XIII
F i t n a
Agar yuragida hech bo‘lmaganda alanganing
uchquni bo‘lsa, xayol qilish iqtidori bo‘lgan odam
uchun chala-chulpa eshitilgan gaplar, tasodifiy
uchrashuvlar ham rad qilib bo‘lmaydigan dalilga
aylanadi.
Shiller.
Ertasi kuni u yana Norber bilan singlisining o‘zi haqida gaplashib
turishgani ustidan chiqdi. Ular Jyulenni ko‘rishlari bilanoq xuddi
kechagidek butunlay jimib qolishdi. Endi uning shubha-gumonla-
rini hech nima to‘xtata olmasdi. Shunday qilib, demak, bu ajoyib
yigitlar uni kalaka qilishmoqchi bo‘lishibdi-da? «To‘g‘risini aytsam,
mademuazel de lya Molning mendek arzimas bir kotibni sevib qo-
lishiga qaraganda bunga ko‘proq ishonsa bo‘ladi va shunday bo‘lishi
354
tabiiyroqdir. Ehtiros bilan sevish bu odamlarning qo‘lidan kelarmidi,
deysiz? Makkorlik – mana bu odamlarning kasb-kori. Ular suhbat
chog‘i hammaning e’tiborini o‘zimga qaratish qobiliyatimni ko‘risha
olmaydi. Hasad qilish – mana ularning zaif joyi. Shunday qilib ham-
masi aniq ko‘rinib turibdi. Mademuazel de lya Mol o‘z qallig‘i oldida
meni kulgi qilish uchungina o‘zini menga mayli bordek ko‘rsatmoqchi
bo‘lib yuribdi».
Bu dahshatli gumon Jyulenning ahvoli ruhiyasini keskin o‘zgartirib
yubordi. U yigitning qalbida endigina tug‘ilib kelayotgan muhabbatni
bo‘g‘ib qo‘ydi. Axir bu sevgi faqat Matildaning beqiyos husni yoki
hatto to‘g‘rirog‘i, uning sarv qomati, uning zeb-u ziynatli liboslari
tufayli tug‘ilib kelayotgan edi. Jyulen esa bu jihatdan hali juda go‘l edi.
O‘z aqli bilan jamiyatning yuqori tabaqasiga ko‘tarilgan oddiy odam
hammasidan ham ko‘proq go‘zal oqsuyak ayolni ko‘rganida lol qoldi,
deb bejiz aytishmagan-ku axir. Har qalay Jyulenni shu bir necha kun
ichida orzu-xayollarga garq etgan narsa Matildaning ruhiy fazilatlari
emasdi, albatta. Yigit o‘ziga yarasha aql-idrokka ega bo‘lib, qizning
ruhiy xislatlari haqida hech qanday tasavvurga ega emasligini juda
yaxshi tushunardi. U kuzatish imkoniga ega bo‘lgan barcha narsalar
shunchaki zohirdagina shunday bo‘lishi mumkin edi.
Mana, masalan, Matilda yakshanba kunlari peshingi ibodatni sira
kanda qilmas, u har gal onasi bilan birga cherkovga borardi. Agar de
lya Mol xonadonining mehmonxonasida bironta mehmon ehtiyotsiz-
likka yo‘l qo‘yib, qayerda o‘tirganini unutsa va taxt yoki cherkovning
chinakam yoki taxminiy manfaatlariga tegizib xiyol qochiriq qilishga
jur’at etsa bormi, Matildaning qayofasida darhol sovuq bir ifoda paydo
bo‘lardi. Odatda juda sho‘x qaraydigan ko‘zlari esa daf’atan qadimgi
portretdagi kabi ehtirossiz kibr-havo bilan boqardi.
Biroq Jyulen qizning xonasida doim Volterning eng falsafiy asarla-
ridan bir-ikki jildi yotishini aniq bilardi. Uning o‘zi ham ko‘pincha ajo-
yib muqovalangan bu ko‘rkam nashrning bir necha jildini hech kimga
bildirmay o‘z xonasiga olib ketar edi. U javonda qolgan jildlarning
orasini sal ochib, o‘zi olgan kitoblarning o‘rnini bilintirmay qo‘yardi,
lekin tez orada u Volter asarlarini yana kimdir olib turishini payqab
qoldi. Shundan so‘ng u, seminariyada o‘rgangan hiylasini ishlatdi va
o‘zining taxmin qilishicha m-l de lya Molni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan
kitoblarga bir necha soch tolasini yopishtirib qo‘ydi. Chindan ham bu
kitoblar haftalar davomida ko‘rinmay qoldi.
355
O‘z sahobining har xil soxta memuarlarni yuborishidan toqati
toq bo‘lgan janob de lya Mol Jyulenga sal qiziqroq bo‘lgan bar-
cha yangi kitoblarni sotib olishni topshirgandi. Biroq bu og‘u
uydagilarning ongini zaharlamasligi uchun kotibga bu kitoblarni
markizning o‘z xonasidagi kitob javoniga qo‘yish buyurilgan edi.
Tez orada Jyulen bu kitoblar orasida podshohlik yoki cherkov man-
faatlariga xiyol bo‘lsa-da, qarshi yozilgan asarlar uchrashi bilanoq,
ularning darhol g‘oyib bo‘lishiga ishonch hosil qildi. Ularni Norber
o‘qimasligi aniq edi.
Jyulen Matildani Makkiavelli kabi ikkiyuzlamachilikda shubha
qilib, bu kashfiyotning ahamiyatini ancha mubolag‘a bilan tasavvur
etardi. U xayol qilgan bu makkorlik, uning nazarida, qizga qandaydir
joziba baxsh etardi. Bu, chamasi, Matildaning yigitni o‘ziga maftun
etgan yagona ruhiy xislati edi. Munofiqlik va oxirat haqidagi o‘lguday
me’dasiga urgan gaplar – uning mubolag‘a qilishiga sabab bo‘lgan edi.
U, chamasi, sevishdan ham ko‘ra ko‘proq xayol surishga moyil edi.
Yigit orzularga berilib, m-l de lya Molning bejirim qaddi-qomati,
uning ko‘rkam liboslari, oppoq qo‘llari, ajoyib yelkasi, xatti-haraka-
tining tabiiy latofatini ko‘z oldiga keltirgan paytdagina o‘zini oshiq
his etardi. Shundan so‘ng u qizning jozibasini bo‘rttirish niyatida uni
o‘zicha Yekaterina Medichi deb faraz qilardi. Shunda u ko‘zi o‘ngida
qizni har qanday makr-hiyla va yovuzlikdan qaytmaydinan, aql bovar
qilmas bir kimsa sifatida gavdalantirardi. Bu o‘zi yoshlik qilib, qoyil
qolib yurgan maslonlar, frilerlar, kastanedlarning mukammal namu-
nasi edi. Xullas, yigit uchun bu Parij timsoli edi.
Aql bovar qilmaydigan teranlik va yovuzlik – parijliklar tabiatini
bundan tasavvur etishdan ham kulgiliroq narsa bormikin o‘zi?
«Bular uchovlashib meni kalaka qilayotganga o‘xshaydi», – deya
o‘ylardi Jyulen. Uning tabiatini biroz tushunib qolgan har qanday
odam Matildaning nigohlariga yigitning qanday xo‘mrayib, sovuq
nazar bilan javob qaytarayotganini yaxshi tasavvur qilishi mumkin.
Qattiq hayratga tushgan m-l de lya Mol ikki-uch marta unga nisbatan
do‘stona tuyg‘ulari haqida so‘z ochgan edi, Jyulen achchiq kinoya
bilan javob qildi.
Jyulenning bu kutilmagan g‘alati qilig‘i qizning nafsoniyatiga
tegdi-yu, uning odatda sovuq, zerikuvchi va faqat aql-idrokkagina
itoat etadigan ehtirosi bor kuchi bilan alanga oldi. Biroq Matilda
ham g‘ururi nihoyatda kuchli qiz bo‘lib, qalbida alanga olgan sevgi
356
tufayli endi bundan buyon baxti boshqa bir odamga bog‘liq ekanini
anglagach, qattiq umidsizlikka tushdi.
Parijga kelganidan buyon ko‘pgina narsalarni tushunib qolgan
Jyulen qizning umidsizlikka tushishi sira ham zerikishdan emasligini
yaxshi fahmlardi. Matilda ilgarigidek huzur-halovat izlash, kechqurun-
lari teatrlarga borish va o‘ziga turli ermak o‘ylab topish o‘rniga endi
bu narsalarning baridan o‘zini olib qochadigan bo‘lib qolgandi.
M-l de lya Mol fransuzcha qo‘shiqlarni jinidan battar yomon
ko‘rardi – bu qo‘shiqlarni eshitganida u o‘lguday zerikardi, biroq
tomoshabinlar tarqalayotgan paytda Operaga borib turishni o‘z
burchi deb hisoblaydigan Jyulen qizning u yerga iloji boricha ko‘proq
borishga harakat qilayotganini sezib qoldi. Uning nazarida, qiz ilgari
har qanday ishida ham yaqqol ko‘zga tashlanadigan vazminligini xiyol
yo‘qotgandek edi. Matilda ba’zan do‘stlarining gapiga javoban hazil
bilan uzib olardi. Yigitning nazarida, u markiz de Kruaznuaga nisbatan
ochiqdan-ochiq iltifotsizlik qilayotgandek ko‘rinardi.
«Qanchalik badavlat bo‘lmasin, shu paytga qadar bu qizdan yuz
o‘girib ketmadimi, – deya o‘ylardi Jyulen, – demak, bu yigit pulni
juda yaxshi ko‘rsa kerak!» Erkaklik nafsoniyatiga qattiq tegadigan
bu haqoratlardan g‘azabi qaynagan Jyulenning o‘zi ham Matildaga
battar sovuqroq muomala qilardi. Ba’zan u hatto qizga qo‘pol javob
qilishgacha borib yetardi.
Lekin garchi Jyulen, Matildaning iltifotlariga sira ham uchmayman,
deb jazm etgan bo‘lsa-da, biroq bu iltifotlar ba’zida shu qadar ko‘zga
yaqqol tashlanardiki, asta-sekin ko‘zi ochilayotgan Jyulen qiz husniga
maftun bo‘lib, gohida beixtiyor sarosimaga tushib qolardi.
«Bora-bora bu asilzoda yoshlarning epchilligi va sabot bilan
ish tutishi mening tajribasizligimdan ustun kelsa kerak, – derdi u
o‘ziga-o‘zi. – Men biror yoqqa jo‘nab ketishim va bu ishlarga chek
qo‘yishim kerak». Markiz yaqindagina unga quyi Langedokdagi bir
talay yer-mulk va amloklarni boshqarishni topshirgan bo‘lib, u yerga
borib kelish zarur edi. Janob de lya Mol unga istar-istamas javob ber-
di. Zero yuksak siyosiy orzu-istaklar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlardan
bo‘lak barcha sohalarda Jyulen uning ko‘z-qulog‘i bo‘lib qolgan edi.
«Har qalay ular meni laqillata olishmadi, – deya o‘ylardi Jyulen
safarga otlanar ekan, – mademuazel de lya Molning o‘z kavalerlarini
kalaka qilishi masalasiga kelsak, – bunga ishonish kerakmi yoki u
mening ishonchimni qozonish uchun ataylab shunday qilyaptimi, –
357
baribir emasmi, har qalay bu ishlar men uchun yaxshi ermak bo‘ldi.
Agar ular bechora bir duradgorning o‘g‘liga qarshi fitna uyushtir-
magan bo‘lishsa, u holda m-l de lya Molning menga nisbatan ham,
markiz de Kruaznuaga nisbatan ham munosabatiga kishining aqli
bovar qilmaydi. Masalan, kecha u juda darg‘azab bo‘lgan edi, shunda
u kaminani deb
bir yigitning rosa adabini berdi, bo‘lmasam u asilzo-
da; badavlat yigit edi o‘zi, men kim bo‘libman uning oldida, oddiy bir
qashshoq plebeyman, xolos! Mana buni muvaffaqiyat desa bo‘ladi,
Langedok vodiylari bo‘ylab pochta karetasida ketayotganimda buni
maza qilib eslaydigan bo‘ldim».
U o‘zining safarga jo‘nayotgani haqida hech kimga aytmagan edi,
biroq Matilda yigitning ertaga Parijni uzoq muddatga tark etajagini
uning o‘zidan ham yaxshiroq bilardi. Qiz go‘yo mehmonxonaning
dim havosidan yanada kuchaygan qattiq bosh og‘rig‘ini bahona qilib
bog‘da uzoq sayr qilib yurdi; u o‘zining achchiq zaharxandasi bilan
Norber, markiz de Kruaznua, de Kaylyus, de Lyuz va shu kuni de lya
Mol xonadonida tushlik qilgan bir necha yigitni shu qadar bezor
qildiki, ular qochib qolishdi. U Jyulenga qandaydir g‘alati bir nigoh
bilan qaramoqda edi.
«Albatta, bu nigoh shunchaki mug‘ambirlik ham bo‘lishi mum-
kin, – deya o‘ylardi Jyulen, – lekin manovi entikib nafas olish, manovi
hayajonni qanday tushunish kerak? Darvoqe, bunday narsalar haqida
hukm yuritishni menga kim qo‘yibdi! Bu nazokat va latofat timso-
li-ku axir! Unday desam, meni to‘lqinlantirib yuborishiga oz qolgan
bunday entikib nafas olishni u o‘zi juda yaxshi ko‘radigan Leontina
Fedan o‘rgangan».
Ular yolg‘iz o‘zlari qolishdi, gap qovushmay turardi. «Yo‘q! Jyulen
meni sira ham sevmaydi», derdi alam bilan o‘ziga o‘zi bechora Matilda.
Jyulen u bilan xayrlashar ekan, qiz uning tirsagidan yuqorirog‘ini
tutib mahkam qisdi.
– Siz bugun mendan xat olasiz, – dedi u tanib bo‘lmas darajada
o‘zgargan tovush bilan.
Jyulen buni sezgach, darhol ta’sirlanib ketdi.
– Otam sizning xizmatlaringizni nihoyatda qadrlaydi. Ertaga, –
deya davom etdi u, – ketmaslik kerak. Biror bahona o‘ylab toping.
Shundan so‘ng u qochib ketdi.
Uning sarv qomati juda xushbichim edi. Bundan ham chiroyliroq
oyoqlarni tasavvur qilish qiyin edi va u shu qadar nazokat bilan yugu-
358
rib borardiki, Jyulen mutlaqo maftun bo‘lib qoldi. Lekin qiz ko‘zidan
g‘oyib bo‘lgan zahoti u avvalo nima haqida o‘ylaganini muhtaram ki-
tobxon fahmlay olarmikin? Qiz ana shu ketmaslik kerak degan iborani
amirona ohangda aytganidan uning jahli chiqib ketdi. Lyudovik XV
ham o‘lim to‘shagida yotganida uning leyb tabibi ehtiyotsizlik qilib
aytgan «kerak emas» so‘zlaridan qattiq ranjigan ekan, lekin Lyudovik
XV har qalay qirol bo‘lgan edi axir.
Oradan bir soat o‘tgach, malay Jyulenga xat keltirib berdi. Bu
oddiygina sevgi izhori edi.
«Hartugul, uslubi dabdabali va chuchmal emas ekan!» – dedi
o‘ziga o‘zi Jyulen, u ana shu adabiy mulohazadar bilan beixtiyor og‘zi
qulog‘iga yetib, butun qalbini qoplab olgan zo‘r quvonchdan o‘zini
tiyishga harakat qilardi.
«Shunday qilib, demak, – dedi u birdan, zero dilidagi kechinmalar
shu qadar kuchli ediki, yigit ularni jilovlab olishga ojizlik qilib qolgan-
di, – menga – g‘arib bir dehqonga asilzoda xonim sevgi izhor qildi!
O‘zim ham bo‘sh kelmadim, – deya davom etdi u bor kuchi bilan
jo‘sh urgan quvonchini tiyishga harakat qilib. – Yo‘q, o‘z qadrimni yer-
ga urmadim. Men unga sevgim haqida og‘iz ham ochgan emasman».
Shundan so‘ng u har bir so‘z, har bir harfni diqqat bilan ko‘zdan kechi-
ra boshladi. M-l de lya Molning xati inglizcha mayda harflardan iborat
bo‘lib, juda nafis edi. Yigit boshini aylantirib yuborgan bu quvonchdan
hushiga kelmoq uchun o‘zini biror narsa bilan chalg‘itishi kerak edi.
«Sizning jo‘nab ketishingiz meni dilimdagi bor gapni aytishga
majbur qildi... Sizni uzoq muddat ko‘rmaslikka mening bardoshim
yetmaydi...»
Shu payt daf’atan bir fikr, qandaydir kashfiyotdek, Jyulenning
qalbini larzaga soldi, u yuragi jo‘shqin quvonchga to‘lib, Matildaning
maktubini bir chetga surib qo‘ydi.
«Demak, markiz de Kruaznuadan ustun kelibman-da, – deya
xitob qildi yigit, – axir men qiz bilan faqat jiddiy narsalar haqida
gaplashaman-ku! U esa juda kelishgan yigit, mo‘ylovini aytmaysizmi!
Mundiri ham g‘oyat ko‘rkam, o‘zi juda suxandon, doim aqlli va nozik
gaplar aytadi».
Jyulenning boshi osmonda edi. U boqqa chiqib, quvonchdan
es-hushini yo‘qotganicha, yo‘lkalarda sayr qilib yurdi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach, u idoraga chiqib, baxtiga bugun uyda
bo‘lgan markiz de lya Molga o‘zi haqida ma’lum qilmoqni buyurdi.
359
Jyulen unga Normandiyadan kelgan bir nechta xatni ko‘rsatdi-da, u
yerdagi jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi ishlar uning Langedok-
ka qilajak safarini hozircha to‘xtatib turishni taqozo etayotganiga
markizni osongina ishontirdi.
– Jo‘namasligingiz yaxshi bo‘ldi, – dedi unga markiz, ular ishga doir
barcha gaplar xususida kelishib olishgach. – Men sizni ko‘rganimda
Do'stlaringiz bilan baham: |