8 -amaliy mashg’ulot. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash. Oliy nerv faoliyatining tiplari



Download 49,75 Kb.
bet1/3
Sana15.02.2022
Hajmi49,75 Kb.
#449607
  1   2   3
Bog'liq
8 Amaliy mashg'ulot Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash


8 -Amaliy mashg’ulot. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash.
Oliy nerv faoliyatining tiplari. Katta yarimsharlar po'stlog'ining nerv hujayralari ta'siriga javoban tinch holatdan qo'zg'alish holatiga o'tadi. Bu har qanday to'qima yoki organning holati va faoliyatini o'zgartiradi. Qo'zg'alishni yo'qotishga olib keladigan unga qarama-qarshi jarayon tormozlanish deb ataladi. Bu jarayonlarning paydo bo'lishi, kechishi va almashinib turishi turli odamlarda turlicha bo'ladi. Ular reaksiyaning kuchi, bir jarayon ikkinchisiga o'tishining og'ir-yengilligi va ularning muvofiqlashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Buning natijasida odamlarda oliy nerv faoliyatining ko'p sonli turli-tuman tiplarini kuzatish mumkin.
Oliy nerv faoliyatining bu xususiyatlari tug'ma (genotipik) va turmushda orttirilgan (fenotipik) xossalar yig'indisi bilan belgilanadi. Hayvonlar ham, odam ham nerv hujayralarining kuchiga ko'ra, ikki tipga-kuchsiz va kuchli tipga; muvozanatlashgani bo'yicha-muvozanatlashgan va muvozonatlashmagan turlarga; harakatchanligi bo'yicha-harakatchan va sust turlarga bo'linadi. Nerv sistemasining bu uchala asosiy xossalari bir-biri bilan turli shaklda qo'shilib kelgani tufayli oliy nerv faoliyatining biri ikkirchisidan anchagina farq qiladigan to'rtta tipini ajratishga imkon yaratildi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining 4ta tip bayon etadi.

  1. Kuchli, muvozanatlashmagan tip. Bunda quzg'alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi.Bu tipga kiruvchi bolalar tinib – tinchimas, ser harakat boshqalar bilan tez o’rtoqlashib, tez urushib qoladigan,o’zidan o’zi kuladigan xususiyatga ega bo’ladi.Bunday bolalarnung zehni yaxshi bo’ladi-yu,ammo xulq –atvori jufa murakkab bo’lib,ularning tarbiyasi ota-ona, o’qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug’diradi.

2. Kuchli muvozanatlashgan harakatchan tip. Bu tip nerv jarayonlarining juda harakatchanligi bilan ifodalanadi.Bu tipga kiruvchi bolalar qobilyati, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan,atrofidagi kishilar va o’rtoqlariga yaxshi munosabatda bo’ladi.
3. Kuchli, muvozonatlashgan kam harakatchan tip. Bunda nerv jarayonlari kamroq harakatchanlik bilan ifodalanadi.bu tip vakillari qobilyatli, zehnli,yuvosh bo’ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq – atvori, atrofdagi kishilar va o’rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo’ladi.
4. Kuchsiz tip. Bunda qo'zg'alish jarayoni, ayniqsa tormozlanish jarayoni sust kechadi.Bu tipdagi bolalar kam xarakat, ish yoqmas,qo’rqoq,mustaqil fikirga ega bo’lmagan,fikrlash qobilyati past bo’ladi.
Gipokrat odamlardagi to'rtta-xolerik, melanxolik, sangvinik va flegmatik temperamentlarni farq qilgan. Qo'zg'aluvchan tip-xolerik, tormozlanuvchan tip-melanxolik, kam harakat tip-flegmatik, harakatchan tip-sangvinik temperamentga mos keladi. Oliy nerv faoliyati mazkur tiplarining bir o'zi kamdan-kam uchraydi. Ko'pincha bitta individiuymda har xil tiplarga xos belgi va xususiyatlar bo'ladi.Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko’rsatilgan turlari tug’ma, ya’ni nasldan naslga berilgan va bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko’rinadi, yosh kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o’qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o’zgaradi.
Nerv sistemasining tiplari bola tug'ilgan kundan boshlab, atrof-muhit va ijtimoiy sharoit ta'sirida shakllana boradi va hayot mobaynida o'zgarib turadi.
Tabiiyki, bola xulq-atvori tug'ma bo'ladi va ijtimoiy sharoit ta'sirida ham shakllanadi. Shuning uchun ham bog'cha, kichik maktab yoshidagi bolani to'g'ri tarbiyalash ko'p jihatdan nervining tipiga va hulq-atvorining shakllanishiga bog'liq bo'ladi. Bola ulg'ayar ekan, miya po'stlog'idagi qo'zg'alish, tormozlanish jarayonlari, nerv jarayonlarining kuchi va harakatchanligi hamda boshqa xususiyatlari o'zgarib boradi.

Download 49,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish