5
Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018
Mazkur murojaatnomada Prezident alohida kadrlar masalasiga to’xtalib o’tgan: “Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qat’i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi bo’lib yashashi - bizning bosh maqsadimizdir.
Bu yo’nalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi bilan chambarchas bog’liq.
Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini ro’yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oliy o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak.
Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog’likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.”
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlanganilmiy-ommabop qo’llanma. - T.: «Ma’naviyat», 2019. - 312 b.
Ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 28 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilgan Murojaatnomada bayon qilingan konseptual fikr va g’oyalar, belgilab berilgan maqsad va vazifalar, o’rtaga qo’yilgan dolzarb muammolar, ularning mohiyati va ahamiyati atroflicha tahlil qilingan.
2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalarda amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va ularning natijalari aniq misollar orqali ko’rsatib berilgan.
Qo’llanmada asosiy e’tibor Murojaatnomada alohida ta’kidlangan ustuvor yo’nalishlar mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda yoritilib, ularni keng jamoatchilik, xususan, talaba-yoshlar o’rtasida targ’ib etishga qaratilgan. Shu maqsadda real faktlar, analitik material va jadvallar, Murojaatnoma haqida dunyo hamjamiyati tomonidan bildirilgan fikr va e’tiroflar keltirilgan.
Abdug’aniyev A., Abdug’aniyev A. A. - Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti - (darslik) - T.: TDIU, 2006 - 283 b.
Darslikning 8.4-bo’limi «Qishloq xo’jaligida mehnat bozori va uni rivojlantirish masalalari» deb nomlinib, mehnat bozoriga quyidagicha izoh berib o’tilgan.
«...mehnat bozorida o’zlarining mehnat qilish qobiliyatini (intelektini) taklif yetuvchilar bir tomondan, ularning shu imkoniyatlarini iste’mol yetuvchi, ya’ni ishga yollovchi subyektlar ikkinchi tomondan uchrashib, mehnat almashuv (mehnat oldi-sotdisi) jarayonini amalga oshiradilar».
Alijonov U. Mehnat bozorida kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish omillari//Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. mart-aprel, 2018. -№ 2, www.iqtisodiyot.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |