24
Kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil
etish
Strukturali ishsizlikda ishsizlar ma’lum darajada qayta tayyorgarliksiz, qo’shimcha, qo’shimcha bilim olmasdan, ba’zi hollarda yashash joyini o’zgartmasdan ish topa olmaydilar. Agar friksion ishsizlik qisqa muddatli xarakterga ega bo’lsa, strukturali ishsizlik uzoq muddatli xarakterga ega.
Siklik (davriy) ishsizlik, bu ishlab chiqarishning pasayishi bilan yuzaga keladigan ishsizlik. Bunda tovar va xizmatlarga talab kamayadi., bandlilik qisqaradi va ishsizlar soni o’sadi. Ishsizlikning bu turi talabning taqchil-ligi bilan bog’liq. Iqtisodiyot inqirozdan chiqqandan keyin, ishlab chiqarish hajmi o’sadi va tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar uchun ish kuchiga bo’lgan talab oshadi.
Ishsizlar darajasidagi farq mamalakatning iqtisodiy siyosati xarakteriga, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishiga va boshqa omillarga bog’liq. Agar odam hyech qayerda ishlamasa va ish qidirish bilan band bo’lsa, u holda u ishsiz hisoblanadi. Inson ishsiz bo’lishi uchun nafaqat ishi yo’qligi, balki uni astoydil izlayotgan bo’lishi kerak. Lekin aksariyat hollarda odamlar hyech joyda ishlamaydi va shunday bo’lsa ham ishsiz hisoblanmaydi. Bular shunday katego-riyadagi odamlarki, ular nafaqaxo’rlar, yosh bola bilan uyda o’tiruvchilar, uzoq muddatga ta’til oluvchilar, va yangi ishga joylashish maqsadida qayta tayyor-garlikdan o’tuvchilardir.
Hozirgi vaqtda ishsizlikning uch turi mavjud:
Tarkibiy o’zgarishlar bo’layotgan davrdagi ishsizlar;
Iqtisodiyotning me’yorda harakat qilishi davridagi ishsizlar;
Qisqa muddatli iqtisodiy inqirozlar bilan bog’liq ishsizlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bandlilik darajasini qisqartirib ish haqini oshiradi va aksincha ish haqini pasaytirib bandlilik darajasini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda, korxonalar maxsulot bahosini oshirib, bandlilikni oshiradi. Korxona uchun eng muximi ish haqi darajasining maxsulot bahosiga nisbati hisoblanadi. Bunday holatda, ish haqi maxsulot bahosiga nisbatan tezroq o’ssa, korxona ozroq xodimlarni yollaydi.
To’liq bandlilik amalga oshirilgan taqdirda ham ishsizlar bo’ladi.
Barcha mamlakatlar qatori O’zbekistonda ham mehnat bozoriga uchta asosiy omil ta’sir ko’rsatadi:
Tabiiy-resurs,
Demografik,
Ijtimoiy-iqtisodiy
Qishloq xo’jaligida mehnat bilan bandlilik quyidagi omillarga bog’liq:
Qishloq xo’jaligida mehnat bilan bandlilikka to’sqinliq qiluvchi omillar:
1. Og’ir mehnat sharoitlari;
Agrar sektorda ijtimoiy sferaning kuchsiz rivojlanishi;
Mamlakat hududlari bo’ylab qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining notekis taqsimlanishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |