovush bilan. – Siz barcha bu ballar, barcha bu bayramlarga 

faylasuf nazari bilan, Jan-Jak Russo ko‘zi bilan qaraysiz. Bu tentakliklar 

sizni hayratga soladi, lekin aslo o‘ziga maftun etmaydi.

Bu jumladagi bitta so‘z birdan Jyulenning ruhini so‘ndirib, 

 uning dilidagi barcha shirin xayollarni quvib yubordi. Uning labla-

rida nafratomuz tabassum jilvalandiki, ehtimol, u ataylab shunday  

qilgandir.

– Jan-Jak Russo, – deya javob qildi u, – menimcha, kiborlar jamiyati 

haqida fikr yuritganda, shunchaki bir tentak edi. U kiborlar jamiya-

tini tushunmasdi va amal tegib qolgan malay kabi shu jamiyat sari 

intilardi.

– U «Jamoat mushohadasi»ni yozgan axir, – dedi Matilda alohida 

bir ixlos bilan.

– Respublikani targ‘ib qilib, mustabidlarni taxtdan qulatishni 

yoqlar ekan, bu odam bironta gersog tushlikdan so‘ng sayr qilishdan 

voz kechib, uning do‘stlaridan birontasini kuzatib qo‘ysa, xursand 

bo‘lganidan boshi osmonga yetardi.

– Ha, tushundim: siz Monmoransida Kuende ismli bir janobni Parij 

yo‘liga qadar kuzatib qo‘ygan gersog Lyuksemburgskiyni nazarda 

tutyapsiz... – deya gapni ilib ketdi m-l de lya Mol o‘zini shunday allo-

ma ko‘rsatish imkoniyati tug‘ilganidan yuragi zavqqa to‘lib. U, qirol 

Feretriyning mavjud bo‘lganini ixtiro qilgan akademik yanglig‘ o‘z 

bilimlaridan behad huzur qilmoqda edi. Jyulen hamon qizga sovuq 

bir nazar bilan qarab turardi. Matilda chinakamiga ilhomlanib ket-

di: suhbatdoshining bunday iltifotsizligidan u mutlaqo esankirab 

qolgan edi. Uni eng hayratga solgan narsa shu bo‘ldiki, odatda shu 

paytga qadar odamlarda uning o‘zi shunday taassurot qoldirardi. Bu 

orada markiz de Kruaznua tirband bo‘lib turgan odamlar orasidan 

shosha-pisha m-l de lya Mol tomon o‘tib kelmoqda edi. U qizga uch 

qadam qolganida odamlar orasidan o‘ta olmay to‘xtab qoldi. Markiz 

shunday tiqilinchga tushib qolganidan kulganicha qizga qarab turar-

di. Uning yonida Matildaning xolavachchasi – yoshgina markiza de 

Ruvre paydo bo‘ldi. U bundan bor-yo‘g‘i ikki hafta burun turmushga 



319

chiqqan bo‘lib, hozir erining qo‘liga tayanib turardi. Hali yoshgina 

yigit bo‘lmish markiz de Ruvre o‘z xotiniga oshiqi beqaror ediki, odat-

da notariuslar bilan kelishilgan va reja bilan, pishiq-puxta o‘ylanib 

tuzilgan nikohdan so‘ng, kutilmaganda xotini siymosida ajoyib bir 

mahbubani ko‘rgan odam shunday ahvolga tushadi. Janob de Ruvre 

juda munkillab qolgan amakisining o‘limidan so‘ng gersoglik unvoniga 

ega bo‘lmog‘i lozim edi.

Markiz de Kruaznua tiqilinchdan uning yoniga o‘tolmay, Matildaga 

jilmayib qarab turar ekan, qiz o‘zining osmon singari moviy shahlo 

ko‘zlarini markiz bilan uning yonidagi odamlarga tikdi. «Dunyoda 

shu yig‘indan ham bema’niroq narsa bormikan o‘zi! Mana menga 

uylanmoqchi bo‘lib yurgan Kruaznuani olaylik: u muloyim, boadab 

yigit, o‘zini anavi janob de Ruvrega o‘xshab juda yaxshi tutadi. Agar 

ularning butun afti angoridan ufurib turgan manovi ziqlikni aytma-

sangiz, juda dilkash odamlar bo‘lardi bu janoblar barchasi. Keyin 

ham men bilan shunday ballarga boradi va o‘shanda ham o‘ziga 

shunday bino qo‘ygan bo‘ladi. To‘ydan so‘ng bir yil o‘tgach, mening 

otlarim, mening sarpolarim, Parijdan sakson-to‘qson chaqirim na-

ridagi mening qasrim – bularning hammasi shu qadar bekam-ko‘st 

bo‘ladiki, armoning qolmaydi, grafinya de Ruavilga o‘xshash bironta 

amal tegib qolgan tagi past esa bularni ko‘rib, hasaddan yorilib o‘lay 

deydi! Xo‘sh, keyin-chi...»

Matilda shularni o‘ylab hozirning o‘zidanoq siqila boshlardi. 

Markiz de Kruaznua, nihoyat, bir amallab odamlar orasidan o‘tdi-da, 

uning oldiga kelib, allanima haqida gapira boshladi, biroq qiz o‘z xayoli 

bilan bo‘lib, uning gapiga quloq solmasdi. Markizning so‘zlari balning 

g‘ala-g‘ovuriga qo‘shilib, uning qulog‘iga kirmasdi. Qiz hurmat bilan 

ta’zim qilganicha, lekin mag‘rur va norozi bir qiyofada undan uzoq-

lashib borayotgan Jyulenni beixtiyor kuzatib turardi. Zalning narigi 

burchagida, uyoqdan-buyoqqa yurayotgan odamlardan bir chetda u 

graf Altamirani ko‘rib qoldiki, bu odam o‘z vatanida o‘limga hukm 

qilingan edi, – kitobxon uni taniydi. Lyudovik XIV hukmronlik qilgan 

paytda uning qarindoshlaridan biri shahzoda Kontining xotini bo‘lgan 

ekan, bu hol ma’lum darajada uni iezuitlarning maxfiy politsiyasidan 

muhofaza qilib turardi.

«Chamasi, faqat o‘lim jazosigina insonni ajratib ko‘rsatarkan, – 

deya xayolidan o‘tkazdi Matilda. – Sotib olmoq mumkin bo‘lmagan 

yagona narsa shu bo‘lsa kerak».



320

«Bu gapni yaxshi o‘ylab topdim! Afsus, bu fikr suhbat chog‘i, 

odamlarni qoyil qoldirishim mumkin bo‘lgan paytda xayolimga 

kelmadi-da». Matildaning didi yuksak edi: ilgaridan o‘ylab qo‘yil-

gan o‘tkir so‘zni aytmoq uning hatto xayoliga ham kelmasdi. Lekin 

u anchagina shuhratparast edi, shu boisdan ham hozir o‘ziga-o‘zi 

qoyil qoldi. Uning yuzi quvonchdan yorishib, chehrasidagi zerikish 

ifodasi g‘oyib bo‘ldi. Boyadan beri tinmay gapirayotgan markiz de 

Kruaznua muvaffaqiyatdan boshi osmonga yetib, suxandonlikka 

yana ham zo‘r berdi.

«Tirnoq orasidan kir qidiruvchi bironta odam bu fikrimga qar-

shi nimayam ayta olardi? – deya mulohaza yuritardi Matilda. – men 

o‘sha tanqidchiga shunday degan bo‘lardim: baronlik unvonini ham, 

vikontlik unvonini ham sotib olish mumkin, ordenlar esa shunday 

ham berilaveradi, akam kechagina orden oldi, lekin nima karomat 

ko‘rsatdi u? Mansabga erishish ham qiyin emas – garnizonda o‘n yil 

xizmat qilinsa yoki harbiy ministrga qarindosh bo‘linsa bas, qarabsiz-

ki, Norberga o‘xshab eskadron komandiri bo‘lib turibsiz. Katta davlat 

deysizmi? Bunisi endi qiyinroq, demak faxrliroq bo‘lsa kerak. Juda 

qiziq bo‘ldi-ku, kitoblarda aytilganining naq teskarisi bo‘lib chiqyapti. 

Lekin, oxir-oqibatda, odam boylikka erishmoq uchun Rotshildning 

qiziga uylanishi mumkin».

«Yo‘q, chindan ham bu fikrimda jon bor. O‘lim hukmi, bu – hozircha 

odamlar intilmaydigan yagona narsa».

– Siz graf Altamirani taniysizmi? – deya so‘radi u janob de Kruaz-

nuadan.


Qizning yuzidan uning hozirgina hushiga kelgani sezilib turar 

va bergan savoli boyaqish markiz besh daqiqadan beri jon kuydirib 

hikoya qilayotgan narsalarga shu qadar mos tushmas ediki, janob de 

Kruaznua birmuncha esankirab qoldi. Shu tobda uning nazokati ham 

yordam bermadi. Bo‘lmasam u o‘tkir aqli bilan shuhrat qozongan 

juda topqir odam edi.

«Matilda – g‘alati qiz, – deya xayolidan o‘tkazdi u, – bu ancha 

noqulay, albatta, lekin unga uylangan odam jamiyatda juda katta 

obro‘ qozonadi! Markiz de lya Mol bunga qanday erishayotganini 

bilmayman-u, ammo u har bir partiyadagi eng munosib va nufuzli 

kishilar bilan bog‘liq, bu odam doim hammaning diqqat markazida 

bo‘ladi. Lekin, ehtimol, bu g‘alatilik tufayli Matilda tabiati o‘zgacha 

qiz sifatida shuhrat qozonar. Odam nasl-nasabi yuksak va badavlat 



321

bo‘lganida esa originallik kulgili bo‘lmay qoladi, ana shunda u ajoyib 

ayol bo‘ladi! Agar o‘zi istasa bas, aql, xarakter va o‘ta topqirlikning bu 

birikmasi unga beqiyos dilbarlik baxsh etishi mumkin...» Bir vaqtning 

o‘zida ikki ishni yaxshi bajarish ancha mushkul narsa bo‘lgani tufayli, 

markiz Matildaga parishon tikilar ekan, xuddi yodlab olgan darsni 

javob bergandek qilib dedi:

– Bechora Altamirani kim ham tanimaydi deysiz? – So‘ngra u mu-

vaffaqiyatsizlikka uchragan o‘sha kulgili va bema’ni fitnaning tarixini 

hikoya qila boshladi.

– Chindanam juda bema’ni bo‘lgan ekan! – deya xuddi o‘zi bilan 

o‘zi so‘zlashgandek javob qildi Matilda. – Lekin u nimadir qilgan 

ekan-ku. Men haqiqiy insonni ko‘rmoqchiman, uni bu yoqqa chaqirib 

keling, – dedi u qattiq ranjigan markizga qarab.

Graf Altamira takabbur va birmuncha shiddatli m-l de lya Molning 

ochiqdan-ochiq muxlislaridan biri edi: qizni u Parij go‘zallarining 

oldi deb hisoblardi.

– U toj-u taxtga juda yarashgan bo‘lardi-da! – dedi u markiz de 

Kruaznuaga, uning ortidan bajonidil yurar ekan.

Kiborlar jamiyatiga mansub ko‘pgina odamlar XIX asrda fitna, 

bu – o‘ta axloqsizlik deb hisoblaydilar, bundan yakobinchilikning 

isi kelar ekan. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan yakobinchidan ham 

jirkanchliroq kimsa bormikin o‘zi?

Matilda janob de Kruaznuaga qarab-qarab qo‘yganicha Altami-

raning liberalligidan kulayotgan bo‘lsa-da, biroq uning gaplariga 

bajonidil kuloq solmoqda edi.

«Baldagi fitnachi – qanday ajoyib kontrast», deya o‘ylardi qiz, 

qop-qora mo‘ylovlari dikkayib turgan Altamira unga dam olayot-

gan sherni eslatardi; biroq tez orada qiz uning fikr-xayoli faqat bir 

narsada: foyda hamda foydali narsalarni ko‘kka ko‘tarishda ekanini 

payqab qoldi.

Yosh graf dunyoda uning mamlakatiga ikki palatali hukumat 

tizimi o‘rnatishga nafi tegadigan ishlardan bo‘lak hech nimani tan 

olmasdi. U zalga kirib kelayotgan perulik generalni ko‘rgan zahoti 

baldagi eng go‘zal qiz bo‘lmish Matildani bajonidil tark etdi. Met-

ternix o‘z tartibini o‘rnatgan Yevropadan umidini uzgach, bechora 

Altamira, Janubiy Amerika mamlakatlari kuchga kirib, qudratga ega 

bo‘lishgach, Mirabo ularga bergan ozodlikni Yevropaga qaytaradigan 

kelajakka umid bog‘lab, o‘ziga-o‘zi tasalli berishga majbur bo‘lgan edi.



322

Matildani mo‘ylov qo‘ygan yigitlar o‘rab olishdi. Qiz Altamirani 

o‘ziga rom qila olmaganini juda yaxshi tushunar va uning ketib qol-

ganidan afsuslanardi. Matilda u perulik general bilan suhbatlasha 

boshlagach, qop-qora ko‘zlari qanday yonib ketganini yaqqol ko‘rdi. 

M-l de lya Mol yosh fransuzlarni shu qadar bir jiddiylik bilan ko‘zdan 

kechirardiki, bunday qarash uning raqibalaridan birontasining ham 

qo‘lidan kelmasdi. «Xo‘sh, bu yigitlardan qaysi biri, – deya o‘ylardi 

u, – hatto eng qulay vaziyat yuzaga kelgan taqdirda ham o‘lim jazo-

siga erisha olarkin?»

Uning g‘alati nigohi tentaklarga yoqimli bo‘lib tuyular, lekin 

ko‘pchilik qizning bu qarashidan allanechuk bo‘lib ketardi. Ular Matil-

daning hozir biror qochiriq gap aytib qolishidan va bunga o‘zlarining 

nima deb javob berishni bilmay qolishlaridan cho‘chishardi.

«Oliynasab insonga ming xil fazilatlar ato etadikim, agar shular 

bo‘lmaganida nafsoniyatim tinimsiz aziyat chekib yurgan bo‘lar-

di – men buni Jyulenning timsolida ko‘ryapman, – deya o‘ylardi 

Matilda, – biroq u insonda o‘lim jazosiga mahkum qiluvchi xis-

latlarni yo‘q qilib yuborar ekan». Shu payt uning ortida allakim 

qiziq bir gap aytdi: «Axir bu graf Altamira shahzoda San-Naza-

ro Pimentalning ikkinchi o‘g‘li bo‘ladi. Uning ajdodi Pimental 

1268-yilda boshi tanidan judo qilingan. Konradinni qutqarmoq-

chi bo‘lgan. Bu Neapoldagi eng qadimiy asilzoda oilalardan biri  

bo‘ladi».

«Mana, – deya xayolidan o‘tkazdi Matilda, – nazariyamning ajoyib 

isboti: oliynasab kishining irodasini zaiflashtirib qo‘yadi, busiz esa 

inson o‘lim jazosiga munosib ish qila olmaydi!.. Yo‘q, chamasi, bu-

gun men faqat bema’ni gaplar aytishga qodirman shekilli. Shunday 

qilib, hamma qatori oddiy bir ayol ekanman, nimayam qilardim, 

raqs tushishga to‘g‘ri keladi». Shundan so‘ng u bir soatdan beri uni 

galopga taklif qilayotgan markiz de Kruaznuaning iltimosini qondir-

di. Faylasuflik qilishga urinishi muvaffaqiyatsiz chiqqanini unutmoq 

uchun Matilda jozibador bo‘lishga qaror qildi. Janob de Kruaznuaning 

boshi osmonda edi.

Biroq raqslar ham, saroydagi eng chiroyli yigitlardan birini o‘ziga 

maftun etish istagi ham – xullas, hech nima Matildaning ko‘nglini 

xush eta olmadi. U barchani o‘ziga qaratib qo‘ygandi. U bal malikasi 

edi, buni o‘zi ham yaxshi tushunardi, biroq bunga butunlay befarq 

qarardi.



323

«Manovi Kruaznua kabi odam bilan hayotim naqadar bema’ni 

kechadi, – derdi qiz o‘ziga bir soatdan so‘ng, markiz uni kreslo tomon 

boshlab borar ekan. – Agar olti oy qishloqda yashagandan keyin 

ham, – deya ma’yuslik bilan o‘yladi qiz. – Parijdagi barcha ayollar 

hasad bilan orzu qiladigan shu baldaki quvona olmasam, u holda men 

uchun quvonchning o‘zi nimadan iborat? Axir bu saralangan jamiyat 

orasida juda katta muvaffaqiyatga erishdim, bilaman, bundan yaxshi-

roq jamiyatni tasavvur qilishning o‘zi qiyin. Burjualardan bu yerda, 

ehtimol, bir necha per va Jyulenga o‘xshagan bitta-ikkita odam bor, 

xolos. Buni qarangki, – deya endi butunlay ma’yus holda qo‘shimcha 

qildi qiz, – taqdir menga hamma narsani – shuhrat, davlat, yoshlikni 

in’om qilgan-u, lekin baxt bermagan.

Mening barcha fazilatlarim ichida, chamasi, eng shubhalilari 

bugun kuni bilan menga ta’kidlashayotganlari bo‘lsa kerak. Ma-

salan, aqlim bobida shubhalanmasam ham bo‘ladi, zero bu xislatim 

barchani vahimaga solyapti. Bironta jiddiyroq mavzuga til tegizsam 

bormi, besh daqiqa o‘tmasdanoq ularning tinkalari quriydi va xuddi 

buyuk bir kashfiyot qilgan odamdek, men bir yildan beri gapirayot-

gan gapni takrorlay boshlashadi. Men chiroyliman – shunday husnga 

ega bo‘lmoq uchun de Stal xonim hech nimani ayamagan bo‘lardi, 

lekin zerikkanimdan yuragim tars yorilay deyapti. Xo‘sh, markiza de 

Kruaz nua bo‘lib olganimdan keyin xiyol bo‘lsa-da kamroq zerikaman, 

deyishga menda biror asos bormi?»

«Lekin, yo Parvardigor! – deya qo‘shimcha qildi u yig‘lagudek 

bo‘lib. – Axir u ajoyib yigit-ku. Bizning asrimizda uni boadablik tim-

soli desa bo‘ladi! Sizga ko‘zi tushishi bilanoq albatta bironta shirin 

gap aytadi. O‘zi ham ancha farosatli. Jasurligini aytmaysizmi... Lekin 

anavi Sorel buncha g‘alati bo‘lmasa, – deya xayolidan o‘tkazdi qiz va 

yuzidagi zerikish ifodasi g‘azab bilan almashindi. – Siz bilan gaplash-

moqchiman, deb aytgan edim-ku unga, u bo‘lsa qorasini ham ko‘rsat- 

maydi!»



324


Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish