Мирза Улугбек Номидаги Узбекистон Миллий
Университети
Биалогия Факультети
Хашротлар Экологияси
фанидан
ЭССЕ
Мавзу: Кишлокдаги ахамиятига ега хашаротлар :
хашарот турини номи Осие Чигирткаси
Бажарди;
3-курс Биалогия йуналиши
Талабаси Avloqulov Qobilbek
Текширди;
Доп.Муминов Б.А
2021\2022укув
Osiyo chigirtkasi
Reja:
1.Morfologiyasi
2. Bioekologiyasi
3.Zarari
4.Tarqalashi
5. Adabiyotlari
Morfologiyasi
OSIYO CHIGIRTKASI (Locusta migratoria migratoria L.) — chigirtkalarning galalashib yashovchi kenja turi. Boʻyi 35—55 mm, kulrang, sargʻish-yashil yoki yashil; qanoti ustida qoʻngʻir xollari bor. Lichinkalari yolgʻiz yashaydigan davrida yashil, sariq, qora, galalashib yashaydigan davrida esa kora xolli och sariq. O. ch. Janubiy Yevropa, Krzogʻiston, Oʻrta Osiyo, Jan. Sibir, Mongoliya, Shim.-Gʻarbiy Xitoy, Hindiston, Eron, Afgʻoniston va Shim. Afrikada tarqalgan. Rossiyaning Yevropa qismi jan. dagi dare etaklari, shuningdek, Amudaryo, Sirdaryo deltalaridagi qamishzorlarda koʻp uchraydi. Osiyo chigirtkasi deyarli hamma ekinni, ayniqsa, gʻallani qattik. zararlaydi. Chigirtka — chigirtkasimonlar katta oilasining gala boʻlib yashaydigan turlari umumiy nomi. Chigirtka ekinlarining (gʻalla ekinlari, beda, gʻoʻza va boshqalar) zararkunandasi xisoblanadi. Jan. Yevropa, Jan. va Sharqiy Osiyo, Afrika, Jan. va Shim. Amerika, Avstraliya mamlakatlarida uchraydi. Chigirtkalarning ekinlarga keltiradigan ofati haqida Qadimgi Misr yozma manbalarida (bundan 4 ming yil avval) maʼlumotlar uchraydi. Oʻzbekistonda tarqalgan turlari ichida eng xavflilari — osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi, marokash chigirtkasi va choʻl chigirtkasi. Chigirtkalar, ayniqsa, uzoq masofalardan uchib kelib va toʻsatdan yopirilib ekinlarni nobud qilishi bilan xavflidir. Chigirtka lichinkalarining toʻdasi oziq qidirib maʼlum yoʻnalishda harakat kiladi va oʻz yoʻlida uchragan koʻkatlarni yeb bitiradi. Hayoti mobaynida har bitta Chigirtka 300 g gacha koʻkat yeydi. Zararkunanda koʻplab urchigan yillari ular soni har bir m2-maydonda bir necha yuzga va hatto bir necha mingga yetadi, egallagan maydon esa baʼzan 1 mln. ga ni tashkil etishi mumkin. Tuda boʻlib yashash instinkta Chigirtka tuxumdan chiqib harakat qila boshlagandan paydo boʻladi. Obhavoning qulay kelishi Chigirtkaning koʻplab urchishiga yordam beradi. Chigirtkalarning ekinlarga va oʻsimliklarga yetkazadigan zararini bartaraf etish maqsadlarida Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrikada BMT Oziq-ovqat va q.h. boʻyicha tashkilotining Chigirtkalarga qarshi kurash tayanch punktlari ochilgan, Fransiya va boshqa mamlakatlarda yirik ilmiy, ilmiyi. chigirtka markazlari tuzilgan.Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va afokimyo Markazi huzurida Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda Chigirtkaga qarshi kurash ekspeditsiyalari ishlaydi (1983-yildan kayta tiklangan; Krraqalpogʻistonda esa bunday ekspeditsiya 1930-yildan beri mavjud).Kurash choralari: boʻz yerlar haydab, oʻzlashtiriladi; oʻtloq va pichanzorlar doim nazorat qilib turiladi; partov va boʻsh yotgan yerlar orasidagi uvatlar yoʻqotiladi. Yosh (1—3) Chigirtkaga qarshi 50% li karbofos (2 kg/ga), li vafotoks (2 kg/ga) va 20% li sumitsidin (0,4—0,5 kg/ga) qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |