VII
Bod kasalining xuruji
Men munosib bo‘lganim uchun emas, balki
xo‘jayinning bod kasali xuruj qilib qolgani uchun-
gina yuqoriroq martabaga ko‘tarildim.
Bertolotti.
Ehtimol kitobxon markizning qahramonimiz bilan bunday erkin
va do‘stona ohangda gaplashayotganini ko‘rib ajablanayotgandir:
biz janob de lya Molning bir yarim oydan buyon ko‘chaga chiqmay,
uyda o‘tirganini aytmoqni unutibmiz, zero uning bod kasali xuruj
qilib qolgan edi.
De lya Mol xonim qizi bilan Giyerga, markizning onasinikiga
jo‘nab ketgan edi. Graf Norber otasining oldiga ba’zi-ba’zida bir
daqiqaga kirib chiqardi. Ularning o‘zaro munosabatlari juda yaxshi
bo‘lsa ham, biroq o‘rtada gaplashadigan gaplari yo‘q edi. Yolg‘iz Jyu-
lenning ulfatchiligi bilan qanoatlanishga majbur bo‘lgan markiz de
lya Mol yigitning qandaydir o‘z fikrlari borligini ko‘rib, juda ajablan-
di. U Jyulenni gazeta o‘qib berishga majbur qilardi. Tez orada yosh
kotib gazetadan qiziq joylarini o‘zi topib o‘qiydigan bo‘ldi. Yaqinda
chiqa boshlagan yangi bir gazetani markiz jinidan battar yomon
ko‘rardi: u, bu gazetani hech qachon o‘qimayman, deb ont ichgan
edi-yu, lekin har kuni u haqda o‘zi gap ochardi. Jyulen bundan kulib
yurardi. Hozirgi zamonadan norozi bo‘lgan markiz Jyulendan Tit
Liviyni o‘qib berishni iltimos qilardi; yigitning lotin tilidagi matnni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilib berishini eshitar ekan, uning ancha
ko‘ngli ochilardi.
Bir kuni markiz Jyulenga alohida bir iltifot bilan murojaat qildiki;
ba’zan bunday iltifotdan yigitning g‘ashi kelardi.
– Azizim Sorel, sizga havorang frak sovg‘a qilishimga ijozat etsa-
ngiz, – dedi u. – Siz ana shu frakni kiyib oldimga kirganingizda, men
sizni graf de Retsning ukasi, ya’ni do‘stimning, keksa gersogning o‘g‘li
deb hisoblayman.
Jyulen bu gapning tagida qanday ma’no borligini yaxshi tushun-
madi-yu, lekin o‘sha kuni kechqurunoq markizning oldiga, havorang
frakni kiyib kirdi. Markiz uni o‘ziga teng ko‘rib suhbatlashdi. Jyulen
305
haqiqiy nazokatning qadriga yeta olar, biroq u xushmuomalalikning
nozik tomonlarini mutlaqo tasavvur qila olmas edi. Markizning shu
g‘alati ishiga qadar u o‘ziga nisbatan janob de lya Mol ko‘rsatganidan
ortiq iltifotning bo‘lmasligiga ont ichishi ham mumkin edi. Jyulen
ketmoqchi bo‘lib o‘rnidan turganida markiz bod kasali tufayli uni ku-
zatib qo‘ya olmasligi uchun kechirim so‘radi, shunda Jyulen: «Qanday
ajoyib qobiliyat!» – deya beixtiyor xayolidan o‘tkazdi.
Markizning bu g‘alati ishi Jyulenni ancha o‘ylatib qo‘ydi. «Meni
kalaka qilmayaptimikan ishqilib?» – deya so‘rardi u o‘zidan o‘zi.
U maslahatlashmoq uchun abbat Pirarning oldiga bordi, biroq
mulozamat bobida markizdan ancha orqada bo‘lgan ustozi hech
nima demadi. U faqat hushtak chalib qo‘ydi-da, allaqanday boshqa
mavzudan gap ochdi. Ertasi kuni ertalab Jyulen qora kostyumini
kiydi-da, papka va imzo chektirishi lozim bo‘lgan xatlarni olib,
markizning huzuriga kirdi. Janob de lya Mol uni eskichasiga qabul
qildi. Kechqurun, yigit havorang frakni kiyib kelganida esa, markiz
u bilan butunlay boshqachasiga, xuddi kechagidek nazokat bilan
gaplashdi.
– Mehribonligingiz tufayli bechora xasta qariyani ko‘rgani kira-
verib juda ham zerikmagan bo‘lsangiz, – dedi unga markiz, – hayo-
tingizda ro‘y bergan turli voqealardan hikoya qilib bering, shunda
siz uni g‘oyat mamnun etgan bo‘lur edingiz. Faqat hech nimani
yashirmang va hikoyangiz ravshan, qiziqarli bo‘lishidan o‘zga nar-
sani o‘ylamang. Zero inson ko‘ngil ochishni bilmog‘i kerak, – deya
davom etdi markiz. – Zotan hayotda shundan bo‘lak nima ham bor
deysiz! Odam har kuni urushda mening hayotimni qutqarib qolol-
maydi yoki har kuni menga bir milliondan sovg‘a qilolmaydi, biroq
agar shu yerda, men o‘tirgan kreslo yonida Rivarol bo‘lganida edi, u
har kuni meni bir soatga azob chekish va xunobgarchilikdan qutqar-
gan bo‘lur edi. Men muhojirlikda yurganimda u bilan Gamburgda
tez-tez uchrashib turardim.
Shundan so‘ng markiz Jyulenga Rivarol va uning bironta qochiriq
gapining tagiga yetmoq uchun to‘rt kishilashib bosh qotiradigan gam-
burgliklar haqida bir necha kulgili voqealarni aytib berdi.
Bu navqiron abbatchaning ulfatchiligi bilan qanoatlanishga maj-
bur bo‘lgan janob de lya Mol uni biror yo‘l bilan ruhlantirib yuborishni
istardi. U Jyulenning izzat-nafsiga tegishga muvaffaq bo‘ldi. Jyulen,
undan haqiqatni eshitishni istashar ekan, hamma gapni to‘kib solishga
306
va faqat ikki narsa haqida og‘iz ochmaslikka qaror qildi. Avvalo, u
markiz nomini eshitganida quturib ketadigan bir odamning xotirasi-
ga sajda qilishini aytmadi, so‘ngra Xudoga mutlaqo ishonmasligini
ham sir tutdi, zero bu hol bo‘lajak kyurening sha’niga unchalik
to‘g‘ri kelmas edi. Bu o‘rinda unga kavaler de Bovuazi bilan bo‘lgan
kichkina to‘qnashuv juda qo‘l keldi. Markiz Sent-Onore ko‘chasidagi
qahvaxonada Jyulenni avra-astarini ag‘darib so‘kkan ko‘chir voqasini
eshitgach, qotib-qotib kuldi.
Janob de lya Mol bu o‘ziga xos xarakterga juda qiziqib qoldi.
Avvaliga u Jyulenning tentakliklarini rag‘batlantirib yurdi, zero qah-
ramonimizning bu qiliqlari uning ko‘nglini xush etmoqda edi, biroq
tez orada unga asta-sekin ba’zi narsalar haqida soxta tasavvurga
ega bo‘lgan yigitning xatolarini tuzatib qo‘yishi qiziqarliroq tuyula
boshladi. «Boshqa provinsiyaliklar Parijga kelishgach, hamma narsaga
maftun bo‘lib yuradilar, – deya mulohaza yuritardi markiz. – U esa
hamma narsadan nafratlanadi. Boshqalarning ko‘ngli zavq-shavqqa
to‘lib yurad, bunga esa xuddi shu narsa yetishmaydi, shu bois ham
tentaklar uni tentak deb o‘ylashadi».
Qattiq sovuq tushgani sababli bod xuruji ancha cho‘zilib, bir necha
oy davom etdi.
«Axir odamlar chiroyli baroq itga ham ko‘ngil qo‘yishadi-ku, – deya
o‘zini o‘zi ishontirmoqchi bo‘lardi markiz. – Agar manovi abbatchaga
mehrim tushib qolgan bo‘lsa, buning nimasidan uyalishim kerak ekan?
U – alomat yigit. Men uni o‘g‘limdek ko‘rib, muomala qilyapman. Xo‘sh,
nima qilibdi! Buning nimasi yomon? Bu mening havoyi havasim, agar
u uzoq davom etsa, vasiyatnomamda besh yuz luidorlik brilliantga
tushadi xolos».
Endi markiz o‘zi homiylik qilayotgan yigitning irodasi ancha
kuchli ekanligini yaxshi bilib olgach, har kuni unga bironta yangi ish
topshira boshladi.
Jyulen ba’zan bu arkoni davlat bironta masala yuzasidan bir-bi-
riga mutlaqo zid bo‘lgan farmoyishlar berishini ko‘rib dahshatga
tushardi.
Bu narsa Jyulenni nihoyatda noqulay ahvolga solib qo‘yishi mum-
kin edi. Shundan so‘ng u ish yuzasidan markizning huzuriga kirganida
o‘zi bilan daftar olib kirishni odat qildi. Yigit bu daftarga olgan far-
moyishlarini yozib qo‘yar, markiz esa uning ostiga imzo chekar edi.
So‘ngra Jyulen kotib yolladi. Bu odam alohida daftarga har bir ish
307
yuzasidan qabul qilingan qarorni yozib qo‘yar va o‘sha daftarning
o‘ziga barcha xatlardan nusxa ko‘chirardi.
Avvaliga bu ish markizga juda bema’ni va zerikarli bo‘lib ko‘rindi.
Biroq oradan ikki oy o‘tmasdanoq u bu ishning naqadar afzalligiga
ishonch hosil qildi. Jyulen unga yana o‘zi nazorat qilib yuradigan
barcha yer-mulklar bo‘yicha kirim va chiqimning ikki taraflama hiso-
botini olib bormoq uchun bankdan hisobchi olishni ham taklif qildi.
Barcha bu tadbirlar markiz uchun o‘z ishlarining qay ahvolda
ekanligini shu qadar oydinlashtirib berdiki, endi u insofsizlarcha
o‘g‘irlik qiladigan soxta shaxslar yordamiga murojaat qilmay, o‘z
mablag‘ini o‘zi muomalaga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
– O‘zingizga uch ming frank oling, – dedi u bir kuni o‘zining
navqiron ministriga.
– Taqsir, bu ahvolda men tuhmatga uchrashim mumkin.
– Xo‘sh, nima qilishim kerak o‘zi? – so‘radi norozi bo‘lib markiz.
– Marhamat aylab, aniq bir qaror qabul qilsangiz-da, so‘ngra uni
o‘z qo‘lingiz bilan daftarga yozib qo‘ysangiz. Ana shunda men uch ming
frank olish huquqiga ega bo‘laman. Darvoqe, shunday hisob-kitob
joriy etishni menga abbat Pirar maslahat berdi.
Markiz o‘z intendanti janob Puassonning hisobotini eshitayotgan
markiz de Monkad kabi peshonasini tirishtirib, ushbu qarorni daf-
targa yozib qo‘ydi.
Kechqurun, Jyulen havorang frak kiyib kelgan paytlari hech qa-
chon ish haqida so‘z ochilmasdi. Markizning iltifotlari qahramoni-
mizning doim aziyat chekib yuradigan izzat-nafsiga shu qadar xush
yoqardiki, tezda u qalbida bu mehribon cholga nisbatan mehrga
o‘xshash allaqanday tuyg‘u his etdi. Bu Jyulen Parijda tushuniladigan
ma’noda ta’sirchan ekan, degani emasdi, albatta. Lekin u hissiz to‘nka
ham emasdi, keksa polk tabibining o‘limidan keyin esa hali hech kim
unga shunday mehr-oqibat ko‘rsatmagan edi. Yigit markiz uning
nafsoniyatini nihoyatda avaylab muomala qilayotganini ko‘rib hayrat-
ga tushardi, zero keksa jarroh hech qachon u bilan bunday muomala
qilmagan edi. Nihoyat, u markiz havorang lentasi bilan g‘ururlangani-
dan ko‘ra jarroh o‘z ordeni bilan ko‘proq faxrlanardi, degan qarorga
keldi. Markizning otasi katta davlat arbobi bo‘lgan ekan.
Bir kuni ertalab, Jyulen qora kostyumini kiyib, kundalik ishlar
yuzasidan markizning oldiga kirganida; u qandaydir gap bilan janob
de lya Molning ko‘nglini chog‘ qila bildi: shundan so‘ng markiz uni
308
ikki soatcha ushlab qoldi va hozirgina agenti birjadan olib kelgan
bank biletlaridan bir nechtasini o‘zingizga oling, deya qistalang qila
boshladi.
– Janob markiz, agar ikki og‘iz so‘z aytishga ijozat so‘rasam, sizga
bo‘lgan cheksiz hurmatim chegarasidan chiqib ketmasman, deb umid
qilaman.
– Gapiravering, do‘stginam.
– Iltimos, ushbu sovg‘angizni rad etmoqqa ijozat bersangiz. Bu
sovg‘a sira ham qora kostyumli kishi uchun mo‘ljallangan emas,
shu bilan birga, u havorang frak kiygan kishiga lutfan ruxsat etilgan
samimiyatga raxna soladi. – Shunday deya Jyulen bag‘oyat ehtirom bi-
lan ta’zim qildi-da, markizning yuziga qaramay xonadan chiqib ketdi.
Uning bu ishi markizga juda g‘alati tuyuldi. Kechqurun u bu haqda
abbat Pirarga hikoya qilib berdi.
– Men sizga, nihoyat, ba’zi narsalarni aytib qo‘ymog‘im ke-
rak, azizim abbat. Jyulenning nasl-nasabi menga ma’lum, shuning
uchun ham sizga hozir men aytgan gaplarni sir saqlamaslikka ijozat
etaman.
«Bugun ertalab u o‘zini chindan ham juda olijanob tutdi, – deya
o‘ylardi markiz. – Shunday ekan, unga olijanob nasab hadya etsam
nima bo‘libdi».
Oradan yana biroz vaqt o‘tgach, markiz nihoyat uydan tashqariga
chiqa boshladi.
– Siz Londonga borib, u yerda bir-ikki oy yashang, – dedi u Jyulen-
ga, – choparlar va bo‘lak kurerlar men hoshiyasiga qaydnoma yozgan
xatlarni sizga yetkazib turishadi. Siz bu xatlarga javob yozasiz-da,
ularni o‘sha javobingizga qo‘shib menga qaytarasiz. Men chamalab
ko‘rdim, javoblar nari borsa besh kunga kechikar ekan.
Kale tomon ketayotgan pochta karetasida o‘tirar ekan, Jyulen
go‘yo bu xizmat safari uchun bahona bo‘lgan topshiriqlarning naqadar
arzimas ekanligini o‘ylab, chin ko‘ngildan ajablanardi.
Uning ingliz tuprog‘iga qanday nafrat va deyarli dahshat tuyg‘usi
bilan qadam qo‘ygani haqida gapirib o‘tirmaymiz. Uning Napoleonga
telbalarcha sajda qilishi kitobxonga yaxshi ma’lum. Jyulen har bir
ofitser siymosida ser Xedson Louni ko‘rar, har bir arkoni davlat esa
unga Muqaddas Yelena orolida rosa murdorlik qilgan va buning eva-
ziga o‘n yil muddat bilan ministrlik portfeliga ega bo‘lgan o‘sha lord
Betxerstni eslatardi.
309
Londolda u, nihoyat, haqiqiy oliftalik qanday bo‘lishini bilib oldi.
U yosh rus amaldorlari bilan tanishgan edi, bu yigitlar uni barcha
sir-asrordan xabardor qilib qo‘yishdi.
– Sizga, qadrli Sorel, taqdirning o‘zi kulib boqqan, – deyishardi
ular Jyulenga. – Tabiatning o‘zi sizga shavqsiz chehra ato etibdi –
bizda bu dilidagi his-tuyg‘udan ming chaqirim narida bo‘lish, deb
ataladiki, barchamiz, yuzimizda xuddi ana shu ifodani aks ettirishga
urinamiz.
– Siz o‘z asringiz ruhini tushunmas ekansiz, – derdi unga knyaz
Korazov, – Doim odamlar sizdan kutayotgan narsaning teskarisini
Do'stlaringiz bilan baham: |