1.1 rasm. Angiograff apparati. 1,2 Angiografiya amaliyoti.
Aortografiya- aorta va undan chiquvchi magistral tomirlar patologiyasini aniqlashda keng qo’llaniladi. Buning uchun kontrast modda aortaga periferik arteriya orqali kateter bilan yoki aortani to’g’ridan to’g’ri punksiya qilish yo’li bilan yuboriladi. Kateter yo’nalishi r entgen orqali kuzatib turiladi. Aortografiya yordamida aorta va undan yo’naluvchi tomirlarning torayganligi, ba’zan butunlay yopilib qolganligi, biror sabab bilan chetga surilganligini aniqlash mumkin.
Koronarografiya usullari ichida eng ko’p qo’llaniladigani- selektiv koronarografiyadir. Buning uchun o’ng yelka arteriyasi orqali mahalliy og’riqsizlantirish yo’li bilan aortaning yuqoriga chiquvchi qismiga kateter o’rnatiladi va koronar tomir og’zi topiladi. Kateter harakatini ekran orqali kuzatib turiladi.Kontrast modda tezlik bilan yuboriladi va rentgen surati olinadi. 2-rasm.
1.2rasm . Angiografiyada tomirlarning ko’rinishi.
Patologiyada fizik, kimyoviy va texnik usullar keng qo’llanilib bu usul yordamida a’zolarning muhim hayotiy vazifalarini, shuningdek turli tajribalar yordamida hayvonlar a’zolari fiziologiyasi va patologiyasi o’rganiladi. Masalan, a’zolar faoliyatini boitoklar ta’sirida aniqlash mumkin yoki a’zolarni organizmdan olib tashlash, yoki organizmdan ikkinchi organizmga a’zolar yoki ularning birbo’lagini ko’chirib o’tkazib, ularda kechadigan jarayonlar ko’zdan kechiriladi.Fanni o’rganishda qo’llaniladigan tajribalarning usullariga qarab birqancha tibbiyot asbob- uskunalaridan foydalaniladi. (3,4,5-rasmlar)
1.3- rasm Skalpellar. Jarroxlikda. Mikrojarroxllikda ishlatiladigan skalpellar.
1.4-rasm. 1Qisqichlar. 2 Jarrohlik ignalari. 3 Prujinali omburlar.
rasm. Jarrohlik amaliyotida bintni kesish uchun qaychi. Qon to ’xtatuvchi gubka uchun
ishlatiladigan qisqichlar.
2
rasm. Pinsetlar. Elektrokoagulyator
O’chirib qo’yish (olibtashlash, to’xtatish, uzibqo’yish) usuli. U yoki bu a’zoni, to’qima faoliyatini jarrohlik usullari yoxud boshqa ta’sirlar (masalan, muzlatish farmakologik moddalar yuborish va h.k) orqali so’ndirish.
9. Qitiqlash, qo’zg’atish usuli (mas., nervlarga har- xil yo’llar va vositalar orqali ta’sir etish).
10. Qo’shish usuli. Bunda a’zo faoliyatini kuchaytirish uchun turli usullardan foydalanish mumkin. Masalan, organizmga gormonlar, fermentlarni yuborish yoki ularning faoliyatini kuchaytiruvchi yoxud pasaytiruvchi, yani stimulyatorlar va ingibitorlar, antigenlarni yuborish h.k.
ll.Azolarni yakkalash, ajratib qo’yish va to’qima kulturalarini olish usuli (masalan, immunologik o’zgarishlarni, chunonchi anafilaksiyani, o’smalar va boshqa muammolarni o’rganishda keng qo’llaniladigan usullar)
12.Angiostomiya usuli. Bunda qon tomirlari yoki kanalchalar, chiqaruvchi yo’llariga kanyulalar (naychalar) kirgiziladi va ular yordamida qon, bezlari faoliyati, mahsulotining turli ta’sirotlariga qarshi borayotgan javoblarini o’zgarishlari izchil kuzatib boriladi. 7-rasm.
rasm. Kanyulalar.
413.Ekstirpatsiya - a’zolarni olib tashlab o’rganish
Transplantatsiya - a’zolarni ko’chirib o’tkazish usuli.
Denervatsiya - nerv o’tkazgichlarini kesib qo’yish usuli.
Autopsiya - murdalarni yorib ko’rib, o’rganish usuli.
Biopsiya - to’qimalardan bo’lakcha kesib olib, mikroskopda ko’rib o’rganish usuli.
EKG (Elektrokardiografiya) - yurakdagi impuls o’tkazishlarini qayd qilish usuli.
EEG (Elektroentsefalografiya) - bosh miya impuls o’tkazishlarini qayd qilish usuli.
Tomirlarga anastomozlar solish usuli.
Fistulalar - qo’yish usuli.
UZI - ya ni ul tra tovush to lqinlari 1,8-rasm. Ultratovush apparati. yordamida odam organizmining ichki tuzilishini,
organlarning holati, o’lchamlari o’rganiladi. UZI usuli tashxis qo’yishda eng ommabop usul hisoblanadi. 8-rasm.
KT (kompyuter tomografiyasi) - rentgen nuri to’lqinlari yordamida a’zolarni qavatma - qavat tekshirib tashxis qo’yishda qo’llaniladigan usuli. 9 -rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |