I.P.Pavlov
(1849-1936)
N.I.Pirogov
( 1810-1881)
P.Pavlov o’zining ko’plab shogirdlari va hamkorlari bilan birgalikda bosh miya kattayarim sharlarining po’stlog’i organizm bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarning eng murakkab shakllari organizm barcha a’zolari bilan to’qimalari funksiyalarining birlashuvini (oliy integratsiyani) ta’minlab turushini ko’rsatib berdi.Ikkita signal sistemasi to’g’risida ta’limot bilan shu jismlarning ikkinchisi axborot tizimi faqat odamga xos bo’lib, nutq va abstrakt fikrga aloqadordir, degan ta’limot I.P.Pavlov va shogirdlari bilan hamkorlari olib borgan tekshirishlarni natijasidir. U.I.M.Sechenovning katta yarim sharlar po’stlog’i faoliyati reflektor xarakterga egadir degan fikrni ajoyib tarzda ishlab chiqdi va tajribalarida tasdiqlab berdi. N.I.Pirogov(1810-1881) a’zolarni o’rganishda birinchi bo’lib arralash usulini qo’llagan. U a’zolarni muzlatib, songra arralab a’zolar topografiyasini o’rgangan. Anatomiya fani o’z yutuqlari fiziologiya fani muvaffaqiyatga erishmasdan oldinroq qo’lga kiritdi, sababi a’zolarning funksiyalarini
o’rganish uchun ularning tuzilishini bilish shart edi. XVI asrda anatomiya sohasida olib borilgan tekshirishlar fiziologik kuzatishlar uchun zamin tayyorlab berdi. Ana shu davrda fiziologiya rivojlanishi garchi taraqqiyot etib kelayotgan fizika va kimyo fanlaridagi muvaffaqiyatlari tobora ko’proq ahamiyat kasb etib borayotgan bo’lsa ham, anatomik yo’nalish ustun turar edi. Peterburg universiteti bilan bir vaqtda A.U.Polunin uning shogirdi bo’lmish A.B.Foxt (1848- 1930), Moskvada patofiziologlarning umumiy maktabini ochdilar. Bu yo’nalishning xarakterli tomoni shunda ediki, ular klinika bilan uzviy bog’liq holda ish olibbordilar. A.B.Foxt yurak qon-tomir patologiyasi, shishlar, istisqo, yurak oldi xaltachasining yallig’lanishi, toj arteriyalar emboliyasida yurakning anatomik va funksional o’zgarishlari va qon aylanishning buzilishlari ustida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. XIX asrning birinchi yarmida N.E.Dyadkovskiy (1784 - 1841) va uning shogirdiK.V.Lebedev (1802 - 1884) o’zining ma’ruzalari bilan umumiy patologiya fanining rivojlanishiga katta hissa
qo’shganlar. K.V.Lebedev birinchi bo’lib rus tilida umumiy patologiya to’g’risida “Obshaya antropatologiya”(1835), kitobini yozgan.Abdullaev Nusrat Hamidovich -O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989) tibbiyot fanlari doktori(1967),1970-yilda professor lavozimiga erishganlar. K.V.Lebedev va uning ustozi N.E. Dyadkovskiy , kasallikning sabablari va mohiyatini materialistik nuqtai nazardan kelib chiqqan holda tahlil qilib ko’rishdi. Odam organizmida bo’ladigan kasalliklar (antropatologiya), hayvon organizmida bo’ladigan kasalliklardan (zoopatologiya) farq qilishini ta’kidlab o’tishdi. Moskva Universiteti professori fiziologiya va umumiy patologiya kafedrasi rahbari A.M. Filomafitskiy (1807 - 1849) , birinchi bo’libRossiyada bir qancha patofiziologik tajribalar ustida ish olib bordi jumladan,hayvonlarda buyraklarni olib tashlash, siydik yo’lini bog’lash vahokazo. U N.I.Pirogov bilan birga qon quyish usullarini ishlab chiqdi va narkotik moddalarni hayvon organizmiga ta’sirini o’rgandi (xloroform, efir).1863-yilda umumiy patologiya kursini mashhur patologoanatom A.I.Polunin (1820 -1888) , o’qir edi Peterburgda, harbiy- tibbiyot akademiyasi , umumiy patologiya kafedrasida A.M.Albitskiy, Tomsk va Xarkovda A.V.Reprev, Varshavada N.G.Ushinskiy patologik fiziologiya faniga o’z hissasini qo’shganlar.
N.H.Abdullaev
(1933-2008)
Peterburg universiteti bilan bir vaqtda A.U.Polunin uning shogirdi bo’lmish A.B.Foxt (1848- 1930), Moskvada patofiziologlarning umumiy maktabini ochdilar. Bu yo’nalishning xarakterli tomoni shunda ediki, ular klinika bilan uzviy bog’liq holda ish olibbordilar.
B.Foxt yurak qon-tomir patologiyasi, shishlar, istisqo, yurak oldi xaltachasining yallig’lanishi, toj arteriyalar emboliyasida yurakning anatomik va funksional o’zgarishlari va qon aylanishning buzilishlari ustida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. Taniqli rus olimi V.V. Voroninning (1870-1960), olib borgan ishlari Odessa va Tbilisi shahrida patofiziologiya mikrobiologiya va epidemiologiya, zoologiya sohasiga bog’langan edi. I.R. Petrov (1893- 1970), Harbiy-tibbiyot akademiyasida, o’zining ijodiy hayotini patofiziologiya kafedrasi faoliyatiga baxsh etdi.
Hozirgi zamon patofiziologiyasining rivojlanishiga O’zbekiston olimlari Y.Karimov,N.X.Abdullayev,Q.A.Aliyev,M.M.Muxammedov,o’z mehnatlari bilan katta hissa qo’shgan. O’tgan asrning 40-50 yillarida Markaziy Osiyo respublikalarida keng tarqalgan yovvoyi o’t-Heliotropum lasiocarpum tarkibida geliotrin deb nom olgan alkaloid tabiatli, kuchli gepatotrop xususiyatga ega moddani tutgan mahsulotlarni iste’mol qilish (asosan un mahsulotlarini) natijasida yuzaga keluvchi”geliotrop distrofiyasi”, “astsitli toksik gepatit”(xalqorasida “tulqorin”deb yuritiluvchi) jigarning og’ir kasalligi keng tarqalgan edi. O’zbekiston olimlariuning sababi, patomorfologiyasi va klinikasini yaxshi o’rganib chiqqanlar.(M.I. Mirochnik,N.IIsmoilov, G.N. Terexovvaboshqalar.) By kasallik hozir onda sonda uchraydi. Ma’lum bo’lishicha, bu kasallik Avstraliya, Kanada,Chexiya, Amerikada ham uchrab turgan. O’zbekiston olimlari (H. Y Karimov,M.N. Xanin, N.N. Kompansev, N.H. Abdullaev, N.I. Rasulev va boshqalar.) ana shu geliotrindan foydalanib, jigarning toksik distrofiyasidan to sirrozgacha bo’lgan, o’zining patomorfologik tasdig’ini topgan modellarini yaratgan. Tibbiy-biologik fanlarni, ulardagi muammolarni mukammal bilgan rahbar sifatida H. Y. Karimov 100 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertasiyalariga asos bo’lgan yo’nalishlarni yaratibgina qolmay, rejalangan ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratishg amuvaffaq bo’ldilar. Zamonaviy rahbar uchun xos bo’lgan barcha ijobiy sifatlarni o’zida mujassam qilgan H.Y. Karimov Toshkent Davlat ikkinchi tibbiyot instituti tashkil etilgan vaqt 1990 yildan 2004 yilgacha rektorlik lavozimida ishladi.
Y. Karimov ilmiy faoliyatini qon patologiyalarida molekulyar - genetik mehanizmni o’zgarishi bilan, modda almashinuvi patologiyalarida individual tipologik xususiyatlarini o’ziga xosjihatlarini aniqlash bilan va ularni personallashgan farmakoterapevtik taxminlar bilan shug’ullanuvchi ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan ishchi guruh dan iborat ilmiy maktab rahbari. Hozirda professor H.Y.Karimov O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimida ishlaydi.
So'zma-so'z tarjima qilganda, patologiya kasallik (Pathos, azob-uqubat) o'rganishdir (logos). Bu fan kasallik va unga bog'liq o'zgarishlar sabablarini o’z ichiga olib, bemorlarga belgi va simptomlarini ko’rsatuvchi hujayralar, to'qima va organlar darajasida o’rganadi. Talabalar patologiya va tibbiyotni o’rganishlarida, ikkita muhim shartlarga duch keladilar:
Etiologiya bu kasallik asosi, shu jumladan, kasallikning kelib chiqishi va o'zgartirish omillari. Hozirda aniqki yuqori qon bosim, qandli diabet va saraton kabi eng keng tarqalgan kasalliklar genetik sezuvchanlikning merosi va turli ekologik triggerlar bilan bog'liq holda kelib chiqadi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi genetik va ekologik faktorlarni tushunish zamovaniy tibbiyotning asosiy mavzusidir.
Patogenez deb kasallikning rivojlanish bosqichilariga aytiladi. Bu fan etiologik faktorlarning qanday qilib kasallikni xarakterlovchi funksional va tarkibiy anomaniyalarni keltirib chiqaruvchi molekulyar va hujayraviyo’zgarishlariga turtki berishini o’rganadi. Etio logiya bir kasallikning nega paydo bo’lishini o’rgansa, patogenez esa kasallik qanday rivojlanishini ta'riflaydi.
Kasallikning etiologiyasini va patologiyasini o’rganish faqatgina kasallikni tushunish uchun emas, balki to’g’ridavolanishni rivojlantirish uchun ham asosdir. Shunday qilib, kasallikning sabablari va rivojlanishini tushuntirgan holda, patologiya tibbiyotni amalda qo’llash uchun ilmiy asosni ta’minlaydi. Ayrim umumiy va xususiy masalalarni yoritishda haqli ravishda tarixan buyuk bobokalon olimlarimizning, birinchi o’rinda Abu Ali ibn Sinoning ilmiy mulohazalari va meroslariga alohida o’rin berishga harakat qilindi.
Patologiya oliy tibbiyot ta'limi tizimida nazariy va amaliy meditsina sohalariga bevosita aloqadorligi, ayniqsa, tibbiy-biologik fanlar bilan klinik amaliyot o’rtasida birlashtiruvchi, go’yoki «ko’prik» vazifasini o’tovchi o’ziga xos fundamental fandir. Shu sababdan ham tibbiyot va farmatsevtika nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini, bilim doirasi zamonaviy talablarga javob bera oladigan mutaxassislarni yetishtirishda darslikning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Kasalliklarning asosida yotuvchi umumiy va xususiy hamda o’ziga xos mazmunga ega bo’lgan funktsional o’zgarishlar va holatlarning kelib chiqish sababi va sharoitlari - «etiologiya», rivojlanish mexanizmlari, kyechishi -«patogenez», sog’ayish-tiklanish mexanizmlari - «sanogenez»ga oid murakkab hodisalarning qonuniyatlari, ularning evolyutsion ildizlari, zamonaviy ijtimoiy-ekologik manbalarini mukammal bilish, albatta, har jabhadagi mutaxassis, ayniqsa shifokorlar va farmatsevtlar uchun nihoyatda zarur.
Patologiya fani, usullari va vazifalari
Patologiya kasal organizm hayot faoliyatini, funktsiyalarining o’zgarishlarini o’rganuvchi fan. Urganish mavzui (obekti) kasal organizmdmr. Shu sababli patologiya barcha tibbiy-biologik fanlar bilan uzviy bog’liq. Uning asosini bir tomondan, biologiya, morfologiya, fiziologiya, biologik kimyo hamda fizika kabi fanlar va ikkinchi tomondan, klinik meditsinaning barcha jabhalariga oid fanlar tashkil etadi. Patologiya birinchi navbatda patologik anatomiya bilan chambarchas bog’liq, zero kasallikda sistemalar, organlar, to’qimalar, hujayralar hamda ularning ichidagi tuzilmalarda yuz beruvchi o’zgarishlarni bilmasdan turib, funktsional buzilishlarni o’rganish mumkin emas, chunki struktura (tuzilma) va funktsiya (vazifa, amaliyot, bajariluvchi ish) yaxlit, ajralmas birlikdir. Ma'lumki, meditsinaning barcha fanlari, sohalari va tarmoqlarining asosiy o’rganish obekti, maqsadi ham - bu kasallik, kasal inson, kasalliklarning sabablari, ularning rivojlanishi, oldini olish, davolash, sog’liqni tiklash va bemorning mehnat qila olish qobiliyatini saqlab qolish tadbir-chora hamda vositalarini ishlab chiqish kabi murakkab masalalardan iboratdir.
Patologiya kasalliklarning organizmni turli integral (bir-biriga bog’liq ayrim tuzilmalari) darajasida - molekulyar, organellalar, hujayra, uning membranalari, to’qima, organ, sistemalar va nihoyat uning yaxlit o’zida, ya'ni organizm darajasida yuzaga kelishi, rivojlanishi, kyechishi va oqibatlarini, umumiy va xususiy qonuniyatlarini o’rganadi. Patologiya umuman patologiya hodisalarini, chunonchi kasalliklarning paydo bo’lishi, kyechishi, sodir bo’ladigan jarayonlarga ular o’rtasidagi birlik va farqlarga xamda bu borada organizmning javob reaktsiyalariga doir masalalarni o’rganish va tahlil etishda, tarixiy - evolyutsion filogenetik va ontogenetik (organizmning xususiy yoki shaxs sifatida) rivojlanishda tashqi muhit bilan bo’lgan o’zaro munosabatlarini o’zgarib borishi nuqtai nazaridan yondashishga intiladi.
Ma'lumki, patologik hodisalarning (patologik reaktsiyalar, jarayonlar, holatlar hamda kasallik) rivojlanish mexanizmi umumiy qonuniyatlarini har bir int egral darajada chuqurroq hamda har tomonlama bilish va buning asosida ularni bartaraf etish, oldini olish, oqilona davolash, to’la tiklash tadbir-choralarining asoslarini ishlab chiqish tibbiyotning fundamental - zaminiy muammolari hisoblanadi. Ularni o’rganish, tugunlarini yechish va pirovardida kasalliklarni bartaraf etish, oldini olish, yuzaga kelganda esa oqilona davolash, asoratlar hamda mudhish oqibatlardan saqlashni bilish shifokordan faqat biologiya, meditsina emas, balki ijtimoiy, iqtisodiyot hamda ekologiya sohalariga oid bilimlarga ham ega bo’lishni, ularning omillari hamda ta'sirlarini chuqur tahlil qila bilishni talab qiladi. Tibbiyot amaliyoti tor ma'noda go’yo ayr im kasallikning tashxisini aniqlash va davolash choralarini belgilashdan iboratdek tuyuladi.
Birinchidan, har bir kasallik ma'lum bir sabab (yoki sabablar to’plami) ta'siridan, uning xususiyati va xossadariga ko’ra, mavjud bo’lgan ma'lum shart-sharoitda, avvalo tashqi muhitning organizm bilan murakkab o’zaro munosabatlari natijasida yuzaga keladi. Kasallikni chaqiruvchi sabablar nihoyatda ko’p va ular biologik (masalan, bakteriyalar, viruslar, parazitlar, mavjudotlar zahari va h.k.), fizik (masalan, mexanik zarba, issiqlik, sovuqlik, tezlanishlar, nur va h.k.), kimyoviy (masalan, kislota, ishqor, og’ir metallar, tuzlar va h.k.) kabi omillardir. Ikkinchidan, ularning ta'sirada kasallikning yuzaga kelishi hamda rivojlanishiga faqat sababning tabiati emas, balki tashqi muhit ijtimoiy va ekologik omillar hamda bemorning xususiyatlari kabi shart-sharoitlar o’rtasidagi munosabatlarga ham bevosita va bilvosita bog’liq bo’lgan murakkab bir xodisa deb qarashni uqtiradi.
Kasalliklarni patologiya nuqtai nazaridan tahlil etishda keng va chuqur mulohazalar yuritish, faqat ayrim shaxs kasalligini emas, balki ushbu kasallik va uning asosida yotuvchi tarixiy-evolyutsion ildizga ega bo’lgan patologik reaktsiyalar, jarayonlar hamda holatlar, shaxsning genetik va o’z hayotida orttirgan xususiyatlari, tashqi ijtimoiy-ekologik muhit omillari bilan munosabati, bemorning himoyaviy hamda moslanish, umumiy (nospetsifik) va maxsus (spetsifik) reaktivlik imkoniyatlarini jamlashtirilgan holda tasavvur etish, oqibatda kasallikni emas, balki biriichi navbatda bemorni davolash hamda parvarish etish qobiliyatini shakllantiradi.
2Patologiya fanini o’rganishda qo’llaniladigan usullar.
Kesib ochish preparatlar (preparate) tayyorlash usuli. Bunda skal’pel (pichoqcha) va pinset (qisqich) bilan murda a’zolari kesish orqali preparatlar tayyorlanadi.
Arralash ususli. Birinchi marta N.I.Pirogov qo’llagan. Agar murdani qattiq muzlatib, so’ngra o’rganish kerak bo’lgan organizm bo’lagini qavatma- qavat qilib arralanadi. Bu usulda a’zolar topografiyasini aniqroq o’rganish mumkin.
In’eksia usuli. (inectio - lotincha - quyaman) ichi kovak a’zolarga, qon tomirlarga turli xil kimyoviy moddalar yuborib to’ldirib o’rganiladi.
Yoritish, ravshanlashtirish usuli. Buning uchun a’zoni biror kislota yoki ishqor suyuqligiga solib kuzatib turiladi. Vaqt o’tishi bilan har - xil to’qimalar nurlarining turlicha sinishi natijasida bir - biridan ajralib turadi.
Korroziya yoki yemirish usuli ichi bo’sh a’zolar ichini tez qotadigan modda bilan to’lg’azib, so’ngra kuchli kislota yoki ishqor suyuqligi solinsa, a’zolarning to’qimalari yemiriladida, bo’shliqqa yuborilgan modda uning shaklini saqlab qoladi.
Rentgen nuri yordamida o’rganish usuli. Bu usulda rentgen nurlari yordamida ichki a’zolarini holatini ko’rib o’rganiladi.
Y urak va tomirlarni holatini tekshirish uchun Angiografiya usulidan foydalaniladi.Bu yurak va tomirlarini kontrast modda yuborib tekshirish usulidir.Buning uchun suvda eriydigan, o’zida yod saqlovchi kontrast moddalar ishlatiladi. Kontrast moddani bemor venasidan unga o’rnatilgan kateter orqali yurakning o’ng qismiga. Arteriyaga o’rnatilgan katet er orqali esa yurakning chap qorinchasiga va to’g’ridan to’g’ri punksiya yo’li bilan yurak bo’shliqlaridan biriga yuborish mumkin. Tekshirish rentgen xonasida bemor rentgen uskunasi kursisida yotgan holatda juda tezlik bilan o’tkaziladi.Kateter harakatini ekran orqali
Do'stlaringiz bilan baham: |