22
Qishloq xo’jaligida yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish
Bandlilik iqtisodiy kategoriya sifatida mehnatga yaroqli aholining ijtimoiy mahsulotni yaratish bo’yicha qiladigan faoliyatini ifodalaydi. Bandlilikning to’liqligi aholigining iktisodiy faolligiga munosabati bo’yicha hisobga olinadi. Bunga mahsulot, tovar ishlab chiqarishda va xizmatlarni amalga oshirishda qatnashuvchi shaxslar tegishlidir. Iqtisodiy faol kishining mehnat statusi miqdor jihatdan ma’lum bir vaqt davomida ishlangan kunlar soni bo’yicha hisoblanadi:
Kategoriya buyicha iktisodiy aktiv aholiga quyidagilar kiradi:
yollanma mehnatchilar (ishchi va xizmatchilar);
doimiy xodimlar, haq tulanmaydigan oila a’zolari;
mavsumiy xodimlar, haq tulanmaydigan oila a’zolari;
obyektiv sabablar bo’yicha vaqtincha ishlamaydigan shaxslar, mavsumiy va tasodifiy xodimlar;
to’liq bo’lmagan ish kuni rejimida ish bilan o’qishni qushib olib boradigan va stipendiya yoki ish haqi oluvchi shaxslar va o’qituvchilar.
Qishloq xo’jaligida bandlik o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular tarmoqqa mehnatni jalb qilishning iqtisodiy sharoitlari bilan bog’langan. Qishloq xo’jaligida mexnat organik jihatdan yer bilan bog’langan. Bunda, yer mehnat munosabatlarining moddiy jixatdan quvvatlovchisi, yuzaga chiqaruvchisi hisoblanadi. Mehnat natijalariga tabiiy biologik jarayonlar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish va mehnatning mavsumiyligi tufayli ish kuchiga ijtimoiy ishlab chiqarish tomonidan notekis talab mavjud. Bu yerda doimiy va mavsumiy ish kuchi bo’ladi. Doimiy xodimlar asosan doimiy ish hajmini bajarishga yo’naltiriladi, mavsumiy ish kuchi esa mavsumiy ishlarni bajarish uchun jalb qilinadi.
Qishloq xo’jaligida bandlilik ikki xil shaklda ko’rinadi: to’liq va to’liq bo’lmagan. To’liq bandlilik butun yil davomida xodimlarga ishni kafolatlaydi. Bu asosan chorvadorlar, maxanizatorlar, ishlab chiqarish raxbarlari va mutaxassislardir. To’liq bo’lmagan bandlilik to’liq bo’lmagan ish kuni, to’liq bo’lmagan ish haftasi, to’liq bo’lmagan ish yili bilan xarakterlanadi. Bunday kategoriyaga qo’l mehnati bilan band bo’lgan xodimlar, mexanizatorlarning aloxida guruxlari, mavsumiy ish turiga jalb qilingan nafaqaxo’rlar, o’quvchilar kiradi.
Band bo’lgan xodimlarga quyidagilar kiradi:
yollanib ishlaydigan, shu jumladan, mavsumiy va vaqtincha ishlarni ham qo’shganda, to’liq yoki to’liq bo’lmagan sharoitda rag’batlanish uchun ish bajaradigan xodimlar;
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar;
o’zini ish bilan mustaqil ta’minlovchilar;
yordamchi hunarmandchilikda va maxsulotni shartnoma bo’yicha sotishda band bo’lganlar;
fuqarolik-huquqiy shartnoma bo’yicha ish bajaruvchilar, shuningdek ishlab chiqarish kooperativlari a’zolri.
Do'stlaringiz bilan baham: |