6
Ushbu maqolada kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasining asosiy vazifalari keltirilgan, mehnat bozorida kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni shakllantirish omillari tasniflangan, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va uning taklifi omillarining o’zaro bog’liqligi asoslangan. Kadrlarga bo’lgan ehtiyoj haqidagi axborotning mavjud bo’lishidan xodimlar ham, ish beruvchilar ham birdek manfaatdor. Bunda xodimlarning manfaati shundan iboratki, prognoz ma’lumotlari o’zining talab etilishini kafolatlash uchun ularning kelgusidagi mehnat faoliyati yo’nalishi tanlovini asoslab beradi.
Amanov O. Qishloq mehnat bozorida innovatsion ish bilan bandlik//Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. mart-aprel, 2018. -№ 2, www.iqtisodiyot.uz
Ushbu maqolada qishloq mehnat bozorida aholi bandligini ta’minlash buyicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari tahlil qilingan, dolzarb vazifalar va muammolar o’rganilgan hamda yoritib berilgan. Shuningdek, mehnat bozorida ishsizlikni kamaytirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Jo’rayev F. Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish. - T.: Istiqlol. 2004.
Ushbu darslikning 7-mavzusi «Qishloq xo’jalik korxonalarida mehnatni tashkil etish» deb nomlanib, qishloq xo’jaligida mehnatni samarali tashkil etish borasida qanday ishlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Darslikda mehnat tashkil etishning asosiy vazifalari keltirilgan:
mehnat jarayoni va uni shartnoma asosida tashkil etish;
dehqonchilik va chorvachilikda ish joylarini tashkil etish va ta’mirlash;
ishlab chiqarishga yangi mehnat usullarini joriy etish;
kadrlar tayyorlash, tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularning malakasini oshirish;
ish sharoitlarini yaxshilash, ish va dam olish rejimlarini maksadga muvofiq tashkil etish;
mehnatni ishlab chiqarishning texnologik va texnikaviy sharoitiga karab me’yorlash va uni takomillashtirish;
-ishlab chiqarishning pirovard natijasiga karab ish haqi to’lash va moddiy rag’batlantirishning yangi shakllarini ishlab chiqarishga joriy etish;
mehnatga ongli munosabatda bo’lishga o’rgatish.
Murtazayev O., Axrorov F. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti. -T.: Ilm-ziyo, 2017.
Darslikda 5-bobi “Qishloq xo’jaligida resurslar potensialining shakllanishi. Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish” ga bag’ishlangan bo’lib, «Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish» deb nomlanib, unda mehnat bozoriga shunday ta’rif beriladi:
Ish kuchi bozori - bu mazmuniga ko’ra ish kuchining harakat formasidir. Mehnat bozorining rivojlanishi ish kuchiga to’laqonli haq to’lashni ta’minlaydi; ish kuchi sifatini oshirishni, tashabbuskorlikni, tadbirkorlikni rag’batlantiradi; uning yuqori harakatchanligini ta’minlaydi. Bular hammasi o’z o’zidan iqtisodiyotni va fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |