1.9.Rasm.Isteriyaning ko’rinishi.uning faqat biologik tabiati nuqtai nazardan, ayni vaqtda shaxsning ruhiy rivojlanishidagi omillarni inkor etgan holda yondoshadilar. Shunga ko’ra nevrozlarni o’rganishni insonning hayot faoliyatini biologik o’rganish usullari, texnika taraqqiyoti bilan boqlaydilar. Ana shunday yo’nalishga ko’ra, nevrozlarga nerv sistemasining faqat bosh miyada organik o’zgarishlari bo’lmagan patologik holatlarnigina kiritadilar.
Zamonaviy tasavvurga ko’ra nevrozlarga har ikkala yondoshuvni bir-biri bilan uyqunlashtirilgan holda qarash lozim deb ta'kidlanadi.Nevrozning sababi ruhiy hissiyot stressi deb hisoblanadi. Nevrozga MNS-ning faqat funktsional buzilishlariga emas, balki bosh miya moddasida mikrostruktur o’zgarishlarga — o’siqli apparatining destruktsiyasi, po’stloq neyronlarida ribosomalar sonining kamayishi, gippokampning ayrim hujayralari degeneratsiyasi, mikrotsirkulyatsiyaning lokal buzilishlari ham olib keladi.
Nevroz — oliy nerv faoliyatining kuchayishi — taranglanishi, so’ngra izdan chiqishi («uzilishi») natijasida yuzaga keluvchi nerv sistemasi faoliyati buzilishining tipik shaklidir. Uning patogenetik manbaining asosiy nerv jarayonlari — qo’zg’alish va tormozlanishning, chunonchi, ularning kuchini, harakatchanligi va muvozanatining buzilishlari tashqil etadi. Nevrozlar oliy nerv faoliyatining, vegetativ boshqa rilishning hamda harakatchanlik, sezuvchanlik, nerv trofikasining buzilishlari va shuningdek organizm umumiy rezistentligining pasayishi bilan xarakterlanadi.
Shunday qilib, nevrozlar paydo bo’lishining asosida qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining kuchi, harakatchanligi va muvozanatining buzilishlari yotadi.
Eksperimental sharoitda nevrozlarni qo’zg’alish yoki tormozlanish, harakatchanligini (bir- birini o’rni bilan almashinish tezligi) kuchaytirish va ularning muvozanatini turli ta'sirlar (haddan tashqari kuchli, masalan, elektr toki orqali va turli davolash tadbirlarida qo’llab hosilqilingan shartli reflekslarni keskin o’zgartirish, ularni «urib tushirish» yoki yo’qotish; avvalgi atrof muhit, shart- sharoitlarni o’zgartirish va h.k) yordamida va umuman organizmholatini keskin o’zgartirish yo’li bilan chaqirish mumkin. Nevrozni eksperimentda chaqirish va xar tomonlama o’rganish ushbu muammoni klinik masalalarini hal etishga ko’maklashadi. Odamlarda nevrozlarning uch guruh etiologik omillari farq qilinadi.
Biologik omillar: irsiy moyillik, jins (nevroz ko’proq ayollarda uchraydi), yosh (nevroz ko’proq pubertat va klimakterik davrda kuzatiladi), odamning qon stitutsional xususiyatlari (nevrozga ko’proq asteniklar moyil), homiladorlik, organizm rezistentligini pasaytiruvchi boshdan kechirilgan va mavjud kasalliklar.
Ijtimoiy omillar: kasbiy faoliyat (ma'lumotlarning nihoyat ko’pligi, mehnat harakatlarining bir tarzda bo’lishi), oiladagi noxush axvol, turmush sharoitlarining qoniqarli bo’lmasligi, seksual (jinsiy) tarbiyaning o’ziga xos buzilishlari).Ruhiy (psixogen) omillar: shaxsiy xususiyatlar, yoshlikdagi ruhiy travmalar (kechinmalar), ruhni azoblovchiholatlar (og’ir kasallik, yaqin kishilarni yo’qotish, ishda, o’qishda va h.k qiyinchiliklar).
Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, nevrozlarni etakchi etiologik omili ruhiy travmadir, holganlari esa unga moyillik tug’diradi xolos. Boshqa cha qilib aytganda nevrozlarning asosida nevrotik nizo, ya'ni shaxsning masalani oqilona hal eti shiga to’sqinlik qiladigan ruhni jaroxatlovchi holatga 9.6.Rasm.Nevro’zning ko’rinishi.
nisbatan munosabati yotadi. Odamda nevrozlarning umumiy qabul qilingan tasnifi yo’q.Ko’pincha nevrozlarning eng keng tarqalgan nevrasteniya, isteriya (asab to’tganoqi, jazavasi) va miyaga o’rnashib holgan holatlar (fikrlar) nevroz kabi shakllarini tafovut qiladilar Nevrasteniya nevrozlarning eng ko’p tarqalgan shakli, u shaxsning uziga nisbatan ortiqcha talablarni qo’yishi bilan real — haqiqiy imkoniyatlari, ya'ni uning orzu xoqishlari va amalga oshishi o’rtasida uzoq vaqt ziddiyatli nizo (qarama-qarshilik) tufayli yuzaga keladi.
Undan so’ng holdan toyish, mehnat qobiliyatining pasayishligi, lanjlik, ba'zida kunduzi ham uyquchanlik, vegetativ va seksual buzilishlar paydo bo’ladi.
Isteriya ko’proq ayollarda uchraydi. U shaxsning haddan ortiq talabchanligi, da'vogarligi va ayni vaqtda obektiv bor imkoniyatlarni va atrofdagilar talabini iikor etish bilan xarakterlanadigan nevrotik nizo bilan ifodalanadi. Isteriya uchun nihoyatda rang-barang, polimorf va o’zgaruvchan simptomatika xos bo’lib,ularni muntazam ravishda bir necha kasallik ko’rinishlariiing guruhlariga bo’lish mumkin:
adekvat (mos bo’lmagan) xatti-harakat. Bemorlar ortiqcha sezuvchan, hissiyotli, o’z-o’ziga va boshqa larga tyozda ishonuvchan, fe'l-atvorining noturg’unligi bilan xarakterlanadi. Isterik hissiyotlar - kechinmalar, ma'lum holatlarga mo’ljallaangan xulq-atvorni «namoyish etish» va ularni yasama kuchaytirib, bo’rttirib ko’rsatishga intilish bilan farqlanadi. harakat buzilishlari. Isteriyada tomir tortish, tutqanoq (hushdan ketmay, lat emay), parez va falajlar, afoniya (tovushning pasayishi), mutizm (soqovlik) kabi, ammo bemorni tashvishga solmaydigan hollar kuzatiladi.
v) sensor buzilishlar (isterik ko’rlik, karlik, maza va ta'm bilmaslik);
g) vegetativ va seksual buzilishlar (impotentsiya, jinsiy intilishning, qo’zg’alishning pasayishi va h.k.)O’rnashib holgan holatlar nevrozi. Nevrozning bu turi istak va xoqishlar, shaxsiy talablar, majburiyatlar (odob saqlash) va axloq qoidalari o’rtasida xilof yoki qarama-qarshiliklar vaqtida yuzaga keladi. Odatda bunday nevroz yaqqol ifodalangan fobiyalar (qo’rquvlar, vahimalar) bilan xarakterlanadi. Ko’pincha bu nazofobiyalar (kasalliklardan asos bo’lmaganda qo’rqib, vahimaga tushib qolish) holatlarida kuzatiladi. Kamroq, ammo yormustahin klinik ko’rinishga ega bo’lgan turli fikrlarning miyaga o’rnashib qolishi (masalan: xotiralar, ikkilanishlar, harakat va tasvirlar) fobiyasi.Bemorlarda o’zgaruvchan, ammo tobora oshib boruvchi (permanent) yoki paroksizmal (to’satdan paydo bo’luvchi) xarakterdagi sezuvchanlik va harakatning buzilishlari bo’ladi. Bunda a'zo va to’qimalarda nerv-trofik buzilishlar ham paydo bo’lishi mumkin.
Kasal oldi holatida nevrozlar ko’pincha yurak ishemik, gipertoniya, oshqozon yara kasalliklari hamda endokrinopatiyalar rivojlanishidan ilgari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |