8
QISHLOQ XO’JALIGINI RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI AHVOLI
Yer resurslari va ulardan foydalanish holati
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko’p martalab e’tirof etilgan. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer imoratlar turadigan oddiy baza, qishloq xo’jaligida yesa asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Ya’ni kishilar yerga ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo’naltiriladigan ob’yekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida o’simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi. Yer har bir xalqning asosiy boyligidir.
O’zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln. gektar. Shundan 3,0-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan shug’ullaniladi. Qolgan qismidan namlikning juda kam bo’lganligi sababli foydalanilmaydi. Yuqoridagilardan xulosa shuki Respublikada mavjud yer maydonlaridan maksimal foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikasiyalar, daryo va suv havzalar bilan band yerlar, o’rmon xo’jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo’jaligi tarmog’ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari belgilab qo’yilgan. “O’zbekiston Respublikasining yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar - qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov- darxtlar va tokzorlar yegallagan yerlarga bo’linadi;
aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari
shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar - ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, realizasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalanadigan yerlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |