9
№
|
Yo'nalishlar
|
soni
|
yer maydoni, ga
|
ekin maydoni, ga
|
|
Jami
|
1736
|
66559
|
51412
|
1
|
Paxta va g’allachilik
|
1149
|
36874
|
30273
|
|
salmog'i,%
|
66,2
|
55,4
|
58,9
|
2
|
Sabzavot polizchilik
|
4
|
30
|
7
|
|
salmog'i,%
|
0,2
|
0,0
|
0,0
|
3
|
Bog’dorchilik va uzumchilik
|
185
|
4525
|
2368
|
|
salmog'i,%
|
10,7
|
6,8
|
4,6
|
4
|
Chorvachilik
|
148
|
5439
|
3456
|
|
salmog'i,%
|
8,5
|
8,2
|
6,7
|
5
|
G’allachilik (lalmida)
|
244
|
19656
|
15291
|
|
salmog'i,%
|
14,1
|
29,5
|
29,7
|
6
|
Boshqalar
|
6
|
35
|
17
|
|
salmog'i,%
|
0,3
|
0,1
|
0,0
|
*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumanida 1736 fermer xo’jaligi bo’lib, fermer xo’jaliklarida 2018 yilda jami yer resurslari miqdori - 66559 gektarni, ekin maydoni - 51412 gektarni tashkil etgan. Tumanda paxta-g’alla yetishtiruvchi 1149 (66,2%) fermer xo’jaligi bo’lib, ular ixtiyorida 36874 ga (55,4%) yer va 30273 ga (58,9) ekin maydoni bo’lgan.
Mehnat resurslari va ulardan foydalanish hozirgi holati
Mehnat - bu insoning maqsadli faoliyati bo’lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o’zgartiradi. O’z kuchini qo’shgani holda inson, mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan moddiy ne’matlarga, boyliklarga aylantiradi. Mehnat jarayoni, insonning ish joyida, uning mehnat faoliyatining ma’lum natijalariga erishishga yo’naltirilgan harakatlarining to’plamini bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat
10
ta’min
|
lanish darajasi (kishi)*
|
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
2018 yilda 2016 yilga nisbatan o’zgarish
|
|
|
2016
|
2017
|
2018
|
+/-
|
%
|
1.
|
Fermer xo’jaliklari a’zolari
|
7389
|
7688
|
8856
|
1467
|
119,9
|
|
Sh.j.: xotin-qizlar
|
2616
|
2798
|
2869
|
254
|
109,7
|
2
|
Doimiy ishchilar
|
4581
|
4843
|
5579
|
998
|
121,8
|
3
|
Yollanma ishchilar
|
2808
|
2845
|
3277
|
469
|
116,7
|
4
|
Rahbar xodimlar
|
1634
|
1710
|
1764
|
130
|
108,0
|
|
*Manba: Payariq tuman qishloq
|
xo’jaligi
|
Do’limi ma’lumotlari.
|
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklari a’zolari soni 8856 kishi bo’lib, 2016 yilga nisbatan 1467 kishi yoki 19,9 foizga ko’paygan. Ishchilar tarkibida doimiy ishchilar soni 998 kishiga ko’payganligi va yollanma ishchilarning 469 kishiga ko’paygani kuzatildi.
Moddiy-texnika resurslari va ulardan foydalanishning hozirgi holati
tahlili
Hozirgi kunda mamlakatimiz fermer xo’jaliklari oldida to’rgan dolzarb muammolardan biri bu ularda moddiy-texnika resurslarining yetishmasligi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligini moddiy-texnika bazasi deganda, qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha mehnat vositalari va mehnat buyumlari yig’indisiga tushuniladi. Uning tarkibiga yer resurslari, ishlab chiqarish imoratlari, inshoatlari,
ii
Asosiy vositalarning guruhlari
|
Asosiy vositalarini qiymatini ular xarid qilingan (tayorlangan, qurilgan) davrlar bo’yicha qayta baholash koeffitsiyentlari
|
|
2002-2008 yil
|
2009 yil
|
2011 yil
|
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish binolar
|
1,087
|
1,109
|
1,002
|
Inshoatlar
|
1,087
|
1,109
|
1,002
|
Uzatma qurilmalar
|
1,142
|
1,165
|
1,014
|
Mashina va asbob-uskunalar:
|
Quvvat mashinalari va uskunalari
|
1,105
|
1,128
|
1,013
|
Ishchi mashinalar va asbob- uskunalar
|
1,105
|
1,128
|
1,013
|
Asboblar va laboratoriya asbob-uskunalari
|
1,105
|
1,128
|
1,013
|
Hisoblash texnikasi
|
1,000
|
1,000
|
1,000
|
Boshqa mashina va asbob-uskunalar
|
1,105
|
1,128
|
1,013
|
Transport vositalari:
|
Yengil avtomobillar
|
1,132
|
1,156
|
1,008
|
Boshqa transport vositalari
|
1,103
|
1,126
|
1,012
|
Asbob uskunalar
|
1,098
|
1,120
|
1,020
|
Ishlab chiqarish va xo’jalik inventari (mebelsiz)
|
1,098
|
1,120
|
1,020
|
Boshqa asosiy vositalar
|
1,083
|
1,106
|
1,018
|
2.3.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rini
|
з turibdiki 2011 yilda asosiy vosita
|
arning
|
qayta baholash qiymatlari kamaygan. Shuningdek, asosiy vositalar tashkilot yoki korxonalarning balansdagi turar joy ob’yektlari, ularni qayta baholash bo’yicha boshqa me’yoriy hujjat mavjud bo’lmagan taqdirda 1,000 koeffitsiyenti bilan qayta baholanadi.
12
QISHLOQ XO’JALIGIDA MEHNAT RESURSLARI FOYDALANISHNI
TASHKIL ETISH
Mehnat resurslari tushunchasi, iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati
Mehnat tushunchasi, bu - organizmda yig’ilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir bo’ladigan asab va mushaklar harakati hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir.
Ayni vaqtda mehnat - bu, murakkab ijtimoiy-psihologik jarayon bo’lib, u kishilarning yashashi uchun shart bo’lgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat inson bilan tabiat o’rtasida sodir bo’ladigan shunday jarayonki, unda inson o’zining faoliyati bilan o’zi va tabiat o’rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
Mehnat - insonning biron-bir maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyat. Dastlab inson o’z harakatlarining maqsadini aniqlaydi. Maqsadning mavjud bo’lishi ongli mavjudot bo’lgan insonning mehnatini, masalan, ot yoki mashina bajaradigan ish tushunchasidan ajratib turadi. Maqsadga ega bo’lgan inson tabiat mahsuli - bug’doy yoki javdar, yog’och yoki loy, paxta tolasi, jun yoki teridan foydalanib, yangi mahsulot yaratadi, ya’ni o’z organizmining jismoniy va aqliy quvvatidan foydalanib, mehnat harakatlarini ongli ravishda va izchillik bilan bajaradi.
Qishloq xo’jaligida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish shunga yo’naltirilganki, bunda har bir xodimdan, mehnatga xuddi yollanma kunbaydagidek befarq va mas’uliyatlisiz emas, balki piravord natijaga javobgarligini sezgan holda yondashish munosabatida bo’lishni talab etiladi. Xo’jayin yoki yollanma xodim o’rtasidagi asosiy farqlar qo’yidagilardan iborat: birinchidan, xo’jayin ishlab chiqarish vositalariga va mos ravishda ishlab chiqarilgan maxsulotga ham mulkdor xo’jayindir.
Mehnat resurslari (MR)ning sonini aniqlash quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
MR = MYo - (N + BB) + PO’
bu yerda: MYo - mehnat qilish yoshidagi aholi;
N - I va II guruh nogironlari, mehnatga layoqatsiz aholi;
BB - mehnat qilish yoshida bo’lib, hech qayerda band bo’lmagan aholi(uy- ro’zg’or va yosh bolalarni tarbiyalash bilan shug’ullanayotgan ayollar, imtiyozli pensiyaga chiqqanlar va boshqalar);
PO’ - ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lgan pensionerlar va 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish kuchi ikkita sharoit ta’sirida tovarga aylanadi. Birinchidan, kishi ozod bo’lishi kerak va o’z ish kuchiga mustaqil egalik qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Ikkinchidan, u ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lishi kerak, aks holda unda ish kuchini sotish zaruriyati bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligida bundaylar yollanma xodimlar hisoblanadi. Bozorda u o’z ish kuchining egasi, sotuvchi sifatida xaridor bilan qarama-qarshi turadi.
i3
Ishchi kuchi boshqa tovarlar singari, iste’mol qiymat va qiymatga ega. Ish kuchining iste’mol qiymati, uning o’z mehnat qobiliyati bilan iste’mol qiymat va qiymatga ega bo’lgan yangi tovar yaratishidir. Boshqa tovarlardan farq qilib ishchi kuchi iste’mol jarayonida o’z qiymatidan ko’p bo’lgan daromad yaratadi. Bu ortiqcha daromad qo’shilgan qiymatning tarkibidir. Ish kuchining qo’shilgan qiymat yaratish qobiliyati piravord natijada tovar bo’lgan ish kuchining iste’mol qiymatidir.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligida doimiy band aholining hayotiy va mehnat hamda iste’mol bilan bog’liq, manfaatlar va milliy xususiyatlarni hisobga olmaslik, qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishini joylashtirishda yaxshi o’ylamasdan struktura siyosatini amalga oshirish natijasida bandlikni ta’minlashda paydo bo’ladigan, salbiy hodisalarga olib keladi.
Xo’jaliklarning ko’p qismini yiriklashtirishga olib kelgan va dastlabida kichik shakldagi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini chegaralangan va keyinchalik butunlay taqiqlab qo’ygan yirik ishlab chiqarish va davlat mulk shakllarini yoppasiga rivojlantirish siyosati oqibatida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va mehnat resurslarini joylashtirishdagi notekslik yuzaga keldi. Qishloq xo’jaligining hozirgi rivojlanish etapida ish kuchi bozorini tan olishning to’g’riligi quyidagi bir qancha omillarga bog’liq.
Birinchidan, qishloq mehnatkashlarining ishlab chiqarish vositalaridan va o’z mehnatlarining natijalaridan ularni sotishdan keladigan tushumdan uzoqlashuvi. Bu esa ish kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi munosabatini xodim bilan davlat o’rtasidagi tovar aloqasi shaklida ko’rsatiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish bilan tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy alohidaligi darajasi keskin o’sadi, xo’jalik faoliyati va ish o’rnini tiklashdagi muqobillikning kengayishi, xo’jalik yuritish shakllari va mehnat haqi, shuningdek, hududlar o’rtasidagi farq qishloq xo’jalik korxonalari o’rtasida ish kuchi aralashib ketishining kuchayishisiz sodir bo’lmaydi.
Ikkinchidan, ish kuchini takror ishlab chiqarishda qiymat qonunining tan olinmasligi, xodimlar malakasi va ular bajarayotgan ishning murakkabligini hisobga olmaslik, ish haqi miqdori bilan ish kuchi qiymatini qoplash uchun talab qilingan xarajatlar o’rtasidagi uzilishga olib keladi. Bozor sharoitida malakali ish kuchini talab qilish uchun raqobat rivojlanishi bilan qishloqda mehnat munosabatlari sohasida qiymat qonunining, talab va taklif qonunining roli oshib boradi.
Uchinchidan, mehnatning bozor orqali jamiyat tomonidan tan olinishi mexanizmi xodimlar o’rtasidagi yaxshi mehnat sharoiti va yaxshi haq to’laydigan joyga bellashuvni amalga oshirishga imkoniyat beradi.
Payariq tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlil etildi (3.1.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |