25
Ishchi kadrlarning yetarlicha tayyorlanmasligi: mexanizatorlarning, quruv- chilarning chorvadorlarning va boshqalarning;
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligining pastligi;
Qishloq joylarda ishsizlar sonining o’sishi;
Yoshlarning qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sferasidan chiqib ketishi.
Mehnatga yaroqli aholi sonining o’sish sur’ati va mehnatga bo’lgan talabning
miqdori o’rtasidagi nisbatni ifodalovchi demografik omil mehnat bozori orqali keskin barqarorlashtiriladi. Bu omilning ta’siri bizning respublikada o’z ta’sirini hali ham yo’qotgan emas.
Shuningdek, ishsizlik darajasiga quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy omillar ham keskin ta’sir qiladi:
Ishlab chiqarishning inqirozga uchrashi;
Maxsulot ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar;
Mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar(xususiylashtirish);
Moliya-kredit, investisiya, tashqi iqtisodiy sfera va daromadlar sferasidagi vaziyatlar.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning xorijiy
tajribalari
Ishlab chiqarish vazifasini ishchilar, ragbatlantirish vazifasini ish beruvchi, tartibga solish, boshqarish va nazorat vazifalarini esa davlat bajaradi.
Yangi ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida ish haqi ikki ko’rinishda bo’ladi: nominal va real ish haqlari:
Nominal ish haqi - bu xodimning ishlagan har bir soat uchun so’mda oladigan maoshidir.
Real ish haqi - esa nominal ish haqining kiymatda ifodalangan ko’rinishi bo’lib, ana shu nominal ish haqini belgilovchi pul-so’m bilan qancha narsa sotib olish yoki xizmat ko’rsatish mumkinligini izoxlaydi.
Iqtisodchilar uchun «ish haqi», «maosh», va «daromad» tushunchalari quyidagilarni anglatish lozim:
«Ish haqi» iborasi - ishlangan vaqt birligi uchun to’lov;
«Maosh» tushunchasi - ishlangan vaqt birligi miqdoriga (7-8 soat) ishlagan ish haqi stavkasini ko’paytirish bilan topiladigan ko’rsatkich.
«Daromad» - oy, kvartal va yil davomida bir ish bajaruvchiga yoki tadbirkorga to’gri keladigan umumiy mablaglar yigindisi. U sarmoyaning investisiya qilinishi va transferit to’lovlari-ishsizlik uchun nafaqa shaklidagi davlat to’lovlari, ishlab topilgan va ishlamay olingan daromadlardan keladigan dividentlardan tashkil topadi.
Qishloq xo’jaligida ish haqini to’gri amalga oshirish uchun quyidagi eng muxim tamoyillarga rioya qilinishi zarur:
ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari, real ish haqini ortib borishi. Bu tamoyil extiyojlarni ortishi va yanada to’laroq qondirilishi, faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |