Ma’ruza:Patologiya faniga kirish.Farmatsevtlar faoliyatida patologiya fanining ahamiyati.
Reja:
Patologiya fanining tarixi
Patologiya fani, usullari, vazifalari
Gipertrofiya
Umumiy nozologiya
Etiolgiya haqida tushuncha
Patogenez haqida tushuncha
Kasallik va uning davrlari, oqibatlari
Etiologik omillarning organizmga ta'siri
Giperplaziya
Fizikaviiy omillar ta'siri
Kasallikning rivojlanishida irsiyatning roli
Tayanch so’zlar: etyologiya,patogenez,sanogenez,nozologiya,latent,prodromal
1.Patologiya fanining tarixi
Patologiya oliy tibbiy ta'lim tizimida o’zining tarixiy va amaliy kelib chiqish ildizlariga ko’ra, tibbiyot fani va amaliyotining mustasnosiz barcha jabhalarining bevosita asosi sifatida fundamental - zaminiy fanlar qatoriga kiradi. Ramziy ravishda uni «tibbiyotning falsafasi» deb ham atalishida asos bor, chunki u amaliy tibbiyotning o’zagi bo’lgan muammolar qonuniyatlari haqidagi tushunchalarning shakllanishiga va ularni yechishga qaratilgandir. Bu fanning qadimiy asoschilari deb Gippokrat, Demokrit, Galen, Ibn Sino va boshqa larni ko’rsatish, keyingi davrlarda ilmiy negizlarini ishlab chiqqan lar qatorida Majandi, Klod Bernar, Virxov, Kongeym, Pavlov, Podvisotskiylarni eslatib o’tish o’rinlidir.
Tibbiyotning turli muammolarini anglash, savollariga davrning o’ziga xos fan-texnika yutuq lari asosida javob berish kabi vazifalarni o’z ichiga olgan patofiziologiya fani haqiqatan ham nihoyatda murakkabdir. Chunki tibbiyotning turli sohalariga oid ma'lumotlarini topish va bilish, ularni dialektik nuqtai nazaridan taxlil eta olish, uning asosida eksperimental sharoitda davolash choralarini topib, asoslab berish va. masalalarni hal etish, asosan shu fanning zimmasidadir.
Patologiya fanining rivojlanish tarixini bilib olgan taqdirdagina zamonaviy ahvoliga to’g’ri baho berish mumkin.Shifokorlik hayvonlar va odam gavdasidagi a’zolari tuzilishi va faoliyati to’g’risidagi to’planmasdan avval vujudga kelgan. Qadim zamonlarda qurbonlik qilish va ovqat tayyorlash uchun hayvonlar yorilardi, podshohlar xonadoniga mansub kishilar murdalari mumiyolanganda, baxtsiz hodisalar ro’y berganda, urushda jarohatlanganda esa odam tanasi yorilar va bu tasodif hol bo’lar edi. Inson gavdasini tuzulishida yetarli bo’lmagan malumotlar: odamning gavda tuzilishi haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish uchun yetarli emas edi. Murdalarni mumiyolashda murdani yorish uslubi juda jon edi.
Antik Gretsiyada tibbiyot o’sha zamon uchun misli ko’rilmagan muvaffaqiyatlarga erishdi va mamlakatdan tashqaridagi olis-olisda shuhrat qozondi. Shifokorlar nihoyatda katta
hurmat etiborga ega edilar hattoki tibbiyotda alohida homiylik qiladigan alohida hudo - asklepiya (Apolloning o’g’li Eskulap) ga sajda qilinar, uning muridlari asklepiyalari deb atalar edi. Hayvonlar va odam tanasining tuzilishi dastlabki eng muhim tushunchalar biz ulug’ shifokor va mutafakkir Gippokrat (mil.avv. 460-377 yillar) asrlarda uchratamiz. Bizning eramizning boshiga kelganda tibbiyotning rivojlanishi uchun juda yetarli zamin tayyorlangan edi. Ana shu davrning atoqli shifokori Klavdi Galen (milodiy 130-210 yillar) edi. Galen omma orasida so’zlagan o’z nuqtlari bilan ( bu nutqlar davomida u hayvon jasadlarini yorib ko’rsatar edi) keng shuhrat qozondi. U Arestotelning organizmlar tabiati to’g’risidagi idealistik fikrlarni rivojlantirib organizm ruhning o’z funksiyalarini ado etishga imkon beradigan apparat deb qaradi. Qon aylanish to’g’risida Galen yaratgan nazariya o’sha zamonda ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra jigar qon yaratib beradigan va qonni harakatlantirib turadigan asosiy a’zo bo’lib , qon butun gavdaga shunday tarqaladi, yurak esa organizmga “hayotiy pnevmaniy” harakatlantirib turadigan asosiy a’zo hisoblanar edi. Anatomiya fanining rivojlanib, tekshirishning yangi-yangi usullarii shlab chiqilgani sayin, rivojlanish, tuzilish funksiyalar to’g’risida nazariyalar yaratilgan sayin, birqancha yangi fanlar mustaqil bo’lib ajralib chiqa boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |