XI
Yosh qizning qudrati
Men uning husniga qoyil qolaman-u, lekin
aqlidan qo‘rqaman.
Merime.
Agar Jyulen o‘zicha Matildaning husniga tahsin o‘qish yoki
uning ajdodlaridan meros qolgan takabburligidan g‘azablanish
o‘rniga (to‘g‘ri, qiz so‘nggi paytlarda Jyulenga nisbatan takabburlik
343
qilmay qo‘ygandi), bu vaqtini mehmonxonada sodir bo‘layotgan
voqealarni kuzatishga sarflaganida edi, u qizning tevarak-atrofidagi
odamlarga o‘tkazadigan hukmining nimadan iboratligini tushunib
olgan bo‘lardi. Agar m-l de lya Molga bironta odam yoqmay qolsa,
u aybdorni nozik va o‘tkir bir hazil bilan jazolay bilardi. Bu hazil
odob doirasidan tashqari chiqmas, lekin u dilni shu qadar vayron
qilardiki, odam u urgan nish haqida qancha ko‘p o‘ylasa, shuncha
ko‘p azob chekardi. Bora-bora u haqoratlangan nafsoniyat uchun
chidab bo‘lmas darajaga yetardi. Oilaning boshqa a’zolari orzu
qilib yuradigan narsalar uning uchun hech qanday ahamiyatga
ega bo‘lmagani boisidan qiz hammaga nihoyatda sovuqqon bo‘lib
ko‘rinardi. Aristokratik salon shunisi bilan yoqimliki, odam u yerdan
chiqib ketgach, o‘rni kelib qolganda uni, men u yerda bo‘lganman,
deya eslashi mumkin. Fikr-mulohazaning butunlay yo‘qligi, siyqa
gaplar, ayniqsa har qanday munofiqlikni bir cho‘qishda qochiradi-
gan bema’ni oldi-qochdilar – bularning bari ko‘ngilni aynatadigan
chuchmalligi bilan kishini butunlay bezdirib yuborishi mumkin.
Nazokat va faqat nazokat, aslini olganda, ancha durust narsa, lekin
u birinchi palladagina shunday tuyuladi. Jyulen avvaliga maftun
bo‘lgan va hayratga tushib yurgan paytlarda xuddi ana shuni his
etgan edi. Nazokat, derdi u o‘ziga-o‘zi, bu – faqat yaxshi tarbiya
ko‘rmagan odamlarda sezilib qoladigan g‘ijinishning yo‘qligi, xolos.
Matilda tez-tez zerikib turardi, ehtimol, u har qanday boshqa joyda
ham xuddi shunday zerikishi mumkin edi. Ana shuning uchun ham
uzib oladigan biror so‘z o‘ylab topsa, uning bahridili ochilardi.
Ota-onasi, akademik va unga xushomad qilib yuradigan besh-ol-
tita sig‘indiga qaraganda qiziqroq odamlarni masxara qilib, bu
sohada mahoratini oshirmoq uchun ham u, ehtimol, markiz de
Kruaznua, graf de Kaylyus va yana uch-to‘rtta bag‘oyat munosib
yigitlarni umidvor qilib yurardi. Bular qiz uchun shunchaki kalaka
qilishga yangi nishon edi.
Biz dilimiz ranjisa-da, shuni tan olmog‘imiz kerakki, zero biz
Matildani yaxshi ko‘ramiz, qiz bu yigitlarning ba’zilaridan xat olib
turardi, gohida esa ularga o‘zi ham javob yozardi. Yana shuni ham
qayd qilmog‘imiz kerakki, romanimizning ushbu qahramoni o‘sha
davrda rasm bo‘lgan xulq-atvor bobida istisno hamdir. Har qalay
asilzoda qizlar tarbiyalanuvchi «Iso qalbi» monastiridan chiqqan
xonimchalarni bemulohazalikda sira ham ayblab bo‘lmasdi.
344
Kunlardan birida markiz de Kruaznua Matildaga qiz bir kun ilgari
ancha ehtiyotsizlik bilan yozgan xatni qaytarib berdi, bunday oqilona
ehtiyotkorlik bilan u qizning ko‘nglini rom etishga umid qilgan edi.
Biroq bu yozishmada Matildani xuddi ana shu telbalik o‘ziga maftun
qilgandi. Unga o‘zini xavf ostiga qo‘yib tavakkal qilish yoqardi. Qiz
o‘sha voqeadan so‘ng markiz bilan bir yarim oy gaplashmay yurdi.
Bu yigitlarning xatlari Matilda uchun ermak edi, lekin uning o‘zi
aytishicha, bu xatlar bir-biriga juda o‘xshab ketardi. Ularning barida
samimiy muhabbat dardi izhor etilardi.
– Ularning hammasi bir xil, hozirning o‘zidayoq Falastinga jo‘nash-
ga tayyor tanti yigitlar, – dedi u xolavachchasiga. – Bundan ham
badtari bo‘lishi mumkinmi axir? Men endi kelajakda butun umr ana
shunday xatlar olib yashashim kerak! Axir bu maktublarning yozilish
uslubi qaysi mashg‘ulot turi rasm bo‘lishiga qarab, nari borsa yigir-
ma yilda bir marta o‘zgarishi mumkin. Har qalay Imperiya davrida
ular bunchalik bema’ni emasdilar. U paytdagi oqsuyak yigitlar yo
biror buyuk jihati bo‘lgan ishlarni kuzatganlar, yoki ularni amalga
oshirishda o‘zlari ishtirok etganlar. Mening tog‘am, gersog N. Vagram
ostonasidagi jangda qatnashgan.
– Nima, qilichbozlik qilish uchun ham aql talab qilinadimi? – deya
e’tiroz bildirdi Matildaning xolavachchasi mademuazel Sent-Eredit. –
Lekin bunday jangda qatnashgan odam keyin doim faqat shuni hikoya
qilib yuradi.
– Xo‘sh, hikoya qilsa nima qilibdi! Men bunday hikoyalarni jon
deb eshitaman, Napoleon davrida o‘n minglab askarlar o‘limga tik
qarab borgan haqiqiy jangda ishtirok etmoq, bu chinakam jasoratdan
dalolat beradi. Xavf-xatarning betiga tik qaramoq qalbga yuksaklik
bag‘ishlaydi va mening bechora muxlislarim tarmashib yotgan manovi
zerikarli hayotdan xalos etadi, zerikish esa shu qadar yuqumliki, asti
qo‘yaverasiz. Bironta qahramonlik ko‘rsatish ulardan qaysi birining
xayoliga kelardi deysiz? Ular menga uylanishmoqchimish, shu ham
jasorat bo‘ldi-yu! Men badavlat qizman, otam kuyovining nufuzini
oshirib qo‘yadi, albatta! Ah, qani endi u menga sal bo‘lsa-da, g‘alatiroq
bir kuyov topib berganida edi!
Matildaning jonli, tiniq, jozibali fikr yuritishi uning tiliga birmun-
cha salbiy ta’sir qilgandiki, buni o‘zingiz ham sezgan bo‘lsangiz kerak.
O‘qtin-o‘qtin qizning og‘zidan chiqib ketgan bironta ibosizroq so‘z
uning boadab do‘stlariga erish tuyulardi. Agar Matilda hammaga shu
345
qadar yoqmaganida, do‘stlari ba’zan uning ayollik latofatiga mutlaqo
mos tushmaydigan o‘tkir iboralar aytib yuborishini ochiqdan-ochiq
tan olishgan bo‘lardi.
Qiz esa, o‘z navbatida, Bulon o‘rmonida g‘ij-g‘ij bo‘lib yotgan bu
nazokatli kavaler zotiga shafqatsiz edi. U kelajakka dahshat bilan
qaraydi, deb bo‘lmasdi, zero bu juda kuchli tuyg‘u, lekin u bunday
hayotdan jirkanardi, bu esa uning yoshidagi qizlarda kamdan-kam
uchraydigan bir hol, albatta.
Xo‘sh, u nimani orzu qilsin? Uning hamma narsasi bor edi: boylik,
nasl-nasab, aql, husn, atrofdagilarning bari shunday deyishardi va
qiz bunga ishonardi, xullas, falak undan o‘z saxovatini ayamagandi.
Jyulen bilan sayr qilish diliga zavq bag‘ishlayotganini daf’atan
sezib qolganida butun Sen-Jermen qasabasidagi eng badavlat bu qiz
ana shunday o‘y-xayollar bilan band edi. Yigitning mag‘rurligi uni
taajjubga solmoqda edi: qiz bu oddiy kosibvachchaning nozik aqliga
qoyil qolardi. «U abbat Moriga o‘xshab yepiskop darajasiga ko‘tarila-
di», deya o‘ylardi u.
Tez orada uning ba’zi bir fikrlariga qahramonimizning sira ham
soxta bo‘lmagan samimiy bir sabot bilan e’tiroz bildirishi Matildani
juda qiziqtirib qo‘ydi; qiz bu to‘g‘rida o‘ylay boshladi, u o‘z dugonasiga
yigit bilan qilgan suhbatlarining barcha tafsilotlarini aytib berar va
unga nuqul bu suhbatlarning asl ma’nosini, ularning nozik jihatlarini
bayon qilib berolmayotgandek tuyulardi. Daf’atan uning miyasiga lop
etib bir fikr kelib qoldi. «Men sevish baxtiga muyassar bo‘libman, – dedi
u bir kuni qalbi cheksiz zavqqa to‘lib. – Men sevaman, ha, sevaman, bu
aniq. Mening yoshimdagi chiroyli, aqlli bir qiz chinakam his-tuyg‘uni
sevgidan bo‘lak yana nimada topishi mumkin axir. Qancha harakat
qilmayin, men hech qachon na manovi Kruaznuani, na Kaylyusni na
tutti quanti
39
ni seva olaman. Chamasi, ular juda to‘kis, keragidan ortiq
darajada to‘kis bo‘lishsa kerak. Xullas, ular bilan zerikib qolaman».
Qiz o‘zicha «Manon Lesko», «Yangi Eloiza», «Portugaliyalik rohiba-
ning maktublari» va hokazo, va hokazolarda o‘qigan barcha ehtiros
tasvirlarini eslay boshladi. Bu o‘rinda so‘z o‘z-o‘zidan ma’lum, yuksak
tuyg‘u to‘g‘risida ketmoqda edi, yengil ishqiy sarguzasht uning yoshidagi
va uning nasabidagi qiz uchun sira ham to‘g‘ri kelmasdi. Muhabbat deb
u Fransiyada Genrix III va Bassompyer davrida uchraydigan yuksak va
39
Boshqa birontasini ham (ital.).
346
qahramonona tuyg‘unigina aytardi. Bunday muhabbat to‘siqqa uchra-
ganda qo‘rqoqlik bilan orqaga chekinmas, yo‘q, aksincha, u buyuk ishlar
sari undardi. «Hozir bizda Yekaterina Medichi, Lyudovik O‘n uchinchi
paytidagi kabi haqiqiy saroy ahllari yo‘qligi men uchun naqadar baxt-
sizlik bo‘lyapti, sezib turibman, katta jasorat talab qilinadigan buyuk
ishlar qilishim mumkin edi. Agar hozir Lyudovik O‘n uchinchi kabi
shavkatli bir qirol oldimda tiz cho‘kib turganida edi, men uning uchun
nimalar qilmasdim deysiz! Men uni, baron de Tollining ta’biri bilan
aytganda, Vandeyaga boshlab borardim va u yana o‘z qirolligini qayta
zabt etardi, ana unda hech qanday Xartiyaga ehtiyoj bo‘lmasdi... Jyulen
esa, menga yordam berardi. Unga hozir nufuz bilan boylik yetishmaydi,
xolos. Shunda u shuhrat ham qozongan, boylik ham orttirgan bo‘lardi.
Kruaznuada esa hamma narsa bor, lekin u butun umr faqat
gersogligicha qoladi, doym yarimroyalist, yarimliberal bo‘lib, sira
haddidan oshmay, mujmal va o‘rtamiyona odam bo‘lib yuraveradi,
Do'stlaringiz bilan baham: |