7
Rahmonov O. Fermerlar istiqbolini ko’zlab//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. - Toshkent, 2014. -№4. -18-b.
Muallif fikricha, ayni paytda qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash, malakasini oshirish, haq-huquqlarini himoya qilishga ko’maklashish muhim vazifalardan ekanligi hech kimga sir emas.
Suyunova M. Qulay ish sharoitlari mehnat unumdorligi omilidir//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. -Toshkent, 2014. -№12. -13-b.
Ma’lumki, mamlakatimizdagi mavjud qonunchilikda ischi qatlamning ish sharoiti, mehnat muhofazasi va huquqlari to’laqonli aks etgan. Bu borada agrar sohada olib borilayotgan amaliy izlanishlar, yillar davomida to’plangan tajribalar natijasida o’ziga xos model vujudga keldiki, bu qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning kasbga bo’lgan ishtiyoqining tobora avj olishida qo’l keldi.
Tursunov Y. Mehnat huquqi. Darslik. -T.: Moliya, 2008. - 280 b.
Mazkur darslik bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanib borayotgan
sharoitda mehnat sohasidagi ijtimoiy aloqalarni huquqiy tartibga solish, mehnat bozori va uni boshqarish, ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat-huquqiy aloqalar, fuqarolarning eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquqlaridan biri bo’lgan mehnat qilish huquqini ro’yobga chiqarish va himoyalash kabi ko’plab masalal arni o’z ichiga oladi.
Qudratov T. O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining statistik tahlili. -Samarqand, 2010.
Ushbu qo’llanmada iqtisodiy samaradorlik, resurslar, xususan, mehnat resurslarining barcha ko’rsatkichlarini tahlil etish, omilli tahlil etish bo’yicha «Zanjirli bog’lanish», «Ko’rsatkichlar farqi» va hakozo usullar bo’yicha tahlil usullari ko’rsatilgan.
Sheripbayeva U.A. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi. -T.: ToshDAU, 2010. -81-b.
Qo’llanmada mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi fani muammolari bilan bog’liq bir qator nazariy va amaliy masalalarning mohiyati ochib berilgan bo’lib, unda fanning predmeti va mazmuni, mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish, aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlik, mehnat bozori, aholi daromadlari va ish haqi, mehnat unumdorligi va mehnat ko’rsatkichlarini tahlil etish kabi iqtisodiy, xodimlarning mehnatga munosabati va moslashuvi, nizolar, ijtimoiy kafolatlar kabi sosial muammolarga keng o’rin berilgan. Ba’zi muammolar O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi xususiyatlari o’ziga xosligini va ularni xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti bilan taqqoslash orqali ko’rsatishga harakat qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |