2
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi ko’p jihatdan boshqa tarmoqlar ishlab chiqarish faoliyatiga chambarchas bog’liq. Sababi, bir tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab chiqarish vositasi yoki xom-ashyosi bo’lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta ishlash yoki mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish xizmatini vujudga keltiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev qishloq xo’jaligi faoliyatini ulug’lagan holda shunday degan edi: “Dehqon deganda, bepoyon dalalar, bog’u rog’lar, dasturxonimizdagi turli noz-ne’matlar, to’y-tomoshalar, xursandchilik kunlarimiz, butun hayotimiz ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.
Shu ma’noda, dehqon bu - hayotning baquvvat ustuni, tiriklikning mustahkam tayanchi, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz “olam ahlining to’qligi, quvonchi, avvalo, yerga urug’ sochib, bebaho noz-ne’mat yetishtiradigan fidoyi insonlar mehnatidandir”, deb mirishkor dehqonlar xizmatiga juda katta baho berganlar.
Bozor munosabarlaringa utish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat odamlarning manfaatlarini ishonchli ravishda himoya kilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mehnatga yaroqli aholini ish bilan ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o’sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan bizning Respublikada ish bilan banlik eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.iqtisodiy islohotlar davrida ushbu masalani hal etish uchun Respublikada bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda hamma soha vakillarining bayrami bor. Lekin barchamizni, butun halqimizni boqadigan, kiyintiradigan qishloq xo’jaligi xodimlarining bayrami shu paytgacha yo’q edi. Shuni o’ylab, ochig’ini aytganda, men sizlarning oldingizda va butun zahmatkash dehqonlarimiz oldida haqiqatdan ham xijolat bo’lib yurardim. Albatta, bu adolatdan emas edi”1.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri sharoitlarida mehnat bozorini „mehnatga qobiliyatli” ishchi kuchini harid kilish-sotishni amalga oshiruvchi tizim sifatida ko’rib chiqish o’rinli emas. Shuning uchun u ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining ochiq, murakkab, ko’p aspektli va o’suvchi tizimchasi bo’lib, ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. Mazkur bozor ishchi kuchi talab va aholining taklifini tartibga solishda bevosita ishtiroq etadi va oqilona bandligini shakllanishi hamda ishsizlikni kamaytirishga ko’maklashadi.
Jahon miqyosida sodir bo’layotgan innovasion jarayonlar, har bir mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasini ushbu yo’nalishga moslashtirishni talab etmoqda. Inson kapitali konsepsiyasi milliy iqtisodiyotni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va uni samarali faoliyat yuritishida inson resurslarining o’rnini yaqqol belgilab bermoqda. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishini
1 Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Do'stlaringiz bilan baham: |